1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga va “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qaroriga muvofiq kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi ― I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar boʻyicha;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ― kichik hajmli kemalar boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari ― oʻziga tegishli I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar hamda kichik hajmli kemalar boʻyicha;
b) I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar va (yoki) kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyat boʻyicha berilgan litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;
v) avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2022-yil 31-dekabrga qadar haqiqiy hisoblanadi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 484-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/484/0745-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari:
a) ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha namunaviy oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
kema haydovchisi guvohnomalarining blankalarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasida tayyorlashni tashkil etsin;
b) amaldagi kema haydovchisi guvohnomalarini kema haydovchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish natijalari boʻyicha almashtirsin;
v) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, transport vaziri E.M. Ganiyev, favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni S.E. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-iyul,
421-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son qaroriga ILOVA
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish vakolatiga ega boʻlgan barcha davlat taʼlim tashkilotlari hamda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda ― taʼlim tashkilotlari) uchun majburiy hisoblanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
lotsiya ― xavfsiz suzish shartlari nuqtai nazaridan, qirgʻoq va suv osti relyefi navigatsion xususiyatlarining batafsil bayonini qamrab olgan suv obyektlarini oʻrganuvchi kemachilik sohasi;
kema ― jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ichki suv yoʻllarida kemachilik maqsadida foydalaniladigan, asosiy dvigatelining quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yoʻlovchi sigʻimi 12 kishidan ortiq boʻlgan oʻziyurar suzish vositalari, yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlgan oʻziyurmas kemalar;
kichik hajmli kema ― asosiy dvigatelining quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yoʻlovchi sigʻimi 12 kishidan ortiq boʻlmagan oʻziyurar kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qatʼi nazar osma motorli kemalar, yelkanli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlmagan oʻziyurmas kemalar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari (katamaranlar), havo bosimi bilan toʻldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar;
kater ― xonalarga ega boʻlgan, turgʻun dvigatel (dvigatellar) yoki osma motor (motorlar) bilan jihozlangan kichik hajmli kema;
gidrotsikl ― suv yuzasida sirpanish yoʻli bilan harakatlanishga moʻljallangan ichki yonuv (koʻchmas) dvigateliga ega boʻlgan alohida tezyurar suv transporti vositasi;
yelkanli kema ― shamol kuchining yelkanlarga taʼsiri natijasida harakatga keluvchi kema;
kema haydovchisi ― kema yoki kichik hajmli kemani boshqaruvchi shaxs;
kemani boshqarish ― ichki suv yoʻllarida suzishni amalga oshiruvchi kemalarni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat;
kema haydovchisi guvohnomasi ― kema yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
oʻquv rejasi ― bloklar va oʻquv fanlarining nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda oʻquvchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;
oʻquv dasturi ― oʻquv fanining taʼlim mazmunini, uning oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, oʻquv fanining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat.
3. Barcha kemalar turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga koʻra ― I, II, III guruh kemalarga va kichik hajmli kemalar turiga boʻlinadi.
Kemalar guruhi asosiy dvigatelining quvvati boʻyicha quyidagicha belgilanadi:
I guruh ― 55 kVtdan 400 kVtgacha;
II guruh ― 400 kVtdan 800 kVtgacha;
III guruh ― 800 kVtdan 1600 kVtgacha.
Kichik hajmli kemalar turi quyidagicha belgilanadi:
kater;
gidrotsikl;
motorli qayiq;
yelkanli (motorli) kema.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan kemalarni boshqarish huquqi maxsus oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq tayyorgarlikdan oʻtib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli kema haydovchisi guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.
5. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda ― Chegara qoʻshinlari) harbiy qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ushbu taʼlim xizmatlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar
6. Taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayonini sifatli va samarali tashkil etish uchun zarur oʻquv-moddiy baza bilan taʼminlangan hamda tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchilar va instruktorlar (Chegara qoʻshinlarida ― kema komandiri va daryo flotiliyasi mutaxassislari) tarkibiga ega boʻlishi shart.
7. Taʼlim tashkilotlarining oʻquv-moddiy bazasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
zamonaviy oʻquv-texnika vositalari va koʻrgazmali oʻquv qurollari bilan jihozlangan oʻquv xonalari (auditoriyalar) bilan taʼminlangan boʻlishi;
kemalarni amalda boshqarishni oʻrgatish uchun jihozlangan suv havzasiga ega boʻlishi;
amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun texnik yaroqli oʻquv kemasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
8. Oʻquv xonalari (auditoriyalar) va ularning jihozlanishiga qoʻyiladigan umumiy talablar:
har birining maydoni 40 m. kv. dan kam boʻlmagan hamda zarur mebellar bilan jihozlangan kamida ikkita auditoriya mavjud boʻlishi;
har bir auditoriya zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oʻquv-texnik vositalar (maketlar, stendlar va b.) hamda oʻquv fanlarini samarali oʻzlashtirishga, mustaqil taʼlim olishiga koʻmaklashuvchi video materiallar, bilimlarni nazoratdan oʻtkazish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan dasturiy oʻquv materiallari bilan taʼminlangan boʻlishi;
oʻquv auditoriyalarining sanitariya va gigiyena holati, yoritilganligi va mavsumga mosligi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga javob berishi lozim.
9. Amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan suv havzasiga qoʻyiladigan asosiy talablar:
suv yoʻlining gabaritlari (chuqurligi, eni, kema yuradigan yoʻlning qayrilish radiusi) oʻquv kemalari erkin va xavfsiz suzishiga muvofiq boʻlishi;
qirgʻoq va suzuvchi navigatsiya belgilari bilan jihozlangan boʻlishi;
kemalarning qirgʻoqqa (prichalga) xavfsiz kelishi, odamlarni chiqarish va tushirish uchun moʻljallangan maxsus moslamalarga (prichal qirgʻoq yoʻli qismiga) ega boʻlishi shart.
10. Oʻquv kemalariga qoʻyiladigan asosiy talablar:
amaliy mashgʻulotlarga mos ravishda qayta jihozlangan boʻlishi;
belgilangan tartibda roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlishi;
belgilangan qutqaruv anjomlari, yongʻinga qarshi va suv chiqarish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
11. Oʻqituvchilar va instruktorlar tarkibiga qoʻyiladigan asosiy talablar:
nazariy mashgʻulotlarni olib boruvchi oʻqituvchilar suv transporti sohasi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, shuningdek, kemachilik faoliyati yoʻnalishi boʻyicha uch yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;
amaliy mashgʻulotlarni olib boruvchi instruktorlar suzishning mahalliy sharoiti xususiyatlaridan kelib chiqib lotsiyani puxta egallagan, kemachilik sohasida uch yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;
kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlishi lozim.
3-bob. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi
12. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomasini berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Taʼlim tashkilotlariga yuk tashishda band boʻlgan kema haydovchiligiga 18 yoshga toʻlgan, yoʻlovchi tashishda band boʻlgan kema haydovchiligiga 21 yoshga toʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
14. I, II, III guruh va kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqiga ega boʻlish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishga nomzodlarni taʼlim tashkilotiga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
nomzodning ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq arizasi;
yuridik shaxs tomonidan oʻqishga yuborilgan nomzodlar uchun yuridik shaxsning yoʻllanmasi;
sogʻligʻi va tegishli turdagi kemalarni boshqarishga layoqatliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma;
fuqarolik kiyimdagi 3x4 sm hajmdagi 3 dona fotosurat (Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va xizmatchilaridan tashqari);
maʼlumoti (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
oʻqish uchun toʻlov topshiriqnomasi nusxasi yoki kvitansiyasi.
15. Kema haydovchisini boshqa guruhga mansub kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishga qayta tayyorlash uchun mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma nusxasi ham taqdim etiladi.
16. Malaka oshirish oʻquv kursida oʻqish uchun kema haydovchilari ariza hamda kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma nusxasini taqdim etadi.
Yuridik shaxs tomonidan malaka oshirishga yuborilgan kema haydovchisi uchun qoʻshimcha ravishda yuridik shaxsning yoʻllanmasi taqdim etiladi.
17. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shartnoma toʻlovlari quyidagi miqdorda belgilanadi:
kema haydovchilarini tayyorlash uchun ― bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari;
kema haydovchisini boshqa guruhga mansub kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishga qayta tayyorlash uchun ― bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
kema haydovchilarining malakasini oshirish uchun ― bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari.
Oʻqish uchun toʻlovlar tegishli taʼlim tashkilotining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (toʻlanadi).
Mazkur bandning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlimlari va Chegara qoʻshinlarining kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
18. Taʼlim tashkilotlarida kema haydovchilarini oʻqitish oʻquvchilarning jamlanishiga qarab oʻtkaziladi. Har bir guruhda oʻquvchilar soni 10 kishidan kam va 25 kishidan ortiq boʻlmasligi lozim.
19. Oʻquv guruhi jamlangandan soʻng kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun nomzodlarni taʼlim tashkilotlariga qabul qilish taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
20. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari muvofiq nazariy va amaliy mashgʻulotlar asosida amalga oshiriladi.
I, II va III guruh kemalar yoki kichik hajmli kemalar (gidrotsikl, kater, motorli qayiq va yelkanli (motorli) qayiq) haydovchilarini oʻqitish jarayoni alohida belgilangan oʻquv dasturlari asosida olib boriladi.
21. Oʻquv dasturlariga muvofiq oʻqish davomiyligi quyidagicha belgilanadi:
a) I, II va III guruh kemalar boʻyicha:
kema haydovchilarini tayyorlash ― 108 soat (18 ish kuni);
kema haydovchilarini qayta tayyorlash ― 36 soat (6 ish kuni);
kema haydovchilarining malakasini oshirish ― 24 soat (4 ish kuni);
b) kichik hajmli kemalar boʻyicha:
kema haydovchilarini tayyorlash ― 72 soat (12 ish kuni);
kema haydovchilarini qayta tayyorlash ― 48 soat (8 ish kuni);
kema haydovchilarining malakasini oshirish ― 36 soat (6 ish kuni).
