Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2020-yil 1-sentabrdan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish yuzasidan quyidagi tartibotlar kuchga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bir kun ichida rasmiylashtiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga roʻyxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2020-yil 1-sentabrdan, ushbu nizomning 66-67-bandlari esa mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazish yuzasidan keng koʻlamli tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlari oʻtkazilishini taʼminlasin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 320-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror nomidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” soʻzlari “fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1a-ilovaga muvofiq”;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 3-bandning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga turish yuzasidan oʻzlariga qulay boʻlgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkinligi belgilab qoʻyilsin”.
4. 4-bandning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislarga va tor ixtisoslikdagi mutaxassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin”.
birinchi xatboshidagi “va vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga” soʻzlari “yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “propiska qilish yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “propiska qilish yoki turgan joyi boʻyicha hisobga” soʻzlari “yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “hisobga” soʻzi “roʻyxatga” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Quyidagi mazmundagi 1a-ilova* qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda — doimiy roʻyxat) va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha roʻyxat) tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiylik — oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni joylashtirishning huquqiy shakli;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari (bolalar ota-onasiga nisbatan toʻgʻri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi);
mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar — bolalikdan nogironlar, oltmish yoshga toʻlgan erkaklar va ellik besh yoshga toʻlgan ayollar, belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironi deb topilgan fuqarolar;
harbiy-hisob hujjatlari — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchilar uchun), harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
homiylik — oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni joylashtirishning huquqiy shakli;
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi.
3. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash va (yoki) vaqtincha turgan joylari boʻyicha roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqaroning doimiy va vaqtincha roʻyxatdan oʻtmaganligi unga xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Tugʻilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda — FHDY) tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtirilayotganda, u otasi yoki onasining doimiy roʻyxatga olingan manzilida idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan doimiy roʻyxatga olinadi.
16 yoshga toʻlmagan fuqaro uning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatga olingan manzilda doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olinishi shart.
4. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun davlat boji “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
b) MvaFRBga oʻzi kelib murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
v) YIDXPorqali murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisobraqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi.
2-bob. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olish tartibi
5. Fuqarolar “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) muvofiq doimiy roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olinmaydi.
6. Fuqarolar doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga oʻtishni rasmiylashtirish uchun tegishincha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashab turgan joylariga yaqin boʻlgan MvaFRB va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari hamda YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali roʻyxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlarida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni umumiy mulk asosida olishiga qaratilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish, shuningdek, garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullariga oid bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtkazishda, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya etilishi shart, ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9. Qonun hujjatlariga muvofiq uy-joyga ega boʻlgan fuqarolar Roʻyxatning 1-bandiga asosan doimiy roʻyxatga olinadilar.
Bunda doimiy roʻyxatga olinish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq uy-joy mulkdor(lar)ining (keyingi oʻrinlarda — mulkdor) arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
harbiy hisob hujjatlari.
Roʻyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Roʻyxatning 2 va 5-bandlari asosida doimiy roʻyxatga olinadi.
10. Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajarasi boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olingan yoki xususiy mulki boʻlgan uy-joy maydoniga Roʻyxatning 2-bandiga muvofiq doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi.
Voyaga yetmagan shaxsning xususiy mulki boʻlgan uy-joy maydoniga uning qarindoshlarini doimiy roʻyxatga olish ota-onasining yoki vasiyning (homiyning) roziligi asosida hal etiladi.
11. Roʻyxatning 3-bandiga muvofiq vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy roʻyxatga olinadi.
Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Roʻyxatning 3-bandiga binoan doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxsning pasporti yoki ID-kartasi yoxud tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olingan vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olinmaydi.
Vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan fuqarolar bilan qonuniy nikohdan oʻtgan hollarda, ushbu fuqarolar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Roʻyxatning 5-bandiga muvofiq doimiy roʻyxatga olinadi.
12. Roʻyxatning 4-bandiga muvofiq ota-onasi boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan hamda oʻz oilasi (eri (xotini) va farzandlari) boʻlmagan voyaga yetgan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi maʼlumotnomasi (mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun).
