|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.05.2001
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChETGA OLIB ChIQIB KETILAYoTGAN TOVARLARNING AYRIM TURLARIGA AKSIZ SOLIG‘I JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iste’mol bozorining mutanosibligini ta’minlash, respublika fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, taqchil tovarlarning ko‘plab miqdorda asossiz ravishda chetga olib chiqib ketilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 10-oktabrdan boshlab respublikadan yuridik va xorijiy shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlarga ilovaga muvofiq ro‘yxat va stavka bo‘yicha aksiz solig‘i joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qiluvchi tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga;
jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketiladigan bir jismoniy shaxsga bittagacha tovarga aksiz solig‘i solinmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi chetga olib chiqib ketiladigan aksiz solig‘i solinadigan tovarlar uchun aksiz solig‘i to‘lash tartibini besh kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Davlat soliq qo‘mitasi aksiz solig‘i to‘g‘ri hisoblanishi va to‘liq to‘lanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 1-oktabr,
343-son
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga olib chiqib ketilayotgan aksiz solig‘i solinadigan tovarlar uchun aksiz solig‘i
STAVKALARI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi |
Tovarlarning nomi |
Aksiz solig‘i stavkalari (kontrakt qiymatiga yoki tovarning xarid qiymatiga nisbatan foizlarda) |
|
Murakkab maishiy texnika: |
50% | |
| 8418 — sovutgichlar | | |
| 8528 — televizorlar | | |
| 8521 — videomagnitofonlar | | |
| 852031 — magnitofonlar | | |
| 851650000 — mikroto‘lqinli pechlar | | |
| 8527 — radiopriyomniklar | | |
| 850910 — chang yutgichlar | | |
| 850940000 — mikserlar | | |
| 851010000 — elektr ustaralar | | |
| 851640 — elektr dazmollar | | |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 10-son, 28-modda)