|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.10.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565-9]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-aprel,
98-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-apreldagi 98-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 21-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 65-bandda:
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar, bunda, qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadvalda mazkur Qoidalarning 12a-ilovasiga muvofiq ko‘rsatilishi majburiydir;”;
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va uning natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.”.
3. 68-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 94-band quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“a1) hujjatda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar mavjud bo‘lsa;”.
5. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 12a-ilova bilan to‘ldirilsin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
12a-ILOVA
12a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha
JADVAL
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining turi:
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining nomlanishi:
|
Loyihaning tarkibiy |
Taklif |
Taklif |
Ko‘rib chiqish |
|
|
”. |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/2565-9/0539-son)