1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urug‘chilik. Seleksiya. Tajriba xo‘jaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishni oshirish, kartoshkachilik sohasida klaster va kooperatsiya mexanizmlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kartoshkaga bo‘lgan ichki bozor talabini to‘liq qondirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasining kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Quyidagilar kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urug‘chilik. Seleksiya. Tajriba xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.20.00 Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari]
innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirish hamda sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik]
urug‘lik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini yetishtirishni kengaytirish, urug‘liklar tayyorlash hamda zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
iste’mol va urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish, shuningdek, uning eksportini kengaytirish;
kartoshka ekish uchun mo‘ljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida urug‘lik kartoshkaning super elita va (yoki) elita avlodlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish;
urug‘lik kartoshkani saqlash, saralash, yetkazib berish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish;
kartoshkachilik sohasiga ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yechimlar (nou-xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish.
2. Quyidagilar:
Iste’mol va urug‘lik kartoshka, jumladan, uning super elita, elita avlodlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar ro‘yxati 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.06.00 Iqtisodiy xavfsizlik. Moddiy zaxira]
2020-2021-yillarning qish-bahor mavsumida aholini va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash maqsadida iste’mol kartoshkasini zaxiraga jamg‘arish hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyevga, zarur hollarda, ushbu bandda nazarda tutilgan ilovalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
3. 2020-yil 1-maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urug‘lik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar klaster va kooperatsiyalar takliflari hamda iste’mol me’yorlari asosida kelgusi yil uchun kartoshka ekin maydonlari va yalpi hosili prognoz ko‘rsatkichlarini, shuningdek, urug‘lik kartoshkaga yillik talabni va uning yetishmaydigan miqdorini aniqlaydi;
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. O‘simliklar karantini. Veterinariya]
b) 2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Bunda imtiyozlar O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining karantin ko‘rik dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining muvofiqlik sertifikati asosida beriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar resurs soliqlarini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni, shu jumladan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy qilingan yerlarni 2021-yil 1-yanvardan yer solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi 2020-yilning 1-iyuliga qadar axborot texnologiyalarini joriy etgan holda foydalanilgan suv resurslari hisobini yuritish, ularning hajmini aniqlash tartibini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan suv resurslari me’yorini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urug‘chilik. Seleksiya. Tajriba xo‘jaliklari]
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 O‘simlikshunoslik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urug‘chilik. Seleksiya. Tajriba xo‘jaliklari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishning ilmiy nazariy asoslarini takomillashtirish, kartoshka urug‘liklarini tayyorlash va ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
iste’mol va urug‘lik kartoshkaning yangi hamda serhosil, navlari kolleksiyasini yaratish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar grantlari hamda xususiy tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan urug‘lik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini yetishtirish, zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etish, “in vitro” laboratoriyasi tashkil etish, urug‘liklar tayyorlash va kartoshka yetishtiruvchilarga yetkazib berish;
sabzavot va poliz ekinlarining yuqori hosildor, qurg‘oqchilikka, sho‘rga va kasalliklarga chidamli, meva sifati yuqori bo‘lgan navlari va duragaylarini yaratish va ularning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish, shuningdek, noan’anaviy sabzavot ekinlarini introduksiya qilish ishlarini olib borish;
iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda kartoshka plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish vazifalari yuklatilsin.
