Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmonining 11-bandiga muvofiq:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati” davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali” tahririyatini birlashtirish yoʻli bilan ularning negizida Vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilganligi;
b) Markaz:
aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targʻibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy eʼlon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanishi;
tarkibidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat koʻrsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritishi va oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi, ushbu mablagʻlarning yetishmagan qismi esa Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasini shakllantirish va yuritish, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlash, shuningdek ushbu milliy bazada normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashr etilishini, ularning turkumlashtirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini taʼminlash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur boʻlgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini taʼminlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarning norma va qoidalarini aholiga tushuntirish boʻyicha namunaviy hujjatlar toʻplamini tayyorlash;
normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng yoritish boʻyicha axborot-tahliliy media materiallarni, shu jumladan, audio- va videoroliklar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, bosma va elektron davriy ijtimoiy-huquqiy nashrlarni tayyorlash va chop etish;
Oldingi tahrirga qarang.
rasmiy nashrlar — “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻplami”ning, davriy nashrlar — “Inson va qonun” gazetasi, “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnalining hamda boshqa nashrlar — yuridik adabiyotlar, jumladan yuridik darsliklar, sharhlar va turli qoʻllanmalarni belgilangan tartibda chop etilishini taʼminlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish hamda xizmatlar koʻrsatish;
davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmasiga koʻra shartnoma asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda boshqa huquqiy va boshqaruv hujjatlari namunalarini tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-huquqiy axborotlarni keng yoritishga qaratilgan media materiallarni tayyorlash boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 70 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Markazning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Markazning ayrim mutaxassislari (Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi bilan bogʻliq ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar, shuningdek, rejissyor, kreativ muharrir, muxbir, dizayner, tasvirchi, videomontajchi, AKT mutaxassisi va b.) Markaz tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardan kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan mehnat bozoridagi haqiqiy konyunkturani hisobga olgan holda fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilinadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son qarorining 10-bandiga muvofiq:
a) Markazga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qilishi;
b) Markaz xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi va yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qoʻllanilishi, shuningdek avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinishi;
v) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanishi inobatga olinsin:
Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi, shuningdek adliya organlari va muassasalarining boshqa budjetdan tashqari mablagʻlari;
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari Markaz ustavida belgilanadi, bunda Markaz xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning (shu jumladan ragʻbatlantirish koeffitsiyenti, alohida mehnat sharoitlari uchun va boshqa toʻlovlar) amaldagi miqdorlaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻllaniladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Markaz fuqarolarga huquqiy axborotni tarqatish sohasida, shuningdek jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda turli innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish yuzasidan ushbu sohadagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan muntazam hamkorlikda ish olib boradi;
“Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati bosh muharrirlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
6. Vazirlik bir oy muddatda:
Markaz ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Markaz shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini;
“Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatlari nizomlarining ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Markaz faoliyat turlari boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablagʻlar kelib tushishining alohida hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochilishini;
Markazning soha faoliyati boʻyicha chuqur bilimlarga va amaliy ish tajribasiga ega malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
7. Vazirlik:
a) 2022-yil 1-martga qadar:
Markaz bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish choralarini koʻrsin;
foydalanuvchilar uchun qulay matn, audio va video axborot tarqatish imkoniyatlariga ega boʻlgan “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatining axborot portalini ishga tushirsin;
b) Markazni barcha qulayliklarga ega boʻlgan mos binoga joylashtirilishini va zarur media materiallarni yaratish va tarqatish uchun eng yangi axborot texnologiyalari va raqamli uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning buyurtmanomasiga koʻra uni belgilangan tartibda zarur boʻlgan aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek keng qamrovli Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2021-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
yuridik taʼlimni, shuningdek yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.
Belgilab qoʻyilsinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
10. Vazirlik Dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga monitoring natijalari boʻyicha axborot kiritib borsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
a) oltinchi xatboshiga “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” direktoriga” soʻzlari qoʻshilsin;
b) yettinchi xatboshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktoriga” soʻzlari “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining oʻrinbosarlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
678-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 678-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Direktor

Direktorning birinchi oʻrinbosari — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini yuritish boshqarmasi boshligʻi