22. Nazariy mashgʻulotlar jihozlangan xonalar (auditoriyalar) va laboratoriyalarda oʻtkaziladi. Nazariy mashgʻulotlarni oʻtkazish jarayonida oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq metodik oʻquv qoʻllanma, oʻquv-texnik jihozlar va koʻrgazmali oʻquv qurollaridan foydalaniladi.
23. Oʻquv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha nazariy mashgʻulot turlari tasdiqlangan dars jadvali asosida, kemalarni amalda boshqarish esa ― kemalarni boshqarishga oʻrgatish navbat jadvali asosida oʻtkaziladi.
24. Amaliy oʻquv mashgʻulotlarining dastlabki bosqichi yopiq suv havzalarida, kemalar va boshqa suzish vositalari boʻlmagan hamda choʻmilish taqiqlangan hududlarda olib boriladi, yakuniy bosqich esa kemalar qatnaydigan haqiqiy sharoitda oʻtkaziladi.
Suv havzalarida oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq kemalar boshqaruvini qayd etish daftariga yozib boriladi.
25. Amaliy mashgʻulotlarni oʻtish davrida bir oʻrindiqli kemalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Oʻquv yakuni boʻyicha oʻquvchilarning bilimlari va amaliy koʻnikmalari sinovdan oʻtkaziladi hamda taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
27. Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq tegishli ravishda kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisida guvohnomalar hamda malaka oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
Mazkur guvohnomalar va sertifikat kemalarni boshqarish huquqini bermaydi.
28. Kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgandan soʻng kema haydovchisi guvohnomasini olish uchun oʻquvchilar ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq Kema haydovchisining shaxsiy varaqasidagi tegishli ustunlarni va arizani toʻldirib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
29. Taʼlim tashkiloti tomonidan uch ish kuni mobaynida kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatgan har bir oʻquvchi boʻyicha Kema haydovchisining shaxsiy varaqasi, ikki dona fotosurati va kema haydovchisi kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyasiga yuboriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tarkibidagi kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatgan harbiy xizmatchilarning hujjatlari Chegara qoʻshinlarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
30. Oʻquv guruhlarining hujjatlari, kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) berilgan kundan boshlab oʻn yil davomida taʼlim tashkilotida saqlanadi.
Kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotilgan taqdirda, taʼlim tashkiloti tomonidan kema haydovchisining arizasi va shaxsiy varaqasiga asosan uning dublikati beriladi.
4-bob. Taʼlim tashkilotlari, oʻquvchilarning huquqlari va majburiyatlari
31. Taʼlim tashkiloti:
nazariy va amaliy mashgʻulotlar jadvallarini belgilash;
oʻquv kursi uchun toʻlov amalga oshirilishini oʻz vaqtida talab etish;
oldindan oʻquvchilarni ogohlantirgan holda mashgʻulotlarni oʻtkazish sanasi va vaqtini oʻzgartirish huquqiga ega.
Taʼlim tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Taʼlim tashkiloti:
oʻquv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan taʼlim berishni sifatli tashkil etishi;
mashgʻulotlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga javob beradigan, zarur jihozlar bilan taʼminlangan xonalar (sinflar) va laboratoriyalarda oʻtkazishi;
oʻquvchilarni oʻquv-metodik qoʻllanma (materiallar) va adabiyotlar bilan taʼminlashi;
amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishdan avval yoʻriqnoma (instruktaj) oʻtkazishi;
amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda texnik soz boʻlgan kemadan foydalanishi;
bilimlarni sinovdan oʻtkazish va kema haydovchisi kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishi shart.
Taʼlim tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(32-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Oʻquvchilar:
taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim olish maqsadida taqdim etilgan oʻquv-metodik qoʻllanmalar (materiallar), adabiyotlar va jihozlar hamda kemalardan foydalanish;
taʼlim tashkilotidan tegishli soha boʻyicha kerakli maʼlumotlarni olish;
kema haydovchisi kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish;
kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun malaka imtihonlarini topshirish huquqiga ega.
Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
34. Oʻquvchilar:
oʻqish jadvaliga muvofiq mashgʻulotlarda oʻz vaqtida qatnashishi;
oʻqishda boʻlmagani sababi toʻgʻrisida uzrli sabablarni tasdiqlovchi hujjat bilan taʼlim tashkiloti rahbariyatini xabardor qilishi;
taʼlim tashkilotining mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi;
kema boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda tasdiqlangan dastur va navbat (grafik) jadvaliga muvofiq qatnashishi;
oʻqish uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirishi;
taʼlim tashkilotining mulkiga yetkazilgan zararni qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qoplashi shart.
