|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.05.1995
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XOʻJALIKLAR IXTIYORIDA QOLDIRILADIGAN PAXTA TOLASI, PILLA, JUN VA QORAKOʻL TERINI SOTIShNI TAʼMINLOVChI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKA VA VILOYaT UYuShMALARINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-maydagi 171-sonli “Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini sotishni taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarini tugatish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini sotishni taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-oktabrdagi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalari:
xoʻjalik hisobidagi vositachi-sotuvchi tashkilot boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda uyushmaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy ustaviga amal qiladilar;
xoʻjaliklar bilan oʻz munosabatlarini ixtiyoriy ravishda, shartnomaviy va oʻzaro manfaatli asosda yuritadilar, oʻz zimmalariga yuklangan vazifalar hamda yumushlarning bajarilishi uchun jamoa, davlat va dehqon xoʻjaliklari hamda uyushma tarkibiga kirgan boshqa korxonalar va tashkilotlar, shuningdek viloyat hokimiyati oldida javobgar boʻladilar;
respublika Hukumati tomonidan 1992-yil 12-mayda tasdiqlangan (11-23-63-son) tartibga muvofiq jamoa, davlat va dehqon xoʻjaliklarining ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini sotishda ularga vositachilik xizmati koʻrsatadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish” bilan birgalikda ichki va tashqi bozorlarda ana shu mahsulot turlariga boʻlgan bozor konyunkturasini oʻrganadilar, mazkur mahsulotlarni eksportga chiqarish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali litsenziyalarni rasmiylashtiradilar hamda Vazirlar Mahkamasi ajratgan kvotalar asosida ularning MDH hududida sotilishini taʼminlaydilar;
yuqorida koʻrsatilgan mahsulot turlarini sotish yuzasidan har oyda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga va “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish”ga belgilangan hisobotni taqdim etadilar.
2. Muassislarning umumiy yigʻilishi uyushmaning yuqori organi hisoblanib, uni boshqaruv saylaydi. Boshqarish apparatining tuzilmasi va xodimlari sonini, xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimini uyushma boshqaruvi belgilaydi va tasdiqlaydi. Boshqaruv huzuridagi apparat uning xoʻjalik hisobidagi faoliyati evaziga saqlanadi. Uyushmaning Namunaviy ustavi va tuzilmasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarish xodimlariga necha kishi ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal qilsin.
Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosari viloyat hokimining taqdimnomasiga binoan uyushma muassislarining yigʻilishida saylanadilar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimlari tashkil etilgan uyushmalarni joylashtirish, ularni telefon va teletayp aloqasi, mebel, asbob-uskunalar, tashkiliy texnika, avtotransport bilan taʼminlash masalasini hal qilsinlar.
4. Oʻrta Osiyo temir yoʻl Boshqarmasi (oʻrtoq Jeltouxov) va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi (oʻrtoq Axmetov) 1992-yil 7-oktabrdagi 477-son Farmonning va ushbu qarorning talablarini qatʼiy bajara borib, uyushmalarning talabnomalari boʻyicha transport vositalari ajratishni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish, oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin. Uning amalga oshirilishi yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui majlisida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 17-oktabr,
479-son
Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini sotishni taʼminlovchi viloyat Qoraqalpogʻiston respublika uyushmasining
NAMUNAVIY USTAVI
1. Respublika xoʻjaliklari ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teri sotilishini taʼminlovchi viloyat (Qoraqalpogʻiston respublika) uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini sotishni taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-oktabrdagi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining ushbu masalaga doir 1992-yil 17-oktabrdagi 479-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
2. Ixtiyoriylik asosida tashkil qilingan uyushma tijorat-vositachilik tashkiloti boʻlib, oʻz faoliyatini ushbu Ustav asosida, toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash qoidalari asosida amalga oshiradi.
Uyushmaning daromadlari shartnoma va bitim asosida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda undirib olinadigan mablagʻlar hisobiga hosil boʻladi.
3. 1-bandda koʻrsatilgan mahsulot turlarini yetishtiruvchi jamoa, davlat va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlar mutlaqo ixtiyoriylik va tenghuquqlilik asosida uyushmaning aʼzolari boʻlishlari mumkin.
4. Uyushma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari chiqargan boshqa meʼyoriy hujjatlarga, ushbu Ustavga, uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi va uning boshqaruvi qabul qilgan qarorlarga amal qiladi.
