1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSINI AMALGA OSHIRISH UCHUN ZARUR BOʻLGAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 21-dekabrdagi 162-I-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar hamda Xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli 1, 2-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]
qarindosh-urugʻlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat korxonalari xodimlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati]
qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.02.00 Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar]
xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishi bilan bogʻliq kafolatli toʻlovlarni toʻlash tartibi 5-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi 6-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.06 Ijtimoiy va boshqa taʼtillar]
ijodiy taʼtillar berish tartibi va ularning muddati 7-ilovaga muvofiq.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati]
2. Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati 8-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.03 Yillik qoʻshimcha taʼtillar. Taʼtillar berish tartibi, vaqti va navbati]
ishning alohida tusiga ega boʻlgan, oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoitida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddati 12 ish kuni etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qarindosh-urugʻlarning xizmatchi sifatida birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidadan istisnolar haqida” 1972-yil 29-dekabrdagi 565-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-mart,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 1-ILOVA
Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan
TAVSIYALAR
I. Umumiy qism
Mazkur Tavsiyalar va Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda — ish beruvchi deb ataladilar) va xodimlarga mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzishda amaliy yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) doimiy ishlovchi (nomuayyan muddatga ishga qabul qilinadigan) xodimlar bilan ham, muddatli mehnat shartnomasi asosida (besh yilgacha boʻlgan muddatga muayyan ishni bajarish vaqti uchun) ishga qabul qilinadigan xodimlar bilan ham asosiy ish joyi boʻyicha va oʻrindoshlik asosida ishlovchi xodimlar, kasanachilar va boshqalar bilan tuziladi. Muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat munosabatlari nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin boʻlmagan hollarda:
(I-boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
boʻlajak ishning xususiyatini;
uni bajarish shartlarini;
xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda;
qonunda bevosita nazarda tutilgan hollarda tuziladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda zarur va qoʻshimcha shartlar koʻrsatib oʻtiladi.
II. Mehnat shartnomasi (kontrakt) tomonlari
Quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt) tomonlari hisoblanadilar:
ish beruvchi — korxona, shu jumladan, ularning rahbarlari nomidan korxonaning alohida tarkibiy boʻlinmalari, mulkdor ayni vaqtda ularning rahbari hisoblanadigan xususiy korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan alohida shaxslar;
(II boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xodim — oʻn olti yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (boshqa hollarda ota-onasidan birining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻn toʻrt va oʻn besh yoshdan).
(II boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari
Quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari hisoblanadi:
ish joyi — xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy boʻlinmasi)ning nomi;
mehnat funksiyasi — mazmuni lavozim yoʻriqnomalari, malaka majburiyatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutaxassislik, malaka yohud lavozim boʻyicha (rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarning hamda boshqalarning Yagona tarif-malaka maʼlumotnomasi, Malaka maʼlumotnomalariga muvofiq);
ish boshlanadigan kun — qonunchilikka muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ishning boshlanishi sanasi qayd etilmagan boʻlsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan (smenadan) kechikmay ishga tushishi kerak;
(III boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mehnatga haq toʻlash miqdori va boshqa shartlar. Mehnatga haq toʻlash miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi va qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlishi va eng koʻp miqdor bilan chegaralanishi mumkin emas;
(III boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim mehnat shartnomalari (kontraktlar)ni tuzishda zarur shartlar roʻyxati kengaytirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda ishning boshlanishi sanasigina emas, balki uning tamom boʻlishi sanasi ham qayd etiladi. Xodimni muayyan ishni bajarish davriga ishga qabul qilishda xodim amalga oshirishi uchun qabul qilinayotgan aniq ish koʻrsatiladi. Oʻrindoshlik bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda qonunchilik bilan nazarda tutilgan eng koʻp muddat doirasida kundalik ishning aniq muddati belgilanadi.
(III boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning qoʻshimcha shartlari
Tomonlarning kelishuviga koʻra mehnat shartnomasi (kontrakt)da qoʻshimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular tomonlarning majburiyatlarini aniqlashi, ularni toʻldirishi, xodimga qoʻshimcha imtiyoz va afzalliklar berilishini nazarda tutishi mumkin.
Qoʻshimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:
xodimga mehnat sharoitlari belgilangan holda YATMM va MMda nazarda tutilgan qoʻshimcha mehnat majburiyatlari yuklash;
bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari koʻrsatilgan holda mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mustaqil sharti sifatida bir necha kasb (lavozim)da ishlash;
agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan boʻlsa, sinovning aniq muddati (qachondan qachongacha);
xodimning yuqori malakasi, agar bu amaldagi qonunchilikda, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi bitimlarda) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda murakkabroq ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan mehnatga haq toʻlash (tarif stavkalari, lavozim maoshlari, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa xildagi taqdirlashlar)ning yuqoriroq miqdorlarini yakka tartibda belgilash;
(IV boʻlimining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi (toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom boʻlishi va boshqalar);
qoʻshimcha (haqi toʻlanadigan va haqi toʻlanmaydigan) dam olish kunlari, taʼtillar berish;
ijtimoiy-maishiy tusdagi sharoitlar (bolalar bogʻchasida oʻrin, sanatoriya-kurortda davolanishga yoʻllanma taʼminlanishi, transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, uy-joy berish va boshqalar);
muddatli mehnat shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka toʻlash.
(IV boʻlimning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xodimlarning alohida toifalari uchun shartnomaning qoʻshimcha shartlari: pul yoki tovar boyliklarga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar uchun toʻliq moddiy javobgarlik sharti; korxona rahbarlari uchun mehnat shartnomasini toʻxtatishning qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha asoslari va h. k.
V. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bir xil kuchga ega boʻlgan kamida ikki nusxada tuziladi hamda saqlash uchun har ikki tomonga beriladi.
Shartnoma (kontrakt)da tomonlarning manzillari koʻrsatiladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) sana koʻrsatilgan holda imzolar bilan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxsning imzosini gerbli muhr bilan tasdiqlaydi (gerbli muhr boʻlmagan taqdirda imzoning haqiqiyligi va vakolatliligini tasdiqlovchi boshqa muhr bilan tasdiqlanadi).
Xodimning talabiga koʻra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil kuchga ega boʻladi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mazmuniga zid boʻlmasligi kerak.
VI. Mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlarining haqiqiy emasligi
Qonunchilik, jamoa shartnomasi, mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom va boshqa mahalliy normativ hujjatlarga nisbatan xodimning ahvolini yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(VI boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jumladan, mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda quyidagi shartlar belgilanishi mumkin emas:
mehnat shartnomasini bekor qilishning qoʻshimcha asoslari, qonun yoʻl qoʻyadigan hollar bundan mustasno;
qonunchilik bilan nazarda tutilmagan intizomiy jazolar belgilash;
(VI boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
sinov muddatini Mehnat kodeksi bilan belgilangan eng yuqori muddatdan ortiqcha belgilash;
oʻrindoshlik asosida ishlashga qoʻshimcha cheklashlar joriy qilish;
qonunda nazarda tutilganidan ortiqcha ish vaqti muddati belgilash;
xodimlar uchun qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda moddiy javobgarlik joriy etish.
(VI boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 2-ILOVA
Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli
-son MEHNAT SHARTNOMASI (KONTRAKT)
_________ shahri
199____ “ ____ ” _________
1. Korxona (mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilot, muassasa, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari _____________________________________________________________________
nomidan, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi va fuqaro (Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan shaxs ham boʻlishi mumkin) ________________________________________________________
(familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq)
keyingi oʻrinlarda “Xodim” deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
a) xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yoʻriqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) mehnat va ishlab chiqarish intizomini taʼminlash;
v) ish haqini oʻz vaqtida toʻlash;
g) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni oʻqitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berish;
d) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
j) qonunchilikka va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
9. Ish kuni rejimi ______________________________________________________________________
(toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanish va tamom boʻlishi va boshqalar)