(34-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi
I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar boʻyicha ― Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining tegishli hududiy boʻlinmalari;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
kichik hajmli kemalar boʻyicha ― Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlimlari va Chegara qoʻshinlariga tegishli I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar hamda kichik hajmli kemalar boʻyicha ― Chegara qoʻshinlari harbiy qismi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) tomonidan beriladi.
36. Kema haydovchisi guvohnomalarini olish uchun talabgorlar tegishli vakolatli organlarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyasiga nazariy va amaliy imtihonlar topshiradilar.
37. Attestatsiya komissiyasi tarkibi 5 kishidan kam boʻlmagan tarkibda masʼul xodim, kasaba uyushmalari tashkiloti vakillaridan tuziladi va komissiya raisi, aʼzolari va komissiya kotibidan iborat boʻladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi, Chegara qoʻshinlari harbiy qismi komandirining buyrugʻi bilan shakllantiriladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
38. Quyidagilar Attestatsiya komissiyasining vazifalari hisoblanadi:
komissiya ishini tashkil etish;
komissiya aʼzolarining vazifalarini taqsimlash;
komissiya faoliyati boʻyicha jismoniy shaxslarni, shuningdek, yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish;
tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib komissiya yigʻilishini oʻtkazish davriyligini belgilash.
Attestatsiya komissiyasi komissiya yigʻilishida oʻz aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
39. Attestatsiya komissiyasiga rais rahbarlik qiladi va quyidagilar uning vazifalari hisoblanadi:
komissiya ishini tashkil etish;
komissiya faoliyati boʻyicha jismoniy shaxslarni, shuningdek, yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish;
tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib komissiya yigʻilishini oʻtkazish davriyligini belgilash;
komissiya aʼzolarining ishini nazorat qilish.
40. Attestatsiya komissiyasi kotibi:
komissiyada koʻrib chiqiladigan kundalik masalalar boʻyicha yigʻilish kun tartibini shakllantiradi va belgilaydi;
komissiya aʼzolarini oʻtkaziladigan yigʻilish (oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi) toʻgʻrisida ogohlantiradi;
taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
talab darajasida toʻldirilmagan ariza va hujjatlar qaytarilishini taʼminlaydi;
komissiyaning yigʻilish bayonnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirish hamda ulardan koʻchirmalar berishni amalga oshiradi;
komissiya tomonidan koʻrib chiqish jarayonidagi hujjatlar va arizalar saqlanishini taʼminlaydi;
tushayotgan ariza va hujjatlarning elektron maʼlumotlar bazasini yuritishni taʼminlaydi;
talabgorlarni imtihon oʻtkazish kuni va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
41. Kema haydovchisi guvohnomalarini olish uchun talabgorlar tegishli vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
tegishli guruh va turdagi kema haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
sogʻligʻi va kemalarni boshqarishga layoqatliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma;
kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi bank muassasasining toʻlov qogʻozi;
fuqarolik pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat.
42. Tegishli vakolatli organ tomonidan kema haydovchisi guvohnomalarini berish uchun talabgorlarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari imtihondan oʻtkaziladi.
43. Talabgorlarning nazariy bilimlari test sinovlari va suhbat shaklida (bilet asosida) oʻtkaziladigan nazariy imtihonlar orqali baholanadi.
Nazariy imtihonlar uchun test savollari va biletlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shakllantiriladi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
Nazariy imtihonlar uchun jami 300 tadan kam boʻlmagan test topshiriqlari va 100 tadan kam boʻlmagan nazariy savollar tayyorlanadi.
Test sinovlari uchun har bir variant 15 ta topshiriqdan, suhbat uchun har bir bilet 3 ta savoldan iborat boʻlishi shart.
44. Test sinovlari “Kema nazariyasi va asoslari”, “Kemalarni boshqarish”, “Kema va kichik hajmli kemalardan foydalanish qoidalari”, “Kichik hajmli kemalar haydovchilarining javobgarligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari” yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Test sinovlarini topshirish uchun 30 daqiqa ajratiladi.
45. Test sinovlari paytida koʻpi bilan ikkita xatoga yoʻl qoʻygan talabgorlar imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
46. Bilet asosida suhbatga tayyorgarlik koʻrish uchun 10 daqiqagacha ajratiladi.
47. Test sinovlari va suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga amaliy koʻnikmalarni topshirishga ruxsat etiladi.
Test sinovidan oʻta olmagan talabgorlar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihonlardan soʻng kamida yetti kun oʻtgandan keyin oʻtkaziladi.
Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi.
Uzrli sabablarga koʻra test sinovlari va nazariy imtihonlarni oʻz vaqtida topshirmagan talabgorlar uzrli sababni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda bir yil ichida test sinovlari va nazariy imtihonlarni topshirishlari mumkin.
48. Kemani boshqarish boʻyicha talabgorlarning amaliy koʻnikmalarini imtihondan oʻtkazish maxsus jihozlangan suv havzalarida amalga oshiriladi.
Kemani boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni imtihondan oʻtkazish suzishning mahalliy sharoitini puxta egallagan hamda kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan attestatsiya komissiyasi aʼzosi tomonidan amalga oshiriladi.
