Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-may,
PF-5035-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PF-5035-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida:
a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Xizmatga” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2721-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) nomlanishi va muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1 va 2-ilovalarning nomlanishidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
nomlanishidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismonan va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandda:
kuyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi oʻrinlarda — murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimining faoliyat yuritishini taʼminlash;
davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari taʼminlanishi holatini chuqur tahlil qilish, ular faoliyatidagi muammolar va kamchiliklarni aniqlash”;
ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“murojaatlar koʻrib chiqilayotganda aniqlangan, birinchi navbatda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi tizimli qoidabuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan huquqni koʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish”;
8-bandda:
“a” kichik band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari taʼminlanishi holatini chuqur tahlil qiladi, ular faoliyatidagi muammolar va kamchiliklarni aniqlaydi”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“v” kichik bandda:
kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishi bilan bogʻliq fuqarolarning murojaatlarini har tomonlama va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlaydi”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
12-banddagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha” soʻzlari “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish. jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5 va 7-ilovalarda:
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha” soʻzlari “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.