|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2022
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
2021-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3286]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-sonli “2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3334, 25.11.2021-y.) asosan 2022-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2021-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 109-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
6-mb-son
Ishlab chiqaruvchilarning sanoat tovarlari narxlari toʻgʻrisida hisobot (1-ilova)
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisobot (2-ilova)
Transportda yuk tashish (uzatish) tariflari toʻgʻrisida hisobot (3-ilova)
Aloqa xizmati tariflari toʻgʻrisida hisobot (4-ilova)
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari toʻgʻrisida hisobot (5-ilova)
Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi toʻgʻrisida hisobot (6-ilova)
Qurilish ishlarining bajarilishi, qurilish mashina va mexanizmlarining mavjudligi toʻgʻrisida _____yil uchun hisobot (7-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (8-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisida hisobot (9-ilova)
_____yil uchun Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (10-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (11-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (12-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot (13-ilova)
Tovarlar sotish va qoldiqlar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (14-ilova)
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (15-ilova)
Birja faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (16-ilova)
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (17-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (18-ilova)
_____ yil paxta xomashyosi hosilining qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot (19-ilova)
Suv quvuri inshootlari ishi toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (20-ilova)
Kanalizatsiya ishi toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (21-ilova)
Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (22-ilova)
Qora va rangli metall maxsulotlari resurs bazalarining hosil boʻlishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi toʻgʻrisida hisobot (23-ilova)
Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (24-ilova)
Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (25-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (26-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (27-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (28-ilova)
Paxta xomashyosi xaridi va tayyorlanishi toʻgʻrisida hisobot (29-ilova)
Don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot (30-ilova)
Pilla xaridi toʻgʻrisida hisobot (31-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (32-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (33-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (34-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (35-ilova)
Dehqon xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (36-ilova)
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot (37-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (38-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha _____ yil uchun hisobot (39-ilova)
Yerlarni yaroqli holga keltirish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (40-ilova)
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (41-ilova)
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (42-ilova)
Shikastlanganlik toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (43-ilova)
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (44-ilova)
_____ yil uchun mehnat hisoboti (45-ilova)
Mehnat hisoboti (46-ilova)
Mehnat sharoitlari ahvoli toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (47-ilova)
Boshqaruv organi xodimlari soni toʻgʻrisida hisobot (48-ilova)
Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida noyabr oyi hisoboti (49-ilova)
Xodimlarning lavozimlari va kasblari boʻyicha ish haqi toʻgʻrisida _____ yil aprel oyi hisoboti (50-ilova)
Oilalar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (51-ilova)
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish boʻyicha _____ yil uchun hisobot (52-ilova)
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (53-ilova)
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (54-ilova)
Ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (55-ilova)
Uy–joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (56-ilova)
Uy-joy olish uchun hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (57-ilova)
Avtomobil transporti va xoʻjalik avtomobil yoʻllari uzunligi toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (58-ilova)
Avtomobil transporti ishi toʻgʻrisida hisobot (59-ilova)
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti xizmatlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (60-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (61-ilova)
|
_________________________________________________________Transporti toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot* ( 62-ilova) | ||||
|
(tramvay, metropoliten, trolleybus) |
||||
|
_________________________________________________________Transporti toʻgʻrisida hisobot* ( 63-ilova) | ||||
|
(tramvay, metropoliten, trolleybus) |
||||
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (64-ilova)
Quvur yoʻli transporti xizmatlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (65-ilova)
Quvur yoʻli transporti faoliyati toʻgʻrisida hisobot (66-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisobot (67-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (68-ilova)
Aloqa vositalari va xizmatlari toʻgʻrisida hisobot (69-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (70-ilova)
Maktabgacha taʼlim muassasasining _____ yil 1-yanvariga hisoboti (71-ilova)
Umumtaʼlim muassasasining ____/____ oʻquv yili boshiga hisoboti (72-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar hisoboti (73-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga oliy taʼlim muassasasining hisoboti (74-ilova)
Maktabdan tashqari taʼlim muassasasining_____ yil 1-yanvariga hisoboti (75-ilova)
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar uchun taʼlim muassasasining _____ yil uchun hisoboti (76-ilova)
Kutubxona faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (77-ilova)
Filmlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (78-ilova)
Muzey faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (79-ilova)
Teatr faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (80-ilova)
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (81-ilova)
Hayvonot bogʻi, botanika bogʻi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (82-ilova)
Madaniyat markazlari faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (83-ilova)
Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (84-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (85-ilova)
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha _____ yil uchun hisobot (86-ilova)
Sport taʼlimi muassasalari boʻyicha _____ yil uchun hisobot (87-ilova)
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajarilishi hamda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (88-ilova)
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida _____ yil hisoboti (89-ilova)
Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida _____ yil 1-yanvariga hisobot (90-ilova)
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha _____ yil uchun hisobot (91-ilova)
Turar- joyga muhtojlar sifatida hisobga qoʻyilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda turar- joy uchun berilgan orderlar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (92-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironlik sabablari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (93-ilova)
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (94-ilova)
Homilador, tugʻadigan va tuqqanlarga tibbiy yordam koʻrsatish, homiladorlikni toʻxtatish va kontratsepsiya toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (95-ilova)
Bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (96-ilova)
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar va qonni oivga tekshirish natijalari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (97-ilova)
Profilaktik emlashlar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (98-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (99-ilova)
Yuqumli va parazitar kasalliklar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (100-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (101-ilova)
Notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (102-ilova)
Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (103-ilova)
Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (104-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot (105-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (106-ilova)
Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (107-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning _____ yil uchun hisoboti (108-ilova)
Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlar toʻgʻrisidagi _____ yil uchun hisobot (108/1-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (108/2-ilova)
Eksport-import toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (108/3-ilova)
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning _____ yil uchun hisoboti (108/4-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisoboti (108/5-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning _____ yil uchun hisoboti (108/6-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (108/7-ilova)
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (108/8-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning _____ yil uchun hisoboti (108/9-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (108/10-ilova)
Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot (109-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot (109/1-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot (109/2-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot (109/3-ilova)
Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot (109/4-ilova)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2021-y., 10/21/3286/0110-son)