10. Mehnat haqi toʻlash.
Xodimga quyidagicha haq toʻlash belgilanadi:
a) ______________________________________________________________________________________
(toʻlov turi va uning aniq summadagi yoki YTS razryadi koʻrsatilgan holdagi, yohud tushumdan olingan foizlardagi miqdori)
b) amaldagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha haq, ustama, kompensatsiyalar quyidagi miqdorlarda:
___________________________________________ ( ularning miqdori)
____________________________________________
___________________________________________
____________________________________________
___________________________________________
v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablagʻlar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va ragʻbatlantiruvchi turdagi boshqa toʻlovlar;
a) asosiy taʼtil (mehnat taʼtili) __________________________________________ ish kunidan;
b) qoʻshimcha taʼtil _____________________________________________________ ish kunidan ibrat
( nomi)
boʻlgan haq toʻlanadigan yillik taʼtil belgilanadi.
12. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq toʻlash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartlari.
Tomonlarning manzillari va imzolari: Xodim:
Ish beruvchi:
________________________________________
________________________________________
________________________________________
________________________________________
________________________________________
________________________________________
Manzili:________________________________
Manzili:________________________________
________________________________________
________________________________________
________________________________________
________________________________________
(sana, imzo)
(sana, imzo, muhr)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat (aksionerlik) korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urugʻlarning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita boʻysunishi yoki nazorati ostida boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin boʻlgan xodimlari
ROʻYXATI
1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
2. Davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari, shuningdek, qishloq joylardagi qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi qishloq xoʻjaligi mutaxassislari.
3. Temir yoʻl transportining liniya korxonalari xodimlari, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasining yoʻl, qurilish-montaj va temir yoʻllarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va koʻpriksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, bu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari.
5. Sogʻliqni saqlash davolash-profilaktika va sanitariya-profilaktika muassasalarining shifokorlari.
6. Barcha oʻquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.
7. Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalarning artistlari, rassomlari va musiqachilari.
8. Arxivlar xodimlari, bu muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari va kassirlaridan tashqari, ilmiy muassasalar xodimlari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2020-y., 09/20/440/1066-son)
9. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tarmoq tashkilotlarining xodimlari.
10. Dala geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, otryadlari va uchastkalari xodimlari.
11. Qishloq joylarda ishlaydigan oʻrmon va suv xoʻjaligi mutaxassislari, xalq taʼlimi xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-maʼrifiy muassasalar xodimlari.
12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoʻl tashkilotlarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
13. Qurilish-montaj va koʻpriksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa koʻchma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
14. Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
15. Magistral truboprovodlar qurilishi hamda neft va gaz konlarini tartibga keltirishni amalga oshiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
16. Havza va koʻllardagi baliqchilik xoʻjaliklari, baliqchilik zavodlari, baliqlarga uvuldiriq sochish va ularni oʻstirish xoʻjaliklari va baliqlarni oziqlantiradigan joylarning xodimlari, bu korxonalarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 4-ILOVA
Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining (poliklinikalar, ambulatoriyalar, dispanserlar, tibbiy xonalar, stansiyalar, boʻlimlar va xonalar) kasallarning butunlay ambulatoriya qabulida band boʻlgan shifokorlari.
5,5
2.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) va tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK)ning shifokorlari.
5,5
3.
Poliklinikalarning stomatolog-shifokorlari, tish shifokorlari va tish shifokorlari-protezistlari.
5,5
4.
Butun ish vaqti davomida 200 vattdan baland quvvatdagi ultraqisqatoʻlqinli chastotadagi tibbiyot generatorlari (UQTCH)da ishlaydigan shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari.
5,5
5.
Anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari (guruhlari) hamda reanimatsiya va intensiv terapiya palatalarining shifokori, oʻrta va kichik tibbiy xodimlar (shifokor-laborant va laborantdan tashqari).
5,5
II . XALQ TAʼLIMI, OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VA PEDAGOG XODIMLAR
6.
1-4 sinflar oʻqituvchilari, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlarning oʻqituvchi-logopedlari oʻqituvchi-defektologlari; gimnaziyalar, litseylarning oʻqituvchilari, logopedlik xonalari mudirlari.