13. Roʻyxatning 5-bandiga muvofiq er (xotin) — xotini (eri) doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun).
Roʻyxatning 5-bandiga muvofiq doimiy roʻyxatga olinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʻilgan farzandlari (oʻz oilasiga ega boʻlmagan) Roʻyxatning 2-bandi boʻyicha doimiy roʻyxatga olinadi.
Nikohi xorijiy davlatda qayd etilgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining konsullik legallashtirish qonun hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qoʻyilgan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etadi.
“Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (1993-yil 22-yanvar, Minsk) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) aʼzo davlatlarda nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan ushbu davlatlar qonun hujjatlari talablari asosida tasdiqlangan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qoʻyish talab etilmaydi.
14. Roʻyxatning 6-bandiga muvofiq Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolar — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olish masalasi yuzasidan murojaat etgan takdirda, doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar.
15. Roʻyxatning 7-bandiga muvofiq Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolar — Toshkent viloyatida boshqa manzil boʻyicha doimiy roʻyxatga olish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda, doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
16. Roʻyxatning 8-bandiga muvofiq ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolar doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganda, doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
17. Roʻyxatning 9-bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylash, tayinlash, tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
18. Roʻyxatning 10-bandiga va qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar.
Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
19. Roʻyxatning 11-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlariga, davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ishga taklif etilayotgan fuqaroni (yuqori malakali mutaxassis yoki tor ixtisoslikdagi mutaxassis) doimiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi elektron iltimosnomasi elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, prokuratura yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirgan) yoki oʻtkazilgan taqdirda, ishga qabul qilinayotgan (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirayotgan) shaxsni (xodimni, harbiy xizmatchini) doimiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi elektron iltimosnoma mazkur organlar rahbarlarining oʻrinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin.
20. Roʻyxatning 111-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq boʻlgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilotning maʼlumotnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar;
tegishli organ yoki tashkilot maʼlumotnomasi.
Mutaxassisning ilgari davlat hokimiyatining boshqa organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida ishlaganligi doimiy roʻyxatga olishda uzluksiz besh yil va undan ortiq boʻlgan davr deb inobatga olinadi. Bunda mutaxassisning roʻyxatdagi organ va tashkilotning biridan boshqasiga ishga oʻtgan oraliq muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Mutaxassislarning asosiy lavozimlari va kasblari klassifikatori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21. Roʻyxatning 12-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan taʼminlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) doimiy roʻyxatga olinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turar joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joyni belgilangan tartibda xususiy mulk qilib olganda, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olganda ular Roʻyxatning 1-bandiga asosan doimiy roʻyxatga olinadi.
22. Quyidagi maʼlumotlar idoralararo maʼlumot almashinuvi tizimi orqali olinadi (agar ular tizimda mavjud boʻlsa):
tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganligi, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan;
uy-joy va fuqaro haqidagi maʼlumotlar — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan;
vasiylik va homiylikni hamda patronatni tasdiqlovchi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining elektron bazasidan.
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan fuqaroga tegishli boʻlgan uy-joy maydoniga doimiy roʻyxatga olish uchun uning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) aʼzo davlatlar hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida boʻlgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) aʼzo davlat hududida boʻlganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
24. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va haqiqiyligi tekshirilib, fuqaro Roʻyxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq boʻlgan taqdirda, shu kunning oʻzida 3-ilovaga muvofiq doimiy roʻyxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiriladi.
Fuqaroning soʻroviga koʻra, Roʻyxatning 1, 4, 6 — 8-bandlariga asosan doimiy roʻyxatga olish rasmiylashtirilganda ushbu Nizomga 4-ilovaga, Roʻyxatning 2, 3, 5, 9 — 12-bandlariga asosan doimiy roʻyxatga olish rasmiylashtirilganda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi taqdim etiladi.
Pasport yoki ID-karta olinganda, almashtirilganda, bu haqdagi maʼlumotlar “Manzil” tizimida masʼul xodim tomonidan yangilanadi.
25. Doimiy roʻyxatga olish uchun fuqaro va mulkdor Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma elektron shaklda toʻldiriladi.
Soʻrovnoma quyidagi hujjatlarga asosan toʻldiriladi:
mulkdor va doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
YIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda, zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng mulkdor uni oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Elektron raqamli imzosi boʻlmagan hollarda, shaxsiy imzo va identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda, mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi) taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda, MvaFRB tomonidan lozim boʻlgan maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.
26. Doimiy roʻyxatga olish mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
27. Taqdim etilgan hujjatlarning va soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻliq boʻlmasligi, ularda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, doimiy roʻyxatga olish uchun davlat boji toʻlamaslik doimiy roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Doimiy roʻyxatga olishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Doimiy roʻyxatga olishni rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