Direktor oʻrinbosari

“Inson va qonun” gazetasi tahririyati

6

Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish boʻlimi

15

Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi

5

“Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati

5

Yuriskonsult

1

Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish boʻlimi

5

Media materiallarni tayyorlash boʻlimi

4

Veb-resurslar bilan ishlash boʻlimi

6

Moliya-iqtisod boʻlimi

2

Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish boʻlimi

4

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va huquqiy hujjatlar namunalarini tayyorlash boʻlimi

3

Dasturiy va texnik taʼminot boʻlimi

2

Marketing, reklama va obuna boʻlimi

2

Tarjimon

5

Mehnatni muhofaza qilish va xoʻjalik ishlari mudiri

1

Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 70 nafar. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tegishli normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Markazning ayrim mutaxassislari (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi bilan bogʻliq ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish hamda qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun mutaxassislar, shuningdek rejissyor, kreativ muharrir, muxbir, dizayner, tasvirchi, videomontajchi, AKT mutaxassisi va boshqalar) Markaz tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardan kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan mehnat bozoridagi haqiqiy konyunkturani hisobga olgan holda shartnoma asosida jalb qilinadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 678-son qaroriga
2-ILOVA
2020-2021-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

1. Oilada va taʼlim muassasalarida huquqiy madaniyatni yuksaltirish

1.

Bolalar va yoshlarga huquqiy taʼlim-tarbiya berishning konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov)

2.

Bolalar va yoshlar yuridik ensiklopediyasini tayyorlash va tarqatish

Idoraviy hujjat

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

3.

Oila davrasi uchun moʻljallangan yuridik ensiklopediya tayyorlash va tarqatish

Idoraviy hujjat

2021-yil sentabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Bolalarga kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini oʻrgatish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar tayyorlash

Koʻrgazmali qoʻllanmalar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

5.

Bolalar va yoshlar ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini, odob-axloq normalari va huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir tushunchalarni chuqur singdirib borishga qaratilgan qisqa metrajli media mahsulotlarini tayyorlash va yetkazish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil sentabr

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

6.

Taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalar uchun davlat ramzlarini eʼzozlash, huquq va burchlarini tushuntirish, qadriyatlarni hurmat qilish mavzularida ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil qilish

Ochiq darslar,

oʻquv mashgʻulotlari

2020-yil noyabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

7.

“bolahuquqlari. uz” huquqiy axborot portalidan bolalar va yoshlarning keng foydalanishini, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablaridagi oʻquv jarayonlarida ushbu portaldan keng va samarali foydalanishni tashkil qilish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

8.

Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va erkinliklari hamda burchlarini, oʻzgalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishni tushuntirishga, shuningdek, ularga “nima yaxshi-yu, nima yomon” tushunchalarini oʻrgatishga doir koʻrgazmali qoʻllanmalar tayyorlash

Koʻrgazmali qoʻllanmalar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi oʻrni, ahamiyati va mohiyatini oʻrganish maqsadida:

barcha taʼlim turlari boʻyicha Konstitutsiyani oʻrganishga oid uslubiy koʻrsatmalar va boshqa didaktik vositalarga qoʻyiladigan talablarni zamon talablari asosida tubdan qayta koʻrib chiqish, bunda oʻqitish tizimiga innovatsion usullarni keng qoʻllash;

Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha qoʻllanmalar va boshqa maxsus adabiyotlarni koʻrgazmali tarzda qayta nashr etish, ularni elektron shaklda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tarqatish chorasini koʻrish;

Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha tarbiyachi va metodistlar, professor-oʻqituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish chorasini koʻrish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil yanvar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Umumtaʼlim muassasalarida “Konstitutsiya burchagi”ni tashkil etish va uni Konstitutsiya va qonunlar aks etgan zamonaviy targʻibot vositalari bilan jihozlash

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Bolalarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan interaktiv mobil oʻyin-ilova ishlab chiqish

Mobil

oʻyin-ilova

2021-yil
may

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

12.

Umumtaʼlim muassasalarining yuqori sinflari uchun “Har kunlik huquq” nomli qoʻllanmalar tayyorlash

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

13.

Bolalarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida mobil soʻz oʻyinlari, shuningdek, “Huquqiy krossvordlar”, kichik shakllardan huquqiy ahamiyatga ega rasmlar yigʻish (“pazl” va boshqalar) va huquqiy test oʻyinlarini yaratish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

14.

Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari orasida har yili huquq fanidan quyidagi tanlovlarni tashkil qilish:

umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq — bu toʻgʻrilikdir” rasmlar tanlovi;

umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika koʻrik-tanlovi;

oʻrta maxsus professional taʼlim tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi;

oliy taʼlim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” koʻrik-tanlovi.

Koʻrik-tanlovlar

2021-yil
may

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

2. Keng aholi qatlamining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

15.

Tadbirkorlik subyektlariga tezkor ravishda bepul huquqiy maslahat va maʼlumotlar berishni nazarda tutuvchi “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portalini test rejimida ishga tushirish

Tashkiliy-texnik tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

16.

Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini taʼminlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida “Gender-madad” elektron huquqiy maslahatchi loyihasini ishga tushirish (sayt, mobil ilova tarzida)

Huquqiy maslahat sayti

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov)

17.

Fuqarolarni, shu jumladan, mansabdor shaxslarni qonunga boʻysunish va hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlarni suratga olish va animatsion videoroliklarni tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish

Qisqa metrajli filmlar, videoroliklar

2021-yil
may

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev)

18.

Aholiga huquq va majburiyatlarini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish boʻyicha videoroliklar, infografikalar va boshqa koʻrgazmali materiallar tayyorlash hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish

Ijtimoiy videoroliklar, koʻrgazmali materiallar

Har oyda kamida bir marta

Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov)

19.

Huquq va majburiyatlarni ifodalovchi turli belgilar tasvirini ishlab chiqish va ularni aholi gavjum joylarda (bozorlar, savdo markazlari va hokazo) oʻrnatish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Jamoat joylarida yurish, oʻzini tutish va atrofidagilar bilan muomala qilish madaniyatini shakllantirish boʻyicha yoʻlovchi transport vositalarida, avtobekatlarda, temir yoʻl bekatlarida va boshqa jamoat joylarida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ogohlantiruvchi va tushuntiruvchi bannerlarni oʻrnatish

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Aholi oʻrtasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan oqilona foydalanish qoidalari hamda ularni tejash, maishiy chiqindilar hamda boshqa kundalik muammoli masalalar yuzasidan fuqarolar oʻrtasida keng qamrovli targʻibot ishlarini (infografika, plakat va bannerlar oʻrnatish va boshqalar) tashkil qilish

Uchrashuvlar, tushuntirish tadbirlari

2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Fuqarolar oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning oʻrni va ahamiyati boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish, bunda Konstitutsiyaning har bir moddasining mohiyati va ahamiyatini koʻrgazmali tarzda (infografika va boshqalar) ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali aholiga yetkazish chorasini koʻrish

Targʻibot dasturi, koʻrgazmali materiallar va boshqa tashkiliy choralar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

23.

Mehnat migrantlariga huquqlarini tushuntirish boʻyicha “Migrantga huquqiy yordam” loyihasi (risola, buklet, flayer, maʼruza va uchrashuvlar)ni tashkil qilish

Targʻibot tadbirlari

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

24.

Xorijga ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish hamda boshqa davlatlarning qonun hujjatlari boʻyicha huquqiy axborotlar berish maqsadida aeroportlar va vokzallarda huquqiy axborot burchaklarini tashkil qilish va targʻibot tadbirlarini oʻtkazish

Huquqiy targʻibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan

Reja-grafik asosida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Transport vazirligi (I. Maxkamov)

25.

Yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, koʻchalarda turli fleshmob tadbirlarini tashkil qilish

Huquqiy targʻibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

26.

Nogironlar, yolgʻiz pensionerlar, yolgʻiz onalar, oʻqituvchilar, tadbirkorlar, kam taʼminlanganlar, ishsizlar va boshqa qatlam aholi vakillari uchun huquqlari, ularga berilgan imtiyozlar va qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutuvchi qoʻllanma va axborot tushuntirish materiallarini tayyorlash

Qoʻllanmalar, tushuntirish materiallari

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

27.

