Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi PF—1701-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi hamda oʻz tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlarning ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari, kontraktlari, mol-mulklari yuzasidan ularning vorisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
3. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mavjud sanʼat maktablari negizida bittadan tasviriy va amaliy sanʼat litseylarini tashkil etish hamda 1997/1998 oʻquv yilidan boshlab talaba va oʻquvchilar qabul qilishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tizimiga kiruvchi oʻquv yurtlarining Nizomi, mutaxassisliklar roʻyxati, oʻquv rejalarini, shuningdek, maxsus jamgʻarma Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Moliya vazirligi, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Akademiyaning moddiy-texnik negizini mustahkamlash yuzasidan takliflarni hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti haqidagi nizom va qoʻmita tarkibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining oʻz binosi toʻliq taʼmirlangunga va 500 oʻrinli yotoqxonasi qurib bitkazilgunga qadar M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining rassomlik fakulteti moddiy-texnik negizi hamda yotoqxonasidan foydalanishning joriy tartibini saqlab qolsin;
M. Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti rassomlik fakultetiga tegishli barcha oʻquv-ijodiy jihozlarni Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti balansiga oʻtkazib bersin;
5. Toshkent shahar hokimligi:
Badiiy Akademiyaning yangi zamonaviy binosi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining 500 oʻrinli yotoqxonasi qurilishi uchun bosh buyurtmachi etib belgilansin va moliya vazirligi ajratgan mablagʻlar hisobidan Akademiya buyurtmasiga muvofiq mazkur qurilish ishlarining amalga oshirilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda mazkur qurilishlarga shahar markazidan yer maydoni ajratsin va bosh pudratchini aniqlash uchun tender eʼlon qilsin;
Toshkent shahar, Sh. Rashidov koʻchasi, 40-uydagi binoni va unga tutash yer maydonidagi xiyobonni Badiiy Akademiya balansiga oʻtkazib bersin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Akademiyaning joylardagi oʻquv muassasalariga zarur zamonaviy shart-sharoitlarni yaratsinlar, ularni bino, jihoz va texnika, transport vositalari, oʻquv-ijodiy materiallar bilan taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi aʼzolariga berilgan ijodiy ustaxonalarning oʻz egalari tomonidan bepul xususiylashtirilishiga ruxsat etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Badiiy Akademiyaning oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi oylik rangli jurnali, ilmiy-tadqiqot va boshqa nashrlarini chop etishda yordam koʻrsatsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatini respublika budjetidan mablagʻlar bilan toʻliq taʼminlasin;
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali va boshqa nashrlarini chop etish uchun mablagʻ ajratsin;
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy apparatiga xizmat koʻrsatish uchun uchta yengil avtomobilga limit belgilasin;
Badiiy Akademiyaning Markaziy koʻrgazma zali binosini taʼmirlashni 1997-yil rejasiga kiritsin.
10. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Akademiyaga ajratilgan limitga muvofiq transport xizmati koʻrsatishni taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini hukumat va shahar telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-mart,
131-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 3-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 317-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 26-27-son, 210-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son)