Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1863-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-son “Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-dekabr,
33/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-dekabrdagi 33/7-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda bank mijozlariga xos raqam berish hamda ularning hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish va mijozlar hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish tartibini belgilaydi.”.
2. 3-banddagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “80000001” raqami “60000001” raqami bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga toʻqqiz oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari tushmaganda tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida u hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali elektron maʼlumot taqdim etiladi.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan ushbu maʼlumotlar toʻgʻrisida BDMABga, BDMABdan esa Davlat soliq qoʻmitasi uchun elektron xabarnoma shu kunning oʻzida uzatiladi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, BDMAB bazasiga “25” belgisi qoʻyib joʻnatilgan 3-soʻrov turi, faqat davlat soliq organlariga moliya-xoʻjalik faoliyatini toʻqqiz oy mobaynida amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumot kiritib qoʻyiladi.”.
5. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan tijorat tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga toʻqqiz oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari tushmagan tijorat tashkiloti boʻyicha maʼlumot joʻnatilgandan soʻng, uning faoliyati qayta tiklanganda, 4-soʻrov “26” belgisi bilan faoliyati qayta tiklangan sanasi koʻrsatilgan holda shakllantirilib, xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMABga, BDMABdan esa davlat soliq organlariga elektron maʼlumot uzatiladi.
Bunda, BDMAB bazasiga “26” belgisi qoʻyib joʻnatilgan 4-soʻrov turi, faqat davlat soliq organlariga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyati qayta tiklanganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritib qoʻyiladi.”.
6. 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Mijozning asosiy depozit, ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari roʻyxatini olish uchun 8-soʻrov turini shu mijozga xizmat koʻrsatuvchi barcha bank filiallari yuborishi mumkin. Hisobvaraqlar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlar “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida sir saqlanishi lozim.”.
oltinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“25” belgi — toʻqqiz oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari boʻyicha maʼlumot Davlat soliq qoʻmitasi hamda barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;
“26” belgi — toʻqqiz oy mobaynida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotining faoliyati qayta tiklanganda BDMABga uzatiladi.”.
8. 5-ilovaning izohidagi “mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan “2”, “3”, “4”, “6”, “7”, “8”, “9”, “21”, “23” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “2”, “4”, “7”, “8”, “9”, “21”, “23”, “25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 6-ilovaning izohidagi “mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan “12”, “13”, “14”, “16”, “17”, “18”, “19”, “22”, “24” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “12”, “14”, “17”, “18”, “19”, “22”, “24”, “26” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 9-ilovaning izohidagi “mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan “3”, “4”, “6”, “11”, “15”, “18”, “19”, “20” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “4”, “11”, “15”, “18”, “19”, “20”, “25” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 10/20/1863-8/0074-son)