|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.04.2000
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IFLOSLANTIRUVChI MODDALARNI TABIIY MUHITGA NORMATIVDAN ORTIQChA ChIQARGANLIK (TAShLAGANLIK) VA ChIQINDILARNI JOYLAShTIRGANLIK UChUN TOʻLOVLARNI JORIY QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan..
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy usullariga oʻtish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bilan kelishilgan 1992-yil 1-iyuldan boshlab tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi toʻlov normativlarini va ularni qoʻllash tartibini takomillashtirish boʻyicha zarur ishlarni amalga oshirsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-iyun,
303-son
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarganlik uchun
TOʻLOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI
TOʻLOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI
|
Ifloslantiruvchi moddalarning nomi |
Ifloslantiruvchi moddani atmosferaga chiqarganlik uchun toʻlov normativi (soʻm) |
|
I. Ifloslantirishning koʻchmas manbalari | |
| Azot ikki oksidi | 60 |
| Azot oksidi | 40 |
| Akrilonitril | 80 |
| Akrolen | 80 |
| Benzoyli aldegid (benzoldigid) | 60 |
| Moyli aldegid | 160 |
| Alyuminiy oksidi | 60 |
| Ammiak | 60 |
| Ammoniy nitrat (ammiakli selitra) | 8 |
| Ammoniy sulfat | 12 |
| Ammoniy xlorid | 24 |
| Ammofos | 12 |
| Maleinli angidrid (bugʻlar, aerozol) | 48 |
| Olgingugurtli angidrid (oltingugurt gazi, oltingugurt ikki oksidi) | 48 |
| Sirka angidridi | 80 |
| Fosfor angidridi | 48 |
| Ftal angidridi (bugʻlar, aerozol) | 24 |
| Anilin | 80 |
| Atsetaldegid | 240 |
| Atseton | 6,86 |
| Atsetilen | 1,60 |
| Atsetofenon | 800 |
| Bariy karbonat angidrid (bariyga aylantirib hisoblaganda) | 600 |
| Oqsil-mineral qoʻshimcha | 24000 |
| Oqsil-vitamin konsentrati changi oqsili | 2400 |
| Benz (a)piren (3.4 benzpiren) | 24000000 |
| Benzin (neftli, tarkibida oltingugurt kam boʻlgani, uglerodga aylantirib hisoblaganda) | 1,60 |
| Slanetsli benzin (uglerodga aylantirib hisoblaganda) | 48 |
| Benzol | 24 |
| Gidroliz ligninidan olinadigan bio-kuchaytirgich | 1,2 |
| 1.3 Butadiyen (divinil) |
2,4 |
| Butan | 0,012 |
| Butilatsetat | 24 |
| Vanadiy besh oksidi | 1200 |
| Xlorli vinil | 480 |
| Xlorli vodorod (tuzli kislota) | 12 |
| Sianli vodorod (sinil kislota) | 240 |
| Natriy volframi (volframga aylantirib hisoblaganda) | 24 |
| Geksan | 0,04 |
| Koʻmir kislotasi diamidi (karbamid, mochevina) | 12 |
| Dimetilamin | 480 |
| 2.4 — Dinitro — 2-ftor-butilfenol (dinoseb, gebutoks) | 480 |
| o-Dixlorbenzol | 80 |
| Temir oksidi (temirga aylantirib hisoblaganda) | 60 |
| Slanetsli kul | 24 |
| Issiqlik elektr stansiyalari koʻmiri kuli (tarkibida 35 40% kalsiy oksidi bor, dispersiyaligi 3 mkm gacha va undan past, kamida 97%) | 120 |
| Izopropil | 2,1 |
| Kaprolaktam (bugʻlar, aerozol) | 40 |
| Azot kislotasi | 16 |
| Bor kislotasi | 120 |
| Metakril kislota | 240 |
| Sulfat kislota | 24 |
| Sirka kislotasi | 40 |
| o-fosfor kislota | 120 |
| Metall kobalti, xlorid kobalti | 2400 |
| Sulfat kislotali kobalt (kobaltga aylantirib hisoblaganda) | 6000 |
| o-Krezol | 85,71 |
| m, p-Krezol | 120 |
| Dioksid amorfli kremniy (aerosid 175) | 120 |
| Ksilol | 12 |
|
Magniy oksidi |
48 |
| Magniy xlorat | 8 |
| Elektr stansiyalarining mazut kuli (vanadiyga aylantirib hisoblaganda) | 1200 |
