O‘zbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 435-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Qonunchilik palatasini shakllantirish yakunlari asosida amalga kiritilgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) maqomini belgilash, Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etishga va uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonunchilik palatasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi (quyi palata) ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
3-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVIII bobi.
4-modda. Qonunchilik palatasiga saylov
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bilan belgilanadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 13-bobi.
5-modda. Qonunchilik palatasining vakolat muddati
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 91-moddasining uchinchi qismi.
Vakolat muddati tugagach, Qonunchilik palatasi yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi ish boshlagunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
6-modda. Qonunchilik palatasi deputati
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Qonunchilik palatasi deputati daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qonunchilik palatasining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputatiga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 104-moddasining birinchi qismi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti.
Qonunchilik palatasi deputatining vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi deputatining maqomi qonun bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
7-modda. Qonunchilik palatasi hujjatlari
Qonunchilik palatasi o‘zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murojaatlar bilan chiqishi mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Qonunchilik palatasi qarorlari, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 97-moddasi.
II. QONUNCHILIK PALATASINING VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING TASHKILIY SHAKLLARI
8-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6) O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
10) O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
11) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
12) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;
15) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini va uning o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish;
20) parlament tekshiruvini o‘tkazish;
21) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari
Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
10) Reglamentni hamda o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki-tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish;
12) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
10-modda. Qonunchilik palatasi majlisi
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida o‘tkaziladigan majlislaridir.
Navbatdagi sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi saylovdan so‘ng ikki oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
Qonunchilik palatasining birinchi majlisini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qonunchilik palatasi majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislari ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
11-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari
Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlislari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo‘shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkin.
Palatalarning qo‘shma majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
Palatalarning qo‘shma majlisi, agar unda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Palatalarning qo‘shma majlislarida, agar qo‘shma majlisda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.
Palatalarning qo‘shma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qo‘shma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi davlat organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 7-bandi va 95-moddasi birinchi qismining 10-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputati davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari tegishincha parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputati so‘roviga javobni Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi. Parlament so‘roviga, Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga javob o‘z nomiga so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
(12-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
III. QONUNCHILIK PALATASI SPIKERI VA UNING O‘RINBOSARLARI. QONUNCHILIK PALATASI KENGASHI, QO‘MITALARI VA KOMISSIYALARI
13-modda. Qonunchilik palatasi Spikeri
Saylovdan keyingi birinchi majlisda Qonunchilik palatasining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerligiga nomzod ko‘rsatish va saylash tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emas.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vazifasini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda siyosiy partiya fraksiyasi (bundan buyon matnda fraksiya deb yuritiladi) tarkibiga kirishi mumkin emas.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
14-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining vakolatlari
Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarni ma’qullash uchun Senatga yuboradi;
4) Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
5) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
6) Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
7) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
8) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining ustavlarini va tahrir hay’atlari tarkibini hamda ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi;
9) Kengash bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi matbuot organlarining bosh muharrirlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi;
10) Qonunchilik palatasi matbuot organlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
11) Senat, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi;
12) Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
13) Qonunchilik palatasi devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
(14-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
131) Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
132) Qonunchilik palatasiga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi;
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuniga asosan 131 va 132-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son)
14) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qonunchilik palatasi Reglamentida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘zining vakolatiga taalluqli masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi. Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatish va saylash tartibi qonunda hamda Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi Spikerining topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Qonunchilik palatasining Spikeri yo‘qligida yoki u o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, u yo‘qligida esa Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari bajarib turadi.
Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
16-modda. Qonunchilik palatasi Kengashi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari, fraksiyalar rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislari kiradi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Qonunchilik palatasi Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
17-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarini saylash
Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o‘rinbosari va a’zolardan iborat tarkibda qo‘mitalar saylanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 102-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita raisi, uning o‘rinbosari va qo‘mita a’zolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga mansubligini hamda saylov yakunlari bo‘yicha olingan deputatlik o‘rinlarini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Bunda bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlari o‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya uchun ajratiladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1077-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Qo‘mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari Qonunchilik palatasi oldida mas’ul va unga hisobdordir.
