Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi oʻrinlarda — Farmon) ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Maktabgacha taʼlim vazirligi:
a) Xalq taʼlimi vazirligi va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash hamda boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarining oʻzaro uzviyligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha taʼlim tizimida zamonaviy oʻqitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilsin, jumladan:
xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqsin;
bolalarning oʻsishi hamda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish boʻyicha “Bolalar bogʻchasi” axborot boshqaruv tizimini ishga tushirsin va unga kiritiladigan maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlasin;
maktabgacha taʼlim xizmatlari uchun elektron toʻlov tizimlarini joriy qilsin;
maktabgacha taʼlim sohasida axborot boshqaruv tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Milliy oʻquv dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy qilish boʻyicha tajriba-sinovni lozim darajada oʻtkazish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markaziga quyidagi vakolatlar berilsin:
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi talablari asosida umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti, tayanch va variativ oʻquv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buyurtmasiga asosan muallif va tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning yagona maketlarini yaratish;
(2-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
yaratilgan darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni ekspertiza qilish, ularni taʼlim tizimida qoʻllash boʻyicha xulosa berish;
oʻquv reja, dasturlar, yaratilgan darslik va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlariga rahbarlik qilish.
Xalq taʼlimi vazirligi uch oy muddatda Respublika taʼlim markazi faoliyatiga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
3. Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev va Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi:
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Finlyandiyaning taʼlim sohasidagi tajribasini, shu jumladan oʻquv dasturlari, darsliklari, oʻqitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda oʻrganib chiqsin;
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Finlyandiyaning taʼlim sohasidagi ijobiy tajribasini Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimiga hamda Dasturga joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar:
xalq taʼlimi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida oʻqish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirsin;
xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritsin;
xalq taʼlimi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy qilsin;
xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini taʼminlovchi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini ishga tushirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. A. Avloniy nomidagi Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) sifatida qayta tashkil etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Institut Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) uchun bosh taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda ularning oʻquv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)
Xalq taʼlimi vazirligi:
2021-yil 1-fevralga qadar Institut va hududiy markazlarni yuqori malakali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalariga hamda ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
uch oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim tashkilotlari hamda hududiy markazlarning pedagog kadrlar malakasini oshirish oʻquv rejalariga sinf rahbarlarini tayyorlash boʻyicha oʻquv modullarini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining Pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish shuʼbalari negizida belgilangan shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etilsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Markazlarning asosiy vazifalari etib, quyidagilar belgilansin:
oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;
oʻsmirlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish, suitsidal holatlarga moyilligi boʻlgan oʻquvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik xizmat koʻrsatish, ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yoʻnaltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktablarda psixologik xizmatni takomillashtirish, psixologlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirish, maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining pedagogik faoliyatga shaxsiy muvofiqligini oʻrganish.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
8. Belgilansinki:
Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlariga ehtiyojga qarab umumtaʼlim maktablarida faoliyat yurituvchi hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi tajribali psixologlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlarining faoliyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
2021/2022 oʻquv yilida psixologiya sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda psixologiya sohasi boʻyicha kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalariga oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishda, ularni ish beruvchilarning talablariga moslashtirishda koʻmaklashsin.
Xalq taʼlimi vazirligi pedagog kadrlar malakasini oshirishda bolalar psixologiyasi boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtkazsin va mazkur jarayonga malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin.
9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan oʻtkazishning yangi tartibi joriy qilinsin, unga muvofiq:
test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi;
test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtiriladi;
abituriyentlarning nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi.
10. Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