Institutga yuqoridagi vazifalarni xususiy tashabbuskorlar ishtirokida amalga oshirish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga mazkur qarorda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda “in vitro” laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish uchun grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kartoshka navlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
institut tizimidagi tajriba xo‘jaligi va ilmiy-tajriba stansiyalarining xo‘jalik faoliyatidan olingan sof foydaning 20 foizi miqdoridagi ajratmalari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablag‘ jalb qilish]
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar grantlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.03.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik sohasidagi ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish uchun grantlar ajratish;
kartoshka navlari seleksiyasi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tajriba-sinov va boshqa loyihalarni moliyalashtirish;
sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning yaratilgan navlari mualliflarini rag‘batlantirish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ilmiy izlanishlar va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kartoshka navlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi;
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning yaratilgan navlari mualliflarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tasarrufidagi, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Soyliq” MFY hududida joylashgan 17,2 gektar yer maydonini kartoshkaning mahalliy navlari birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish maqsadida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufiga o‘tkazish;
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmullo” davlat o‘rmon xo‘jaligining “Piskom” massivi hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
Fanlar akademiyasi, Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrga qadar mahalliy investorlar mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining sohaga jalb qilingan kredit mablag‘lari hamda grantlari hisobidan hududlarda “in vitro” laboratoriyalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda urug‘chilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining urug‘lik maydonlarini sifatli sinovdan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.05.00 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
takroriy maydonlarga ekish uchun yetishmaydigan urug‘lik kartoshka o‘z vaqtida import qilinishini va to‘liq ekilishini ta’minlasin;
iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish, shuningdek urug‘lik kartoshkani fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga o‘z vaqtida yetkazib berish ishlarini tizimli tashkil etsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi:
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning 1-sentabriga qadar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
iste’mol va urug‘lik kartoshkani davlat zaxirasiga xarid qilish hamda ushbu tadbirlarni moliyalashtirish tizimini joriy etish;
kartoshka saqlanadigan omborxonalarni xatlovdan o‘tkazib, aholining qish-bahor mavsumida kartoshka iste’moli va saqlanadigan urug‘lik hajmidan kelib chiqqan holda, qo‘shimcha omborxonalar tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida kartoshkachilikda foydalaniladigan maxsus texnikalar, jumladan, kartoshkani ekish, yig‘ib-terib olish va saralash texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida kartoshkaning turli stress omillarga chidamli erta, o‘rta va kechpishar mahalliy navlarini yaratish, kartoshka seleksiyasi hamda uni yetishtirish texnologiyasiga oid ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil etsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka uchun beriladigan ko‘rik dalolatnomasini taqdim etishni tezlashtirish choralarini ko‘rsin;
chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshkaning sifati, hududlarda urug‘lik kartoshkaning fitosanitar toza holda va karantin obyektlaridan holi yetishtirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka uchun beriladigan muvofiqlik sertifikatinining berilishini tezlashtirish choralarini ko‘rsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.01.00 Xo‘jalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.02 Qishloq xo‘jaligida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash]
urug‘lik kartoshka yetishtirish, undan maqsadli va oqilona foydalanish, urug‘lik kartoshkaning sifatli saqlanishini ta’minlash va nobud bo‘lishining oldini olish;
urug‘lik uchun kartoshka ekilgan maydonlarda sinovlarni belgilangan talablar asosida o‘tkazilishi, shuningdek, joylarda muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan urug‘lik kartoshka ekilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev:
o‘n kun muddatda 2020-yil hosili uchun g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga ekish maqsadida import qilinadigan urug‘lik kartoshka hajmini va hududlar kesimidagi taqsimotini tasdiqlasin;
faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etiladigan kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan kartoshka ekish uchun mo‘ljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida kartoshkaning super elita va (yoki) elita va avlod urug‘larini yetishtirishni yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin;
mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarini o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash, iste’mol va urug‘lik kartoshkaga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish bilan bog‘liq ishlarni samarali tashkil etsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari O‘.I. Barnoyev va J.A. Qo‘chqorov zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-may,
PQ-4704-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi PQ-4704-son qaroriga 1-ILOVA
Iste’mol va urug‘lik kartoshka, jumladan, uning super elita, elita avlodlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar
RO‘YXATI
T/r
Viloyatlar nomi
Ixtisoslashtiriladigan tumanlar nomi
iste’mol kartoshka yetishtirishga
urug‘lik kartoshka yetishtirishga
1.
Andijon viloyati
Asaka
Asaka
2.
Jalaquduq
Jalaquduq
3.