49. Kema haydovchisi guvohnomalarini olishga talabgorlar amaliy imtihonni topshira olmasa, qayta nazariy imtihonlarga yuboriladi.
50. Nazariy va amaliy imtihonlar natijalari kema haydovchisining shaxsiy varaqasiga kiritiladi hamda ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi bayonnomasida “topshirdi” va “topshirmadi” yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma Attestatsiya komissiyasining barcha aʼzolari (uzrli sabablarga koʻra qatnashmagan holatlar bundan mustasno) tomonidan imzolanadi va attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
51. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan talabgorlarga Attestatsiya komissiyasi bayonnomasi asosida ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan namunadagi shaklda tegishli guruh va turdagi kemani boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomalari beriladi.
52. Berilgan kema haydovchisi guvohnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq yuritilgan Kema haydovchisi guvohnomalarini qayd etish jurnaliga kiritiladi.
Mazkur jurnal doimiy saqlanadigan hujjat hisoblanadi, u raqamlangan, tikilgan, masʼul shaxs imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
53. Kema haydovchisi guvohnomalari tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari fondiga, Transport vazirligining bankdagi hisobvaragʻiga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan beriladi.
Kema haydovchisi guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Ushbu shaxs pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatgan holda Kema haydovchisi guvohnomalarini qayd etish jurnaliga imzo qoʻyadi.
Kema haydovchisi guvohnomalari vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.
54. Kema haydovchisi guvohnomalari berilgan kundan boshlab oʻn yil muddatga amal qiladi.
55. Yuridik shaxslarga tegishli kema yoki kichik hajmli kema haydovchilari (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) asosida kema yoki kichik hajmli kemalarni boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida malaka oshirishlari shart.
56. Kemalarni boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar kema haydovchisi guvohnomalarini qaytarib olishlari uchun kemani boshqarish huquqidan mahrum qilingan vaqtidan qatʼi nazar, maʼmuriy jazo ijro etilganidan keyin nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirguniga qadar malaka oshirishlari shart.
Kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishlar boʻyicha sudlar tomonidan qabul qilinadi.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son)
6-bob. Kema haydovchisi guvohnomalarini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga dublikatini berish tartibi
57. Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan kema haydovchisi guvohnomalari ular egalarining belgilangan tartibdagi arizasi va 3x4 sm hajmdagi 2 dona fotosurat belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma hamda kema egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan soʻng almashtiriladi.
Kema haydovchisi guvohnomalari kema haydovchisining shaxsiy varaqasi asosida avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari topshirilgandan soʻng almashtiriladi.
58. Yoʻqolgan kema haydovchisi guvohnomalarining dublikatlari nazariy va amaliy imtihonlar topshirilgandan hamda kemani boshqarish huquqidan mahrum etilgan kema haydovchisi guvohnomalari maʼlumotlar bazasidan tekshirilganidan soʻng beriladi va “Dublikat” belgisi qoʻyiladi.
Oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga koʻra yoʻqolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
Kema haydovchisi guvohnomalarining dublikatlari berilganligi haqidagi maʼlumotlar Kema haydovchisi guvohnomalarini qayd etish jurnaliga kiritiladi.
59. Kema haydovchisi guvohnomalarini almashtirish va dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
60. Kema haydovchisi guvohnomalari oʻrniga ularning dublikatlari berilgandan keyin kema haydovchisi guvohnomalari topilgan taqdirda, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va ularni bergan vakolatli organga topshiriladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
61. Talabgorlarning test sinovlari natijalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining buyruqlari bilan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
62. Attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan yoki test sinovlaridan oʻta olmagan talabgorlar Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi bayonnomasi berilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilishga haqli.
63. Murojaat qilingan kun Apellyatsiya komissiyasiga murojaat tushgan kun hisoblanadi.
Murojaatda uning sanasi koʻrsatilib, Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi bayonnomasidan nusxa ilova qilinishi lozim.
64. Apellyatsiya komissiyasi kotibi tushgan murojaatni kiruvchi xatlar jurnalida qayd etadi, shuningdek, komissiya yigʻilishigacha 15 kundan kechiktirmay murojaat qilgan talabgorga murojaat koʻrib chiqiladigan kun toʻgʻrisida xabar beradi.
65. Apellyatsiya komissiyasiga tushgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan muddatlardan kechiktirilmagan holda koʻrib chiqilishi shart.
Murojaat qilgan talabgor oʻz murojaati koʻrib chiqilishida Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida ishtirok etishga haqli.
66. Apellyatsiya komissiyasi kotibi Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida barcha tushgan murojaatlar, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar toʻgʻrisida ham maʼlumot beradi.