Barcha tur va nomdagi maktablar va maktab-internatlarning 5-11(12) sinflari oʻqituvchilari, gimnaziyalar, litseylar, maktablararo oʻquv ishlab chiqarish kombinatlarining oʻqituvchilari; oʻrta hunar-texnika bilim yurtlarining umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari.
Hunar-texnika taʼlimi oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari
yiliga 800 soat
9.
Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, kollejlar, texnikumlarning barcha ixtisosliklari oʻqituvchilari.
yiliga 800 soat
10.
Pedagogika bilim yurtlari, kurslari oʻqituvchilari; toʻgaraklar, seksiyalar, studiyalar va darsdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarning boshqa shakllari rahbarlari; chet tili, stenografiya, mashinkada yozish kurslari oʻqituvchilari; maktablararo kompyuter markazlari oʻqituvchilari; oʻqitish muddati besh yil boʻlgan umumiy musiqiy, badiiy, xoreografiya taʼlimi maktablarining 3-5 sinflari oʻqituvchilari; oʻqitish muddati yetti yil boʻlgan sanʼat maktablari (bolalar musiqiy va badiiy, xoreografiya va boshqa maktablar)ning 5-7 sinflari oʻqituvchilari; musiqiy va badiiy oʻrta maktab va maktab-internatlar 1-11 sinflarining maxsus fanlar oʻqituvchilari; bolalar badiiy maktablari va oʻqitish muddati toʻrt yil boʻlgan umumiy badiiy taʼlim maktablarining 1-4 sinflari oʻqituvchilari; sogʻliqni saqlash, mehnat va ijtimoiy taʼminot muassasalarining oʻqituvchilari, oʻqituvchi-defektologlari va logopedlari; umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari va maktabgacha tarbiya muassasalaridagi chet tili boʻyicha mashgʻulotlar guruhlari oʻqituvchilari.
Eshitish xonalarining oʻqituvchi-defektologlari, muassasa xodimlari roʻyxatida bolalar guruhiga bu lavozim koʻzda tutilgan maktab-internatlarning oʻqituvchi-logopedlari va oʻqituvchi defektologlari; yaslilar, bolalar bogʻchalari hamda barcha tur va nomdagi bolalar uylarining oʻqituvchi-defektologlari va oʻqituvchi-logopedlari; oʻqitish muddati besh yil boʻlgan umumiy musiqa, badiiy, xoreografiya taʼlimi maktablarining 1-2 sinflari oʻqituvchilari; oʻqitish muddati yetti yil boʻlgan bolalar musiqa, badiiy, xoreografiya maktablari 1-4 sinflarining oʻqituvchilari; musiqa rahbarlari; bolalar uylarining logopedlari; konsertmeysterlar, akkompaniatorlar va madaniyat tashkilotchilari.
Barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylarining, maxsus hunar-texnika bilim yurtlarining katta tarbiyachilari; maktablar huzuridagi internatlar, maktab-internatlar, barcha tur va nomdagi bolalar uylari, kuni uzaytirilgan maktab (guruh)lar va musiqiy tarbiyalanuvchilar maktablari, sanatoriya-oʻrmon maktablari, alohida tarbiyaga muhtoj bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus maktablar, sogʻliqni saqlash muassasalari, voyaga yetmaganlar uchun qabul qilish-tarqatish joylari, tarbiya-mehnat koloniyalari, maxsus hunar-texnika bilim yurtlarining tarbiyachilari; jismoniy tarbiya yoʻriqchilari, eshitish xonalarining yoʻriqchilari.
Barcha tur va nomdagi bolalar yaslilari va maktabgacha tarbiya muassasalari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalarning katta tarbiyachilari, tarbiyachilari.
Sil kasalligining oz va toʻxtayotgan shakllari bilan xastalangan aqliy rivojlanishda kamchiligi boʻlgan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun oʻquv tarbiya muassasalarining katta vojatiylari, yordamchi tarbiyachilari.
Respublika televideniyesi va radioeshittirishi suxandoni.
6
18.
Viloyat televideniyesi va radioeshittirishi suxandoni.