Xo‘jaobod
4.
Andijon
5.
Qo‘rg‘ontepa
Qo‘rg‘ontepa
6.
Jizzax viloyati
Baxmal
Baxmal
7.
G‘allaorol
8.
Zomin
Zomin
9.
Qashqadaryo viloyati
Kitob
Kitob
10.
Shahrisabz
Shahrisabz
11.
Yakkabog‘
Yakkabog‘
12.
Namangan viloyati
Kosonsoy
Kosonsoy
13.
Chortoq
Chortoq
14.
Chust
Chust
15.
Namangan
16.
Yangiqo‘rg‘on
Yangiqo‘rg‘on
17.
Samarqand viloyati
Bulung‘ur
Bulung‘ur
18.
Jomboy
Jomboy
19.
Toyloq
Toyloq
20
Samarqand
21.
Urgut
Urgut
22.
Surxondaryo viloyati
Qumqo‘rg‘on
23.
Boysun
24.
Oltinsoy
25.
Uzun
26.
Sariosiyo
27.
Toshkent viloyati
Bo‘stonliq
Bo‘stonliq
28.
Zangiota
29.
Toshkent
30.
Parkent
Parkent
31.
Chinoz
32.
Yuqorichirchiq
Yuqorichirchiq
33.
Yangiyo‘l
Yangiyo‘l
34.
O‘rtachirchiq
35.
Qibray
36.
Farg‘ona viloyati
Quvasoy
37.
So‘x
So‘x
38.
Quva
Quva
39.
Toshloq
40.
Farg‘ona
Farg‘ona
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi PQ-4704-son qaroriga 1a-ILOVA
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda urug‘lik kartoshkaning super elita avlodini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar
RO‘YXATI
T/r
Viloyatlar nomi
Tumanlar nomi
Hududlar (MFY) nomi
1.
Andijon viloyati
Qo‘rg‘ontepa
“Xonabod”, “Qorasuv”, “Savay” va “Dardoq”
2.
Jizzax viloyati
Baxmal
“Tong otar”, “Gulbuloq”, “Dehqonobod”, “Mustaqillik” va “Bog‘ishamol”
3.
Zomin
“Kultepa” va “E. Xolmatov”
4.
Qashqadaryo viloyati
Kitob
“M. Boboyev”, “Sh. Umarov”, “Navro‘z” va “Zarafshon”
5.
Shahrisabz
“Navro‘z”, “Xazara” va “Uroq Ibragimov”
6.
Namangan viloyati
Yangiqo‘rg‘on
“Nanay”, “Ko‘k yor” va “Birlashgan”
7.
Samarqand viloyati
Bulung‘ur
“F. Yo‘ldosh”, “X. Olimjon”, “Kildon”, “Navoiy” va “A. Maxsumov”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi PQ-4704-son qaroriga 2-ILOVA
2020-2021-yillarning qish-bahor mavsumida aholini va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash maqsadida iste’mol kartoshkasini zaxiraga jamg‘arish
HAJMLARI
T/r
Hududlar nomi
Aholi soni (ming nafar)
Jamg‘ariladigan kartoshka hajmi (tonna)
Jami:
33 773,6
235 200
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1 898,3
16300
2.
Andijon viloyati
3 050,5
28600
3.
Buxoro viloyati
1 924,2
12 500
4.
Jizzax viloyati
1 382,1
11300
5.
Qashqadaryo viloyati
3 280,0
24 700
6.
Navoiy viloyati
1 000,0
8 600
7.
Namangan viloyati
2 810,9
31 800
8.
Samarqand viloyati
3 860,0
25200
9.
Surxondaryo viloyati
2 599,6
16 300
10.
Sirdaryo viloyati
846,4
6300
11.
Toshkent viloyati
2 941,4
25 400
12.
Farg‘ona viloyati
3 742,0
37 100
13.
Xorazm viloyati
1 866,7
10 900
14.
Toshkent shahri
2 571,5
45 000
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4704/0537-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)