Agar murojaat qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa va (yoki) uni berish muddati buzilgan boʻlsa, Apellyatsiya komissiyasi murojaat muallifini mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
67. Apellyatsiya komissiyasi murojaatning matnini koʻrib chiqib quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgarishsiz, murojaatni esa qanoatlantirmasdan qoldirish;
Attestatsiya komissiyasi qarorini bekor qilish va murojaat muallifi (talabgor)ga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berish;
Attestatsiya komissiyasi qarorini bekor qilish va berilgan yakuniy ballarni oʻzgartirish.
68. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
69. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 67-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan qaror qabul qilingan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi murojaatchi birinchi navbatda oʻtkaziladigan imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berishi shart.
70. Apellyatsiya komissiyasi kotibi Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishining bayonnomasini tuzishda quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
yigʻilish oʻtkazilgan sana, vaqti va joyi;
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolari va yigʻilishda ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
murojaat muallifining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash manzili, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlar;
koʻrib chiqilayotgan murojaatning mazmuni;
Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qaror.
Bayonnoma Apellyatsiya komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
71. Murojaat boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishining bayonnomasidan koʻchirma komissiya yigʻilishidan keyin 5 ish kuni davomida komissiya kotibi tomonidan murojaat muallifiga va nusxasi Attestatsiya komissiyasiga yuboriladi.
72. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi
SXEMASI
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Taʼlim tashkiloti rahbariga __________________________
(ariza beruvchining)
___________________________
(F.I.O.)
Kema yoki kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursiga qabul qilish yuzasidan (oʻquv yoʻnalishi boʻyicha yoziladi)
Ariza
Sizdan meni kema boshqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kursiga qabul qilishingizni soʻrayman.
3. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat seriyasi, raqami, berilgan sanasi, kim tomondan berilgan) ________________________________________________________________________
4. Tugʻilgan yili va sanasi___________________________________________________
5. Tugʻilgan joyi __________________________________________________________
Ilova:
1. Sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma; 2. 3 x 4 sm hajmdagi 3 dona fotosurat.
20__yil “___” ______
_____________________
(ariza beruvchining imzosi)
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suv havzalarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda kemalar boshqaruvini qayd etish DAFTARI __________________________________________________________________
(taʼlim tashkilotining nomi)
T/r
Kema haydovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi
Kema haydovchisining shaxsiy varaqasi raqami
Nazariy va amaliy mashgʻulot oʻtkazish sanasi, vaqti va davomiyligi
Amaliy mashgʻulot oʻtkazish joyi, suv havzasining nomi va turi
Amaliy mashgʻulot oʻtkazilgan kemaning turi va tavsifi
Nazariy va amaliy mashgʻulot oʻtkazilgan mavzu nomi
Nazariy va amaliy mashgʻulotlar natijasi haqida yozuv
Mashgʻulot oʻtkazgan shaxsning F.I.O
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatganlik toʻgʻrisida
GUVOHNOMA NAMUNASI
Kema haydovchilarining malakasini oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisida
SERTIFIKAT NAMUNASI
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Surat oʻrni (3x4 sm)
M.Oʻ.
Kema haydovchisining shaxsiy varaqasi (yoʻqolganda tiklanmaydi) ________-son
Attestatsiya komissiyasi raisiga __________________________________________
(muassasa nomi)
_______________________________________ dan
(familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)
(kema guruhi yoki kichik hajmli kemalar turi: kater, motorli qayiq, yelkanli qayiq, gidrotsikl; suzish hududi: mahalliy suv yoʻllari — MSY, ichki suv yoʻllari — ISY, suv yoʻllari — SY)
kemani boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun imtihon topshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
(kema yoki kichik hajmli kemani boshqarishga yaroqlilik toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnomaning raqami, berilgan sanasi, bergan tibbiyot muassasaning nomi)
(komissiya raisi tomonidan toʻldiriladi: rad etish asosi, sana, imzo)
(orqa tomoni)
IMTIHONLAR NATIJALARI
Fanlar nomi va suzish hududi
Bilimiga berilgan baho (topshirdi, topshirmadi)
Imtihon olingan sana
Imtihon olgan shaxsning imzosi
Izoh
Kemani boshqarish va suzish qoidalari
MSY — Mahalliy suv yoʻllari
ISY — Ichki suzish suv yoʻllari
IY — Ichki yoʻllar (Ichki suzish suv yoʻllari roʻyxatiga kiritilmagan)
Attestatsiya komissiyasi yigʻilishining 20__ yil “___”______dagi ____-son bayonnomasiga muvofiq _______________ __________________________________________________________________________________ga
(kema haydovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi)
seriyasi “_____” raqami ___________________________________________________________________________
(kemalar turi, yelkan maydoni)
_________________________________________________________________suzish hududida suzish huquqi berildi.
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
“Tasdiqlayman” Attestatsiya komissiyasi raisi
_______________________________
(F.I.O.)
_______________
(sana)
Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi bayonnomasi _____ -son
Komissiya aʼzolari ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
Komissiya aʼzosi ____________________ Komissiya aʼzosi ____________________ Komissiya aʼzosi ____________________ Kotib ____________________
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
1-shakl
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladigan Kema haydovchisi guvohnomasining namunasi va tavsifi
(guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
Kema haydovchisi guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 148x105 millimetr oʻlchamdagi kitobcha koʻrinishiga ega boʻladi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) toʻq havo rangda boʻladi.
