1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaga alohida turdagi mahsulotlar noqonuniy olib kirilishining oldini olish, ularni ishlab chiqarish, sotish va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar yigʻiluvchanligi oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Rossiya Federatsiyasining “Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (“Sentr razvitiya perspektivnix texnologiy”) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va ularni kuzatish imkoniyatini taʼminlash tizimini joriy etish loyihalarini amalga oshirishda saʼy-harakatlarni birlashtirish va koʻmaklashish nazarda tutilgan oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil dekabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
tajriba loyihasi ishtirokchilarining, shuningdek identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining tarkibi aniqlanishi;
tajriba loyihasi ishga tushirilishini va kelgusida monitoring qilinishini, uslubiy qoʻllab-quvvatlanishini, shuningdek, tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik tashkil etilishini;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish imkoniyatini yaratish tizimini joriy etish va ishlatish boʻyicha keng tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarining tajriba loyihasini amalga oshirishda ixtiyoriy ishtiroki ularni qonunchilikda belgilangan majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda davlat tilida markirovka qilish tartiblariga rioya etishdan ozod etmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining respublikaga asosiy eksportchi mamlakatlarning mahsulotlarni markirovkalash borasida tajribasini oʻrgangan holda, tajriba loyihasi belgilangan muddatda ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida “Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyatini mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda axborot tizimi deb ataladi) operatori etib tayinlash hamda operatorga begʻaraz asosda:
axborot tizimidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimi bilan tajriba loyihasini amalga oshirishga doir oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yagona axborot-resurs bazasiga axborot tizimining ishlashi uchun zarur boʻlgan server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarni oʻrnatish va ishga tushirish;
mahsulotlari identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan tadbirkorlik subyektlarining hududida zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarni oʻrnatish hamda sozlash, kelgusida ularni axborot tizimiga ulash vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Quyidagilar:
Identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtincha nizom 2-ilovaga muvofiq;
Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtincha nizom 3-ilovaga muvofiq;
Sigaretalarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar:
identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar roʻyxatini bosqichma-bosqich kengaytirish, bunda birinchi navbatda dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash tizimi bilan qamrab olish;
umumjahon standartlari va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida ishlab chiqarilgan va import qilingan mahsulotlar elektron bazasini yaratishni nazarda tutuvchi tajriba loyihasini amalga oshirish natijalari asosida axborot va mahsulotlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi boshlanganligi haqida xorijiy davlatlar xabardor qilinishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Koʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-noyabr,
944-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 1-ILOVA
Identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 2-ILOVA
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChA NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtincha nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda harakatlar tartibi va ketma-ketligini belgilaydi.
2. Quyidagilar tajriba loyihasining maqsadlari hisoblanadi:
a) mahsulotlarning aslligini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sigaretalarni noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va muomalada boʻlishiga qarshi kurashish;
sigaretalarni olib kirish, ishlab chiqarish va muomalaga kiritish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilmagan sxemalardan foydalanishni istisno etish maqsadida sigaretalar muomalasi subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
sigaretalar muomalasining hisobini yuritish tartib-taomillarini standartlashtirish va unifikatsiyalashni taʼminlash maqsadida identifikatsiya vositalari bilan sigaretalarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarining toʻliqligi, samaradorligi, natijadorligi va yetarliligini aprobatsiya qilish;
b) sigaretalarni aksiz markasi bilan markirovkalashdan voz kechilishini inobatga olib, sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovalash va kelgusida kuzatish majburiy tizimiga oʻtish maqsadga muvofiqligini aniqlash.
3. Mazkur Vaqtincha nizomda quyidagi qisqartma soʻzlar va tushunchalardan foydalaniladi:
tajriba loyihasi — sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasi;
administrator — mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimini ishlab chiquvchi, joriy etuvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi, sigaretalarni markirovkalash va kuzatish taʼminlanishi uchun zarur barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatuvchi va sozlovchi, shuningdek, fiskal maʼlumotlar operatori vazifalarini bajaruvchi masʼul shaxs;
MMK AT — mahsulotlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish, monitoring qilish, ishlab chiqarish va ularning aylanishini dasturiy taʼminlash maqsadida Administrator tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimi;
sigaretalar muomalasi monitoringi — MMK ATda roʻyxatdan oʻtgan sigaretalar muomalasi subyektlarining maʼlumotlari asosida sigaretalar aylanishi va ishlab chiqarilishini tahlil qilish;
sigaretalar oʻramini markirovkalash — isteʼmol, guruh va transport oʻramida identifikatsiya vositalarini aks ettirish va sigaretalar ishlab chiqarilishi va aylanishining barcha bosqichlarida ular toʻgʻrisida MMK ATda aniq maʼlumot berish;
identifikatsiya vositalari — tajriba loyihasi doirasida sigaretalar oʻramiga tushirish uchun shakllantiriladigan shtrixli kod koʻrinishidagi mashina oʻqiydigan markirovkalash kodi;
sigaretalarning isteʼmol oʻrami — mahsulotni birlamchi oʻrash va pirovard isteʼmolchiga sotish uchun moʻljallangan oʻram;
sigaretalarning guruh oʻrami — polimer plenka yoki qogʻoz bilan oʻralgan yoki qogʻoz lenta bilan bogʻlangan muayyan miqdordagi isteʼmol oʻramlarini birlashtirgan oʻram. Guruh oʻramini pirovard isteʼmolchiga sotishga ruxsat etiladi;
sigaretalarning transport oʻrami — isteʼmol va (yoki) guruh oʻramiga oʻralgan yoki xuddi shunday transport oʻramiga oʻralgan sigaretalarni saqlash va tashish, shuningdek, joyini oʻzgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni taʼminlash uchun moʻljallangan va mustaqil logistika birligini hosil qiladigan oʻram;
mahsulot kodi — mahsulot hamda mahsulot guruhlariga mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan sigaretalarning turini aniqlaydigan axborot resursida mahsulotlar muomalasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflanganda beriladigan GS1 assotsiatsiyasi mahsulot nomenklaturasi boʻyicha logistika birliklari hisob kodi;
identifikatsiya kodi — mahsulot nusxasining noyob raqamini oʻz ichiga olgan belgilar ketma-ketligi;
tekshiruv kodi — taqlid himoyasi vositalaridan foydalangan holda mahsulot kodi va identifikatsiya kodi maʼlumotlari asosida shakllanadigan ramziy ketma-ketlik. Tasdiqlash kodi kriptografik algoritmlar asosida tuziladi va kriptografik kalit identifikatorini oʻz ichiga oladi;
markirovkalash kodi — isteʼmol, guruh va transport oʻramini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan mahsulot kodi, identifikatsiya kodi va tekshiruv kodi jamlanmasi;
agregirlash — sigareta oʻramlarini guruh oʻrami va/yoki transport oʻramiga birlashtirish, bunda oʻram tarkibidagi har bir sigareta oʻramining identifikatsiya kodi hamda shakllantirilgan guruh va transport oʻrami identifikatsiya kodi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik saqlanib qoladi, sigaretalarning harakatlanishini mahsulotni kuzatish zanjiri boʻylab shakllantiriladigan guruh va/yoki transport oʻramini ochish zaruratisiz kuzatish maqsadida guruh va/yoki transport oʻramiga tegishli identifikatsiya vositasi tushiriladi.
Agregirlash har qanday darajadagi maʼlumotni qoʻshish imkoniyatini nazarda tutadi:
birinchi darajada agregirlash — isteʼmol oʻramlarini, masalan sigareta pachkasini guruh oʻramiga (blok) birlashtirish;
ikkinchi darajada agregirlash — isteʼmol yoki guruh oʻramini mahsulot oʻramiga, masalan, banderol yoki qutiga birlashtirish;
uchinchi darajada agregirlash — transport oʻramini yanada yuqori boshqa transport oʻramiga, masalan, palleta yoki konteynerga birlashtirish;
turkumlashtirish — isteʼmol va/yoki guruh va/yoki transport oʻramini markirovkalash kodini yaratish jarayoni;
ASCII — (American standard code for information interchange) — axborotni kodlash usuli boʻlib, unda bosma va nobosma belgilar tegishli raqamli kodlarga mos keladi;
GS1 — hisob yuritishni standartlashtirish va logistika birliklarini shtrixli kodlash boʻyicha xalqaro tashkilot;
GTIN — (Global Trade Item Number) mahsulot birligining global identifikatsiya raqami. GS1 tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan, GS1 standartlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq GS1 milliy tashkiloti tomonidan mahsulotlar va/yoki mahsulotlar guruhiga qoʻllanadigan, xalqaro iqtisodiy makonda aniq identifikatsiya qilish uchun mahsulot va/yoki mahsulotlar guruhiga mashina tomonidan oʻqila oladigan shtrixli kod shaklida kiritiladigan logistik birliklarning hisobini yuritadigan xalqaro kod.
AI = ʻ**ʼ — GS1 standartida nazarda tutilgan qoʻllash identifikator atributi;
GS1-128 — tashkilotlar oʻrtasida yuk haqida maʼlumotni uzatish uchun moʻljallangan GS1 standartlashtirish boʻyicha global tashkilotning shtrixli kod formati;
DataMatrix — toʻgʻri toʻrtburchak yoki kvadrat guruhga kvadrat shaklida tushiriladigan oq-qora elementlar yoki turli yorqinlikdagi elementlardan iborat ikki oʻlchamli matritsali shtrixli kod. Matn yoki boshqa shakldagi maʼlumotlarni kodlash uchun moʻljallangan;
GS1-DataMatrix — DataMatrix ikki oʻlchamli matritsali shtrixli kodning GS1 tomonidan standartlashtirilgan amalga oshirilishi;
DataMatrix ESS200 — xatolarning oldini olish va zarar yetgan axborotni tiklash texnologiyasidan foydalanadigan DataMatrix turkumi.