| Marganets, marganets oks�di va boshqa birikmalar (marganets besh oksidga aylantirib hisoblaganda) | 2400 |
| Mis oksidi, xlorli mis (misga aylantirib hisoblaganda) | 1200 |
| Oltingugurtli mis, sulfat kislotali, xlorli (misga aylantirib hisoblaganda) | 2400 |
| Metan | 0,05 |
| Metilatsetat | 34,29 |
| Metilmerkaptan | 266667 |
| Akril kislota metil efiri (metilakrilat) | 240 |
| Disulfid molibdeni (molibdenga aylantirib hisoblaganda) | 24 |
| Etilenglikol monoizobutil efiri (butilsellozv) | 8 |
| Monoetanolamin | 240 |
| Monoetilamin | 240 |
| Margimush, margimush angidrit va boshqa noorganikbirikmalar (margimushga aylantirib hisoblaganda) | 800 |
| Gidooksidli natriy (kaustik soda, oʻyuvchi natriy) | 240 |
| Karbonat natriy (kalsinitsiyalangan soda) | 60 |
| Silikat natriy (kremnikisliy natriy) |
8 |
| Natriy sulfat, sulfit, sulfit-sulfat tuzlar | 24 |
| Tripolifosfat natriy | 4,8 |
| Nikel, eriydigan tuzlar (nikelga aylantirib hisoblaganda) | 12000 |
| Sulfat kislotali nikel, nikel oksidi (nikelga aylantirib hisoblaganda) | 2400 |
| Nitrobenzol | 300 |
| Ozon | 80 |
| Dioksid qalay, oksid, sulfat (qalayga aylantirib hisoblaganda) | 120 |
| Xloridli qalay (qalayga aylantirib hisoblaganda) | 48 |
| Ammoniy paramolibdat (molibdenga aylantirib hisoblaganda) | 24 |
| Pentan | 0,096 |
| Piridin | 30 |
| Alyumosilikatlar changi (modifikatsiya qilinmagan tabiiy tseolitlar) | 120 |
| Aminoqatlamlar changi | 60 |
| Sement bilan fosfogipsdan tayyorlangan biriktiruvchi gips changi (noorganik) | 4,80 |
| Aralash ozuqa, suyak va goʻsht-suyak uni gardi (oqsilga aylantirib hisoblaganda) | 240 |
| Moʻyna (jun, momiq) gardi | 80 |
| Tarkibida 70% dan ortiq ikki oksidli kremniy (dinas va boshqalar) mavjud boʻlgan noorganik chang | 48 |
| Tarkibida 20% dan 70% gacha ikki oksidli kremniy (shamot, sement va boshqalar) mavjud boʻlgan noorganik chang | 24 |
| Tarkibida kamida 20 % ikki oksidli kremniy (dolomit va boshqalar) mavjud boʻlgan noorganik chang | 16 |
| Polimetilmetakrilat changi | 24 |
| Shisha tola, shisha plastik materiallar changi | 40 |
| Rezol tipidagi fenolformaldegid qatron changi | 60 |
| Paxta gardi | 48 |
| Sement ishlab chiqarish changi (tarkibida 60% dan ortiq kalsiy oksidi va 20% dan ortiq dioksid kremniy mavjud boʻlgan) | 120 |
| A markali yogʻoch spirti eritgichi (atsetono efirli) | 20 |
| E markali yogʻoch spirti eritgichi (atsotono efirli) | 34,29 |
| AMR-3 mebel eritgichi | 26,67 |
| Simob va uning birikmalari | 8000 |
| Qurum | 48 |
| Qoʻrgʻoshin, qoʻrgʻoshin atsetati, qoʻrgʻoshin oksidi va boshka birikmalar, tetroetilqoʻrgʻoshindan tashqari (qoʻrgʻoshinga aylantirib hisoblaganda) | 8000 |
| Oltingugurtli qoʻrgʻoshin (qoʻrgʻoshinga aylantirib hisoblaganda) | 1411,77 |
| Elementar oltingugurt | 34,29 |
| Serovodorod | 300 |
| Serouglerod | 480 |
| “Lotos”, “Oka”, “Era” tipidagi sintetik kir yuvish vositalari | 80 |
| “Bio-S” sintetik kir yuvish vositasi | 240 |
| Solvent-nafta | 12 |
| Butil spirti, izobutilli | 24 |
| Izopropil spirti | 4 |
| Metil spirti | 4 |
| Tetragidrofuril spirti | 24 |
| Furil spirti | 240 |
| Etil spirti | 0,48 |
| Stirol | 1200 |
| Tetragidrofuran | 12 |
| Tetraxloretilen (perxloretilen) | 40 |
| Tetraetilqoʻrgʻoshin | 400000 |
| 1, 2, 3-Tiadiazonil-5-№1 — fenilmochevina (dropp) | 12 |
| Toluol | 4 |
| Trixloretilen | 2,40 |
| Trietilamin | 17,14 |
| Uayt-spirit | 2,40 |