2021-yil 1-martga qadar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari va metodistlari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqib, ushbu lavozimlarda mehnat qiladigan xodimlarga qoʻyiladigan talablar va ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlasin;
2021-yil 1-aprelga qadar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari va metodistlari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilari lavozimlarini yangi talablarga mos keladigan, yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. 2021-yil 1-yanvardan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalari tashkil etilsin.
Quyidagilar Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalarining manbalari etib belgilansin:
2021-yilda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlari yillik ish haqi fondining 25 foiziga, 2022-yildan boshlab esa — 50 foiziga teng miqdordagi mablagʻlar;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tasarrufidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlari (homiylik xayriyalaridan tashqari), shu jumladan boʻsh turgan bino va yerlarini ijaraga berish hisobidan tushgan tushumlardan 3 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimlari, shu jumladan metodistlari moddiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlariga yoʻnaltiriladi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
12. Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda optik tolali yuqori tezlikdagi Internet liniyalari olib borilgan umumtaʼlim muassasalarining ichki lokal uskunalarini oʻrnatish, yagona “Elektron taʼlim” tarmogʻini joriy qilish, uni boshqarish, kontent yaratish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari umumtaʼlim muassasalarining Internetdan foydalanish xizmatlari uchun xarajatlarni oʻz vaqtida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanishini taʼminlasin.
13. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:
professional taʼlimning taʼlim dasturlari va oʻqitish materiallari toʻplamlarini mehnat bozorining talablari, tarmoq malaka ramkalari va professional standartlar asosida ish beruvchilar bilan birgalikda ishlab chiqsin va tizimli ravishda takomillashtirib borsin;
kasb-hunar maktablarini hududlar boʻyicha joylashuvi hamda tayyorlanadigan ishchi kasblardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish uchun ish beruvchilarga biriktirsin;
professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning metodik taʼminotini mustahkamlash, ularni yangi taʼlim resurslari bilan taʼminlab borish imkoniyatini beradigan alohida elektron platformani ishlab chiqsin va taʼlim dasturlari, oʻqitish materiallari hamda boshqa uslubiy qoʻllanmalardan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini yaratsin;
professional taʼlim muassasalari guruh rahbarlarini tayyorlash uchun oʻquvchilar bilan ishlash, ular psixologiyasini oʻrganish va metodik taʼminlashga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
rivojlangan davlatlarning IT-texnologiyalari, robototexnika, qurilish, turizm, transport, energetika va boshqa sohalar boʻyicha yetakchi professional taʼlim muassasalari filiallarini tashkil qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xususiy sektorning salmogʻini kengaytirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida professional taʼlim tashkilotlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogik boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun ixtiyoriy ravishda oʻzlashtiriladigan pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
pedagogik tayyorgarlik modullarining mazmuni va hajmiga quyiladigan talablarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishsin;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
barcha oliy taʼlim tashkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, oʻquv-uslubiy va boshqa qoʻllanmalar raqamli formatga oʻtkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini taʼminlasin hamda ular boʻyicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilsin;
har bir fan kesimida maʼruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashgʻulotlari, mustaqil ishlar boʻyicha elektron modullarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
davlat oliy taʼlim tashkilotlariga xorijiy talabalarni jalb etish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida taʼlim xorijiy tillarda olib boriladigan guruhlar salmogʻini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrsin;
xorijiy talabalarni davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishni yilda ikki marta semestrning boshida tashkil qilsin.
15. Taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagilar tavsiya etilsin:
idoralararo ishchi guruhi tuzib, Farmon va mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
taʼlim sifatini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish, bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, pedagog xodimlar va olimlarning faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan faoliyat ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, Farmon va mazkur qarorning joylarda ijrosini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xarita”larini tasdiqlasin.
18. Vazirlar Mahkamasi:
2021-yil 1-martga qadar oʻqituvchi va muallimlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagog xodimlarning maqomi toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin;
2021-yil 1-yanvarga qadar Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
19. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda taʼlim va ilm-fan sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka toʻgʻri yetkazish maqsadida oʻqituvchilik kasbini ulugʻlovchi videoroliklar, ilmiy-ommabop koʻrsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlarni ishlab chiqsin, televideniye orqali doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Farmon hamda mazkur qarorning maqsad va vazifalarini, malakali oʻqituvchilar, namunali sinf rahbarlari, maktablar va direktorlarning ijobiy tajribalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
21. Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-noyabr,
PQ-4884-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga
ILOVA
Taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalash-tirish manbai