6
19.
Televideniye va radioeshittirishdagi ovoz rejissyori.
6
* Besh kunlik ish haftasida hisoblanayotgan davr (hafta, oy, yil) uchun ish vaqti meʼyori saqlanadi.
** Ish haftasi muddati, soatlarda.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 20-son, 161-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 5-ILOVA
Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bogʻliq kafolatli toʻlovlarni berish
TARTIBI
Mazkur Tartib mehnatga doir huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajaruvchi, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshiruvchi xodimlarga kafolatli toʻlovlarni pul bilan taʼminlash manbalarini va ularni berishni belgilaydi.
1. Xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar:
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 21-son, 154-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-sonli qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2009-y., 44-son, 467-modda)
tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish;
xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish;
2. Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yoʻlida qilinadigan harakatlar:
avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish;
inson hayotini saqlab qolish;
quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar.
3. Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida (qonun bilan belgilangan yoki tegishli organning chaqiriq qogʻozida, xabarnomasida koʻrsatilgan vaqtda) ish beruvchi xodimning ish joyi (lavozimi)ni saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.
4. Xodimning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, uning jamiyat manfaatlariga doir qilayotgan harakatlari vaqtida ushbu vazifalarni bajarish uchun qonun bilan belgilangan vaqtdagi yoki tegishli organ tomonidan berilgan maʼlumotnomada koʻrsatib oʻtilgan muddatdagi limitga muvofiq oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.
5. Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishlari vaqtidagi ularning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish bilan bogʻliq xarajatlar:
budjet hisobidan — budjetdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar tomonidan;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
6. Davlat boshqaruvi organlari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari boshqaruv apparati, shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, moliyaviy taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq kafolatli toʻlovlarni tashkilotlarning ish haqi fondi hisobidan amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish
TARTIBI
1. Taʼtillar vaqtiga haq toʻlash, ishdan boʻshatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini toʻlash, shuningdek oliy taʼlim tizimida oʻqish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun oʻrtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarib kunidagi tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni oʻn ikkidan birga (olti oy toʻliq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy toʻliq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya boʻyicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani oʻndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qoʻshimcha ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ish haqiga qoʻshimcha haqlar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar hisoblanadigan boshqa toʻlovlar kiradi (koronavirus pandemiyasi davrida xodimlarga beriladigan barcha qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari, jumladan maxsus toʻlovlar, kunlik qoʻshimchalar, bir yoʻla beriladigan toʻlovlar va zararligi uchun qoʻshimcha ustamalardan tashqari).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
2. Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
3. Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tugʻish varaqalari boʻyicha toʻlovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Boshqa barcha hollarda (1—4-bandlarda koʻrsatib oʻtilganlardan tashqari) oʻrtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.
6. Xodim mehnat taʼtilida boʻlganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki oygacha boʻlgan muddatda ish qidirish (mehnat boʻyicha mahalliy organ tomonidan berilgan maʼlumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq toʻlashning yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga toʻgʻri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun toʻlovlar qayta hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 7-ILOVA
1. Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun ilm toliblariga nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini, shuningdek, darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar qoʻlyozmalarini tugallashlari uchun mualliflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi oʻrtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:
nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;
doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha boʻlgan muddatga ijodiy taʼtillar beriladi.
Ijodiy taʼtillarga haq toʻlash belgilangan mehnatga haq toʻlash fondi, shuningdek, ilmiy kadrlar tayyorlash uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
2. Jamoa shartnomalarida yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi Qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi oʻrtasidagi bitimga koʻra mazkur Tartibning 1-bandida nazarda tutilgandagiga qaraganda ish beruvchining mablagʻlari hisobiga ijodiy taʼtillarning muddati uzoqroq muddatga belgilanishi mumkin.