18-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari:
1) o‘z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) qonun loyihalarining, qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonunchilik takliflarining (bundan buyon matnda qonunchilik takliflari deb yuritiladi) dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
(18-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) qonun hujjatlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi;
(18-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31) qonunchilik takliflari yuzasidan xulosalar beradi, qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi;
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
4) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
5) fraksiyalar taklifiga ko‘ra joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini o‘rganadi;
(18-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
6) Qonunchilik palatasining topshirig‘iga yoki palata Kengashining tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) kiritilgan qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi;
(18-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
8) qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;
Oldingi tahrirga qarang.
81) qonunchilik taklifi tashabbuskorlari tomonidan kiritilgan qonunchilik taklifiga taalluqli masalalar yuzasidan ushbu tashabbuskorlar vakillarining fikrlarini eshitadi;
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan 81-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
9) kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
10) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
11) davlat organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;
(18-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12) davlat organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi;
(18-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
13) yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining ishini tashkil etish
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ishni o‘z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
20-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari, agar ularda qo‘mita a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qo‘mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mitalarning majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
21-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining qarorlari
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo‘mita jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
22-modda. Qonunchilik palatasi komissiyalari
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi.
Komissiyalar o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi.
Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Fraksiyalar
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Fraksiyalar to‘g‘risida
Fraksiya siyosiy partiyadan ko‘rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunninng 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi.
Qonunchilik palatasi deputatining fraksiyaga kirishi to‘g‘risidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining deputati faqat bir fraksiyaning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Fraksiyalarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining kamida besh nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Fraksiyalar ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Qonunchilik palatasi fraksiya tuzilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Fraksiya rahbari
Fraksiya o‘z tarkibidan fraksiya rahbarini saylaydi.
Fraksiya rahbari:
fraksiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraksiyaning kelishilgan nuqtai nazarini bayon etadi, ular bo‘yicha rasmiy bayonotlar bilan chiqadi (fraksiya qaroriga ko‘ra mazkur vakolat fraksiyaning boshqa a’zolari zimmasiga ham yuklatilishi mumkin);
Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari bilan fraksiya nomidan muzokaralar olib boradi;
fraksiyaning partiya rahbar organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi;
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda fraksiya nomidan ish yuritadi;
fraksiyaning qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
fraksiya majlislarining kun tartibini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi hamda muhokamaga kiritilgan masalalarni tayyorlash ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
fraksiya majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
fraksiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va boshqa davlat organlarining rahbarlarini, ekspertlarni, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini taklif etadi;
fraksiya oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda fraksiya a’zolariga ularning o‘z saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashadi;
fraksiyaning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fraksiya rahbari mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga ko‘ra Spiker o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Fraksiya rahbari fraksiya majlisida saylanadigan o‘rinbosariga (o‘rinbosarlariga) ega bo‘ladi.
Fraksiya rahbari yo‘qligida uning vakolatlarini fraksiya rahbarining o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Fraksiya rahbari vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi to‘g‘risidagi qaror fraksiya majlisi tomonidan qabul qilinadi.
(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Fraksiya vakolatlari
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
Fraksiya:
(25-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda so‘z berilishi huquqidan foydalanadi;
(25-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish to‘g‘risida masala qo‘yadi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
(25-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rtasida tarqatadi;
(25-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
6) palataning Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari, qonunchilik takliflari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi;
(25-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
8) hukumat a’zolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish to‘g‘risida masala qo‘yadi;
Oldingi tahrirga qarang.