Ijro uchun masʼullar

I. Maktabgacha taʼlim tizimi sifati va samaradorligini oshirish, bolalar qamrovini oshirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini koʻpaytirish

1.

3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 65 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovini 82 foizga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish;

davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini oshirish;

majburiy bepul maktabga tayyorlov hamda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish;

investitsiya dasturi doirasida yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurish, boʻsh turgan binolarni foydalanishga topshirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish.

2022-yil yanvar

Davlat budjeti va xususiy sektor mablagʻlari

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Maktabgacha taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasida Moodle onlayn taʼlim kurslari negizida pedagoglarni masofadan oʻqitishni tashkil etish, pedagoglar uchun oʻquv material va videoroliklar shaklida taʼlim resurslari bazasini shakllantirishni nazarda tutish.

2021-yil iyun

Xalqaro tashkilotlar va Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

3.

Maktabgacha taʼlim tizimida zamonaviy oʻqitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

bolalarning oʻsishi va rivojlanishi, maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi monitoringini olib borish uchun axborot tizimlarini joriy etish;

maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni va Vatanga muhabbat tuygʻusini rivojlantirish maqsadida respublika hududlarining urf-odatlari va milliy anʼanalaridan kelib chiqib amaldagi taʼlim-tarbiya dasturlarini takomillashtirish;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun onlayn platforma yaratish;

YUNISEF va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Onlayn bolalar bogʻchasi” dasturi doirasida mashgʻulotlar majmuini ishlab chiqish;

maktabgacha taʼlim xizmatlari uchun elektron toʻlov tizimini keng joriy etish;

Maktabgacha taʼlim tizimini elektron boshqarish tizimi (EMIS)ning boshqa vazirlik va idoralar bilan oʻzaro integratsiyasini joriy etish.

2021-2022-yillar

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

4.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash.

Maktabgacha umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlar boʻyicha uzluksiz taʼlim konsepsiyasini tasdiqlash.

Konsepsiyada quyidagilarni nazarda tutish:

maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim fan dasturlari uzviyligini taʼminlash;

taʼlim jarayoniga yangi oʻquv dasturlari va rejalarini �?riy etish.

2021-yil dekabr

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

5.

Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:

ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;

xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqish;

bolaning jismoniy, aqliy, kognitiv va shaxsiy rivojlanishi uchun muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

2021-yil aprel

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

6.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti va bolaning ota-onasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar uchun konsilium markazlarini tashkil etish;

konsilium markazlari tarkibida “Yosh onalar maktabi”, “Buvijonlar maktabi”, “Yosh otalar maktabi” faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish;

“Eng ibratli oila”, “Kitobxon oila” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.

2021-yil sentabr

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov)

II. Umumiy oʻrta taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini koʻtarish va umumtaʼlim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

7.

Maktab direktori faoliyatini 3 yillik dastur asosida olib borishi va yil yakuni boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobot berishi tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar va kiritish.

Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

maktab faoliyatini tashkil etishda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining vakolatlarini belgilash;

maktab direktorining hisobotini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitish;

maktab direktorini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish masalalarini koʻrib chiqish.

2021-yil may

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Oʻzbek tili grammatikasini oʻqitishni isloh qilish hamda milliy ruhiyatga mos boʻlgan ona tilini oʻqitishning yangi metodikasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

ona tili fanidan grammatik tushunchalarni soddalashtirish va takomillashtirish;

2021-yil mart

ona tili fanidan imlo qoidalarini qayta koʻrib chiqish;

2021-yil may

boshlan�ich sinflarda yozish va oʻqish koʻnikmalarini uygʻunlikda shakllantirish maqsadida ona tili va oʻqish fanlarini yagona darslik asosida oʻqitib borish;

5 — 11-sinflarda ona tili va adabiyot faniga nutq madaniyati va notiqlik sanʼati mavzularini kiritish.

Nashr rejasiga asosan

9.