DataMatrix ECC 200 kod tarkibidagi axborotning 30 foizigacha zarar yetgan taqdirda, kodlangan axborotning butun ketma-ketligini tiklash imkonini beradi. Ikki oʻlchamli shtrixli kodning mazkur versiyasida xato paydo boʻlishi chastotasi 10 million skanerlangan belgiga 1 tadan kam.
TIF TN kodlari — Tashqi iqtisodiy faoliyat mahsulot nomenklaturasi kodlari;
IFUK — iqtisodiy faoliyat turlarining umumiy klassifikatori;
ishtirokchilar reyestri — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan, oʻz xohishi bilan tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar roʻyxati;
Mahsulotlar reyestri — markirovkalanishi lozim boʻlgan sigaretalar reyestri boʻlib, unda sigareta nomlarining har bir mahsulot pozitsiyasi boʻyicha axborot, GS1 standarti boʻyicha mahsulot kodi, TIF TN boʻyicha mahsulotlar guruhi kodi, IFUK boʻyicha mahsulot kodi jamlanadi;
IV reyestri — identifikatsiya vositalari reyestri;
STIR — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Fiskal maʼlumotlar operatori — savdo operatsiyalarida va/yoki xizmat koʻrsatishda onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida amalga oshirilgan soliq organlariga pul hisob-kitoblari toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq organlariga tezkor yetkazilishini taʼminlovchi yuridik shaxs;
elektron hujjat — axborot elektron raqamli shaklda taqdim etilgan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat;
onlayn nazorat-kassa mashinalari — fiskal modulga bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi va qogʻozda chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.
4. Quyidagilar tajriba loyihasining ishtirokchilari hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi);
b) quyidagi sigaretalar muomalasi subyektlari:
sigareta ishlab chiqaruvchilar;
sigaretalar bilan ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar;
sigaretalar bilan chakana savdo qiluvchi tashkilotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi xududiga sigareta import qiluvchilar;
v) “CRPT TURON” MChJ — MMK AT ishlab chiquvchisi va administratori.
g) fiskal maʼlumotlar operatori.
Tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida mazkur roʻyxatga aniqlik kiritilishi mumkin.
5. Sigaretalar muomalasi subyektlari tajriba loyihasida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadilar.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun sigaretalar muomalasi subyektlari mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish axborot tizimiga ariza beradilar. Ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanishi bilan cheklanmaydi.
6. Sigaretalarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish ushbu Vaqtincha nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun sigaretalar muomalasi subyekti quyidagi shart-sharoitlarni taʼminlaydi:
a) sigareta ishlab chiqaruvchisi va import qiluvchisi:
elektron raqamli imzo mavjud boʻlishi;
aloqa kanallari boʻyicha MMK ATga ulangan, markirovka kodini olish borasida Administrator bilan avtomatik ravishda oʻzaro ulanish imkonini beradigan apparat-dasturiy majmuasi bor boʻlishi. Apparat-dasturiy majmuasi barcha ishtirokchilarga Administrator tomonida tajriba loyihasi amalga oshiriladigan davrga bepul beriladi (shartnoma asosida masʼul saqlash uchun beriladi);
taraflar mahsulot ishlab chiqarish boʻyich asbob-uskunaga, shuningdek, markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarga qasddan zarar yetkazganlik uchun javobgar boʻladilar;
elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish (shu jumladan, markirovkalash kodlarini, markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar, mahsulot yuk xati) soʻrash imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor boʻlishi;
identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash uchun zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskuna bor boʻlishi va u kelgusida axborot tizimiga ulanishi;
b) sigaretalar bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar:
elektron raqamli imzo bor boʻlishi;
elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, MMK ATdan, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali ishlaganda zarur hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor boʻlishi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa bilan ulangan, axborot tizimiga ulangan identifikatsiya vositalarini skanerlaydigan va aniqlaydigan vositalar bor boʻlishi.
3-bob. Maʼlumotlarni qayd qilish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chiqarish
8. Maʼlumotlarni Ishtirokchilar reyestriga kiritish uchun tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan sigaretalar muomalasi subyekti arizani quyidagi maʼlumotlar bilan aloqa kanallari boʻyicha Administratorga yuboradi yoki MMK AT saytida shakllantiradi:
a) sigaretalar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
sigaretalar ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha tegishli faoliyat olib boriladigan ishlab chiqarish maydonlarining, shuningdek, omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili;
b) sigaretalar bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi tashkilot:
tajriba loyihasi ishtirokchisining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
sigaretalarni saqlash va sotish boʻyicha tegishli faoliyat olib boriladigan savdo joylari va omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili;
tegishli savdo maydonchalarida oʻrnatilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining yoki virtual kassalarning roʻyxatdan oʻtish raqamlari.
Ushbu arizalarda sigaretalar muomalasi ishtirokchilari qoʻshimcha ravishda boshqa maʼlumotlarni koʻrsatish huquqiga ega.
9. Ariza mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq belgilangan talablarga javob bergan taqdirda:
a) Administrator ariza olingandan keyin 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan vaqt ichida:
sigaretalar muomalasi subyektini ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va uning uchun shaxsiy kabinet ochilganidan xabardor qiladi.
Xabarnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti toʻgʻrisida maʼlumotlarga berilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi;
b) Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti nomidan ish koʻrish vakolatiga ega shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tajriba loyihasining ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektlari nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK ATga yuborish huquqiga ega boshqa shaxslar toʻgʻrisida axborotni, shuningdek, ushbu shaxslarga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzolarning sertifikatlarini shaxsiy kabinetda shakllantiradi va Ishtirokchilar reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
10. Sigaretalar muomalasi subyektini tajriba loyihasining ishtirokchisi sifatida rad etish uchun mazkur bobda belgilangan talablarga mos kelmaydigan maʼlumotlar koʻrsatilishi va (yoki) zarur maʼlumotlar taqdim etilmasligi asos boʻladi.
Sigaretalar muomalasi subyekti roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan yuqori organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
11. Ishtirokchilar reyestridagi maʼlumotlarni oʻzgartirish tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar muomalasi subyektlarini roʻyxatga olish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektini Ishtirokchilar reyestridan oʻchirish Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti shaxsiy kabinet orqali bergan ariza asosida ariza olinganidan keyin 24 (yigirma toʻrt) soat ichida amalga oshiriladi.
4-bob. Sigaretalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
13. Sigaretalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Mahsulotlar reyestriga kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administrator nomiga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizani aloqa kanallari orqali yuboradi yoki MMK AT saytida shakllantiradi:
sigaretalarning nomi;
mahsulot kodlari, GS1 — 128 shtrixli kodi, shuningdek, oʻram turiga qarab mahsulot kodlari;
sigaretalar oʻrami turi.
14. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar mazkur Vaqtincha nizomning 13-bandida koʻrsatilgan talablarga mos boʻlgan taqdirda, Administrator arizani olgan paytidan real vaqt rejimida:
arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni Mahsulotlar reyestriga kiritadi;
tajriba loyihasining ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchini Mahsulotlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
15. Xabarnomada Mahsulotlar reyestrida sigaretalar toʻgʻrisida maʼlumotlarga berilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
16. Mahsulotlar reyestridagi sigaretalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻzgartirish va ushbu maʼlumotlarni reyestrdan oʻchirish sigaretalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Mahsulotlar reyestriga qaysi tartibda kiritilgan boʻlsa, oʻsha tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Sigaretalarni markirovkalash qoidalari
17. Sigaretalar muomalasi ishtirokchilari sigaretalarni markirovkalashni mustaqil amalga oshiradilar va mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq MMK ATga maʼlumotlar taqdim etadilar.
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida sigaretalarni identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish boʻyicha texnik va dasturiy jihatlar bilan bogʻliq xarajatlar Administrator hisobidan qoplanadi.
18. Sigaretalarni markirovkalash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqaruvchi identifikatsiya vositasini oʻramga ishlab chiqarish liniyasida bevosita yopishtiriladigan asosiy etiketka yoki kontretiketka dizaynida maxsus ajratilgan (5x5 millimetrdan kam boʻlmagan) joyga texnik moslama yordamida tushiradi;
b) import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sigaretalarni olib kirishda markirovkalashni quyidagi usullar bilan amalga oshirishi mumkin:
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda — DataMatrix kodini oʻramga ishlab chiqarish liniyasida bevosita yopishtiriladigan asosiy etiketka yoki kontretiketka dizaynida maxsus ajratilgan (5x5 millimetrdan kam boʻlmagan) joyga texnik moslama yordamida tushirish;
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda DataMatrix kodi tushirilgan stikerni yopishtirish yoʻli bilan;
DataMatrix kodi tushirilgan stikyerlarni bojxona omborida erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguncha mustaqil yopishtirish usuli bilan.
19. Ishlab chiqaruvchining oʻz xohishiga yoki import qiluvchining xohishiga koʻra, identifikatsiya vositasi guruh va transport oʻramining oldi yoki yon tomoniga tushiriladi.
20. Identifikatsiya vositasini oʻramga tushirish usulini va buning uchun foydalaniladigan asbob-uskunani tanlashda cheklov koʻzda tutilmaydi.
6-bob. Markirovkalash uchun kod berish
21. Markirovkalash kodini olish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigareta ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administratorga aloqa kanallari boʻyicha Mahsulotlar reyestriga kiritilgan sigaretalarni markirovkalash kodini olish uchun quyidagi maʼlumotlar kiritilgan talabnoma yuboradi:
mazkur Vaqtincha nizomning 13-bandiga muvofiq Mahsulotlar reyestriga kiritishda koʻrsatilgan sigaretalarning mahsulot kodi;
soʻralayotgan markirovkalash kodlar soni;
oʻram turi: isteʼmol, guruh, transport;
ishlab chiqarish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar.
22. Talabnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar mazkur Vaqtincha nizomning 17-bandida koʻrsatilgan talablarga mos boʻlgan taqdirda, Administrator talabnoma olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida:
zarur miqdordagi markirovkalash kodlarini turkumlashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchiga mazkur kodlar roʻyxatini beradi;
berilgan markirovkalash kodlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni IV reyestriga kiritadi.
