Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikada dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, “Tomorqa xizmati” MCHJ moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini yanada kengaytirish va aholi tomorqalarini xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada koʻpaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
aholi tomorqalariga kafolatlangan koʻchat va urugʻlarni tizimli yetkazib berishni tashkil etish uchun “Tomorqa xizmati” MCHJlarga issiqxona, sovutgichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yer maydoni ajratish;
“Tomorqa xizmati” MCHJlar kuzatuv kengashlari tarkibiga, tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi aʼzo boʻlib kirishlari;
aholi tomorqalariga kafolatlangan koʻchat va urugʻlarni tizimli yetkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish uchun viloyatlar va tuman (shahar)lar markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida “Tomorqa xizmati” MCHJlar uchun maxsus savdo maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
1-ilovada keltirilgan klaster usulida faoliyat yuritadigan “Tomorqa xizmati” MCHJlarga 3 yil muddatga kredit yoki ularning ustav kapitaliga keyinchalik sotish huquqi bilan ulush ajratsin;
aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun 20 — 30 tonnalik kichik hajmli sovutgichlar barpo etish uchun kredit ajratsin;
tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida 2 million soʻmgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa yer egalariga mikrokreditlar ajratish mexanizmini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida kamida 30 ta aholi tomorqalarini sugʻorish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash xarajatlarining 70 foizini, biroq 120 million soʻmdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
5. 2022-yil 1-yanvarga qadar 2-ilovaga muvofiq tovarlarni olib kirishda bojxona bojining (bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlov va qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) nol stavkalari belgilansin.
6. “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bir oy muddatda sisternada avtomatlashgan sut hajmini oʻlchash va tozalash mexanizmiga ega sut mahsulotlari yigʻish mashinalari hamda motokultivatorlarga boʻlgan talabni hisobga olgan holda “Oʻzavtosanoat” AJga texnik vazifani kiritsin.
“Oʻzavtosanoat” AJ “Oʻzbekchorvanasl” agentligining texnik vazifasi asosida, bir oy muddatda sisternada avtomatlashgan sut hajmini oʻlchash va tozalash mexanizmiga ega sut mahsulotlari yigʻish mashinalari hamda motokultivatorlarni mahalliylashtirish boʻyicha aniq choralarni koʻrsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2026-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
bir oy muddatda tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjalik ekinlarining urugʻ va koʻchatlarini hududlar kesimida ekish, yetishtirish va sifatli mahsulot olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini va joylarga yetkazilishini;
2021-yil 1-yanvarga qadar Fargʻona viloyatida “Tomorqa xizmati” MCHJ takliflari asosida Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari huzuridagi “Axborot-maslahat markaz”lari (Extension center) hamda “In-vitro” laboratoriyasi tomonidan hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlari va koʻchatlarini tayyorlash, yetkazib berish, oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish hamda yetishtirish agrotexnikasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash yuzasidan maslahat va tavsiyalar berish boʻyicha xizmatlarni shartnoma asosida tashkil etilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borib, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun aholi tomorqalaridan samarali foydalangan holda ikki marta hosil olish ishlarini tashkil etsin.
10. Toshkent davlat agrar universiteti, Fargʻona viloyati Quva tumanidagi Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi “Tomorqa xizmati” MCHJlar takliflari asosida ularning xodimlarini va birga ishlovchi tomorqa yer egalarining malakasini oshirishni tizimli tashkil etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Xaitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyun,
PQ-4767-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son qaroriga

1-ILOVA

Klaster usulida faoliyat yuritadigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Bozatov tomorqa xizmati” MCHJ

2.

“Amudaryo tomorqa xizmati” MCHJ

Andijon viloyati

3.

“Dardoq tomorqa xizmati” MCHJ

4.

“Baliqchi tomorqa xizmati” MCHJ

Buxoro viloyati

5.

“Romitan tomorqa xizmati” MCHJ

6.

“Jondor tomorqa xizmati” MCHJ

Jizzax viloyati

7.

“Yangiobod tomorqa xizmati” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

8.

“Kasbi tomorqa xizmati” MCHJ

9.

“Bishkent tomorqa xizmati” MCHJ

Navoiy viloyati

10.

“Karmana-2 tomorqa xizmati” MCHJ

11.