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:

aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bogʻlash;

oʻqituvchilar uchun zamonaviy metodik qoʻllanmalar yaratish;

oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslar yaratish;

tabiiy fanlarni oʻqitishdagi xalqaro tajribani oʻrganish asosida taʼlim jarayonini spiralsimon yoʻnalishda olib borish;

magistrlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarni umumtaʼlim maktablarida dars berishga jalb qilish;

pedagogika yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan talabalarning amaliyot soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlarda joylashgan taʼlim muassasalarida oʻtishini taʼminlash.

2021/2022 oʻquv yili

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

10.

Umumtaʼlim maktablarida darslik va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinov asosida hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish tizimini yaratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:

darslik va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish;

ekspertiza qilish va taqriz berish jarayonida ishtirok etuvchi ekspertlar va taqrizchilar guruhlarini shakllantirish va ularga haq toʻlash;

ushbu jarayonga chet ellik mutaxassislarni jalb etishni nazarda tutish.

2021-yil aprel

Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

11.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining oʻqishini kelgusida ixtisoslashtirilgan sinflarda davom ettirish maqsadida ularni saralab olish tizimini joriy etish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori.

Qarorda:

umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash natijalari asosida ularni ixtisoslashgan sinflarda oʻqitishni davom ettirish tizimini joriy etish;

umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarini fanlar boʻyicha saralash va yoʻnaltirish tartibini tasdiqlash;

fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuzish va uning vazifalarini belgilash;

fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflarga oʻquvchilarni qabul qilish va ularni chetlashtirish tartiblarini belgilash.

2021-yil mart

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Davlat test markazi (M. Karimov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova)

12.

Qorakoʻl tumanidagi Xalqaro matematika maktabining amaliy tajribasi, metodik va metodologik boshqaruv usullarini hududlarda tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan matematika maktablarining taʼlim jarayoniga tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

ixtisoslashtirilgan matematika maktablari oʻqituvchilarini Xalqaro matematika maktabiga stajirovkaga yuborish;

Xalqaro matematika maktabining mahoratli oʻqituvchilari tomonidan ixtisoslashtirilgan matematika maktablarida mahorat darslarini oʻtkazish;

Xalqaro matematika maktabi tajribasini ommalashtirish maqsadida direktorlar malaka oshirish kurslarida mazkur maktabning boshqaruv metodikasini keng yoritish, shu jumladan metodik qoʻllanmalar va videofilmlar yaratish taʼminlanadi.

2021-yil sentabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (A. Umarov)

13.

Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini oʻrganish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori.

Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:

uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini oʻrganish konsepsiyasini tasdiqlash;

ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5-sinfdan, maktab-internat va ijod maktablarida 7-sinfdan boshlab oʻquv rejadagi baʼzi fanlarni tillar, jumladan chet tillariga oʻtkazish hisobidan 2 va undan ortiq chet tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil oktabr

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

14.

Umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda buyuk ajdodlarimiz asarlaridan foydalanish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

10-11-sinflar uchun moʻljallangan “Tarbiya” fani boʻyicha darsliklarni yaratishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalanish;

2021-yil avgust

1 — 9-sinflar uchun yaratilgan “Tarbiya” fani darsligini davriylik asosida qayta nashr etishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalangan holda toʻldirib borish.

Alohida reja boʻyicha

15.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va respublika psixologik-pedagogik tashxis markazi faoliyatini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:

xalq taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik xizmat koʻrsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, ilgʻor tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yoʻnaltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish;

inklyuziv taʼlimni rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar va pedagogik xodimlarga ijtimoiy-psixologik xizmatlar koʻrsatish orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish;

xalq taʼlimi tizimining quyi boshqaruv organlari va taʼlim muassasalarida Markaz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib borayotgan metodist-xodimlar, psixologlar, oʻqituvchi-logopedlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish;

taʼlim muassasalari psixologlariga malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini soddalashtirish va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish.

2021-yil yanvar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlariga bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari maqomini berish va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlarini maqomiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining maslahatchisiga tenglashtirish.

2021-yil yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

17.

Tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarini xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari soniga mutanosib ravishda Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi shaxsan biriktirilgan xizmat avtotransport vositalarning cheklangan sonini oshirish;

2021-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

Xalq taʼlimi vazirligining hisob-kitoblariga asosan xizmat avtotransport vositalariga “haydovchi” shtat birliklarini ajratish;

Mahalliy budjetlar

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida xizmat avtotransport vositalarning cheklangan soni oshirilishi hisobiga qoʻshimcha belgilangan yoʻl bosish yillik limiti normalaridan kelib chiqib yoqilgʻi mahsulotlarini ajratish;

Mahalliy budjetlar

tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlariga 1(bir) dona “Neksiya-3” rusumli yengil xizmat avtotransport vositalarini xarid qilish.

Mahalliy budjet daromadlarining rejasidan orttirilgan qismi

18.

Yangi umumtaʼlim muassasalari qurilishi uchun joy belgilash va yer maydonlarining ajratilishida hududlardagi aholi uy-joylari qurilishi va infratuzilmaning rivojlanishlarini inobatga olish hamda yangi barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda yangi maktab qurilishini inobatga olish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligining xulosalarini olishni qatʼiy belgilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Bunda:

yangi barpo etilayotgan massivlarning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu hududlarda yangi maktab qurilishini inobatga olish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligining xulosalari olinishini taʼminlash;

yangi hudud va massivlarda qurilayotgan yangi koʻp qavatli binolar qurilishida ularga mutanosib ravishda yangi oʻquvchi oʻrnini yaratish, jumladan har bir xonadon hisobidan kamida 1,5 yangi oʻquvchi oʻrni yaratilishini taʼminlash;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi “Injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan buyurtmachi vazifasini amalga oshirish va qurilish ishlari sifatli bajarilishi ustidan nazorat olib borishga amaliy yordam koʻrsatish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar (shahar va tuman) hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

19.

Xalq taʼlimi muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Mahalliy budjet, homiylik va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

xalq taʼlimi muassasalarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanganligi, atrofi toʻliq oʻralganligi, hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oshxona (bufet), faollar zali va sport zali mavjudligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish;

2021-yil yanvar

viloyatdagi mavjud maktab filiallarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, birinchi navbatda loy-paxsa, xom gʻishtdan qurilgan filiallarni qaytadan

2021-yil fevral

qurish, qolganlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish natijasida ushbu filiallarni toʻlaqonli maktabga aylantirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish;

xatlov natijasiga koʻra barcha xalq taʼlimi muassasalarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlash, atrofini toʻliq oʻrash,

2021 — 2023-yillar

hojatxonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan holatga keltirish, oshxona (bufeti), faollar zali va sport zali bilan taʼminlash uchun 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan uch yillik hududiy dasturlar ishlab chiqib, Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan xolda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

tasdiqlangan dastur asosida Manzilli roʻyxatiga tushgan maktablar uchun yillik xarajatlar smetasida mahalliy budjetdan yetarli mablagʻlarni ajratish;

2021 — 2023-yillar

tasdiqlangan dasturga kiritilgan umumtaʼlim maktablarini ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlash, atrofini toʻliq oʻrash, hojatxonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oshxona (bufeti), faollar zali va sport zali bilan toʻliq taʼminlash, hamda filiallar masalalarini toʻla-toʻkis hal qilish choralarini koʻrish.

2021 — 2023-yillar

20.

Umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi maktablari, akademik litseylar oʻquvchilarini tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlari.

Bunda:

umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi maktablari, akademik litseylar oʻquvchilarini tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish;

xatlov natijalariga koʻra oʻquvchilarini tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish tartibini buzganlikda aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

2021-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Xalq taʼlimi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga yuqori malakali xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish, ularning faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar va kiritish.

Qonun loyihasida jalb etilayotgan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarni, shuningdek, ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, turar joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishi uchun toʻlanadigan bojlardan ozod qilishni nazarda tutish.

Xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarga Oʻzbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olmasdan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ishlash huquqini berish.

2021-yil may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

22.

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot gʻoya va tahdidlardan asrash, oʻz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash.