Mazkur bandning birinchi qismi sigareta import qiluvchilarga aksiz soligʻi toʻlanganidan va belgilangan namunadagi aksiz markalari sotib olinganidan soʻng tatbiq qilinadi.
23. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi real vaqt rejimida:
a) markirovkalash kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab:
Mazkur Vaqtincha nizom 10-bobining 45-bandi talablariga muvofiq markirovkalash kodlarini identifikatsiya vositalariga aylantiradi;
b) markirovkalash kodlari olingan vaqtdan boshlab identifikatsiya vositalari sigaretalar oʻramiga tushirilishini taʼminlaydi;
v) identifikatsiya vositalari sigaretalar oʻramiga tushirilganidan soʻng MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanganlik toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni yoʻnaltiradi:
mahsulot kodi;
identifikatsiya kodi;
markirovkalash sanasi va vaqti;
tushirilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar.
24. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchiga tekshiruv kodlarini axborot resurslarida tekshiruv kodlarini oʻz ichiga olgan markirovkalash kodlaridan foydalanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar MMK ATga yuborilganidan keyin 24 (yigirma toʻrt) soatdan koʻp muddatda saqlash man etiladi.
25. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan mazkur Vaqtincha nizomning 23-bandi “v” kichik bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarni olganidan soʻng real vaqt rejimida IV reyestrida markirovkalash kodlari va identifikatsiya vositalarining tegishli maqomi aks ettirilishini, shuningdek, tajriba loyihasi ishtirokchilari ushbu maʼlumotlardan foydalana olishini taʼminlaydi.
7-bob. Sigaretalarni agregirlash, ularni ishlab chiqarish va aylanishini tajriba loyihasi doirasida monitoring qilish
26. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi sigaretalarni agregirlashni amalga oshiradi, shundan soʻng real vaqt rejimida MMK AT orqali Administratorni avtomatik ravishda bu haqida ogohlantiradi, bunda mahsulot kodlari va yangi guruh va transport oʻramlari, shuningdek, mahsulotlar va oʻramlar kodlari, shu jumladan oldingi daraja (masalan, paleta toʻplanayotganda uning tarkibiga kirgan qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) oʻramlari kodlari identifikatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi.
27. Administrator maʼlumotlarni olganidan soʻng ular IV reyestrida aks ettirilishini real vaqt rejimida taʼminlaydi.
28. Tajriba loyihasida ishtirok etayotgan sigaretalar muomalaga kiritilishi va harakati monitoringini Qoʻmita Administrator tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida amalga oshiradi.
29. Sigaretalar muomalaga kiritilishi va harakati monitoringini amalga oshirish maqsadida:
a) sigaretalar tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi oʻrtasida topshirilayotganda (qabul qilinayotganda) mulkchilik huquqi oʻtishini yoki mahsulot realizatsiyaga berilayotganini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida bitim taraflari:
sigaretalarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi yuk xati shaklida xabarnomalarni shakllantiradi;
mazkur xabarnomalarni ikkala tarafning vakolatli vakillari tomonidan imzolatadilar;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida xabarnomani va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotlarni elektron hisob-varaq fakturalardagi maʼlumotlar bilan birlashtiradi.
Bunda topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi xabarnomani sigaretalarga egalik huquqi bitta tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan boshqasiga oʻtganidan keyin 72 soat ichida (bayram va dam olish kunlaridan tashqari), ammo mazkur mahsulotga egalik huquqi oluvchidan uchinchi shaxslarga oʻtgan vaqtdan kechiktirmay yuboriladi.
b) topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi xabarnomani olganda Administrator real vaqt rejimida egalik huquqi bitta tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan boshqasiga oʻtganligini IV reyestrida xabarnomadagi barcha maʼlumotlar bilan birga aks ettiradi.
8-bob. Sigaretalarni muomalaga kiritish va chiqarish, shuningdek, ularni monitoring qilish
30. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan import qilinadigan sigaretalarni muomalaga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigareta import qiluvchi:
import qilinayotgan mahsulotni Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi;
bojxona taomiliga joylashtirgandan soʻng mahsulotlarga deklaratsiyada koʻrsatilgan mahsulotlarni chiqarish toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni Administratorga beradi:
bojxona organining kodi;
mahsulotlarga deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
mahsulotlarga deklaratsiyaning roʻyxat raqami;
TIF TN kodlari;
mahsulotlarning nomlari va transport oʻramlarini markirovkalash kodlari;
mahsulotlarning kelib chiqish mamlakati kodi.
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng Administrator real vaqt rejimida IV reyestrida mazkur mahsulot muomalaga kiritilganini aks ettiradi.
31. Koʻmita Administrator taqdim etadigan maʼlumotlar asosida sigaretalar muomaladan chiqarilganini monitoring qiladi.
Sigaretalar muomaladan chiqarilganini monitoring qilish maqsadida:
a) ulgurji savdo tashkiloti sigaretalarni onlayn nazorat-kassa mashinasi yoʻq boʻlgan chakana savdo tashkilotlariga sotgan taqdirda, tajriba loyihasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotilayotgan sigaretalar oʻramiga tushirilgan identifikatsiya vositasini onlayn nazorat-kassa mashinasiga ulangan texnik vosita yordamida skanerlaydi va aniqlaydi;
ulgurji savdoni amalga oshirish chogʻida tajriba loyihasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotilayotgan sigaretalar oʻramiga tushirilgan identifikatsiya vositasini onlayn nazorat-kassa mashinasiga ulangan, qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan texnik vosita yordamida skanerlaydi va aniqlaydi;
Mahsulot kodlari va Identifikatsiya kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn nazorat-kassa mashinasida shakllanadigan fiskal hujjatiga kiritiladi;
b) sigaretalarni sotilgan vaqtdan boshlab fiskal maʼlumotlar operatori — real vaqt rejimida sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat — kassa mashinasida roʻyxatga olish raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK ATga uzatadi. Texnik jihatdan imkoniyat boʻlmagan taqdirda, maʼlumotlar 24 soat ichida yetkazilishi lozim;
v) Administrator fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlar asosida identifikatsiya vositalari bilan markirovkalangan sigaretalar muomaladan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida IV reyestrida aks ettiradi.
32. Sigaretalar chakana savdodan farq qiladigan asoslar boʻyicha muomaladan chiqarilganda (hisobdan oʻchirilganda), mazkur mahsulotni hisobdan oʻchirayotgan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyekti MMK ATga sigaretalar muomaladan chiqarilganligi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlardan iborat xabarnomani yuboradi:
muomaladan chiqarilayotgan mahsulotning mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari;
mahsulot chiqarilganligi rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;
sigaretalarni muomaladan chiqarish amalga oshirilgan maydon manzili;
sigaretalarni muomaladan chiqarish sabablari.
33. Muomalaga kiritilgan sigaretalar monitoringi isteʼmolchi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
mobil uskuna orqali — sigareta oʻramiga tushirilgan identifikatsiya vositasini skanerlagan holda;
Administrator taqdim etadigan bepul mobil ilova orqali — identifikatsiya vositasi mazmunini MMK ATga yuborgan holda.
34. Administrator sigaretalar ishlab chiqarilgan joy va sigaretalar oʻrami ayni paytda qayerdaligi va uning maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sigaretalar isteʼmolchisiga yetkazilishini taʼminlaydi.
Agar isteʼmolchi Administratordan olingan maʼlumotlar bilan mahsulot toʻgʻrisidagi haqiqiy maʼlumotlar oʻrtasida tavofut borligini aniqlasa, mobil ilova orqali MMK ATga xabar yuboradi.
9-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida axborot sohasida hamkorlikni taʼminlash
35. Tajriba loyihasini amalga oshirish va axborot sohasida hamkorlikni taʼminlash doirasida Administrator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
ishtirokchilar reyestrini yuritadi;
Mahsulotlar reyestrini yuritadi;
IV reyestrini yuritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga ularning vakolatlari doirasida reyestrlardagi maʼlumotlarni taqdim etadi;
sigaretalar isteʼmolchilariga sigaretalarning isteʼmol oʻramining identifikatsiya vositasi mazmuni hamda ishlab chiqarish va muomala jarayonida uning maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
36. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining Administrator bilan oʻzaro hamkorligi elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlar almashish orqali amalga oshiriladi.
37. Elektron hujjat almashish aloqa kanallari, MMK ATda tajriba loyihasi ishtirokchisi uchun ochilgan shaxsiy kabinet maxsus axborot servisiga murojaat qilish orqali ham amalga oshiriladi.
38. Elektron hujjatlardagi, shu jumladan tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar muomalasi subyektlari tomonidan shaxsiy kabinetda shakllantirilgan maʼlumotlarning muvofiqligi MMK AT vositalari bilan avtomatik ravishda tekshiriladi.
39. Tajriba loyihasi ishtirokchilari notoʻgʻri maʼlumot bergan taqdirda, Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektiga aniqlangan kamchilik koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
40. Tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar muomalasi subyektlari toʻgʻri maʼlumot bergan taqdirda, Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektiga maʼlumotlar MMK ATga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
41. Mazkur bobda tilga olingan xabarnomalar real vaqt rejimida Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar muomalasi subyektiga yuboriladi, agar mazkur Vaqtincha nizomning 4-bobida xabarnoma yuborish uchun boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa.