Dissertatsiyalarni tugallash uchun ijodiy taʼtillar berish tartibi
3. Ijodiy taʼtillar:
davlat oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga — ushbu muassasalar Ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra direktor (rektor) tomonidan;
boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga — ilm tolibi biriktirib qoʻyilgan oliy taʼlim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot Ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra vazirlik (idora) tomonidan beriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga beriladigan ijodiy taʼtillarni rasmiylashtirish uchun kafedra, shuʼba, laboratoriya va shunga oʻxshashlar Kengashga sabablari koʻrsatilgan iltimosnoma yuboradi.
5. Ijodiy taʼtil berish toʻgʻrisidagi tavsiyanoma ilmiy ishning muhimligini, olib borilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani taʼtil vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda Ilmiy kengashlar tomonidan beriladi.
6. Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur boʻlgan taʼtilni berish vaqti va muddatlari koʻrsatiladi.
7. Ijodiy taʼtil olgan shaxslar, taʼtil tamom boʻlgandan soʻng, qilingan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Darsliklar yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar mualliflariga ijodiy taʼtillar berish tartibi
8. Davlat oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga oliy taʼlim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot Ilmiy kengashining tavsiyanomasiga koʻra darsliklar yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yozishlari uchun asosiy ish joylaridan ijodiy taʼtil beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
9. Ish mualliflar jamoasi bilan yoziladigan boʻlganda ijodiy taʼtil mualliflar jamoasining barcha aʼzolari tomonidan tasdiqlangan yozma holdagi arizaga koʻra mualliflar jamoasi aʼzolaridan biriga beriladi.
10. Ilmiy taʼtil tamom boʻlgandan soʻng muallif oliy taʼlim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilotning Ilmiy kengashiga qoʻlyozma holidagi ishni, asosiy ish joyidagi muassasa, korxona, tashkilotning rahbarlariga esa ishning tugallanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Yakunlovchi qoidalar
11. Nodavlat oliy oʻquv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijodiy taʼtillar berish hamda ularning muddati jamoa shartnomasida (agar u ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi oʻrtasidagi bitimga koʻra tuzilmagan boʻlsa) yohud mazkur Tartibning 3—10-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
12. Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga, shuningdek, darsliklar yoki oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar mualliflariga navbatdagi taʼtillar, ular ijodiy taʼtillardan foydalanganliklaridan qatʼi nazar, qonun bilan belgilangan tartibda beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 8-ILOVA
Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining
CHEKLANGAN MUDDATI
t/r
Ishlarning nomi
Ish kuni muddati, soat
1
2
3
RANGLI VA NOYOB METALLAR RUDASINI, SHUNINGDEK, OLMOS XOM ASHYOSINI VA PLAVIK SHPATINI BOYITISH, NIOBIT (LOPARIT) RUDASIDAN TASHQARI
1.
Rentgen apparatiga xizmat koʻrsatuvchi laborant-rentgen tuzuvchi
5
SIMOB ISHLAB CHIQARISH
2.
Kondensatorchi
4
3.
Simob ajratuvchi:
a)
qoʻl bilan
4
b)
mexanik usulda
4
SARIQ FOSFOR ISHLAB CHIQARISH
4.
Ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (MTX), maydalash-quritish boʻlimi ishchilari va muhandis-texnik xodimlaridan tashqari
GRANOZAN, MERKURAN, MERKURBENZOL ISHLAB CHIQARISH
7.
Simobni qabul qilib olish, amalgamlar tayyorlash, dietilsimob, etilmerkurxlorid, etilmerkurfosfat sintezlash, aralashtirish, idishga joylash va butlash koʻmir regeneratsiyasi oqava suvlarini tozalash boʻlimlarida bevosita band boʻlgan ishchilar va smena MTXlari
Motovoz mashinisti, drezina haydovchisi va ularning va xoʻjalik poyezdlarida ishlovchi oʻrinbosarlari
5
20.
Yoʻl montyori, strelkachi
5
21.
Marmar qoplovchi, plita qoplovchi, silliqlovchi
5
22.
Temir yoʻllarni va sunʼiy inshootlarni kuzatib yuruvchi, kontakt relsni kuzatib yuruvchi
5
23.
Defektoskop aravasi operatori, yoʻl oʻlchash operatori va ularning yordamchilari
5
24.
Anjomlarni tarqatuvchi, omborchi
5
25.