Qoʻshma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish:

turli nominatsiyalardan iborat “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovi nizomi, dasturi va rejasini tasdiqlash;

“Islohotlar bilimdoni” mavzusi ostida “Yilning eng faol milliy gʻoya va maʼnaviyat targʻibotchisi”, “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha eng yaxshi kafedra”, “Eng yaxshi guruh murabbiysi”, “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”, “Eng faol islohotlar targʻibotchisi” nominatsiyalari boʻyicha oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2021-yil yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov)

23.

Ajdodlarimiz, olim va ulamolarimizning betakror hamda noyob ilmiy-maʼnaviy merosini yosh avlodga sodda, tushunarli va qiziqarli shakllarda yetkazish.

Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish:

Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy asoslari haqida ilmiy-ommabop asarlar, ijtimoiy roliklar va hujjatli filmlarni yaratish;

birinchi va ikkinchi Uygʻonish davri allomalarining buyuk kashfiyotlari, ilmiy jihatdan asoslab berilgan taʼlimotlari mohiyatini ixcham risolalarda aks ettirish orqali keng aholi orasida targʻib etish;

telekanallarda “Ajdodlar merosi — kuch-quvvat va ilhom manbai” nomli turkum koʻrsatuvlarni tayyorlash.

2020-yil dekabr

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

24.

Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-maʼrifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish, shuningdek, uni oʻrganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qoʻllash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:

buyuk mutafakkirlarning ilmiy-maʼrifiy va madaniy merosiga oid asarlarning davriyligi va tematikasi boʻyicha roʻyxatini tasdiqlash;

noyob asar va qoʻlyozmalarni oʻrganish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda bu sohada salohiyatli yosh kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;

asar va qoʻlyozmalarni keng qamrovli oʻrganish, tahlil qilish va chop etish, keng ommaga yetkazish mexanizmi va metodikasini ishlab chiqish;

oʻrganilgan materiallarni amalda qoʻllash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2021-yil mart

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Ahmedov)

25.

Umumtaʼlim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Qarorda 2021-yil 1-apreldan boshlab umumtaʼlim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining ish haqi miqdorini umumtaʼlim maktabining oliy maʼlumotli (toifasiz) oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirishni nazarda tutish.

2021-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy tarraqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov)

III. Iqtidorli oʻquvchilarni saralash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish

26.

Xalq taʼlimi tizimining hududiy boshqaruv organlari sifat tarkibini qayta qoʻrib chiqish va yuqori malakali kadrlarni jalb qilish.

Qoʻshma qarorni qabul qilish.

Bunda:

Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqaruv organlariga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, ularning malakasini doimiy oshirish hamda bilimlarini baholab borish tizimini joriy etish;

2021-yil 1-iyunga qadar Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqaruv organlari boshqaruv xodimlarining bilim va koʻnikmalarini baholashni amalga oshirish;

baholash natijalariga muvofiq “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi asosida yuqori malakali nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilishni taʼminlash.

2021-yil 10-yanvar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

27.

Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi fan olimpiadalari va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti faoliyatini takomillashtirish.

Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻini qabul qilish, tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda:

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

iqtidorli oʻquvchilarni saralash (seleksiya) tizimini takomillashtirish maqsadida Ixtisoslashgan maktablar istiqbolini belgilash boʻlimini tashkil etish;

2020-yil dekabr

ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrgangan xolda milliy va xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish.

2021-yil yanvar

28.

Maktab oʻquvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish.

Vazirlik buyrugʻini qabul qilish, tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda:

“Zakovat”, “Breyn ring”, “Xamsa” kabi intellektual oʻyinlar boʻyicha “Vazir kubogi”, “Hokim kubogi” tadbirlarini tashkil etish;

“zakovat.tv” platformasi orqali maktablar oʻrtasida intellektual musobaqalarni tashkil etish.

2020/2021 oʻquv yili

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

29.

Umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Sertifikatsiya jarayonlarida ishtirok etadigan talabgorlardan undiriladigan toʻlov

Davlat test markazi (M. Karimov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

fanlar boʻyicha testlarni joriy etish boʻyicha aniq reja-grafikni tasdiqlash;

2020-yil 10-noyabr

soha mutaxassislari, olimlar va amaliyotchi pedagoglarni jalb qilgan holda nazorat materiallarini yaratish.