42. Xabarnoma Administratorning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
10-bob. Markirovkalash kodiga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi, mahsulot oʻramidagi identifikatsiya kodini shakllantirish va uni tushirish tartibi
43. Markirovkalash kodi mazmuniga quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) isteʼmol oʻrami uchun markirovkalash kodi uch guruh maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
birinchi guruh 14 (oʻn toʻrtta) raqamdan iborat boʻlib, tegishli GS1 mahsulot nomenklaturasi boʻyicha mahsulot kodini oʻz ichiga oladi (birinchi 0 raqami va 13 ta raqam GS1 kodi):
ikkinchi guruh 7 (yettita) belgidan (raqamlar, lotin alifbosining katta va kichkina harflari va maxsus belgilar) iborat boʻlib, sigaretalar oʻramining identifikatsiya kodini oʻz ichiga olgan;
uchinchi guruh 8 (sakkizta) belgidan (raqamlar, lotin alifbosining katta va kichkina harflari va maxsus belgilar) iborat boʻlib, tekshiruv kodini oʻz ichiga olgan;
b) guruh oʻrami uchun markirovkalash kodi GS1 standartiga mos, bir necha majburiy maʼlumotlar guruhini, shuningdek, sigaretalar ishlab chiqaruvchisining xohishiga koʻra ixtiyoriy miqdorda qoʻshimcha maʼlumotlar guruhini oʻz ichiga oladi. Majburiy maʼlumotlar guruhi GS1 standartida koʻzda tutilgan quyidagi belgilar bilan identifikatsiya qilinadi:
birinchi guruhdagi majburiy maʼlumotlar AI = ʻ01ʼqoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va oʻz guruh oʻramining GTIN (14 ta raqam) belgisini oʻz ichiga oladi;
ikkinchi guruhdagi majburiy maʼlumotlar AI = ʻ21ʼ qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va guruh oʻramining identifikatsiya kodini (7 ta belgi) oʻz ichiga oladi;
uchinchi guruhdagi majburiy maʼlumotlar AI = ʻ93ʼ qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va tekshiruv kodini (8 ta belgi) oʻz ichiga oladi;
v) transport oʻrami uchun markirovkalash kodi GS1-128 standartiga mos;
g) identifikatsiya kodi, tekshiruv kodi va tekshiruv kaliti identifikatorida foydalanish mumkin boʻlgan belgilar mazkur qatorda keltirilgan:ABCDEFGNIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789 !"%&ʼ*+-./_,:;=<>?.
44. Markirovkalash kodini identifikatsiya vositasiga aylantirish isteʼmol, guruh yoki transport oʻramini toʻplovchi tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
45. Identifikatsiya vositalarini taqdim etish shakli quyidagi variantlar ichidan tanlanadi:
isteʼmol oʻramining identifikatsiya vositasi DataMatrix shaklidagi ikki oʻlchamli shtrixli kod koʻrinishida tasvirlanadi;
guruh oʻramining identifikatsiya vositasi GS1-DataMatrix shaklidagi ikki oʻlchamli shtrixli kod koʻrinishida tasvirlanadi;
transport oʻramining identifikatsiya vositasi GS1-128 shaklidagi bir oʻlchamli shtrixli kod koʻrinishida tasvirlanadi.
46. Shtrixli kod shaklidagi identifikatsiya vositalari quyidagi talablarga javob beradi:
a) isteʼmol va guruh oʻrami uchun 0,3 millimetrdan, transport oʻrami uchun — 2 millimetrdan kam boʻlmagan hajmli moduldan foydalaniladi;
b) identifikatsiya vositalarini tanlash orqali soxtalashtirish ehtimoli oʻn mingtadan bir darajasidan kam boʻlishi kerak;
v) MMK AT muomaladan chiqarilgan mahsulot oʻramiga tushirilgan kodning takror turkumlashtirilishiga yoʻl qoʻymaydi;
g) xatolarni topish va tuzatish funksiyasi DataMatrix ESS200ga teng yoki undan yuqori boʻlishi kerak.
47. Sigareta ishlab chiqaruvchilar yoki import qiluvchilar identifikatsiya vositalarini bevosita isteʼmol, guruh va transport oʻramiga yoki quyidagi tarzda oʻramga yopishtiriladigan etiketkaga tushiradi:
a) isteʼmol oʻramiga identifikatsiya vositasi yon tarafning past qismiga tushiriladi;
b) guruh oʻramiga identifikatsiya vositasini yon tomonga tushirish tavsiya etiladi;
v) transport oʻramiga identifikatsiya vositasini old yoki yon tomonga tushirish tavsiya etiladi.
Oʻramga identifikatsiya vositasini tushirish usulini va ushbu maqsadda foydalaniladigan asbob-uskunani tanlashda cheklov koʻzda tutilmagan.
48. Isteʼmol, guruh va transport oʻramiga identifikatsiya vositasini tushirish sifatiga qoʻyiladigan talablar:
a) ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq “S” sifat toifasi yoki undan yuqori darajada tushirish;
b) ESS-200 xatolarni tuzatish usulidan foydalangan holda muhrlab tushirish;
v) ASCII kodlashtirish usulidan foydalanish;
g) isteʼmol va guruh oʻrami uchun hajmi 0,254 millimetrdan kam boʻlmagan modul qoʻllaniladi;
d) identifikatsiya vositalarini tanlash orqali soxtalashtirish ehtimoli oʻn mingtadan bir darajasidan kam boʻlishi kerak;
e) xatolarni topish va tuzatish funksiyasi DataMatrix ESS200ga teng yoki undan yuqori boʻlishi kerak;
j) shtrixli kod Data Matrix belgilari spetsifikatsiyasiga mos boʻlishi kerak.
49. Oʻqish uskunasi ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq tushirilgan markirovkalash kodlarini, shu jumladan mazkur Vaqtincha nizomning ushbu bobida koʻrsatilgan parametrlarni oʻqish imkonini beradi.
11-bob. MMK AT reyestrlari, talabnomalar va maʼlumotlar mazmunini tuzatish
50. Mahsulot roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan sigaretalar yoki ularning oʻramlari haqida Administratorga aniqlashtiruvchi maʼlumotlar yoʻllaydi.
51. Taqdim qilingan aniqlashtiruvchi maʼlumotlarning mazkur Vaqtincha nizomning oʻrnatilgan talablariga javob berishiga muvofiq holda Administrator real vaqt rejimida:
mahsulotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni olgan vaqtdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi, import qiluvchisini xabardor qiladi.
52. Roʻyxatdan pozitsiyani istisno qilish zarurati yuzaga kelganda (masalan, ushbu pozitsiya sigaretalarga tegishli boʻlmagan holda), mazkur pozitsiyani kiritgan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi, import qiluvchisi ilgari roʻyxatga olingan sigaretalar mahsulotlar roʻyxatidan istisno qilinishi toʻgʻrisida Administratorga maʼlumot yoʻllaydi.
53. Ushbu maʼlumotlarning mazkur Vaqtincha nizom bilan oʻrnatilgan talablarga mos kelishi holda Administrator real vaqt rejimida:
Mahsulotlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni olgan vaqtdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini xabardor qiladi.
54. Markirovka kodini olish uchun ilgari taqdim qilingan buyurtmanomaga oʻzgartirish kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi yoki ularni import qiluvchisi Administratorga aniqlashtiruvchi maʼlumotlar yoʻllaydi.
Ilgari taqdim qilingan buyurtmanomaga oʻzgartirish kiritish faqat tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchisi yoki ularni import qiluvchisiga yoʻllagan buyurtmanomasi boʻyicha kodlar roʻyxatini taqdim qilish va ularni IV roʻyxatiga kiritishdan oldin ruxsat etiladi.
55. Mazkur maʼlumotlarning ushbu Vaqtincha nizomning belgilangan talablariga javob berishiga qarab Administrator:
oldingi buyurtmanomani bekor qiladi;
tajriba loyihasi ishtirokchisidan olingan, aniqlashtirishlarga mos keladigan markirovka kodlarini unga taqdim qiladi.
56. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar ishlab chiqaruvchi yoki ularni import qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan agregatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovka kodlaridan foydalanish haiqdagi maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun koʻzda tutilgan tartibda aniqlashtiriladi.
57. Sigaretalarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishi subyektidan boshqasiga topshirilganda, topshirilgan va olingan mahsulot tarkibi boʻyicha kelishmovchilik yuzaga kelganda, quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
sigaretalarni qabul qilib oluvchi tajriba loyixasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishi subyekti sigaretalarni qaboʻl qilishni amalga oshiradi, Administratorga sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) toʻgʻrisida topshiruvchi tomonning elektron imzosi bilan imzolangan xabarnoma yoʻllaydi;
bitim tomonlari boʻlgan tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar aylanishi subyektlari sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) toʻgʻrisida maʼlumotlarni aniqlashtirish toʻgʻrisida xabarnomani shakllantiradi, ikkala tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va ular Administratorga mahsulot haqida quyidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan xabarnoma yoʻllaydi:
topshiruvchi tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) va amalda qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan identifikatsiya vositalari tarkibida boʻlgan mahsulotlar kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
birlamchi hujjatlar rekvizitlari.
Administrator maʼlumotlarni aniqlashtirish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgandan boshlab 4 (toʻrt) soat davomida olingan xabarnomalardagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, sigaretalarga mol-mulk huquqining tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan boshqasiga oʻtishini IV roʻyxatida aks ettiradi.
58. Sigaretalarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishi subyektidan boshqasiga topshirish davomida topshirilgan va olingan mahsulot tarkibi boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda va bunda qabul qiluvchi topshiruvchi tomonidan oʻzgargan birlamchi hujjatlar kelishini kutib oʻtirmasdan, sigaretalarni keyingi realizatsiyasini amalga oshirish zarurati vujudga kelganda, maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) sigaretalarni qabul qilib olishni amalga oshiruvchi tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishi subyekti Administratorga topshiruvchi elektron imzosi bilan imzolangan sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) toʻgʻrisida xabarnoma, shuningdek, oʻzining elektron imzosi bilan imzolangan sigaretalarni uzatish davomida aniqlanlangan nomuvofiqliklar haqida xabarnomalarni yoʻllaydi;
sigaretalarni topshirish davomida aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisidagi xabarnoma topshirilgan (qabul qilib olingan) sigaretalar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarga ega:
topshiruvchining STIRi;
qabul qiluvchining STIRi;
qabul qilib olingan sigaretalar oʻramlari (upakovkalari) uchun identifikatsiya vositalaridagi mahsulotlar kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
sotib olingan mahsulot narxi;
qabul qilib olish sanasi;
birlamchi hujjatlar rekvizitlari.
b) Nomuvofiqliklari aniqlangan sigaretalarni topshirish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan Administrator real vaqt rejimida, olingan xabarnomalardagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, sigaretalarga mol-mulk huquqining tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishining subyektidan boshqasiga oʻtishini IV roʻyxatida aks ettiradi;
v) bitim tomonlari boʻlgan tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalar aylanishi subyektlari sigaretalarni topshirish (qabul qilib olish) toʻgʻrisida maʼlumotlarni aniqlashtiradi va bu haqida xabarnomani shakllantiradi, koʻrsatilgan xabarnomani ikkala tomon vakolatli vakillari tomonidan imzolaydi va uni Administratorga yoʻllaydi;
g) maʼlumotlarning aniqlashtirilishi toʻgʻrisida xabarnomani olishi bilan Administrator real vaqt rejimida olingan xabarnomalardagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, sigaretalarga mol-mulk huquqining tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — sigaretalar aylanishining subyektidan boshqasiga oʻtishini IV roʻyxatida aks ettiradi.
59. Sigaretalarni ishlab chiqarish haqidagi xabarnomada nomuvofiqliklar aniqlangan holda, tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalarni import qiluvchi tarkibida aniqlangan nomuvofiqliklari boʻlgan sigaretalarning ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida imzolangan, quyidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan xabarnomani shakllantiradi va Administratorga yoʻllaydi:
sigaretalarni import qiluvchining STIRi;
topshirilgan (qabul qilib olingan) sigaretalar oʻramlari uchun identifikatsiya vositalarida qayd qilingan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
nomuvofiqliklari aniqlangan mahsulotlar uchun mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
mazkur mahsulot ishlab chiqarilgan va sigaretalarni import qiluvchi tomonidan roʻyxatga olingan maydonchaning manzili;
sigaretalarni import qiluvchi tomonidan roʻyxatga olingan mazkur mahsulot joylashtirilgan maydonchaning manzili;
sigaretalar ishlab chiqarilgan sana;
bojxona deklaratsiyasi rekvizitlari.
60. Sigaretalarni muomalaga takroriy kiritish uchun (chakana savdo boʻgʻinida aylanish ishtirokchisi boʻlgan tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishi subyekti realizatsiya uchun sigaretalarni boshqa chakana savdo boʻgʻinida aylanish ishtirokchisidan sotib olgan holda) quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining qabul qilib oluvchi tomoni sigaretalarni sotib olgan vaqtdan boshlab 72 (yetmish ikki) soatdan ortmagan, lekin mazkur mahsulotga mol-mulk huquqining qabul qiluvchidan uchinchi shaxslarga oʻtish vaqtidan kech qolmagan muddatda Administratorga chakana savdo doirasida realizatsiyasidan soʻng sigaretalarning qayta tiklanishi toʻgʻrisida xabarnoma yoʻllaydi, uning tarkibida sigaretalar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar qayd qilingan:
topshiruvchining STIRi;
qabul qiluvchining STIRi;
topshirilgan (qabul qilib olingan) sigaretalar oʻramlari uchun identifikatsiya vositalari tarkibidagi mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
sotish (sotib olish) narxlari;
topshirish (qabul qilib olish) sanasi;
sigaretalarning sotib olinishini tasdiqlovchi onlayn nazorat-kassa mashinasi nazorat chiptasining rekvizitlari va zarur boʻlganda boshqa hujjat rekvizitlari;
b) chakana savdoda realizatsiya qilingan sigaretalarning aylanishda qayta tiklanishi toʻgʻrisida xabarnomani olgandan soʻng Administrator xabarnomadagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, sigaretalar aylanishda qayta tiklanilishi va unga mol-mulk huquqining oʻtishini 4 (toʻrt) soat davomida IV roʻyxatida aks ettiradi.
61. Markirovka kodlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida Administratorga oldin taqdim qilingan maʼlumotlarni tuzatish yoki bekor qilish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti aloqa kanallari orqali yoki MMK AT sahifasidan foydalangan holda, Administratorga oldin tuzatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida yoʻllangan ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgan markirovka kodlarini hisobdan chiqarish maʼlumotlarni aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni yoʻllaydi, unda sigaretalar hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi habarnomadagi sigaretalar toʻgʻrisda maʼlumotlar, shuningdek, tuzatilayotgan (bekor qilinayotgan) xabarnomaning rekvizitlari hamda zarur boʻlganda, koʻrsatilgan xabarnomaning butunlay bekor qilinishi belgisi koʻrsatilgan boʻladi;
b) Administrator, aniqlashtiruvchi maʼlumotlarning mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablariga javob bergan holda, real vaqt rejimida:
mahsulot roʻyxatiga oʻzgartirish kiritadi;
aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni olgan vaqtdan boshlab ishtirokchini bu toʻgʻrida xabardor qiladi.
62. Qayta sortlashni aniqlash toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) Tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti kamomad va yoki ortiqcha sanalgan aniqlangan markirovka kodlari koʻrsatilgan holda, sigaretalar markirovkasi kodlari egasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni aniqlashtirish toʻgʻrisida xabarnomani shakllantiradi va Administratorga yoʻllaydi, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
topilgan (yoʻq boʻlgan) sigaretalar oʻramlari uchun identifikatsiya vositalarida koʻrsatilgan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
birlamchi hujjat rekvizitlari;
b) Administrator aniqlashtiruvchi maʼlumotlarning mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga javob bergan holda, real vaqt rejimida:
IV roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni olgan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan ortmagan muddat davomida ishtirokchini bu toʻgʻrida xabardor qiladi;
markirovka kodlari topilganlarning egasi sifatida IV roʻyxatida qayd qilingan Tajriba loyihasi ishtirokchisini — sigaretalar aylanishining subyektini maʼlumotlar aniqlashtirilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
63. Chakana savdo doirasida markirovka kodlari oldin aylanishdan chiqarilgan boʻlsa, IV roʻyxatiga ular boʻyicha aniqlashtirish kiritishga ruxsat etilmaydi.
12-bob. Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchilariga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish mexanizmi
64. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga — sigaretalar aylanishining subyektlariga yuklatiladigan vazifalarning samarali bajarilishi maqsadida Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyektiga uning talabiga koʻra, roʻyxatlarda aks ettirilgan ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
65. Talabnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti shakllangan hisobot turi va mazkur hisobotni tuzish parametrlarini koʻrsatadi.
66. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan hisobotlarning shakllantirilishini taʼminlaydi:
a) isteʼmolchilik, guruhlarga tegishli va transportga tegishli, shu jumladan agregatlar tarkibidagi sigaretalar oʻramlari roʻyxati:
tajriba loyihasi ishtirokchisining omborxonasiga olib kelingan;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti tomonidan tajriba loyihasining boshqa ishtirokchilari — sigaretalar aylanishining boshqa subyektlariga oʻtkazilgan;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti tomonidan aylanishdan chiqarilgan;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti omborxonasida boʻlgan.
b) sigaretalar aniq oʻramlarining harakat qilish tarixi.
v) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishing subyekti tayyorlagan sigaretalarni topshirish toʻgʻrisidagi xabarnomasida notoʻgʻri maʼlumotlar bor yoki yoʻqligi;
g) tajriba loyihasi ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti tomonidan Administratorga yoʻllagan hujjatlar roʻyxati va mazmuni.
13-bob. Qoʻmitaning Administrator bilan oʻzaro axborot hamkorligi
67. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga, shu jumladan Qoʻmitaga MMK AT tarkibidagi maʼlumotlarni taqdim qilish, shuningdek, ular tomonidan bunday maʼlumotlarni olish shaxsiy kabinet hamda elektron hujjatlar almashinishi orqali amalga oshiriladi.
Tajriba loyihasining har bir ishtirokchisi — sigaretalar aylanishining subyekti, amaldagi qonunchilik doirasida oʻz tomonidan MMK ATga yoʻllagan birlamchi axborotni hamda Administrator tomonidan umumlashtirilgan va boshqa ishtirokchilardan olingan maʼlumotlarni olishi mumkin.
68. Qoʻmita tuzilayotgan shartnomalarga muvofiq Adminstratordan tahliliy va statistik hisobotlarni oladi:
a) Administrator Qoʻmitaga MMK ATga kirish, shaxsiy kabinet orqali tizimda mavjud maʼlumotlarni koʻrib chiqish imkoniyatini, shuningdek, .x1s (Microsoft Exse1) fayl formatdagi maʼlumotlarni yuklab olish imkoniyatini taʼminlab beradi;
b) Administrator maʼlumotlar (axborotlar) bilan almashish imkoniyatini taʼminlaydi. Koʻrsatilgan maʼlumotlar (axborotlar) tarkibi, tartibi, shakli (formati) va ularni taqdim qilish muddatlari Administrator va Qoʻmita oʻzaro axborot hamkorligi bayonlari bilan belgilanadi;
69. Koʻrsatilgan maʼlumotlar (axborotlar) tarkibi, tartibi, shakli (formati) va ularni taqdim qilish muddatlari Administrator va Qoʻmita oʻrtasidagi oʻzaro axborot hamkorligi bayonlari bilan belgilanadi.
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtincha nizomga ILOVA
Sigaretalarni markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi MMK AT deb ataladi) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar ariza Vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar reyestridagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Administrator
Vaqtincha nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
2-b?sqich. Sigaretalarni qayd qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda sigaretalarni qayd etish boʻyicha arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK AT veb-saytida shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:
arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot reyestriga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini sigareta mahsulotlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. (Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish)
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar reyestriga kiritilgan sigaretalarni markirovkalash uchun kodlarni olishga Administratorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq boʻlsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki sigaretalarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni AT reyestriga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Administratorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Identifikatsiyalash vositasi sigareta qutilarida qoʻllanilishini taʼminlaydi.
MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Sigareta qutilarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng
4-bosqich. Sigaretalarni ishlab chiqarish va aylanishini monitoring qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Sigaretalar agregatsiyasini amalga oshiradi .
Real vaqt rejimida
MMK AT orqali avtomatik rejimda Administratorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
a) mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki tovarlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida sigaretalar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida sigaretalarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
sigaretalarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida tovar yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Sigaretaga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)
Import qilinayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin, Administratorga tovarlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;
tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.
Real vaqt rejimida
Administrator
maʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK AT reyestrida aks etilishini taʼminlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Sigaretalarni muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot sigaretalarni onlayn — kassa apparatlari mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan sigareta qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal maʼlumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK ATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Sigareta sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda
Administrator
Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan markirovkalangan sigaretalarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni AT reyestrida aks ettiriladi.
Real vaqt rejimida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 3-ILOVA
Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChA NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtincha nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirishda harakatlar tartibi va ketma-ketligini belgilaydi.
2. Quyidagilar tajriba loyihasining maqsadlari hisoblanadi:
a) mahsulotning aslligini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va muomalada boʻlishiga qarshi kurashish;
alkogol mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish va muomalaga kiritish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilmagan sxemalardan foydalanishni istisno etish maqsadida alkogol mahsulotlari muomalasi subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
alkogol mahsulotlarining hisobini yuritish tartib-taomillarini standartlashtirish va unifikatsiyalashni taʼminlash maqsadida identifikatsiya vositalari bilan alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish mexanizmlarining toʻliqligi, samaradorligi, natijadorligi va yetarliligini aprobatsiya qilish;
b) alkogol mahsulotlarini aksiz markasi bilan markirovkalashdan voz kechilishini inobatga olib, alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovalash majburiy tizimiga oʻtish maqsadga muvofiqligini aniqlash.
3. Mazkur Vaqtincha nizomda quyidagi qisqartma soʻzlar va tushunchalardan foydalaniladi:
tajriba loyihasi — alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasi;
administrator — mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish axborot tizimini ishlab chiquvchi, joriy etuvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi, alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish taʼminlanishi uchun zarur barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatuvchi va sozlovchi, shuningdek, fiskal maʼlumotlar operatori vazifalarini bajaruvchi masʼul shaxs;
MMK AT — mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kuzatish, monitoring qilish, ishlab chiqarish va ularning aylanishini dasturiy taʼminlash maqsadida Administrator tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish axborot tizimi;
alkogol mahsulotlari — oziq-ovqat xomashyosi va (yoki) spirtdan tarkib topgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan, etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, etil spirtining miqdori bir yarim foizdan koʻp boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq dori vositalari sifatida roʻyxatdan oʻtgan tibbiyotga moʻljallangan spirtdan tarkib topgan mahsulotlari bundan mustasno;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi — litsenziyada koʻrsatilgan manzilda hajmlari cheklanmagan holda omborxonalardan alkogol mahsulotlarini berish;
alkogol mahsulotlarining chakana savdosi — tijorat zali bilan jihozlangan statsionar xonalarda va fiskal xotirali onlayn nazorat-kassa mashinasi bilan jihozlangan restoranlar, barlar va kafelar hududida amalga oshiriladigan keyinchalik isteʼmol qilish yoki notijorat maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan alkogol mahsulotlarini sotish;
alkogol mahsulotlarining muomalasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulotlarini olib kirish, saqlash, tashish, olish va topshirish, shu jumladan ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish va realizatsiya qilish (sotish);
alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarish — belgilangan alkogol mahsulotlarini yakuniy isteʼmolchiga (yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, jismoniy shaxslarga) sotish, markalangan alkogol mahsulotlarini yoʻq qilish (buzish, yoʻqotish), Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi markalangan alkogol mahsulotlarini sotish (eksport qilish);
mahsulot muomalasi ishtirokchilari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalasi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar;
alkogol mahsulotlari muomalasini monitoring qilish — mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq MMK ATda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan roʻyxatga olingan maʼlumotlar asosida alkogol mahsulotlari muomalasi va ishlab chiqarishni tahlil qilish;
alkogol mahsulotlari roʻyxati — TIF TN: 2203000100, 2204 — 2208 kodlari boʻyicha markirovkalash lozim boʻlgan alkogol mahsuloti;
Mahsulot kodi — mahsulot hamda mahsulot guruhlariga ular alkogol mahsulot ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarining turini aniqlaydigan axborot resursida mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflanganda beriladigan GS1 assotsiatsiyasi mahsulot nomenklaturasi boʻyicha logistika birliklari hisobi kodi;
identifikatsiya kodi — mahsulot nusxasining noyob raqamini oʻz ichiga olgan belgilar ketma-ketligi;
tekshiruv kodi — taqlid himoyasi vositalaridan foydalangan holda mahsulot kodi va identifikatsiya kodi maʼlumotlari asosida shakllanadigan ramziy ketma-ketlik. Tasdiqlash kodi kriptografik algoritmlar asosida tuziladi va kriptografik kalit identifikatorini oʻz ichiga oladi;
markirovkalash kodi — isteʼmol, guruh va transport oʻramini identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan mahsulot kodi, identifikatsiya kodi va tekshiruv kodi jamlanmasi;
identifikatsiya vositasi — shtrixli kod sifatida taqdim etilgan mashina oʻqiladigan shaklda yoki radio chastotali tamgʻada yozilgan yoki avtomatik identifikatsiya qilishning boshqa vositasi (texnologiyasi) yordamida taqdim etilgan noyob belgilar ketma-ketligi;
turkumlashtirish — isteʼmol mahsulotlari va/yoki guruh va/yoki transport qadoqlarini markirovkalash kodlarini generatsiya qilish jarayoni;
isteʼmol idishlarini belgilash — mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq holda isteʼmol idishi, guruh va transport qadogʻiga IFni qoʻyish, va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasining barcha bosqichlarida ular haqida ishonchli maʼlumotlarni MMK ATga taqdim etish;
alkogol mahsulotlarining isteʼmol idishi — yakuniy isteʼmolchiga sotish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotni toʻldirish uchun moʻljallangan idish;
alkogol mahsulotlarining guruh qadogʻi — bir nechta isteʼmolchi idishlarini birlashtirgan qadogʻi. Guruh qadogʻi yakuniy isteʼmolchiga sotish uchun ruxsat etiladi;
alkogol mahsulotlarining transport qadogʻi — alkogol mahsulotlarini koʻchirishda zarar yetkazishdan himoya qilish maqsadida saqlash va tashish uchun ishlatiladigan va mustaqil logistika birligini shakllantiradigan guruh qadogʻiga qoʻshilgan alkogol mahsulotlarini birlashtiradigan qadogʻi;
agregirlash — alkogol mahsulotlarining mahsulot oʻtkazuvchanlik zanjiri boʻylab harakatlanishni ochish zaruratisiz kuzatib borishni taʼminlash maqsadida tegishli identifikatsiya qilish vositasini qoʻllash orqali mahsulot kodi oʻzaro bogʻliqligi haqida axborotni saqlagan holda alkogol mahsulotlarining isteʼmol qadoqlarini transport mahsulotiga birlashtirish.
Agregirlash har qanday joylashtirish darajasiga ega boʻlish imkoniyatini oʻz ichiga oladi:
birinchi darajali agregirlash — isteʼmol qadoqlarini transport qadogʻiga masalan, qutiga birlashtirish;
ikkinchi darajali agregirlash — transport qadoqlarini yuqori darajada turuvchi boshqa transport qadogʻiga, masalan, pallet yoki konteynerga birlashtirish;
ASCII (American standard code for information interchange) — bosma va bosma boʻlmagan belgilar raqamli kodlarga mos keladigan maʼlumotni kodlash usuli;
DataMatrix — toʻrtburchak yoki kvadrat guruhga joylashtirilgan kvadrat shaklida qoʻllaniladigan qora va oq elementlari yoki bir necha xil yoriqlik darajalaridagi elementlarni oʻzida namoyon etgan ikki oʻlchovli matritsali shtrixli kod. Matn yoki boshqa turdagi maʼlumotlarni kodlash uchun moʻljallangan;
DataMatrix ESS200 — DataMatrix versiyasi xatolarni oldini olish va buzilgan maʼlumotlarni tiklash texnologiyasidan foydalanadi. ECC200 kod 30% gacha buzilishiga ega boʻlgan holda kodlangan maʼlumotlarning butun ketma-ketligini tiklash imkonini beradi. Ikki oʻlchovli shtrix kodining ushbu versiyasi 10 million skaner qilingan belgilar uchun 1 dan kamroq xato tezligiga ega;
GS1 — hisob yuritishni standartlashtirish va logistika birliklarini shtrixli kodlash boʻyicha xalqaro tashkilot;
GS1-DataMatrix — DataMatrix ikki oʻlchovli matritsali shtrix kodini amalga oshirishga moʻljallangan standartlashtirilgan GS1;
GS1-128 — korxonalar oʻrtasida yuk haqida maʼlumot berish uchun moʻljallangan GS1 standartlashtirish boʻyicha global tashkilotning shtrix kodi formati.
AI = ʻ**ʼ — GS1 standartida nazarda tutilgan qoʻllash identifikator atributi;
GTIN — (Global Trade Item Number) mahsulot birligining global identifikatsiya raqami. GS1 tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan, GS1 standartlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq GS1 milliy tashkiloti tomonidan mahsulotlari va/yoki mahsulotlari guruhiga qoʻllanadigan, xalqaro iqtisodiy makonda aniq identifikatsiya qilish uchun mahsulot va/yoki mahsulotlari guruhiga mashina tomonidan oʻqila oladigan shtrixli kod shaklida kiritiladigan logistik birliklarning hisobini yuritadigan xalqaro kod.