| S12 S19 chegarali uglevodorodlar (jami organik uglerodgaaylantirib hisoblaganda RPK-265P va boshqa eritgichlr) | 240 |
|
Toʻrt xlorli uglerod |
3,43 |
| Uglerod oksidi | 0,80 |
| Fenol | 800 |
| Slanetsli fenollar | 342,84 |
| Formaldegid | 800 |
| Formamid | 80 |
| Gazsimon ftorli birikmalar (ftorga aylantirib hisoblaganda ftorli vodorod, toʻrt ftorli kremniy) | 480 |
| Yaxshi eriydigan noorganik ftorli birikmalar (natriy ftorid) | 240 |
| Yomon eriydigan noorganik ftorli birikmalar (alyuminiy ftorid, kalsiy ftorid, natriy geksaftoralyuminat) | 80 |
| Furan | 240 |
| Furfurol | 48 |
| Xlor | 80 |
| m-Xloranilin | 240 |
| Xlorobenzol | 24 |
| Olti valentli xrom (xrom oksidiga aylantirib hisoblaganda) | 1600 |
| Uch valentli xromli birikmalar (Sch 3+ ga aylantirib hisoblaganda) | 240 |
| Siklogeksan | 1,71 |
| Rux oksidi (ruxga aylantirib hisoblaganda) | 48 |
| Rux stearati (ruxga aylantirib hisoblaganda) | 480 |
| Rux sulfati (ruxga aylantirib hisoblaganda) | 300 |
| Epixlorgidrin | 12 |
| Etil xloristiy | 12 |
| Etilatsetat | 24 |
| Etilen | 0,80 |
| Etilen oksidi |
80 |
|
II. Ifloslantiruvchi koʻchma manbalar | |
| Azot oksidlari | 21 |
| Uglerod oksidi | 0,30 |
| Qurum | 17 |
| Oltingugurtli gaz | 17 |
| Uglevodorodlar | 0,60 |
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining qaroriga koʻra ifloslantiruvchi moddalar roʻyxatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalar tashlanganligi uchun
TOʻLOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI
TOʻLOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI
|
|
Ochiq suv manbalariga 1 tonna ifloslantiruvchi modda tashlaganligi uchun | |
|
Baliq xoʻjaligidagi qiymati |
Xoʻjalik ichimlik suv va madaniy-maishiy sohadagi qiymati | |
| Ammoniy azot | 1024 | |
| Nitrit azot | 20000 | |
| Nitrat azot | 44 | |
| Ammiak (azot boʻyicha) | 8000 | 200 |
| Akril kislota | | 800 |
| Anilin | 4000000 | 4000 |
| Alyuminiy | 40000 | |
| Atseton | 8000 | |
| Antmo (zaharli ximikat) | 160000 | |
| Atsetonitril | 560 | |
| Toʻla BPK | 132 | |
| Benzol | 800 | 800 |
| Berilliy | | 2000000 |
| Butanol | 13320 | |
| Butifos | | 1333200 |
| Muallaq moddalar (fonga — 0,75) | 12 | |
| Vanadiy | | 4000 |
| Volfram | 500000 | 4000 |
| Uch valentli vismut | | 800 |
| Besh valentli vismut | | 4000 |
| Dietil efir | | 1332 |
| Dimetil formamid | 1600 | |
| Texnik DDT | | 4000 |
| Temir (fondan) | | 800 |
| Kalsiy | 2 | 2,2 |
| Kaprolaktam | | 400 |
| Karbamid | 5,2 | |
| Kadmiy | 80000 | 4000 |
| Ksilol | | 8000 |
| Kaliy� | 8 | |
| Karbofos | | 8000 |
| Kislorod | 1600 | 100 |
| Kobalt | 40000 | 4000 |
| Qora boʻyoq | 800 | |
| Molibden (ion) | 333200 | 800 |
| Metanol | 4000 | 132 |
| Minerallashish | 0,4 | 0,4 |
| Margimush | 8000 | 8000 |
| Mis (fondan) | 400000 | 400 |
| Magniy | 10 | |
| Solyar moyi | 40000 | |
| Engil issiq moy | 4000 | |
| Mochevina 4,8 | 4,8 | |
| Natriy tiosulfat | | 160 |
| Neft va neft mahsulotlari | 80000 | |
| Nitrat ammoniy | 50000 | |
| Nikel | 40000 | 4000 |
| Nitrobenzol | 40000 | |
| OYoK (oksidlangan yogʻli kislotalar) | 1600 | |
| Rodanidlar | 2668 | 4000 |
| Simob | | 80000 |
| Sulfatlar | 4 | 0,8 |
| SPAV | 4000 | 800 |
| Stirol | 4000 | |
| Oltingugurt | 40 | |
| Serouglerod | 400 | 400 |
| Surma | | 8000 |
| Stronsiy | | 200 |
| Selen | | 400000 |
| Qoʻrgʻoshin | 13320 | 40000 |
| Skipidar | 2000 | |