9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
(25-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
10) qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(25-moddaning 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
251-modda. Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat. Fraksiyalarning blokka birlashishi
Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan fraksiya parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta fraksiyalar parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
(251-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Fraksiyalarning blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakillari Qonunchilik palatasining bir nafar qo‘mita raisi va ikki nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni, qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar uning ikkinchi o‘qishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahririni, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;
Qonunchilik palatasining majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish (“hukumat soati”) doirasida yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
(251-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1077-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
(251-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ–90-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Fraksiya faoliyatini tugatish
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
Fraksiya faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
1) fraksiyaning o‘z tashabbusi bilan;
2) Qonunchilik palatasining vakolat muddati tugaganda;
3) fraksiyaga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur bo‘lgan miqdor chegarasidan kamayib ketganda.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilgan taqdirda ham fraksiya tarqatib yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. QONUN LOYIHALARINI KO‘RIB CHIQISH. KELISHUV TARTIB-QOIDALARI. QONUNCHILIK TAKLIFLARINI KO‘RIB CHIQISH
(V bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Qonunchilik tashabbusi
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek budjet moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda kiritilishi mumkin.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
28-modda. Qonun loyihasining Qonunchilik palatasi qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradigan mas’ul qo‘mitani belgilaydi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda fraksiyalar ishtirok etishga haqli.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalari asosida mas’ul qo‘mita uni Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish yoki qonun loyihasini kiritgan organga (shaxsga) qaytarish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi Kengashi oldiga masala qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kiritilgan qonun loyihasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Qonunchilik palatasi Reglamentiga muvofiq bo‘lmasa, Qonunchilik palatasi Kengashi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
(28-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
29-modda. Qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o‘qishda ko‘rib chiqadi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Ovoz berish ochiq yoki yashirin bo‘lishi mumkin.
Ovoz berishning shakli va usuli to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan Qonunchilik palatasi majlisida hozir bo‘lgan deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay Senatga yuboriladi.
Senat qonunni ma’qullash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish uchun yuboriladi.
30-modda. Kelishuv komissiyasi
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan ko‘rsatilgan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli.
Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi.
Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish Tartibi.
31-modda. Kelishuv komissiyasining takliflarini ko‘rib chiqish
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining xulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uning takliflarini ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari yuzasidan deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Bunday hollarda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladi.
Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qaroriga rozi emasligini bildirsa, qonun avvalgi qabul qilingan tahririda ovozga qo‘yiladi.
Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash va e’lon qilish uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Qonunni imzolash va uni e’lon qilish
Qonun Senat tomonidan oltmish kun ichida ko‘rib chiqiladi va ma’qullangan taqdirda, imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kundan kechiktirmay yuboriladi.
Agar Senat qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida u Senatga kelib tushgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi va e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
(32-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
33-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunning Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
1) qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
2) qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik;
3) qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, Senatga ma’qullash uchun yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
Oldingi tahrirga qarang.
331-modda. Qonunchilik taklifi va uni ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari, Senat, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(331-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
34-modda. Qonunchilik palatasini tarqatib yuborish
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida quyidagi hollarda tarqatib yuborilishi mumkin:
Qonunchilik palatasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoki u bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasining ikkinchi qismi.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib yuborgan taqdirda yangi saylov ikki oy ichida o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi favqulodda holat amal qilib turgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini Senat bajaradi, bundan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy qonunlari mustasno.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
35-modda. Qonunchilik palatasi Reglamenti
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari, shuningdek fraksiyalari faoliyatining tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti.
36-modda. Qonunchilik palatasi devoni
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika ta’minotini Qonunchilik palatasi devoni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi devoni tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi devoni xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Qonunchilik palatasi devoni yuridik shaxs hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi devonining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.
37-modda. Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu budjetda alohida satrda nazarda tutiladi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 27-avgustdagi O‘RQ-557-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son)
38-modda. Qonunchilik palatasining matbuot organlari
Qonunchilik palatasi o‘z matbuot organlariga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
434-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 215-modda, 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 153-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 28.08.2019-y., 03/19/557/3657-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)