1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishda sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Harbiy-maʼmuriy sektorlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazishning asosiy maqsadi va vazifalarini, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish hamda tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh (B. Kurbanov):
joylarda harbiy-maʼmuriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin;
zarur hollarda, ushbu ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish choralarini koʻrsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy organlari bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
369-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 369-son qaroriga
1-ILOVA
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-maʼmuriy sektorlari (keyingi oʻrinlarda — harbiy-maʼmuriy sektorlar) oʻrtasida har yili 1-yanvardan 20-dekabrgacha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi.
3. Harbiy-maʼmuriy sektorlarning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlari — avvalo, yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
4. Harbiy-maʼmuriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 1 sanasigacha (dekabr oyi hisoboti 20 sanasigacha) elektron koʻrinishda harbiy-maʼmuriy sektor rahbarining (oʻrinbosarining) elektron raqamli imzosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etiladi.
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarning umumiy soni, koʻlami, aholining qamrab olinishi va natijadorligi;
viloyat miqyosida hamda bevosita harbiy-maʼmuriy sektor rahbari va aʼzolari tomonidan oʻtkazilgan har bir tadbirning shakli;
ommaviy axborot vositalarida yoritilgan tadbirlar (ommaviy axborot vositalarda yoritilgan kuni, telekoʻrsatuv, radioeshittirish nomi, gazeta, jurnal va rasmiy saytlarda chop etilgan maqolalarning nomi va muallifi);
mavsum davomida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni tashkil etishda tashabbuskorlik va faollik koʻrsatgan tuman va shahar hokimligi vakillari, harbiy qism va muassasalar komandir hamda boshliqlari va ularning erishgan natijalari.
2-bob. Tanlov oʻtkazishning asosiy maqsadi va vazifalari
6. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimizga sodiqlik, yoshlar oʻrtasida Vatanga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi salbiy illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va vositalarini hayotga keng tatbiq etish tanlovni oʻtkazishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
7. Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda chaqiruv yoshidagi yoshlarni va harbiy xizmatchilarni doimiy asosda axloqiy-ruhiy, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlari va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, sodir boʻlayotgan hodisalarga daxldorlik va Vatan taqdiri uchun ularda javobgarlik tuygʻusini mustahkamlash;
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, aholining keng qatlamlari faol ishtirokida barcha zarur shart-sharoitlarni yaratgan holda, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, jismoniy darajasi va bilimlarini oshirishga qaratilgan turli madaniy-hordiq va ommaviy-sport tadbirlarini oʻtkazish;
harbiy xizmatchilar va chaqiruv yoshidagi yoshlarni axloqiy-ruhiy jihatdan yetuk etib tarbiyalash ishlarini tashkil etish, shuningdek, taʼlim muassasalarida boshlangʻich chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni tayyorlashni tashkil etish jarayonini nazorat qilish, taʼlim muassasalarining oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirib borish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirish;
yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, jismonan sogʻlom va barkamol avlod etib tarbiyalash;
yoshlarning intellektual va madaniy (badiiy-estetik) saviyasini oshirish maqsadida ular orasida kitobxonlikni targʻib qilish, jahon ilm-fani, sanʼati namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, shuningdek, zamonaviy fikrlaydigan, bilim va dunyoqarashi keng, bugungi kun talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash.
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
8. Tanlov Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy ishchi guruh) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tashkiliy ishchi guruhning ishchi organi hisoblanadi va har yili 1-yanvar kuni tanlov boshlanganligi yuzasidan eʼlon beradi.
Tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarning masʼul shaxslari ishchi organ faoliyatida oʻz takliflari bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi har oy harbiy-maʼmuriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni oʻrganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi, yil davomida oʻsib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab yuritadi.