28. Voyaga yetmaganlar doimiy roʻyxatga olingan, biroq “Manzil” tizimiga kiritilmagan hollarda, avvalgi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan “Manzil” tizimiga kiritilishi shart.
Roʻyxatning 2-bandi asosida doimiy roʻyxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi boʻyicha MvaFRBning doimiy roʻyxatga olinmaganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotnomasi asosida roʻyxatga olinadi.
29. Roʻyxatning 9 — 12-bandlari boʻyicha doimiy roʻyxatga olingan fuqarolar va ular bilan bir vaqtda doimiy roʻyxatga olinmagan oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga mulkdor roziligi bilan tegishincha Roʻyxatning 9 — 12-bandlari boʻyicha doimiy roʻyxatga olinadi.
30. MvaFRB tomonidan doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olingan 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majbur fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy mudofaa ishlari boʻlimlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuboriladi.
31. Mulkdor oʻz oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
Quyidagi fuqarolarni doimiy roʻyxatga olishda Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanilmaydi:
er-xotin — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (xomiy), tutingan ota yoki ona doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
balogʻatga yetmagan, ota-onasi boʻlmagan tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning oʻz oilalari boʻlmasa, yoshidan qatʼi nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olingan tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, oʻz oila aʼzolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
muddatli harbiy xizmat tugagandan soʻng Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, ota-onasi yoki boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga.
3-bob. Doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish tartibi
32. Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy roʻyxatga olinganda;
mulkdorning arizasiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar asosida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolar;
mulkdor oʻzgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va koʻchirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq boʻlmagan hujjatlar asosida doimiy roʻyxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
vafot etganda — FHDY organining oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki maʼlumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy roʻyxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Doimiy roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar nomenklatura boʻyicha yigʻmajildlarga tikiladi hamda MvaFRBda besh yil davomida saqlanadi.
34. Doimiy roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda, fuqarolarga shu kunning oʻzida asoslantirilgan javob xati beriladi.
35. Fuqarolarning pasportida mavjud boʻlgan oldingi yashash manzili boʻyicha doimiy roʻyxatga olinganligi mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shtamp asosida bekor qilinadi.
4-bob. Fuqarolarni vaqtincha roʻyxatga olish tartibi
36. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha fuqaroning doimiy roʻyxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida koʻrsatilgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga vaqtincha roʻyxatga olinadi.
Doimiy roʻyxatga olinmaganlik vaqtincha roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
37. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalariga kelgan fuqarolar ushbu joylashtirish vositalarining maʼmuriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida vaqtincha roʻyxatga olinadi.
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqarolar ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan, ular kelgan zahoti bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali vaqtincha roʻyxatga olinadi.
38. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab oʻn besh kun muddatda xohishiga koʻra, oʻziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.
Bundan tashqari, fuqaro YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.
39. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma elektron shaklda toʻldiriladi.
Soʻrovnoma quyidagi hujjatlarga asosan toʻldiriladi:
mulkdor va doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
YIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim boʻlgan maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va soʻrovnoma vaqtincha roʻyxatdan oʻtuvchi fuqaro tomonidan toʻldirilishi mumkin.
40. Mulkdor nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha roʻyxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
41. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng arizachi uni oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Elektron raqamli imzosi boʻlmagan hollarda, shaxsiy imzo yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
42. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi (kadastr raqami, pasport maʼlumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, vaqtincha roʻyxatga olish uchun davlat bojini toʻlamaslik vaqtincha roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Boshqa har qanday holat vaqtincha roʻyxatga olishni rad etishga asos boʻlmaydi.
43. Davlat xizmatlari markazlarida soʻrovnoma toʻldirilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
44. Soʻrovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab, onlayn tarzda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi maʼlumotlar tekshiriladi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi maʼlumotlar aniqlanmagan hollarda, mazkur maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan bir kun ichida idoralararo maʼlumot almashinuv orqali taqdim etiladi.
Tekshirish natijasiga koʻra, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
45. Qoʻshimcha tekshirish talab etilgan taqdirda, ariza beruvchi tegishli maʼlumotnoma bilan YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Bunda qoʻshimcha tekshirish muddati uch kundan oshmasligi lozim.
46. Davlat xizmatlari markazi vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Fuqaroning soʻroviga koʻra, unga vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi qogʻoz shaklda murojaat qilingan Davlat xizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali vaqtincha roʻyxatga olish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
47. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor va doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari;
Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdorning turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda, mulkdorning turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shugʻullanishga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi boʻlsa, ushbu bandning oltinchi xatboshisidagi hujjatlar talab etilmaydi.
Mulkdor tomonidan turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi ariza (roziligi) bilan birga hisobga turishi lozim boʻlgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim qilinganda, ushbu fuqarolarning shaxsan oʻzlari kelishi talab etilmaydi.
48. Ushbu Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, shu kunning oʻzida arizachiga vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini beradi.
Vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida vaqtincha roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
MvaFRB orqali turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olish mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
MvaFRB inspektori vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha roʻyxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
49. 16 yoshga toʻlmagan shaxsni vaqtincha roʻyxatga olishni rasmiylashtirishda uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
50. Roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasiga vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisida belgi qoʻyilmaydi.
51. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hisobga qoʻyilgan fuqaro vaqtincha roʻyxatga olish joyida yashashi kerak.
52. Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olinadi. Bunda taʼlim muassasasi tomonidan fuqaroning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, 35x45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat) va taʼlim muassasasi tomonidan turar joy bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hududiy MvaFRBga taqdim etiladi.
53. Fuqaro taʼlim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ushbu Nizomning 46-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joydagi MvaFRB tomonidan vaqtincha roʻyxatga olinadi.
54. Vaqtincha roʻyxatga olish umumiy asosda qayta rasmiylashtiriladi.
Ushbu Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi vaqtincha roʻyxatga olishni rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Fuqarolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha roʻyxatga olinishi rad etilgan taqdirda, MvaFRB inspektori tomonidan xulosa tuziladi. Ushbu xulosa MvaFRB boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Vaqtincha roʻyxatga olishni rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
55. Vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi yoʻqolgan yoki buzilgan taqdirda, fuqaro tegishli MvaFRBga oʻz shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda, vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi yoʻqolishi yoki buzilishi holatlarini koʻrsatib, vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtirish haqidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori arizada koʻrsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha roʻyxatga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning oʻzida vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtiradi.
Qayd varagʻining dublikati fuqaro tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda ham olinishi mumkin.
56. Vaqtincha roʻyxatga olish taʼlim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, mulkdor yoki fuqaroning tashabbusi bilan bekor qilinadi.
57. MvaFRB mulkdorning arizasi yoki taʼlim muassasasining bildirishnomasi asosida fuqaroning vaqtincha roʻyxatga olinganligini bekor qiladi.
58. Oʻqish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatilgan taqdirda, ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olingan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
Ish beruvchi mavsumiy ishchilar bilan shartnoma bekor qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi boʻyicha hisobga qoʻyilgan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
59. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
60. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
61. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari doimiy roʻyxatga olish masalasi boʻyicha ichki ishlar organiga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
62. Fuqarolardan ushbu Nizomda koʻrsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud boʻlmagan hamda kadastr raqami boʻlmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish qatʼiyan taqiqlanadi.
63. Fuqaroni doimiy va vaqtincha roʻyxatga olishda uning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlariga oid maʼlumot davlat reyestri bazasidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali olinadi. Mazkur raqam orqali tegishli maʼlumotni olish imkoni boʻlmaganda, fuqarodan kadastr raqamini taqdim qilish talab etiladi.
64. Fuqarolarni noturar joy binolarga doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish taqiqlanadi.
Korxona, tashkilot yoki oʻquv muassasalarining tasarrufidagi uy-joylar, yotoqxonalarga fuqarolarni Ruyxatning 6 — 8-bandlariga asosan doimiy roʻyxatga olish hamda turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olish mazkur korxona, tashkilot yoki oʻquv muassasasining ruxsat xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
65. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan mulkdor turar joy maydoni berilgan kundan boshlab, oʻn besh kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
66. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
67. Fuqaroni doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish, doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
68. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar harbiy hisob hujjatlari asosida doimiy yoki vaqtincha roʻyxatga olinganidan soʻng MvaFRB tomonidan tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga elektron tizimda mazkur Nizomga 3 yoki 9-ilovalariga muvofiq shaklda soʻrovnoma yuboriladi. Mudofaa ishlari boʻlimi mazkur soʻrovnoma asosida harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga oladi va harbiy hisobdan chiqarish toʻgʻrisida oldingi harbiy roʻyxatda turgan mudofaa ishlari boʻlimiga xabarnoma yuboradi.
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar tomonidan harbiy hisob hujjatlarini taqdim etmaslik doimiy roʻyxatga olishni rad etishga asos boʻladi.
69. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy roʻyxatga olinishi mumkin.
70. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.”.
*1a-ilova 2020-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