“Nurota tomorqa xizmati” MCHJ

Namangan viloyati

12.

“Chust tomorqa xizmati” MCHJ

13.

“Radivon sitrus mevasi tomorqa xizmati” MCHJ

14.

“Kushon agro tomorqa xizmati” MCHJ

15.

“Golden nuts Namangan tomorqa xizmati” MCHJ

16.

“Uychi obod zamin tomorqa xizmati” MCHJ

Samarqand viloyati

17.

“Jomboy koʻchatchilik tomorqa xizmati” MCHJ

Sirdaryo viloyati

18.

“DM Agriko tomorqa xizmati” MCHJ

Surxondaryo viloyati

19.

“Muzrabot tomorqa xizmati” MCHJ

20.

“Best Garden tomorqa xizmati” MCHJ

Toshkent viloyati

21.

“Birlik tomorqa xizmati” MCHJ

22.

“TNA AGRO INVEST tomorqa xizmati” MCHJ

Fargʻona viloyati

23.

“Aramati Bagdada tomorqa xizmati” MCHJ

Xorazm viloyati

24.

“Yangiariq tomorqa xizmati” MCHJ

25.

“Maqsud, Manzura tomorqa xizmati” MCHJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son qaroriga

2-ILOVA

2022-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining (bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlov va qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) nol stavkasi belgilanadigan texnika va uskunalar
ROʻYXATI

T/r

Tovarlar nomi

TIF TN kodi

1.

Avtomobil refrijeratorlari

8716 39 300 2

2.

Motokultivatorlar

8432 29 100 0

3.

Inkubator va bruderlar

8436 21 000 0

4.

Bir oʻqli traktorlar

8701 10 000 0

5.

Minitraktorlar

minitraktorlar — 8701 91 100 0 8701 94 100 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorida:
ikkinchi xatboshida “va boshqa vositalar yetkazib berish” soʻzlari “, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, oʻz maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish”;
b) 9-bandning “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “2 yil” soʻzlari “3 yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “2020-yil 1-iyuldan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida 4 foizlik bank marjasini hisobga holda olgan ajratiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga”;
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshida keltirilgan obyektlar fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga Jamgʻarmadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing toʻlovlari asosida mazkur obyektlarning oʻzini garovga qoʻyish huquqi asosida Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 433-son qarorida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi “mablagʻlari hisobiga” soʻzlaridan keyin “shakllantirilgan va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14-banddagi “ikkita” soʻzi “oʻn beshta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “hamda 150 milliard soʻm” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar uning oʻz mablagʻlari hisoblanadi va Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida sarflanadi”;
uchinchi xatboshi “2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish” soʻzlaridan soʻng, “3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi “2020-yil 1-iyuldan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida 4 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ajratiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda tomorqadan samarali foydalanish yoʻnalishida 2 million soʻmgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa yer egalariga mikrokreditlar ajratishga;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga.
Mazkur bandning oʻn ikkinchi xatboshida keltirilgan obyekt va uskunalar fermer, dehqon xoʻjaliklari, “Tomorqa xizmati” MCHJlari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga Jamgʻarmadan ajratiladigan kredit evaziga va (yoki) lizing shartlari asosida Jamgʻarma tomonidan balans qiymatida sotiladi.
Mazkur obyektlarni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
oʻn birinchi-oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma tomonidan “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq banki”ga resurs ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi;
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan ushbu mablagʻlar “Tomorqa xizmati” MCHJlarga kredit ajratish uchun resurslar sifatida 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida yillik 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda ishlatilishi, 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi;
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish boʻyicha bosh kelishuvda ushbu mablagʻlar tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha 2 foiz bank marjasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, taʼminlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish uchun resurs sifatida ishlatilishi, 2020-yil 1-iyuldan boshlab resurslarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda amalga oshirilishi alohida kelishib olinadi”;
22-bandda “har oyda” va “hamda bankning tegishli kredit qoʻmitasining kredit ajratish toʻgʻrisidagi qarori haqidagi axborotni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
23-band quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaga kiritilgan buyurtmanomalar qonunchilikda belgilangan talablarga mos boʻlmagan taqdirda, tijorat bankiga resurs qisman ajratilishi yoki ajratilmasdan qaytarib yuborilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)