Reja-grafikka asosan

30.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish;

matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha olimlar, tajribali trener-oʻqituvchilar, respublika va xalqaro olimpiada gʻoliblaridan iborat maslahat kengashlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

xalqaro fan olimpiadalarida qatnashuvchi terma jamoa aʼzolarining muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar va trener oʻqituvchilarga ovqatlanish, yotoqxona hamda oʻquv mashgʻulotlari uchun zarur shart sharoitlarga ega boʻlgan. Iqtidorli yoshlar markazini tashkil etish.

2021-yil mart

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

31.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyatini takomillashtirish.

Chora tadbirlar dasturi.

Bunda:

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish;

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari bilimini monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish;

ijod maktablarida oʻquvchilarning qiziqishiga oid yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish;

ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish;

ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari uchun zamonaviy maktabni boshqarishga oid yagona malaka talablarini ishlab chiqish;

ijod maktablari oʻquvchilarining ijodiy ishlarini sohaga oid gazeta va jurnallarda tizimli ravishda chop etib borish.

2020/2021 oʻquv yili

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

32.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash hamda oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror loyihasi.

Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yoshlarni saralash tajribasidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli yoshlarni saralash tartibini;

ixtisoslashtirilgan maktablarga matematika, kimyo va biologiya fani oʻqituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilash.

2021-yil yanvar

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (H. Umarova), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi, (R. Davletov)

33.

Ijod maktablari tizimini takomillashtirish va yanada kengaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

Qarorda quyidagilarni nazarda tutish:

ijod maktablari tizimini takomillashtirish va yanada kengaytirish boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Davlat dasturini tasdiqlash;

respublika hududlarida 33 ta yangi ijod maktablariga Investitsiya dasturi doirasida zamonaviy bino va inshootlar qurish uchun yer ajratish;

ijod maktablarini qurish boʻyicha yagona namunaviy loyihalarini ishlab chiqish;

ijod maktablarining ixtisoslik yoʻnalishlarini kengaytirish.

2021-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (X. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zokirov)

34.

Oʻquvchilarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan besh muhim tashabbus doirasida axborot texnologiyalari toʻgaraklari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni zarur vosita va jihozlar bilan toʻliq taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda, Eksimbank (Janubiy Koreya) kredit mablagʻlarining iqtisod qilingan 8,3 mln AQSH doll. mablagʻi hisobidan 720 ta umumtaʼlim muassasalarini kompyuter sinfi toʻplamlari bilan taʼminlash.

2021-yil davomida

Mahalliy budjet va grant mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vaz�rlar Kengashi, viloyatlar va ?oshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)

IV. Oliy va professional taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirish

35.

Xalqaro mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, professional taʼlimning mazmuni va sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish.

Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Bunda:

Oliy va professional taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini Taʼlimning Xalqaro Standart Klassifikatori asosida xatlovdan oʻtkazish hamda mutanosiblikni taʼminlash;

tarmoqlarning malaka ramkalari darajalariga toʻgʻri keladigan kasb va lavozimlarning roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil avgust

Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qarorda professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirishni nazarda tutish.

2021-yil iyun

Professional taʼlim muassasalariga mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

37.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyini fan olimpiadalariga tayyorlash boʻyicha barcha litseylarga tayanch sifatida belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori.

Qarorda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo va biologiya sohasidagi tajribasini inobatga olgan holda, fan olimpiadalariga tayyorlash boʻyicha barcha akademik litseylarga tayanch sifatida belgilash.

Chora-tadbirlar dasturi.

Bunda:

Akademik litseylarning kimyo va biologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilarni tizimli ravishda fan olimpiadalariga tayyorlash
va ularning munosib ishtirok etishini taʼminlash;

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyini zamonaviy kimyo va biologiya laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.

2020-yil dekabr

Oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), tasarrufida akademik litseylar mavjud oliy taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)

38.

Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar koʻlamini kengaytirish.

Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish:

oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish boʻyicha maqsadli loyihalarni koʻpaytirish;

yoshlarni ilmiy loyihalarga jalb qilish tartibini belgilash;

2021-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan loyihalar sonini oshirish;

talabalar ilmiy jamoalarini yagona ilmiy portalga birlashtirish orqali Respublika talabalar ilmiy maktablarining raqamli platformasini yaratish;

xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy daraja berish Kengashlarini tashkil qilish.

2021-yil yanvar

Davl?t budjetidan davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro grantlar va oliy taʼlim muassasalarining mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

39.

Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

oliy taʼlim muassasalarida ilmiy laboratoriyalardan jamoaviy foydalanishni tartibga solish;

ilmiy laboratoriya toʻplamlarini xarid qilish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish;

oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy ilmiy laboratoriya toʻplamlari bilan taʼminlash darajasini yaxshilash;

Andijon davlat universitetida kimyo, biologiya va fizika yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy fan yutuqlari asosida olib borish uchun “Ekologiya va eksperimental biologiya” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

2021-yil avgust

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov)

40.

Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, oʻquv dasturlari va standartlarini optimallashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Oliy taʼlim muassasalarning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

reyting tizimida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalarini kredit-modul tizimiga oʻtkazish, hududlar kesimida joylashgan ish beruvchi korxonalar takliflarini inobatga olgan holda malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlarini kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqish va tasdiqlash;

2021-yil avgust

maʼnan eskirgan va zamon talablariga javob bermaydigan darslik va oʻquv adabiyotlarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish;

2020-yil noyabr

oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida mavjud darslik va oʻquv adabiyotlarini xatlovdan oʻtkazish;

2020-yil noyabr-dekabr

kredit-modul tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan fan dasturlari asosida zarur oʻquv adabiyotlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;

2020-yil noyabr-dekabr

xorij tajribasidan kelib chiqib, oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish.

2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich

41.

Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

tibbiyot oliy taʼlim muassasalari yuqori kurs talabalari mashgʻulotlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan xususiy tibbiy muassasalarda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;

tibbiyot oliy taʼlim muassasalari iqtidorli talabalariga oʻquv ishlari prorektori va fakultet dekanlari tavsiyasiga asosan 4-kursdan boshlab davlat tibbiy muassasalarida oʻrta tibbiyot xodimi sifatida kechki navbatchilikda ishlashga ruxsat berish.

2021-yil yanvardan boshlab

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

42.

Oliy taʼlim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Bunda:

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

“Raqamli universitet” axborot tizimini ishlab chiqish orqali oʻquv va ilmiy jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;

2021-yil fevral

oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladigan mutaxassislik fanlari dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari takliflarini inobatga olib axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohada qoʻllash boʻyicha mavzular bilan boyitish;

2021-yil avgust

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

43.

Oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ichki startap tanlovlarini tashkil etish.

Chora tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora tadbirlar rejasida quyidagilarni nazarda tutish:

oliy taʼlim muassasalarida startap loyihalar tanlovini tashkil etish, oʻtkazish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqish;

startap loyihalar tanlovlarini har yili oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va oliy taʼlim muassasalarining innovatsion jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan tanlov gʻoliblari loyihalarini moliyalashtirish.

2021-yil mart

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, oliy taʼlim muassasalarining innovatsion jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

44.

Yoshlar akademiyasi texnoparklarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalar boʻyicha startap akseleratorlar va muammoning yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi.

Bunda:

yoshlar texnoparklarida startap akseleratorlar va har bir hudud muammolarining yechimiga qaratilgan “xakaton”lar tashkil etish tartibini ishlab chiqish;

hududlardagi iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda startap akseleratorlar va “xakaton”larni tashkil etish;

“xakaton”lar natijasida gʻolib deb topilgan takliflarni ishlanmaga yoʻnaltirish;

“xakaton”larda gʻolib deb topilgan va startap akseleratorlarga oʻtgan loyihalarni moliyalashtirish.

2021-yil may

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 07/20/4884/1484-son; 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/290/0563-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)