_________________________________________
‎TSHIIB, IIO FMB MvaFRBga
‎_________________________________________
‎______________________________________da
yashovchi _________________________________‎‎
‎(mulkdorning F.I.O.)

ARIZA ‎‎

Mening egaligimda boʻlgan, _________________ tumani (shahri), __________ koʻchasi ______ (kvartal) __________ uy, __________ korpusda joylashgan umumiy foydalanish maydoni _____________ kv/m dan iborat boʻlgan __________ xonadonga fuqaro ___________________________________________________________________________ ni ‎‎

(doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan fuqaroning F.I.O)‎‎

quyidagi oila aʼzolari bilan birga doimiy roʻyxatga qoʻyishingizni soʻrayman.‎‎

Qarindoshlik
‎darajasi‎‎

‎F.I.O.‎‎

Tugʻilgan yili
‎va joyi ‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
Mulkdor yoki vakil _______________________________________________________________________________‎‎_

(fuqaroning F.I.O.)‎‎

‎‎Imzo __________________

‎‎20____ yil “_____” ____________

Izoh. Mulkdor voyaga yetmagan shaxs boʻlsa, uning nomidan ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil sifatida harakat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎ILTIMOSNOMA

‎‎Fuqaro __________________________________‎________________________________________________________
‎Oʻzbekiston Respublikasi __________________________________________________________________________ga

(organ yoki tashkilot nomi)‎‎

‎‎_________________________________________________ lavozimiga ishga qabul qilinganligi (tayinlanganligi) sababli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyxatning 11-bandiga muvofiq ushbu fuqaro ___________________________________________ da (Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini soʻraymiz.
Fuqaro __________________________________________________________ ishonchliligiga kafolat beramiz.‎‎
‎‎Ilova: _____ varaqda.
‎‎Rahbar _________________________

‎‎elektron imzo

(F.I.O.)‎‎

‎‎20__ yil “____” ________
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Fuqaroni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi va joyi

5. Pasport (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami)

6. Harbiy xizmatga aloqadorligi:

6.1. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchi uchun) (seriyasi va raqami, qaysi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan berilgani)

6.2. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)

7. Avvalgi yashagan manzili

8. Doimiy roʻyxatga olinayotgan manzil

9. Kelishdan maqsadi

10. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)

II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida maʼlumot:

1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi

2. Doimiy roʻyxatga olinayotgan manzil yoki yuridik manzil

3. Kadastr yoki order raqami

III. Voyaga yetmagan oila aʼzolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Oʻgʻli

Qizi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vazirligi‎‎

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh
‎boshqarmasi‎‎

‎‎Fuqaro doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga
‎‎olinganligi toʻgʻrisida ‎
‎QAYD VARAGʻI ‎‎

JSHSHIR _______________________________

‎Qayd varagʻi raqami _____________________

F.I.O. _________________________________
‎___________________________________‎‎____

‎Tugʻilgan sanasi ________________________

Doimiy roʻyxatga olingan sana ________________‎‎_______________________

Doimiy roʻyxat manzili
‎_________________________________

Hujjat raqami
‎___________________________________‎____

‎_____________________________________
‎_____________________________________

‎(pasport, ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisida
‎guvohnoma, harbiy hujjatlar)‎‎

‎‎Qayd varagʻini bergan organ __________________________________________________________________________

‎‎(TSHIIB MvaFRB yoki MvaFRG)

Izoh.
1. Qayd varagʻi fuqaroning yashash joyida doimiy roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.
2. Harbiy hisobga majbur fuqaro uch ish kuni ichida doimiy roʻyxatga olingan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobdan oʻtishga majburdir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vazirligi‎‎

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh
‎boshqarmasi‎‎

‎‎‎‎Roʻyxatning 2, 3, 5, 9 — 12-bandlari asosida fuqaro doimiy
‎yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida
‎‎QAYD VARAGʻI ‎‎

JSHSHIR _______________________________

‎Qayd varagʻi raqami _____________________

F.I.O. _________________________________
‎___________________________________‎‎____

‎Tugʻilgan sanasi ________________________

Doimiy roʻyxatga olingan sana ________________‎‎_______________________

Roʻyxatning bandi _______________________
‎Doimiy roʻyxat manzili
‎_________________________________

Hujjat raqami
‎___________________________________‎____

‎_____________________________________
‎_____________________________________

‎(pasport, ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisida
‎guvohnoma, harbiy hujjatlar)‎‎

‎‎Qayd varagʻini bergan organ __________________________________________________________________________

‎‎(TSHIIB MvaFRB yoki MvaFRG)

Izoh.
1. Qayd varagʻi fuqaroning yashash joyida doimiy roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.
2. Harbiy hisobga majbur fuqaro uch ish kuni ichida doimiy roʻyxatga olingan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobdan oʻtishga majburdir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Fuqaroni yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi
(mulkdor)

1. Doimiy roʻyxatga olish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga oʻzi kelib murojaat qiladi.

2. Doimiy roʻyxatga olinish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

3. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda


2-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib, avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuboradi.