Guvohnomaning birinchi betida:
yuqori qismi markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi;
Davlat gerbi tasvirining pastida ikki satrda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, “RESPUBLIKA UZBEKISTAN” soʻzlari yoziladi;
markazida kema chambaragi surati tushiriladi;
quyi qismida ikki satrda “KEMA HAYDOVCHISI GUVOHNOMASI”, “UDOSTOVERENIYE SUDOVODITELYA” soʻzlari yoziladi.
Guvohnomaning ichki tomonida (ikkinchi va uchinchi betlari):
asosiy foni havo rang;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglar hosil qilinadi;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar boʻladi;
ikkinchi va uchinchi betlarning markazida “kema chambaragi (shturvali)” va “kema admiralteyets langari” aks ettiriladi;
matn qora rangda oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.
Guvohnomaning ikkinchi betida (ichki chap tomonida):
yuqori qismida besh satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI TRANSPORT NAZORATI INSPEKTSIYASI”, ikkinchi va uchinchi satrlarda “INSPEKSIYA PO NADZORU V SFERE TRANSPORTA PRI MINISTERSTVE TRANSPORTA RESPUBLIKI UZBEKISTAN”, birinchi-uchinchi satrlardan pastroqda ikki satrda “KEMA HAYDOVCHISI GUVOHNOMASI”, “UDOSTOVERENIYE SUDOVODITELYA” soʻzlari yoziladi;
(tavsif qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-fevral)
matndan pastda ketma-ket guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, guvohnomaning amal qilish muddati, attestatsiya komissiyasi raisining imzosi hamda guvohnoma berilgan sana qayd etiladi;
quyi qismining oʻng tomonida guvohnoma egasining 30x40 millimetr kattalikdagi rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat chap tomonining pastki burchagiga guvohnoma bergan organning muhri bosiladi.
Guvohnomaning uchinchi betida (ichki oʻng tomonida):
attestatsiya komissiyasining nomi, qabul qilingan qaror raqami, sanasi, boshqarish uchun ruxsat etilgan kema guruhi hamda guvohnoma kema boshqarish davrida egasining yonida boʻlishi shartligi koʻrsatiladi;
quyi qismida guvohnomani qayd etish uchun DT harflari va oʻzgaradigan oltita raqam qoʻllaniladi. Olti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Guvohnoma maxsus qogʻozda ofset va yuqori usulda bosib chiqariladi.
2-shakl
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan beriladigan kichik hajmli kema haydovchisi guvohnomasi namunasi va tavsifi
Kichik hajmli kema haydovchisi guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda ― guvohnoma) 105x75 millimetr oʻlchamda vertikal koʻrinishga ega boʻladi.
Guvohnomaning old va orqa tomonlarida:
asosiy foni havo rang;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglar hosil qilinadi;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar boʻladi;
ikkinchi va uchinchi betlarning markazida “kema chambaragi (shturvali)” va “kema admiralteyets langari” aks ettiriladi;
matn qora rangda oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.
Guvohnomaning old tomonida:
yuqori markaz qismida ikki satrda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, “RESPUBLIKA UZBEKISTAN” soʻzlari yoziladi;
pastroqda uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “KICHIK HAJMLI KEMA HAYDOVCHISI GUVOHNOMASI”, ikkinchi va uchinchi satrlarda “UDOSTOVERENIYE VODITELYA MALOMERNOGO SUDNA” soʻzlari yoziladi;
quyiroqda ketma-ket guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, guvohnoma kim tomonidan berilganligi, guvohnomaning amal qilish muddati, attestatsiya komissiyasi raisi va kotibining imzosi, guvohnoma berilgan sana qayd etiladi;
eng quyi qismining oʻng tomonida guvohnoma egasining 30x40 millimetr kattalikdagi rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat chap tomonining pastki burchagiga guvohnoma bergan organning muhri bosiladi.
Guvohnomaning orqa tomonida:
ikki ustundan iborat jadval joylashgan. Birinchi ustinida ― boshqarishga ruxsat berilgan kemalarning turlari, ikkinchi ustunida ― ruxsat beruvchi belgilar qayd etiladi;
quyi qismida guvohnomani qayd etish uchun FVV harflari va oʻzgaradigan oltita raqam qoʻllaniladi. Olti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Guvohnoma maxsus qogʻozda ofset va yuqori usulda bosib chiqariladi.
3-shakl
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan Kema haydovchisi guvohnomasi namunasi va tavsifi
Kema haydovchisi guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda ― guvohnoma) 148x105 millimetr oʻlchamdagi kitobcha koʻrinishiga ega boʻladi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) toʻq havo rangda boʻladi.