Koʻzi ojizlar uchun ularga qonun hujjatlarida berilgan turli imtiyozlar, yengilliklar va huquqlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan brayl shaklidagi qoʻllanma va uning audio shaklini tayyorlash

Qoʻllanma

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston nogironlar jamiyati (K. Abdullayev)

28.

Harbiy qism va muassasalarda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni tushuntirish

Uchrashuvlar, seminarlar

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Joʻrayev)

29.

Tibbiyot muassasalari xodimlari hamda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga ularning mehnatga doir huquqlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish

Uchrashuvlar, seminarlar

2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

30.

Mahallalarda eng dolzarb va muammoli masalalarni chuqur tahlil qilish va natijasiga koʻra aniq manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga tegishli qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini tushunarli tilda yetkazish boʻyicha zarur choralar koʻrish

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Aholi oʻrtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida quyidagi koʻrik tanlovlarini tashkil qilish:

Koʻrik-tanlovlari

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

oʻquvchi va talabalar “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida umummilliy insholar tanlovi;

Insholar tanlovi

Qoʻshma qarorga muvofiq

yoshlar oʻrtasida “Korrupsiyaga yoʻq deylik” va “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiorlari ostida fleshmoblar;

Fleshmoblar

keng aholi qatlami orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi (“Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi jurnalistik material”, “Eng yaxshi yumoristik asar” hamda “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyalari boʻyicha).

Megatanlov

32.

Aholini qiziqtiradigan eng dolzarb masalalarni aniqlash hamda ular boʻyicha huquqiy tushuntirish va huquqiy maslahat berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Manzilli huquqiy targʻibot dasturi asosida aholiga qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini yetkazish.

Manzilli huquqiy targʻibot dasturi

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlangʻich koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish, shu jumladan, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan maʼmuriy reglamentlar talablarini taʼsirchan usullarda (koʻrgazmali) aholiga aniq va batafsil tushuntirish

Targʻibot-tushuntirish tadbirlari

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq aholiga birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimi huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, uning xalqaro talablar bilan uygʻunlashishini taʼminlash

Kompleks

chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

35.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari va boshqa koʻngillilarni jalb qilish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muhim masalalar (“Xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina haydama”, “Iflos qilma”, “Navbatga tur”, “Piyodalar oʻtish joyidan oʻt”, “Mashinani belgilangan joyga qoʻy”, “Qonunbuzilishni fosh qil”, “Chekni talab qil”, “Men qonunni hurmat qilaman”, “Huquqingni talab qil”, “Toʻxta, bu noqonuniy” va boshqalar) boʻyicha fleshmob tadbirlarini tashkil qilish, videoroliklar tayyorlash

Kompleks targʻibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan
Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Aholiga, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga (nogironligi mavjud shaxslar, kam taʼminlanganlar, ishsizlar, qaramogʻida voyaga yetmagan bolalari bor beva ayollar va boshqalar), ayniqsa qishloq joylarda va borish qiyin boʻlgan olis tumanlarda huquqiy masalalar boʻyicha sayyor maslahat va tushuntirishlar berish amaliyotini keng yoʻlga qoʻyish

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Uzoq yillar huquqni muhofaza qilish organlari, sud va davlat idoralarida mehnat qilganlarning bazasini yaratish, ular imkoniyatlaridan jamoatchilik bilan uchrashuvlarda foydalanish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har oyda kamida bir marta

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

38.

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan axborot maʼlumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid bosma materiallarni chop etish

Plakatlar, flayerlar, risola va bukletlar

2020-yil

noyabr-dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

39.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali shu jumladan mavzuga bagʻishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni keng yoritib borish

Telekoʻrsatuvlar, radioeshittirish
lar, brifinglar

Alohida media-reja asosida

MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishni targʻib qilish yoʻnalishlarida aholini, shu jumladan mansabdor shaxslarning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish boʻyicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli ijtimoiy-huquqiy koʻrsatuvlar tok-shoular va davra suhbatlarini tayyorlash va efirga uzatish

Syujetli telekoʻrsatuvlar, tok-shoular va davra suhbatlari

Alohida media-reja asosida

MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Normativ-huquqiy hujjatlarni mutaxassislar va keng jamoatchilikka etkazish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarga sharhlar va tushuntirishlarni tayyorlash va tarqatish orqali yetkazish mexanizmini takomillashtirish

Idoraviy hujjat

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

3. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

42.

Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarda xodimlar uchun oʻz sohasiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqiy sohadagi muhim masalalarni oʻqitish boʻyicha “respublika-viloyat-tuman” prinsipida maxsus seminarlar tashkil qilish.

Oʻquv seminarlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar

43.

Barcha mahalliy hokimliklarda har haftada “Qonunchilikdagi yangiliklar” mashgʻulotlarini tizimli tashkil qilish, unda adliya organlari tomonidan hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini hokimlik va mutasaddi tashkilot rahbarlariga koʻrgazmali tarzda tushuntirish, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini tashkil qilish holati boʻyicha tushuntirish va yoʻnalishlar berish

Oʻquv mashgʻulotlari

2020-yil noyabrdan



Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari bilimini huquqiy savodxonlikning minimal darajasi boʻyicha oshirish choralarini koʻrish.

Tashkiliy

chora tadbirlar

2020-yil noyabr-dekabr


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov),
vazirlik va idoralar

45.

Davlat organlari va tashkilotlarida Konstitutsiyani oʻrganish tadbirlarini tashkil qilish, bunda har bir xodim tomonidan Konstitutsiyaning har yarim yilda kamida bir marotaba oʻqib oʻrganilishini tashkil qilish.

Natijasi boʻyicha xodimlarning Konstitutsiyani bilish darajasini adliya organlari tomonidan sinovdan oʻtkazish va baholash.

Oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlari

2020-yil noyabr


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

46.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida har haftalik huquqiy taʼlim boʻyicha oʻquv soatlarini joriy etish va muntazam ravishda oʻtkazib borilishini tashkil etish.

Oʻquv mashgʻulotlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Vazirlik va idoralar

II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish

47.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi va qoʻshimcha huquqiy axborotga kirish tizimlarini (“Advice. uz” (e-maslahat. uz) huquqiy axborot portali, “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portali, yuridik lugʻat, qonun hujjatlarini muhokama qilish uchun onlayn forum va boshqalarni) oʻz ichiga olgan va foydalanuvchilar uchun qulay shaklda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy huquqiy internet portalini modernizatsiya qilish, jumladan, bunda “aqlli” izlash funksiyalarini nazarda tutish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

48.

Media resurslar, shu jumladan aholi gavjum joylarda oʻrnatilgan displey (Display advertising) va LED ekranlarda u yoki bu huquqiy masalaning yechimi toʻgʻrisida dolzarb va toʻliq maʼlumotlarni joylashtirish orqali aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

49.

Huquqiy axborot tarqatish usullarini yanada keng joriy etish maqsadida aholi uchun huquq sohasi bilan bogʻliq xizmatlar va maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi, shu jumladan huquqiy maʼlumot resurslarini oʻzida jamlagan yagona mobil ilova yaratish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov)

50.

Internet jahon axborot tarmogʻida oʻzbek, rus va ingliz tillarida yuritilayotgan “Huquqiy axborot” telegram kanali auditoriyasini yanada kengaytirgan holda, unda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining qisqacha mazmunini tahliliy tarzda yoritib berish, shuningdek, aholiga huquq va majburiyatlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy materiallarni (xabarlar, sharhlar, infografikalar, video, audiomateriallar va boshqalarni) berib borish

Targʻibot materiallari

2020-yil noyabrdan

Adliya vazirligi (R. Davletov)

51.

Faol fuqarolik pozitsiyasi va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish hislarini shakllantirishga xizmat qiladigan, oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan “Street Law” huquqiy taʼlim dasturini keng joriy qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali tashkil qilish

Kompleks huquqiy targʻibot tadbirlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

52.

Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan savollar asosida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga va telegramdagi rasmiy kanallariga anonim tarzda amaliy misollarni (“case study”) joylashtirish va bunda fuqarolarga muammo mazmun-mohiyatini tushuntirish, yechimlarni izlash va ulardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini bergan holda real materialga asoslangan yoki unga yaqin hayotiy huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa nizoli vaziyatlarni bayon etish

Idoraviy hujjat

2021-yil fevral

Vazirlik va idoralar

53.