| Sulema | 4000000 | |
| Titan | | 4000 |
| Tellur (fonga) | 14280 | 40000 |
| Sirka kislota | 40000 | |
| Toluol | 800 | 800 |
| Fenol | 400000 | 400000 |
| Formaldegidlar | 1600 | 8000 |
| Ftoridlar | 8000 | |
| Fozalon | ots. | 400000 |
| Umumiy fosfor | 4000 | |
| Ftor-ion (fonga) | 8000 | 268 |
| Furfurol | 400 | 400 |
| Uch valentli xrom | 800 | 800 |
| Olti valentli xrom | 400000 | 4000 |
| Xlor (qoldiq) | 268 | 268 |
| Natriy xlorat | | 20 |
| Xloridlar | 1,2 | 1,2 |
| Xlorbenzol | 400000 | 20000 |
| Rux | 40000 | 400 |
| Sianidlar | 8000 | 4000 |
| Siklogeksan | 40000 | 4000 |
| Etilbenzol | 400000 | |
| Etilen | | 200 |
Izoh; 1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining qaroriga koʻra ifloslantiruvchi moddalar roʻyxatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
2. Oqova suvlar relyefga chiqarilganligi uchun toʻlov normativlari ifloslanish toifasi va qaytarib boʻlmaydigan nobudgarchiliklar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi suv resurslari qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirganlik uchun
TOʻLOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI
TOʻLOVLARNING VAQTINChALIK NORMATIVLARI
|
Chiqindilarning turlari |
1 tonna chiqindini joylashtirganlik uchun toʻlovlar normativi (soʻm) |
| Ikkilamchi xomashyo hisoblangan chiqindilar: | |
| shu jumladan: | |
| Yogʻoch-taxta chiqindilari, 1 kub. m uchun | 7 |
| Kul va kul-toshqol chiqindilari | 2 |
| Qogʻoz chiqindilari | 94 |
| Ikkilamchi toʻqimachilik materiallari | 360 |
| Ishlatilgan neft mahsulotlari | 100 |
| Stekloboy | 20 |
| Poliamid koʻp boʻlgan ikkilamchi polimer xomashyo | 600 |
| polietilenli | 160 |
| polivinilxloridli | 280 |
| polistirolli | 250 |
|
Vulkanizatsiya qilinmagan rezina chiqindilar |
180 |
| Vulkanizatsiya qilingan xomashyo | 58 |
|
Rezina toʻqimalar chiqindisi |
180 |
|
Kompozitsiyali toʻldirgich (poyabzal ishlab chiqarish va ikkilamchi toʻqimachilik chiqindilari) |
102 |
| Eskirgan shinalar | 39 |
| Metallurgiya ishlab chiqarishi toshqollari: | |
| domna toshqollari | 3 |
| poʻlat eritish toshqollari | 1 |
| ferroqotishma toshqollari | 2 |
| Fosfogips | |
| I sort | 4 |
| II sort | 0,50 |
|
Ishlatilgan qoplovchi aralashmalar |
3 |
| Ikkilamchi xomashyo hisoblanmagan chiqindilar: | |
| I klass z�harli favqulodda xavfli | 370 |
| II klass zaharli yuqori darajada xavfli | 185 |
| III klass zaharli — oʻrtacha xavfli | 111 |
| IV klass zaharli kam xavfli | 37 |
| Zaharli emas | 10 |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga normativdan ortiqcha chiqarganlik(tashlaganlik) va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlarning vaqtinchalik normativlarini qoʻllash
TARTIBI
TARTIBI
1. Mazkur Tartib respublikada tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish ishiga iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etish qoidasidan kelib chiqib, ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga yoʻl qoʻyish mumkin boʻlganidan ortiqcha chiqarganlik, yaʼni normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) uchun, idoraviy boʻysunishidan, mulkchilik va xoʻjalik faoliyatini tashkil etish shakllaridan qatʼi nazar, sanoat, transport, qurilish va boshqa davlat, kooperativ hamda jamoat korxonalari va muassasalari (keyingi oʻrinlarda — tabiatdan foydalanuvchilar)dan vaqtinchalik normativlar boʻyicha toʻlov undirib olishni nazarda tutadi.
2. Ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarish (tashlash) va joylashtirish normativlari va limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni Muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
3. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va joylashtirganlik uchun toʻlovlar hisob-kitobi tabiatdan foydalanuvchi tomonidan bajariladi hamda kelishish uchun tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlariga taqdim etiladi.
4. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va joylashtirganlik uchun toʻlov 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq chiqindilarni chiqarganlik (tashlaganlik), joylashtirganlik uchun toʻlovlarning tegishli vaqtinchalik normativlarini ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini chiqarish (tashlash), joylashtirish haqiqiy massasining chiqindilarni chiqarish (tashlash), joylashtirishning belgilangan cheklangan yoʻl qoʻyilishidan oshgan miqdoriga va ularning ortiqchaliligi uchun toʻlovlarning karraligi koeffitsiyentiga koʻpaytirish sifatida hisoblab chiqiladi. Toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi hududida narxlarning oshishiga muvofiq indeksatsiya qilinishi kerak.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarining yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy chiqarish (tashlash), joylashtirishdan oshganligi uchun toʻlovning necha karraligi koeffitsiyenti chiqindilarni chiqarish (tashlash), joylashtirish haqiqiy massasining ularning belgilangan normativi (limiti)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari atmosferaga, suv obyektlari va relyefga avariya vaqtida zalp bilan chiqarilgan (tashlangan)da, shuningdek, joylashtirilganda aybdor hisoblangan tabiatdan foydalanuvchilardan har 1 tonna zararli modda uchun oʻn karra miqdorda toʻlov undirib olinadi. Ifloslantiruvchi moddalar massasi qoidalarning buzilishi yuz bergan paytdan uning bartaraf etilishigacha boʻlgan vaqt uchun hisob-kitob qilish yoki instrumental oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
5. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari normativdan ortiqcha chiqarilganligi (tashlanganligi), joylashtirilganligi uchun undirib olinadigan mablagʻlar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan banklarning tegishli muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari schyotiga oʻtkaziladi hamda ulardan bu fondlar toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazishda foydalaniladi.
Qayd etilgan toʻlovlar tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan hisobot choragidan keyingi oy davomida har chorakda amalga oshiriladi.
Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun toʻlovlar summasining 0,1 foizi miqdorida penya undiriladi.
6. Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik), joylashtirganligi uchun toʻlov tabiatdan foydalanuvchi tasarrufida qoladigan foyda (daromad) hisobidan amalga oshiriladi.
Foyda (daromad) yetarli boʻlmagan yoki tabiatdan foydalanuvchi zarar koʻrib ishlagan hollarda qayd etilgan toʻlovlar tabiatni muhofaza qilish organlarining xulosasiga koʻra “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga asosan, uning tasarrufida boʻlgan barcha mavjud mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi. Bu mablagʻlarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq jazo qoʻllanilishi mumkin.
Tabiatdan foydalanuvchi toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortgan taqdirda ularni hamda penyalarni undirib olish hakamlik sudi orqali majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari oʻz bilganicha (tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilmasdan) chiqarilgan (tashlangan), joylashtirilgan hollar aniqlanganda, aybdor shaxslarga jarima sanksiyalari solingan holda, tabiatdan foydalanuvchilardan normativdan ortiqcha sifatida chiqindilarning butun massasi uchun toʻlov undirib olinadi.
Ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari chiqarilganligi (tashlanganligi), joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yashirilgan yoki buzib koʻrsatilgan hollarda aybdorlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining mahalliy organlari bilan kelishgan holda ishlab chiqarishni toʻxtatmasdan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini chiqarish (tashlash), joylashtirishning qisqa muddatli oshishiga olib keluvchi texnologik yoki tabiatni muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilgan davrda toʻlov undirilmaydi.
Tabiatdan foydalanuvchi tomonidan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik), joylashtirganlik uchun toʻlov toʻlanishi ularni tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan va faoliyat xarakteri va chiqarilayotgan mahsulotdan qatʼi nazar, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilishdan ozod qilmaydi, chunki toʻlanayotgan toʻlov ular tabiiy muhitga yetkazayotgan zararga muqobil boʻlmaydi.
8. Toʻlovlarning toʻgʻri oʻtkazilishi, oʻz vaqtida toʻlanishi hamda mazkur Tartibga rioya qilinishi uchun javobgarlik tabiatdan foydalanuvchilarga — toʻlov toʻlovchilarga va ularning mansabdor shaxslariga yuklatiladi.
9. Toʻlovlar summasining oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.