9. Quyidagilar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tashkil etiladigan va oʻtkaziladigan tadbirlarning asosiy shakllari hisoblanadi:
ommaviy-sport ishlari, marafonlar, sportning oʻyin turlari (futbol, voleybol, regbi va boshqalar), “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport oʻyinlarini, “Harbiy kitobxon” kabi tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish;
harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, harbiy texnika va qurol-aslahalar namunalari namoyishlarini tashkil etish maqsadida yoshlarning harbiy qism va muassasalarga tashrifini tashkil etish;
harbiy-maʼmuriy sektor rahbariyatining yoshlar bilan tematik uchrashuvlarini tashkil etish;
viloyat, tuman, shahar markazlarida badiiy havaskorlik guruhlarining chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, qoʻl jangi boʻyicha chiqishlar, harbiy orkestrlarning musiqali (defile) chiqishlari, faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari va boshqalarni oʻz ichiga oluvchi harbiy-vatanparvarlik festivallarini oʻtkazish;
yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar (badiiy, teatrlashtirilgan va boshqalar) oʻtkazish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini oʻtkazish hamda Vatanga sadoqat, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan “Men ham harbiy boʻlaman!” shiori ostida turli estafetalar tashkil etish va oʻtkazish;
kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” kabi jasorat darslarini tashkil etish va oʻtkazish;
muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish, Vatanga qasamyod marosimlarida, muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirish tadbirlarida, kursantlarning bitiruv kechalarida yoshlarning ishtirokini taʼminlash;
yoshlar ishtirokida “Eʼzoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tarbiyalanuvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning oʻquv-moddiy bazasini takomillashtirish;
yoshlar ishtirokida harbiy-maʼmuriy sektorlar va harbiy qism qoʻmondonligi rahbarligida davlatimiz rahbariyatining harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrligi, ularga berilayotgan imtiyozlar, jamiyatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisidagi, shuningdek, harbiy xizmatni oʻtash va Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini targʻib qiluvchi uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etish va oʻtkazish.
4-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash
10. Harbiy-maʼmuriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida amalga oshirilgan tadbirlar (vatanparvarlik, madaniy-maʼrifiy, ommaviy-sport, targʻibot-tashviqot va boshqalar) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi.
11. Tanlov gʻoliblari oʻsib boruvchi ballar jamlamasi asosida aniqlanadi.
Tanlov natijalariga koʻra ballar teng boʻlib qolgan taqdirda, gʻoliblar Tashkiliy ishchi guruh aʼzolari (kotibdan tashqari) orasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda esa, Tashkiliy ishchi guruh rahbarining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
12. Iyun-iyul oylarida harbiy maʼmuriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir oʻtkazilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruh aʼzolaridan birining rahbarligida oraliq yakun yasash oʻtkaziladi, bunda uning davomida koʻrik-tanlov borishining qisqa tahlili, mavjud kamchiliklar va ushbu yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar beriladi.
13. Tanlovning yakuniy natijalari gʻoliblarni koʻrsatgan holda, Tashkiliy ishchi guruh bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va har yili dekabr oyining 25 sanasigacha harbiy-maʼmuriy sektorlarga elektron shaklda tegishli axborot tizimi orqali yuboriladi.
14. Tanlov natijalari har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida oʻtkaziladigan tantanali tadbirda eʼlon qilinadi va gʻoliblar taqdirlanadi.
15. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy ishchi guruh tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan harbiy-maʼmuriy sektorlar Tashkiliy ishchi guruh rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — apellatsiya komissiyasi) har yili dekabr oyining 25 sanasidan boshlab 3 kun davomida apellatsiya berish huquqiga ega.
Apellatsiya 3 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
17. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Tashkiliy ishchi guruh faoliyatida ishtirok etmagan vazirlik va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari orasidan komissiya raisi va toʻqqiz nafar aʼzo kiritiladi.
18. Harbiy-maʼmuriy sektorlarning apellatsiyasini koʻrib chiqishda ularning vakillari ishtirok etishi mumkin.
19. Apellatsiya komissiyasi harbiy-maʼmuriy sektorning apellatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
20. Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorni tegishli harbiy-maʼmuriy sektorga yetkazilishini taʼminlaydi.
21. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlovni eʼlon qiladi
Har yili 1-yanvar
2-bosqich
Harbiy-maʼmuriy sektorlar
Quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
ommaviy-sport ishlari, “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport oʻyinlari;
yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar;
yoshlar ishtirokida “Eʼzoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar;
kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” kabi jasorat darslari;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini oʻtkazish hamda Vatanga sodiqlik, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan “Men ham harbiy boʻlaman!” shiori ostida turli estafetalar.
1-yanvar — 20-dekabr
3-bosqich
Harbiy-maʼmuriy sektorlar
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi.
Har oyning
1 sanasigacha
(dekabr oyida — 20-dekabr)
4-bosqich
Mudofaa vazirligi
1. Harbiy-maʼmuriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni oʻrganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi.
