1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xorazm viloyatining Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan shaharchasining aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarining kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, ushbu shaharlarda sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatni yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
1. Quyidagilar:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2019-yil 20-noyabrda “Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 90,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 114,5 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi — 90,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — 24,5 mln AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 17,4 mln AQSH dollarini hamda YETTB qarzi boʻyicha investitsiya davrida foizlar va majburiyat uchun vositachilik haqi koʻrinishida 7,1 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
v) loyihani amalga oshirish davri 8 yilni (2019 — 2027-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish, YETTBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
qarz umumiy summasining 1,0 foizi miqdorida YETTB qarzining biryoʻla vositachilik haqini toʻlash YETTBning qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) “Xorazm suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Xorazm suv taʼminoti” MCHJ) oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim) imzolash vakolati berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimi, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi zimmasiga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Xorazm suv taʼminoti” MCHJ tomonidan oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Xorazm viloyati hokimligi:
kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, zaruratga koʻra yer uchastkalari ajratilishi natijasida kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;
2020-yildan boshlab Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlarida YETTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarishga “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Xorazm suv taʼminoti” MCHJning ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda mablagʻlarni nazarda tutsin.
8. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
221-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 221-son qaroriga 1-ILOVA
“Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
Loyihalashtirish, loyihani boshqarish va qurilish ishlari nazorati boʻyicha maslahatchining xizmatlari
ming AQSH doll. ekv.
4 700,00
4 700,00
Loyixani muvofiqlashtirish guruhi harajatlari
ming AQSH doll. ekv.
200,00
200,00
2.3.
Loyixa boʻyicha koʻzda tutilmagan harajatlar
ming AQSH doll. ekv.
2 000,00
2 000,00
2.4.
Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar
ming AQSH doll. ekv.
7 967,58
900,00
7 067,58
3.
Soliq va bojxona imtiyozlari
ming AQSH doll. ekv.
17 420,00
17 420,00
*Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 221-son qaroriga 2-ILOVA
“Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
- Oʻzgaruvchan foiz stavkasi (LIBOR USD 6 m + 1 %)
Majburiyat uchun vositachilik haqi
- 0,50_%
ming AQSH doll.
Yillar
Toʻlanadigan foizlar
Majburiyat uchun vositachilik haqi
Asosiy qarzni qaytarish
Jami qaytariladigan mablagʻ
15.04.2020
18,3
226,5
244,8
15.10.2020
48,0
222,8
270,7
15.04.2021
77,2
217,8
295,1
15.10.2021
474,8
169,4
644,2
15.04.2022
867,2
119,1
986,3
15.10.2022
1 250,4
72,5
1 322,8
15.04.2023
1 619,9
25,0
4 090,9
5 735,8
15.10.2023
1 646,2
12,6
4 090,9
5 749,7
15.04.2024
1 663,6
4 090,9
5 754,5
15.10.2024
1 580,5
4 090,9
5 671,4
15.04.2025
1 489,1
4 090,9
5 580,0
15.10.2025
1 414,1
4 090,9
5 505,0
15.04.2026
1 323,6
4 090,9
5 414,5
15.10.2026
1 247,7
4 090,9
5 338,6
15.04.2027
1 158,2
4 090,9
5 249,1
15.10.2027
1 081,4
4 090,9
5 172,3
15.04.2028
998,2
4 090,9
5 089,1
15.10.2028
915,0
4 090,9
5 005,9
15.04.2029
827,3
4 090,9
4 918,2
15.10.2029
748,6
4 090,9
4 839,5
15.04.2030
661,8
4 090,9
4 752,7
15.10.2030
582,3
4 090,9
4 673,2
15.04.2031
496,4
4 090,9
4 587,3
15.10.2031
415,9
4 090,9
4 506,8
15.04.2032
332,7
4 090,9
4 423,6
15.10.2032
249,5
4 090,9
4 340,5
15.04.2033
165,5
4 090,9
4 256,4
15.10.2033
83,2
4 090,9
4 174,1
Jami:
23 436,5
1 065,6
90 000,0
114 502,1
*Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.
**Hisob-kitoblarni tayyorlash paytida AQSH dollari uchun LIBOR stavkasi 2,63% boʻlganligi inobatga olinib hisoblangan foiz stavkasi boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar hisobga olingan holda, yiliga 4,0 foiz deb qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 221-son qaroriga 3-ILOVA
“Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar
“Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Xorazm suv taʼminoti” MCHJ ulushi
Xorazm viloyati mahalliy budjetining ulushi
2020
0,0%
100,0%
2021
0,0%
100,0%
2022
0,0%
100,0%
2023
0,0%
100,0%
2024
39,9%
60,1%
2025
43,8%
56,2%
2026
49,4%
50,6%
2027
53,6%
46,4%
2028
59,9%
40,1%
2029
65,9%
34,1%
2030
68,6%
31,4%
2031
71,5%
28,5%
2032
68,0%
32,0%
2033
63,0%
37,0%
Jami:
49,8
50,2
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/221/0433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)