5. Uyushma faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
mustaqil ravishda sotish uchun qoldiriladigan, paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilanganidek va respublika Hukumati tomonidan 1992-yil 12-mayda tasdiqlangan (11-23-63-son) mazkur mahsulotlarni sotish tartibiga muvofiq ularni erkin narxlar bilan sotishda jamoa va davlat xoʻjaliklariga hamda boshqa shu xildagi mahsulotlar yetishtiruvchilarga tijorat-vositachilik xizmati koʻrsatish;
yuqorida koʻrsatilgan turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtruvchilarni birlashtirish va mazkur mahsulotlarni samarali tarzda, naf koʻrib sotish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, xoʻjaliklarga zarur mollarni sotib olishda koʻmaklashish va shu asosda jamoa hamda davlat xoʻjaliklarining iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
qishloq xoʻjalik mahsulotlarini topshirish chogʻida xoʻjaliklarning manfaatlarini himoya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish” bilan birgalikda tuziladigan shartnomalar va bitimlarning xoʻjaliklar va umuman respublika uchun eng koʻp naf keltiradigan tarzda samarali boʻlishi maqsadida ichki hamda tashqi bozorlardagi konyunkturani va ushbu mahsulot turlariga narx belgilanishini oʻrganish;
mahsulotning mazkur turlarini MDH davlatlariga va Boltiq-boʻyi davlatlariga olib chiqib ketish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasida kvotani hamda ajratilgan kvotalar hajmida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali eksportga litsenziyalarni rasmiylashtirish;
paxta tolasi, qorakoʻl teri, jun va pilla yetishtirish boʻyicha hamda shu mahsulotlar belgilangan topshiriqdan tashqari mintaqada qancha tayyorlanganligi va belgilangan topshiriqning 15 foizi hajmidagi paxta tolasi, qorakoʻl teri, jun hamda belgilangan topshiriqning 25 foizi hajmidagi pilla mavjudligi boʻyicha yagona hisob-kitob va hisobotni yuritish (respublika Hukumatining qaroriga binoan foiz nisbatlari oʻzgartirilishi mumkin);
qishloq xoʻjalik mahsulotlarining mazkur turlarini yetishtirish, yetkazib berish hamda ularning qoldiqlari boʻyicha har oyda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga va “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish”ga hisobot taqdim etish;
xoʻjaliklarga hujjatlarni rasmiylashtirish va mazkur qishloq xoʻjalik mahsulotlarining isteʼmolchilar bilan bevosita oʻzaro manfaatli xoʻjalik aloqalarini rivojlantirish borasida har xil tijorat-vositachilik xizmatlari koʻrsatish.
6. Uyushma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarga shu mahsulotlarning Hukumat qarorlariga binoan ularda qoldiriladigan qismini sotishda amaliy yordam beradi;
jamoa, davlat va dehqon xoʻjaliklarida mustaqil sotish uchun qoldiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini erkin narxlar bilan sotishda ularga tijorat-vositachilik xizmatlari koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzboshyengiltaʼminotsotish” bilan birgalikda tuziladigan shartnomalarning xoʻjaliklar va umuman respublika uchun eng koʻp naf keltiradigan tarzda samarali boʻlishi maqsadida ichki va tashqi bozorlardagi konyunkturani hamda paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl teriga narx belgilanishini oʻrganadi;
ushbu mahsulot turlarining isteʼmolchilarini izlaydi, ular bilan respublika xoʻjaliklari tomonidan shu mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomalar va bitimlar tuzadi;
temir yoʻl vagonlariga doir yillik, yil choragi uchun va oylik rejalar va talabnomalarni rejalashtirish hamda ularni Oʻrta Osiyo temir yoʻl Boshqarmasiga taqdim etishda koʻmaklashadi;
tuzilgan shartnoma va bitimlarga muvofiq ushbu mahsulot turlarini yetkazib berish toʻgʻrisida xoʻjaliklarga koʻrsatma beradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
respublika Hukumati tomonidan 1992-yil 12-mayda tasdiqlangan (11-23-63-son) tartibga muvofiq mintaqadagi xoʻjaliklarda ushbu mahsulot turlarini yetishtirish boʻyicha hamda belgilangan topshiriqdan tashqari tayyorlangan mahsulotning, belgilangan topshiriqning 15 foizi hajmidagi paxta tolasi, qorakoʻl teri, jun va belgilangan topshiriqning 25 foizi hajmidagi pillaning mavjudligi boʻyicha yagona hisob-kitob yuritadi;
mustaqil ravishda sotish uchun xoʻjaliklarda qoldiriladigan mahsulotlar boʻyicha davlat, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda xoʻjaliklarning manfaatlarini himoya qiladi hamda mahsulot yetishtirish va sotish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ana shu tashkilotlarda xoʻjaliklarning vakili boʻladi;
hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarining isteʼmolchilari bilan bevosita oʻzaro manfaatli xoʻjalik aloqalarini rivojlantirishda shartnoma asosida xoʻjaliklarga turli vositachilik va huquqiy xizmatlar koʻrsatadi;
mahsulotning mazkur turlarini MDH davlatlariga va Boltiq-boʻyi davlatlariga yetkazib berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasida kvotalarni hamda ajratilgan kvotalar hajmida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi orqali litsenziyalarni rasmiylashtiradi;
birkitilgan mahsulot turlari boʻyicha toʻla miqyosli marketing ishlarini olib boradi;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, MDH mintaqalari, boshqa davlatlar va xorijiy firmalarning taʼminot-sotish, tijorat-vositachilik tashkilotlari, birlashmalari va korxonalari bilan bevosita amaliy aloqalar oʻrnatadi;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, foydaning va xoʻjalik hisobi daromadining koʻpayishiga imkon beradigan xoʻjalik hisobini, shartnomaviy, moliyaviy va hisob-kitob intizomini mustahkamlaydi;
oʻzining moddiy-texnika negizini rivojlantirish va mustahkamlashni, asosiy jamgʻarmalardan, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni yaxshilashni taʼminlaydi;
mehnat va boshqarishni ilmiy tashkil qilishni joriy etadi, mehnat samaradorligini oshirishni taʼminlaydi, zamonaviy hisob texnikasini qoʻllangan holda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini vujudga keltiradi; uyushma tizimi uchun malakali kadrlar tanlash masalalarini shartnoma asosida hal qiladi;
oʻz mablagʻlari va qarzga olingan mablagʻlar hisobiga omborxonalar, uy-joylar, ijtimoiy-madaniy va maishiy soha inshootlari barpo etadi, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha kapital qurilish ishlarini taʼminlaydi;
belgilangan tartibda markazlashtirilgan moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalarini tashkil qiladi hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
pul va moddiy boyliklarning saqlanishini, yetkazilgan zararning undirilishini, tejamkorlik rejimiga rioya etilishini taʼminlaydi;
mahsulot yetkazib beruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida qaror topgan xoʻjalik aloqalarinn takomillashtiradi hamda shunday oqilona aloqalarni tashkil etish borasidagi tadbirlarni amalga oshiradi, bunda talabnomalar va uzoq muddatli shartnomalar asosida uzoqqa choʻziladigan bevosita aloqalarni faol kengaytirib boradi.
7. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga ega boʻladi.
8. Uyushmaning faoliyatiga uyushmaning boshqaruv raisi boshchiligidagi boshqaruvi rahbarlik qiladi.
Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosari viloyat hokimining taqdimnomasiga binoan uyushma muassislarining yigʻilishida saylanadi.
Uyushma boshqaruvi raisdan, rais oʻrinbosaridan va xoʻjaliklarning vakillaridan iborat boʻladi. Uyushma boshqaruvining aʼzolari uyushmaning umumiy yigʻilishida saylanadilar va uning boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
9. Uyushma boshqaruvining raisi:
uyushma zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi, boshqaruv raisi oʻrinbosarining, uyushma boʻlimlari rahbarlarining oʻzlari mutasaddilik qilayotgan uyushma faoliyati masalalari boʻyicha ishlarning ahvoli uchun masʼuliyat darajasini belgilaydi;
buyruqlar, farmoyishlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, ijro etish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
zarur hollarda boshqa tashkilotlar, uyushmalar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi;
uyushma apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;
uyushma boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
uyushma nomidan ishonchnomalar beradi, amaldagi qonunlarga muvofiq uyushmaning mulki va mablagʻlarini tasarruf qiladi;
shartnomalar va bitimlarni uyushma nomidan imzolaydi.
10. Uyushma markaziy apparatining tuzilmasi, lavozimlar roʻyxati, xodimlarning maosh va stavka miqdorlari, mukofotlash, mukofot pullari toʻlash toʻgʻrisidagi nizomlar “Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik Asoslarining 5-moddasiga muvofiq uyushma boshqaruvining raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda uning xoʻjalik hisobi asosidagi faoliyati hisobiga saqlanadi.
11. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda oʻz nomi oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
12. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tugatiladi.
Paxta tolasi, jun va qorakoʻl teri xarid qiluvchi va yetkazib beruvchi viloyat (Qoraqalpogʻiston respublika) uyushmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
NAMUNAVIY TUZILMASI