2. Oʻsib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab boradi.
1. Har oyning 5 sanasigacha
2. Yil davomida
5-bosqich
Tashkiliy ishchi guruh
1. Tanlovning yakuniy natijalari gʻoliblarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va harbiy-maʼmuriy sektorlarga elektron shaklda tegishli axborot tizimi orqali yuboradi.
2. Tanlov natijalarini har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida oʻtkaziladigan tantanali tadbirda eʼlon qiladi va gʻoliblarni taqdirlaydi.
har yili dekabr oyining 25 sanasigacha
har yili yanvar oyining 14 sanasigacha
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Harbiy-maʼmuriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida amalga oshirilgan tadbirlarni baholash
Izoh. Mazkur hisob kuyidagi tarzda amalga oshiriladi: oy davomida oʻtkazilgan tadbirlar soni viloyat hududida joylashgan harbiy qism (muassasalar) soniga boʻlinadi va natijadagi son inobatga olinadi.
II. Tadbirlar miqyosi umumiy tadbirlar soniga foiz hisobida
(qatnashuvchilar soni: kichik miqyos — 100 nafargacha, oʻrta miqyos — 1000 nafargacha, katta miqyos — 1000 nafardan koʻp)
4.
Katta va oʻrta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 50 foizdan kam boʻlganda
1
5.
Katta va oʻrta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 51 foizdan 74 foizgacha boʻlganda
2
6.
Katta va oʻrta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 75 foizidan koʻp boʻlganda
3
III. Tadbirlar darajasi
7.
Tuman (shahar) darajasidagi har bir tadbir uchun
1
8.
Viloyat darajasidagi har bir tadbir uchun
3
9.
Respublika darajasidagi har bir tadbir uchun
4
IV. Tadbirning mavqeyi
10.
Tadbirda harbiy qism qoʻmondonligi qatnashganda
1
11.
Tadbirda viloyat IIB, MG, FVV, DXXChK rahbarlari qatnashganda
Koʻrik-tanlovda (“Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, fanlar boʻyicha olimpiada, tadbirkorlik, sport va boshqalar) birinchi oʻrinni egallagan yoshlar — har biri uchun
0,1
VIII. Oʻtkazilgan tadbirlarning samaradorligi
20.
Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan 1% dan 15 % gacha oʻsganligi uchun
minus 1
21.
Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan 16% dan 30 % gacha oʻsganligi uchun
minus 3
22.
Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan 31 % dan koʻp oʻsganligi uchun
minus 5
23.
Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oʻtgan davrga nisbatan kam�yganligi uchun
10
IX.Viloyatda “Vatanparvarlar” bogʻining faoliyati
24.
Bogʻ mavjud emas
minus 5
25.
Bogʻda oy davomida yoshlar bilan 1 tadan 10 gacha tadbir oʻtkazildi
1
26.
Bogʻda oy davomida yoshlar bilan 11 tadan 15 gacha tadbir oʻtkazildi
3
27.
Bogʻda oy davomida yoshlar bilan 16 tadan koʻp tadbir oʻtkazildi
5
X.Vatanparvarlik tarbiyasiga oid targʻibot materiallarini ishlab chiqish
28.
Har bir mavzuga oid yangi videorolik uchun
0,1
29.
Har bir yangi badiiy, hujjatli asarlar, uslubiy ishlanmalar uchun
0,2
XI.Targʻibot tadbirlarida yangicha yondashuvga ega boʻlgan innovatsion gʻoyalardan foydalanganligi
30.
Respublikadagi nufuzli ilmiy va madaniy muassasa vakillarining jalb etilganligi, yoshlar eʼtiborini jalb qiluvchi ilmiy va amaliy psixologik usullardan foydalangan holda oʻtkazilgan har bir tadbir uchun
1
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 369-son qaroriga
2-ILOVA
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash boʻyicha tashkiliy ishchi guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, tashkiliy ishchi guruh rahbari
11.
S.Gʻ. Ashurov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
2.
A.M. Jumaboyev
—
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrin�osari, tashkiliy ishchi guruh rahbariningoʻrinbosari
3.
R.A. Xatamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
4.
S.D. Mamayusupov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari
5.
K.X.Abdijalilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari
6.
(Kelishuv asosida)
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari
7.
D.M. Kenjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari
8.
M.A. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining oʻrinbosari
9.
X.A. Karshiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari
10.
M.Y. Muxitdinov
—
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari
11.
M.H. Umarov
—
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisining oʻrinbosari
12.
A.K. Ortikov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, tashkiliy ishchi guruh kotibi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/369/0743-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)