Guvohnomaning birinchi betida:
yuqori qismi markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi;
Davlat gerbi tasvirining pastida ikki satrda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, “RESPUBLIKA UZBEKISTAN” soʻzlari yoziladi;
markazida kema chambaragi surati tushiriladi;
quyi qismida ikki satrda “KEMA HAYDOVCHISI GUVOHNOMASI”, “UDOSTOVERENIYE SUDOVODITELYA” soʻzlari yoziladi.
Guvohnomaning ichki tomonida (ikkinchi va uchinchi betlari):
asosiy foni havo rang;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglar hosil qilinadi;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar boʻladi;
ikkinchi va uchinchi betlarning markazida “kema chambaragi (shturvali)” va “kema admiralteyets langari” aks ettiriladi;
matn qora rangda oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.
Guvohnomaning ikkinchi betida (ichki chap tomonida):
yuqori qismida olti satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi, ikkinchi satrlarda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI CHEGARA QO'SHINLARI”, uchinchi va toʻrtinchi satrlarda “POGRANICHNIE VOYSKA SLUJBI GOSUDARSTVENNOY BEZOPASNOSTI” soʻzlari, toʻrtinchi satrdan pastroqda ikki satrda “KEMA HAYDOVCHISI GUVOHNOMASI”, “UDOSTOVERENIYE SUDOVODITELYA” soʻzlari yoziladi;
matndan pastda ketma-ket guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, guvohnomaning amal qilish muddati, attestatsiya komissiyasi raisining imzosi hamda guvohnoma berilgan sana qayd etiladi;
quyi qismining oʻng tomonida guvohnoma egasining 30x40 millimetr kattalikdagi rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat chap tomonining pastki burchagiga guvohnoma bergan organning muhri bosiladi.
Guvohnomaning uchinchi betida (ichki oʻng tomonida):
attestatsiya komissiyasining nomi, qabul qilingan qaror raqami, sanasi, boshqarish uchun ruxsat etilgan kema guruhi hamda guvohnoma kema boshqarish davrida egasining yonida boʻlishi shartligi koʻrsatiladi;
quyi qismida guvohnomani qayd etish uchun CHQ harflari va oʻzgaradigan oltita raqam qoʻllaniladi. Olti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Guvohnoma maxsus qogʻozda ofset va yuqori usulda bosib chiqariladi.
4-shakl
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan Kichik hajmli kema haydovchisi guvohnomasi namunasi va tavsifi
Kichik hajmli kema haydovchisi guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda ― guvohnoma) 105x75 millimetr oʻlchamda vertikal koʻrinishga ega boʻladi.
Guvohnomaning old va orqa tomonlarida:
asosiy foni havo rang;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglar hosil qilinadi;
yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar boʻladi;
ikkinchi va uchinchi betlarning markazida “kema chambaragi (shturvali)” va “kema admiralteyets langari” aks ettiriladi;
matn qora rangda oʻzbek va rus tillarida chop etiladi.
Guvohnomaning old tomonida:
yuqori markaz qismida ikki satrda “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, “RESPUBLIKA UZBEKISTAN” soʻzlari yoziladi;
pastroqda uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “KICHIK HAJMLI KEMA HAYDOVCHISI GUVOHNOMASI”, ikkinchi va uchinchi satrlarda “UDOSTOVERENIYE VODITELYA MALOMERNOGO SUDNA” soʻzlari yoziladi;
quyiroqda ketma-ket guvohnoma egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, guvohnoma kim tomonidan berilganligi, guvohnomaning amal qilish muddati, attestatsiya komissiyasi raisi va kotibining imzosi, guvohnoma berilgan sana qayd etiladi;
eng quyi qismining oʻng tomonida guvohnoma egasining 30x40 millimetr kattalikdagi rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat chap tomonining pastki burchagiga guvohnoma bergan organning muhri bosiladi.
Guvohnomaning orqa tomonida:
ikki ustundan iborat jadval joylashgan. Birinchi ustinida ― boshqarishga ruxsat berilgan kemalarning turlari, ikkinchi ustunida ― ruxsat beruvchi belgilar qayd etiladi;
quyi qismida guvohnomani qayd etish uchun CHQ harflari va oʻzgaradigan oltita raqam qoʻllaniladi. Olti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Guvohnoma maxsus qogʻozda ofset va yuqori usulda bosib chiqariladi.
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Kema haydovchisi guvohnomalarini qayd etish jurnali
Ichki tarafi, chap tomoni:
T/r
Kema haydovchisining F.I.O.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)
Kema guruhi yoki turi
Kema haydovchisi kursini tamomlagani toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va berilgan vaqti
Oʻquv kursi muddati
1
2
3
4
5
6
Ichki tarafi, oʻng tomoni:
Test sinovlari natijalari boʻyicha Attestatsiya komissiyasi bayonnomasining raqami va tuzilgan vaqti
Kema haydovchisi guvohnomasining raqami va berilgan vaqti
Guvohnomani olgan shaxsning imzosi
7
8
9
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2020-y., 09/20/421/1032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son, 03.08.2021-y., 09/21/484/0745-son, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)