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “huquqiy onlayn maslahatchi” xizmatini joriy qilish va u orqali soha faoliyatiga doir qonun hujjatlarini targʻib qilish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy masaladagi savollariga javob berilishini taʼminlab borish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Vazirlik va idoralar

54.

Aholiga huquqiy axborot tarqatish samaradorligini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari bosh interfeysida majburiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali elektron manziliga (portal emblemasini koʻrsatgan holda) doimiy tarzda havola joylashtirish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Vazirlik va idoralar

55.

Aholi va ijrochilarga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda huquqiy axborotni taqdim etib borishda, shu jumladan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda veb-texnologiyalardan foydalanishni yanada kengaytirish chorasini koʻrish, bunda Internet jahon axborot tarmogʻidagi ijtimoiy sahifalarda (Facebook, Twitter, Youtube, Mytube. uz va h. k. ) faoliyatini faollashtirish chorasini koʻrish

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Vazirlik va idoralar

56.

Here-and-now” tamoyili asosida fuqarolarga barcha dolzarb va zarur huquqiy maʼlumotlarni taqdim qiluvchi yangilangan e-maslahat. uz interaktiv huquqiy portalini (saytini) takomillashtirish

Interaktiv axborot-huquqiy portali

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Madad” NNT (T. Tursunov)

57.

“Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash” tanlovini oʻtkazish

Tashkiliy choralar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish

58.

Jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish boʻyicha bepul oʻquv kurslari va seminarlar tashkil qilish

Oʻquv kurslari, seminarlar

2021-yil

Yanvar — mart

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev)

59.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun oʻz sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha doimiy ravishda matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish

Matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar

Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

60.

Fuqarolarning huquqiy madaniyati va maʼrifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hamda huquqiy mavzudagi boshqa loyihalarni tayyorlash

Media-reja

2020-yil
noyabr

MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

61.

Davlat va jamiyat hamda fuqarolar hayotidagi muhim qonunlar, shuningdek yangi qabul qilingan boshqa qonun hujjatlari mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish

Media-reja

2020-yil
noyabr

MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish

62.

Masofaviy taʼlim orqali qisqa muddatli kurslarda maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari va boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining huquq asoslari va bola huquqlari boʻyicha malakasini oshirish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

63.

Oliy va oʻrta maxsus yuridik taʼlim muassasalari axborot kutubxona fondlarini ilgʻor xorijiy mamlakatlarda chop etilgan zamonaviy va ixtisoslashgan yuridik adabiyotlar va ularning elektron nusxalari bilan boyitish

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

64.

Yuridik taʼlim muassasalarida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrgangan holda yangi oʻquv rejalarni ishlab chiqish,talabalar tomonidan huquqshunoslar uchun zarur boʻlgan zamonaviy bilim va koʻnikmalarni chuqur egallashlarini taʼminlash maqsadida ixtisoslashtirilgan fanlar hajmini koʻpaytirishni taʼminlash

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

65.

Yuridik taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga sudlar, ichki ishlar organlari, prokuratura, bojxona va soliq idoralari, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlaydigan yuristlarni, shu qatorda xalqaro (xorijiy) yuristlarni jalb qilish

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar

66.

Yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasidan keng va unumli foydalangan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻquv jarayoniga masofaviy taʼlimni tatbiq etish

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

67.

Oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish, mehnat bozorida talab qilinadigan kadrlar tayyorlash uchun yuridik kollejlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari koʻlamini kengaytirish

Kompleks
chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish

68.

Jamiyatda huquqiy axborotni tarqatish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar koʻlamini kengaytirish

Ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov)

69.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muammolariga bagʻishlab konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish

Konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari

2020-yil noyabrdan


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

70.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ahvoli, uning darajasi, koʻlamlari, dinamikasi va tendensiyalari yuzasidan ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa izlanishlarni amalga oshirish

Ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa izlanishlar

Har yarim yilda kamida bir marta

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), manfaatdor vazirlik va idoralar

71.

Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish darajasi boʻyicha oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalarini ommaviy axborot vositalari, elektron va bosma nashrlarda hamda vazirlik va idoralarning veb-saytida doimiy yoritib borish

Tahliliy materiallar

2021-yil mart


Reja-grafik asosida

Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), MTRK (A. Xadjayev)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/678/1442-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)