Zumpf agregati chilangari
5
26.
Tunnel ishchisi
5
27.
Kabel tarmoqlari boʻyicha elektr montajchi, ikkilamchi zanjirlar boʻyicha elektr montajchi, yoritish va yoritish tarmoqlari boʻyicha elektr montajchi, kuch tarmoqlari va elektr asbob-uskunalari boʻyicha elektr montajchi
5
28.
Dispetcherlik asbob-uskunalari va teleavtomatika elektr montyori, elektr asbob-uskunalarini tuzatish boʻyicha elektr montyor, elektr asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektr montyor
5
29.
Aloqa elektr montyori, signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka (SMB) elektr montyori
5
MUHANDIS-TEXNIK XODIMLAR
30.
Katta master, master, master yordamchisi
5
31.
Katta elektr mexanik, elektr mexanik
5
32.
Geodeziya-marksheyderlik ishlarida band boʻlgan katta texnik, texnik
5
BIOPREPARATLAR ISHLAB CHIQARISH
33.
Hayvonlar oʻlaksalarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish boʻyicha utilizatsiya qurilmalaridagi ishlarda doimiy va bevosita band boʻlgan xodimlar
5
VETERINARIYA
34.
Utilizatsiya qilish korxonalarida hayvonlar va konfiskatlar oʻlaksalarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilishda doimiy va bevosita band boʻlgan xodimlar
5
MURDALAR VA MURDA MATERIALLARI BILAN ISHLASHDA BAND BOʻLGAN XODIMLAR
35.
Vrach (shu jumladan, vrach-boʻlim, laboratoriya rahbari), oʻrta va kichik tibbiy xodim, ishlab chiqarish xonalari farroshi
5
36.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining prorektor va murdaxonalarda ishlovchi xodimlari, shuningdek, murdalar va murda materiallari bilan doimiy ishlash chogʻidagi normal, patologik va topografik anatomiya, sud tibbiyoti va operativ jarrohlik kafedralari xodimlari
5
SUD-TIBBIY EKSPERTIZA BYUROSI
37.
Murdalar va murda materiallari bilan ishlash chogʻidagi sud-tibbiy ekspert (shu jumladan, boʻlim, boʻlinma rahbari)
5
38.
Murdalar va murda materiallari bilan ishlash chogʻidagi oʻrta va kichik tibbiy xodim
5
SOGʻLIQNI SAQLASH, IJTIMOIY TAʼMINOT VA TAʼLIM MUASSASALARI TIBBIY XODIMLARINING UMUMIY KASBLARI
39.
Laboratoriyalar, boʻlinmalar va boʻlimlarning murda qonini va murda toʻqimalarini tayyorlash va konservatsiyalashda band boʻlgan xodimlari
5
GAMMA-NURLANTIRISH MANBALARI SIFATIDA RADIOAKTIV MODDALARNI QOʻLLASH
40.
Gamma-terapiyada va eksperimental gamma-nurlantirishda bevosita band boʻlgan xodimlar:
a)
radioaktiv preparatlar qoʻllangan bemorlarga xizmat koʻrsatish palatalarida
5
b)
gamma-qurilmalar bilan ishlovchilar
5
v)
radiomanipulyatsiya kabinetlarida va laboratoriyalarida gamma-preparatlar, bilan ishlovchilar
4
RENTGENLI NURLANISH
41.
Rentgen spektral, rentgen tuzilmali tahlil, sanoat rentgenografiyasi qurilmalarida va rentgen panjaralari rastrlarini nazorat qilishda bevosita band boʻlgan xodimlar
5
42.
Rentgen diagnostikasida, flyurografiyada, vizual nazoratli rotatsion rentgen terapiyasi qurilmasida bevosita band boʻlgan xodimlar
5
RENTGENLI NURLANISH, ULTRABINAFSHA NURLANISH, ELEKTR MAGNIT MAYDONI
43.
Elektron hisoblash mashinalari (EHM)dagi, videoterminallardagi va elektron hisoblash tizimlaridagi ishlarda bevosita band boʻlgan xodimlar