STIR — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
TIF TN kodlari — tashqi iqtisodiy faoliyat mahsulot nomenklaturasi kodlari;
IFUK — iqtisodiy faoliyat turlarining umumiy klassifikatori;
Fiskal maʼlumotlar operatori — savdo operatsiyalarida va/yoki xizmat koʻrsatishda onlayn nazorat-kassa mashinalari yordamida amalga oshirilgan soliq organlariga pul hisob-kitoblari toʻgʻrisida maʼlumotlar soliq organlariga tezkor yetkazilishini taʼminlovchi yuridik shaxs;
IV reyestri — identifikatsiya vositalari reyestri;
onlayn nazorat-kassa mashinalari — fiskal modulga bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi va qogʻozda chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari.
shaxsiy kabinet — tajriba loyihasi ishtirokchisiga taqdim etiladigan MMK ATmaxsus axborot xizmati;
elektron hujjat (EH) — axborot elektron raqamli shaklda taqdim etilgan va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlangan hujjat;
elektron raqamli imzo (ERI) — elektron raqamli imzo vositalari tomonidan yaratilgan va elektron hujjatning ishonchliligini, uning taaʼlluqligi va oʻzgarmasligini tasdiqlovchi elektron raqamli belgilar toʻplami;
mahsulot hisobvaragʻi — mahsulotlari muomalasini nazorat qilish uchun moʻljallangan va mahsulotlarini sotish va qabul qilish, shuningdek, mol-mulkka egalik huquqini berish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan joʻnatuvchidan qabul qluvchiga boradigan barcha yoʻllardagi mahsulotlarini kuzatib boruvchi hujjat;
elektron mahsulot hisobvaragʻi — elektron hujjat shaklida taqdim etiladigan hisobvaragʻi;
apparat-dasturiy majmuasi — muayyan turdagi vazifalarni echish uchun birgalikda ishlatiladigan dasturiy taʼminot va texnik vositalar toʻplami.
4. Qoʻyidagilar tajriba loyihasi ishtirokchilari hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita deb ataladi);
b) alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari:
ishlab chiqaruvchilar;
import qiluvchilar;
ulgurji savdo tashkilotlari;
chakana savdo tashkilotlari.
v) “CRPT TURON” MChJ — MMK AT ishlab chiquvchi va administratori.
g) fiskal maʼlumotlarning operatori.
Bunda tajriba loyihasini amalga oshirish jarayonida ushbu roʻyxatga aniqlik kiritilishi mumkin.
5. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tajriba loyihasida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadilar.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari MMK ATga ariza topshiradilar. Ishtirok etish uchun ariza qabul qilish tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanishi bilan chegaralanmaydi.
6. Alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va kelgusida kuzatish, ushbu Vaqtincha nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar
7. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari quyidagi shartlarni taʼminlaydilar:
a) alkogol mahsulotlari shlab chiqaruvchisi va import qiluvchi:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
aloqa kanallari boʻyicha MMK ATga ulangan, markirovka kodini olish borasida Administrator bilan avtomatik ravishda oʻzaro ulanish imkonini beradigan apparat-dasturiy majmuasi bor boʻlishi. Apparat-dasturiy majmuasi barcha ishtirokchilarga Administrator tomonida tajriba loyihasi amalga oshiriladigan davrga evazsiz beriladi (shartnoma asosida masʼul saqlash uchun beriladi);
taraflar mahsulot ishlab chiqarish boʻyich asbob-uskunaga, shuningdek, markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarga qasddan zarar yetkazganlik uchun javobgar boʻladilar;
elektron hujjat yaratish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish (shu jumladan, markirovkalash kodlarini, markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar, mahsulot yuk xati) soʻrash imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor boʻlishi;
identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash uchun zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskuna bor boʻlishi va u kelgusida axborot tizimiga ulanishi;
b) alkogol mahsulotlari ulgurji va chakana savdosini tashkil etish:
elektron raqamli imzo mavjudligi;
elektron hujjatlarni shakllantirish va ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash, shuningdek, MMK AT bilan zarur hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali ishlaganda zarur hujjatlarni qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter tizimi bor boʻlishi;
onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa bilan ulangan, axborot tizimiga ulangan identifikatsiya vositalarini skanerlaydigan va aniqlaydigan vositalar bor boʻlishi.
3-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchisi maʼlumotlarini roʻyxatga olish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, tajriba loyihasidan chiqarib tashlash
8. Ishtirokchilar reyestriga kiritish uchun alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga quyidagi arizalarni aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK ATda faoliyat turiga qarab shakllantiradi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahuslotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi:
tajriba loyihasida qatnashgan ishtirokchining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash boʻyicha tegishli faoliyat olib boriladigan ishlab chiqarish maydonlarining, shuningdek, omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili.
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi — quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugullanuvchi tashkilotlari:
tajriba loyihasida qatnashgan ishtirokchining nomi;
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
alkogol mahsulotlarini saqlash va sotish boʻyicha tegishli faoliyat olib boriladigan savdo joylari va omborxonalarning manzillari;
elektron pochta manzili.
tegishli savdo maydonchalarida oʻrnatilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining yoki virtual kassalarning roʻyxatdan oʻtish raqamlari;
Ushbu arizalarda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari qoʻshimcha ravishda boshqa maʼlumotlarni koʻrsatish huquqiga ega.
9. Ariza mazkur Vaqtincha nizomning 7-bandiga muvofiq hollarda, administrator arizani real vaqt rejimida olgan paytdan boshlab:
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisini ishtirokchilar reyestriga qoʻshadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinetni ochadi;
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchini ishtirokchilar reyestriga kiritilganligi va shaxsiy kabinetni ochganligi haqida xabardor qiladi.
Xabarnomada tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishtirokchilar reyestrida alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi haqida maʼlumotga berilgan roʻyxatga olish raqamlari koʻrsatiladi.
10. Tajriba loyihasi ishtirokchisi shaxsiy kabinetda ishtirokchilar reyestrida uning nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) ularni MMK ATga yuborish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, ushbu shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo sertifikatlarini shakllantiradi va ruyxatdan oʻtkazadi.
11. Alkogol mahsulotlari muomalasi subyektini tajriba loyihasi ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu bobda belgilangan talablarga javob bermaydigan maʼlumotlar va (yoki) zarur maʼlumotlarni taqdim etmaslik asos boʻladi.
Alkogol mahsulotlari muomalasi subyekti yuqori turuvchi organga yoki sudga roʻyxatdan oʻtishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
12. Ishtirokchilar reyestrida maʼlumotlarni oʻzgartirish ishtirokchiga alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan mazkur Vaqtincha Nizomga muvofiq holda amalga oshiriladi.
13. Administrator bunday ariza topshirilgandan soʻng 24 (yigirma toʻrt) soat ichida shaxsiy kabinet orqali taqdim etilgan arizaga koʻra, alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchini ishtirokchilar reyestridan chiqarib tashlaydi.
4-bob. Alkogol mahsulotlari haqida maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
14. Alkogol mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulotlari reyestriga kiritish uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi Administratorga aloqa kanallari orqali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida arizani yuboradi yoki MMK ATda shakllantiradi:
alkogol mahsulotlari nomi;
mahsulotning kodlari, GS1 — 128 shtrix kodi, shuningdek, isteʼmol idish turiga muvofiq boʻlgan mahsulot kodlari;
alkogol mahsulotlarining isteʼmol idish turi.
15. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar mazkur Vaqtincha Nizomning 14-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, Administrator arizani real vaqt rejimida olgan paytdan boshlab:
arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni mahsulotlari reyestriga qoʻshadi;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisini yoki import qiluvchini mahsulotlari reyestriga kiritish haqida xabardor qiladi.
16. Xabarnomada mahsulotlari reyestrida roʻyxatga olingan alkogol mahsulotlariga qoʻyilgan roʻyxatga olish raqamlari koʻrsatiladi.
17. Mahsulotlari reyestrida alkogol mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish va ushbu maʼlumotlarni roʻyxatga olishdan chiqarib tashlash alkogol mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulotlari reyestriga kiritish bilan bir xil ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
5-bob. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash qoidalari
18. Alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari mustaqil ravishda alkogol mahsulotlarini markirovkalashni amalga oshiradilar va MMK ATga mazkur Vaqtincha Nizomga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida alkogol mahsulotlarini identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash va ularning keyingi kuzatilishi boʻyicha texnik va dasturiy jihatlari bilan bogʻliq xarajatlar administrator hisobidan qoplanadi.
19. Alkogol ichimliklarini markirovkalashni quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqaruvchi bevosita ishlab chiqarish liniyasida isteʼmol idishiga (masalan, shisha) yopishtirilgan oldi yorliq yoki orqa yorliq dizayni uchun maxsus ajratilgan (14x14 millimetrdan kam boʻlmagan) maydonga texnik qurilma yordamida identifikatsiya qilish vositasini qayd etadi;
b) import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarini olib kirishda markirovkalashni quyidagi usullar bilan amalga oshirishi mumkin:
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda — bevosita ishlab chiqarish liniyasida isteʼmolchi idishiga yopishtirilgan oldi yorliq yoki orqa yorliq dizayni uchun maxsus ajratilgan (14x14 millimetrdan kam boʻlmagan) maydonga texnik qurilma yordamida DataMatrix kodini qoʻyish yoʻli bilan;
ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda isteʼmol idishiga DataMatrix kodi bilan stikerni yopishtirish yoʻli bilan;
mahsulotni bojxona amali ostiga joylashtirgunga qadar bojxona omborida ularda DataMatrix kodli holda mustaqil ishlab chiqilgan stikyerlarni yopishtiradi.
20. Identifikatsiya qilish vositasi mahsulotlarini yigʻishni soddalashtirish qulayligi uchun ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining xohishiga koʻra, yuz yoki yon qismiga guruh va transport qadogʻiga qoʻyiladi.
21. Identifikatsiya qilish vositasini qadogʻiga va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan uskunalarga qoʻyish usulini tanlashda cheklovlar nazarda tutilmaydi.
