1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2019-yil 13-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 15,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish to‘g‘risida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 16,76 mln AQSh dollarini, shu jumladan:
OTB qarzi — 15,0 mln AQSh dollarini;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi soliq imtiyozlari (qo‘shilgan qiymat solig‘i, davlat maqsadli jamg‘armalariga yig‘imlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarni yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etish) hisobiga — 1,76 mln AQSh dollarini;
v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020 — 2023-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyiha doirasida quyidagi investitsiya loyihalari tayyorlanadi:
Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya va qurish loyihasi (Faza 3) — loyiha tashabbuskori “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati;
Ichimlik suv va oqova suv ta’minotini rivojlantirish dasturi — loyiha tashabbuskori “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning ikkinchi va uchunchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi — loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
3. Quyidagilar:
“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasining asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
a) “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “O‘zsuvta’minot” AJ) ichimlik suv va kanalizatsiya sohasidagi loyihalarning, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) “Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
(4-bandning “a” kichik banidi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
b) OTB qarzlarini qaytarish va foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar 2020-yildan 2024-yilning 15-noyabr sanasigacha ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan loyihalar bo‘yicha olingan qarzlar hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda, tegishli loyihaoldi hujjatlari xarajatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan mablag‘lar (qarzni qoplash va foizlar to‘lash) “O‘zsuvta’minot” AJ, loyihalarning boshqa ishtirokchilari hamda tegishli viloyatlarning mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
v) 2024-yilgacha bo‘lgan davrda loyihalar bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilinmagan taqdirda, OTB qarzlarini qaytarish va foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli investitsiya loyihasi bo‘yicha 2024-yildan loyiha tashabbuskorlari uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va OTB o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
loyihaning tasdiqlangan parametrlariga muvofiq loyiha o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirsinlar;
loyihani boshqarish qo‘llanmasida belgilangan tartibda loyihani amalga oshirish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zsuvta’minot” AJga mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashabbuskor bo‘lgan loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish vazifasi yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-iyul,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga 1-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasining
* Loyihaning yakuniy qiymat ko‘rsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha tender savdolari natijalariga ko‘ra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga 2-ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni to‘lash
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori
15,0 mln AQSh doll.
Qarz muddati
25 yil
Imtiyozli davr
5 yil
Foiz stavkasi
2,0%
Yillar
Asosiy qarzga kiritiladigan foizlar (ming dollar)
To‘lanadigan foizlar (ming dollar)
Asosiy qarz qaytarilishi (ming dollar)
Jami qaytariladigan mablag‘ (ming dollar)
15.11.2020
15,3
15.05.2021
40,3
15.11.2021
62,5
15.05.2022
89,8
15.11.2022
100,3
15.05.2023
119,5
15.11.2023
131,3
15.05.2024
151
15.11.2024
152,5
375
527,5
15.05.2025
148,7
375
523,7
15.11.2025
144,1
375
519,1
15.05.2026
141,1
375
516,1
15.11.2026
136,5
375
511,5
15.05.2027
133,4
375
508,4
15.11.2027
128,9
375
503,9
15.05.2028
125,8
375
500,8
15.11.2028
122
375
497
15.05.2029
118,2
375
493,2
15.11.2029
113,8
375
488,8
15.05.2030
110,6
375
485,6
15.11.2030
106,2
375
481,2
15.05.2031
102,9
375
477,9
15.11.2031
98,6
375
473,6
15.05.2032
95,3
375
470,3
15.11.2032
91,5
375
466,5
15.05.2033
87,7
375
462,7
15.11.2033
83,4
375
458,4
15.05.2034
80,1
375
455,1
15.11.2034
75,8
375
450,8
15.05.2035
72,4
375
447,4
15.11.2035
68,3
375
443,3
15.05.2036
64,8
375
439,8
15.11.2036
61
375
436
15.05.2037
57,2
375
432,2
15.11.2037
53,1
375
428,1
15.05.2038
49,6
375
424,6
15.11.2038
45,5
375
420,5
15.05.2039
41,9
375
416,9
15.11.2039
37,9
375
412,9
15.05.2040
34,3
375
409,3
15.11.2040
30,5
375
405,5
15.05.2041
26,7
375
401,7
15.11.2041
22,8
375
397,8
15.05.2042
19,1
375
394,1
15.11.2042
15,2
375
390,2
15.05.2043
11,4
375
386,4
15.11.2043
7,6
375
382,6
15.05.2044
3,8
375
378,8
Jami:
710,0
3120,2
15000,0
18120,2
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/426/1035-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)