Ariza
toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida


3-bosqich

1. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

2. Davergeodezkadastr qoʻmitasi

Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.

10 daqiqa davomida


4-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Fuqaroning pasportiga avvalgi yashash manzilidagi doimiy roʻyxatini bekor qilinganligi toʻgʻrisida shtamp bosish yoʻli bilan bekor qiladi va fuqaroning xohishiga koʻra doimiy roʻyxatga olinganligi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini taqdim etadi.

Murojaat qilingan
kunning oʻzida


5-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Hududiy mudofaa boʻlimiga fuqaro doimiy roʻyxatga olinganligi haqida elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.

Real vaqt rejimida

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Fuqaroni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy roʻyxatga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi (mulkdor

1. Doimiy roʻyxatga olinish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

2. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda


2-bosqich

YIDXP

Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

Real vaqt rejimida


3-bosqich

Vakolatli organ

1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.

2. Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinishi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga (elektron tarzda) yuboradi.

3. Hududiy mudofaa boʻlimiga fuqaro doimiy roʻyxatga olinganligi haqida elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.

1 kun mobaynida


4-bosqich

YIDXP

Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Fuqaroning pasportidagi avvalgi doimiy roʻyxatini bekor qilish shtampining
NAMUNASI
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Fuqaroni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan joyi va sanasi

5. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami)

6. Harbiy xizmatga aloqadorligi:*

6.1. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchi uchun) (seriyasi va raqami, qaysi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan berilgani)

6.2. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)

7. Doimiy roʻyxatga olingan manzili

8. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan manzili

9. Kelishdan maqsadi va muddati

10. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili

II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida maʼlumot:

1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi

2. Doimiy roʻyxat manzili yoki yuridik manzil

3. Kadastr raqami

4. Uy-joy bergan yuridik shaxsning aloqa xati

III. Voyaga yetmagan oila aʼzolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Oʻgʻli

Qizi



* Turar joyi bir yarim oydan ortiq muddatga oʻzgargan, uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga, oʻqish, taʼtil yoki davolanishga borgan taqdirda toʻldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vazirligi‎‎

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh
‎boshqarmasi‎‎

Fuqaro vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga
olinganligi toʻgʻrisida
‎QAYD VARAGʻI
‎‎‎‎

JSHSHIR _______________________________

Raqam ________________________________

Fuqaro ____________________________‎‎____

‎Tugʻilgan vaqti _________________________

Hujjat _________‎‎_______________________
‎Berilgan vaqti __________________________
‎Seriya _________________________________

Amal qilish muddati
‎_____________________________________

Vaqtincha yashash manzili

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Kadastr ________________________________
‎Viloyat_________________________________
‎Tuman (shahar) ___________________________

‎‎Kelishdan maqsad _______________________
‎Qayerdan keldi _________________________
‎Vaqtincha turgan joy boʻyicha roʻyxatga olish muddati _____ yil “____” ________ gacha

Manzil ________________________________‎‎
‎‎Uy __________ xona _________ ‎‎Maʼlumot ____________________________‎
‎‎Qayd varagʻini bergan organ __________________________________________________________________________

‎‎(TSHIIB MvaFRB yoki MvaFRG)

Izoh. Vaqtincha turgan joy boʻyicha roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning vaqtincha roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Fuqaroni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlim yoki boʻlinmasiga uy egasi bilan birga murojaat qiladi.

2. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

3. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda


2-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib, avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida


3-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.

2. Fuqaroni vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini rasmiylashtiradi hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuboradi.

10 daqiqa mobaynida


4-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni rasmiylashtirib, ariza taqdim etadi.

10 daqiqa mobaynida

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Fuqaroni Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

2. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun davlat bojini toʻlaydi.

1. Xohishiga koʻra

2. Murojaat qilinganda


2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 1 soat mobaynida

2. Real vaqt rejimida


3-bosqich

Vakolatli
organ

1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.

1 ish kuni
mobaynida

2. fuqaroni vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish haqida BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuboradi.


4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Real vaqt rejimida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/320/0645-son)