6-bob. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
22. Identifikatsiya qilish vositalari Administratordan quyidagi yoʻllar bilan olinishi mumkin:
keyinchalik identifikatsiya qilish vositasiga aylantiriladigan va alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda qoʻyiladigan markirovkalash kodini olish orqali;
bosma shaklda (identifikatsiya qilish vositasidan iborat boʻlgan va keyinchalik mahsulotga qoʻyish uchun moʻljallangan yorliq tayyorlash xizmatini olish uchun muomala ishtirokchisiga murojaat qilganda).
23. Alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlar ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlarini import qiluvchi tomonidan aloqa kanallari orqali Administratorga mahsulotlari reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olish uchun quyidagi mazmundagi arizani yuborish yoki MMK ATda shakllantirish yoʻli bilan oladi:
Mahsulotlari reyestriga kiritilganda alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot kodlari;
talab qilingan markirovkalash kodlarning soni;
qadoq turi: isteʼmol, guruh, transport idishi;
ishlab chiqarish sanasi, vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot (agar mavjud boʻlsa).
24. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar mazkur Vaqtincha Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan holda arizani real vaqt rejimida olgan paytdan eʼtiboran:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini turkumlashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchiga — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki mport qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
identifikatsiya qilish vositalar reyestriga berilgan markirovkalash kodlar haqida maʼlumotni oʻz ichiga oladi.
Mazkur band birinchi qismining amal qilishi aksiz soligʻi toʻlanganidan va belgilangan namunadagi aksiz markalari sotib olinganidan keyin alkogol mahsulotlarini import qiluvchilarga amal qiladi.
25. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi real vaqt rejimida:
a) markirovkalash kodlari roʻyxatini olgan paytdan boshlab Administratorga roʻyxatdagi markirovkalash kodlarni olish toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi;
b) markirovkalash kodlarini olgan paytdan boshlab alkogol mahsulotlari isteʼmol idishiga identifikatsiya qilish vositalarini qoʻyishni taʼminlaydi;
v) alkogol mahsulotlari isteʼmol idishiga identifikatsiya qilish vositalari qoʻyilgandan soʻng, markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni MMK ATga (identifikatsiya qilish vositalarini faollashtirish maqsadida) yuboradi:
mahsulot kodi;
identifikatsiya kodi;
markirovkalash sanasi va vaqti;
qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositalari haqida maʼlumot.
26. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlarini import qiluvchi davlatlardan mahsulotlarini import qilishda:
markirovkalash kodlari olingan kundan boshlab 30 (oʻttiz) ish kunidan oshmaydigan muddatda MMK ATga yorliq kodlaridan foydalanish haqida quyidagi maʼlumotlarni (identifikatsiya qilish vositalarini faollashtirish maqsadida) yuboradi:
markirovkalash kodi;
markirovkalash sanasi va vaqti;
qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositalar va/yoki tizimda tegishli bildirishnomani joylashtirish orqali sababni koʻrsatgan holda identifikatsiya qilish vositasini ishlab chiqa olmasligi haqida maʼlumot.
27. Administrator tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan mazkur Vaqtincha nizomning 18-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar olingandan keyin real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida tegishli markirovkalash kodlari va identifikatsiya qilish vositalarining makomini aks ettirishni, shuningdek, ushbu maʼlumotlarning tajriba loyihasi ishtirokchilari undan foydalana olishligini taʼminlaydi.
7-bob. Alkogol mahsulotlarini agregirlash, ularni ishlab chiqarish monitoringi va tajriba loyihasi doirasidagi muomalasi
28. Alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi eksport qiluvchi mamlakat hududida ham, mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin ham alkogol mahsulotlarini agregirlashi mumkin (masalan, oʻz omborida), uning yakunida Administratorni xabardor qiladi, shu bilan identifikatsiya qilish vositasini, shu jumladan guruh identifikatsiya qilish vositalarini faollashtiradi.
29. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi alkogol mahsulotlarini yigʻadi, uning yakunida 72 (yetmish ikki) soat ichida MMK ATorqali avtomatik ravishda Administratorni quyidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda xabardor qiladi:
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida ishtirokchining roʻyxatga olish raqami;
transport qadogʻining markirovkalash kodlari roʻyxati;
alkogol mahsulotlari boʻyicha yigʻilgan markirovkalash kodlari roʻyxati;
agregirlash sanasi.
30. Transport qadogʻini qayta shakllantirish (qayta agregirlash) operatsiyasini amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari MMK ATga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar:
transport qadogʻini qayta shakllantirish (qayta agregirlash)ni amalga oshirgan alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida ishtirokchining roʻyxatga olish raqami;
qayta shakllantirish lozim boʻlgan transport qadoqlarining markirovkalash kodlari roʻyxati. Bunda Tizimda qayta shakllangan transport qadogʻining mahsulot kodi yoʻq qilinadi, lekin unda mavjud boʻlgan mahsulotlarining markirovkalash kodlari muomalada qoladi.
31. Mahsulotni transport qadogʻi doirasida olib tashlash, olib qoʻyish operatsiyalarini amalga oshiruvchi mahsulot muomalasi ishtirokchilari MMK ATga quyidagi maʼlumotlarni yetkazib beradi:
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari reyestrida muomala ishtirokchini roʻyxatga olish raqami;
transformatsiya qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlari, transport qadoqlarining markirovkalash kodlari roʻyxati;
transformatsiya operatsiyasi turi (olib qoʻyish, olib tashlash).
32. Isteʼmol idishini boshqa transport qadogʻiga olib qoʻyish hollarida, olib qoʻyiladigan mahsulotning tegishli markirovkalash kodlari roʻyxati, shuningdek, olib qoʻyilgan transport qadogʻining mahsulot kodi koʻrsatiladi.
33. Administrator real vaqt rejimida maʼlumotni olgandan soʻng ularni identifikatsiya qilish vositalari reyestrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
34. Tajriba loyihasida ishtirok etgan alkogol mahsulotlarining muomalasiga va muomalasiga kiritilishini monitoring qilish Qoʻmita tomonidan MMK ATorqali amalga oshiriladi.
35. Alkogol mahsulotlari muomalasiga kiritish harakatini monitoring qilish maqsadida:
a) mulkchilik huquqining oʻtishini yoki mahsulotni sotish uchun berishni tasdiqlovchi asosiy hujjat mazmuni asosida alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari oʻrtasida alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) da bitim tomonlari:
alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi mahsulot hisobvaragʻi shaklida xabarnomani hosil qiladi;
har ikki tomonning vakolatli vakillari ham ushbu xabarni imzolaydi;
MMK ATga birlamchi hujjatni berish (qabul qilish) haqida xabarnomani va elektron nusxasini yuboradi, shuningdek, elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlarini birlashtiradi;
b) bunda real vaqt rejimida berish (qabul qilish) haqida habarnoma habarnomada aks ettirilgan alkogol mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchidan boshqasiga oʻtgan paytdan eʼtiboran, lekin ushbu mahsulotga egalik huquqini oluvchidan uchinchi shaxslarga berish paytidan kechiktirmagan holda yuboriladi;
v) Administrator real vaqt rejimida berish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi xabarnoma olinganida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida xabarnomadagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, alkogol mahsulotiga boʻlgan mulk huquqini bir muomala ishtirokchidan boshqasiga oʻtish holatini aks ettiradi.
8-bob. Alkogol mahsulotlarini muomalasiga kiritish, uning muomalasidan chiqib ketishi va jarayonni kuzatish
36. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan alkogol mahsulotlari uni muomalaga kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari import qiluvchi:
import qilinadigan mahsulotni ichki isteʼmol uchun bojxona amaliyoti ostiga qoʻyadi;
mahsulotlari deklaratsiyasi chiqarilgandan soʻng Administratorga mahsulotlari koʻrsatilgan markirovkalash kodlari va mahsulotlari deklaratsiyasi raqami haqida maʼlumot beradi;
mahsulotlari deklaratsiyasi chiqarilgandan soʻng 14 (oʻn toʻrt) kun ichida Administratorga muomalaga kiritish lozim boʻlgan markirovkalash kodlari (olib kirilgan mahsulotlarini haqiqiy roʻyxatga olingandan keyin) va/yoki tegishli xabarnomani Tizimda joylashtirish orqali sababini koʻrsatgan holda identifikatsiya qilish vositalarini muomalaga kiritish imkoniyati yoʻqligi haqida maʼlumotni beradi;
b) Administrator mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar kelib tushgandan keyin real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida ushbu mahsulotni muomalaga kiritish holatini aks ettiradi.
37. Tajriba loyihasida ishtirok etgan alkogol mahsulotlari muomalasini monitoring qilish Qoʻmita tomonidan Administrator beradigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
38. Alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarishni monitoring qilish maqsadida:
a) ulgurji savdo tashkiloti onlayn nazorat-kassa mashinalariga ega boʻlmagan chakana savdo tashkilotlariga alkogol mahsulotlarini sotayotgan hollarda, tajriba loyihasi ishtirokchisi — sotilayotgan alkogol mahsulotlari qadoqlariga ulgurji savdo tashkiloti onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan bogʻlangan texnik vositalar yordamida qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositasini skaner qiladi va taniydi.
Chakana savdoni amalga oshirgan holda alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi alkogol mahsulotlari qadogʻi (isteʼmol yoki guruh qadogʻi)ga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan bogʻlangan texnik vositalar yordamida qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositasini skaner qiladi va taniydi.
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi haqidagi maʼlumotlar onlayn nazorat-kassa mashinasi tomonidan shakllanadigan fiskal hujjatga kiritiladi;
b) alkogol mahsulotlari sotilgan vaqtdan boshlab fiskal maʼlumotlar operatori — real vaqt rejimida sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat-kassa mashinasida roʻyxatga olish raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK ATga uzatadi. Texnik jihatdan imkoniyat boʻlmagan taqdirda, maʼlumotlar 24 (yigirma toʻrt) soat ichida yetkazilishi lozim;
v) Administrator real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalar reyestrida operatordan olingan fiskal maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya qilish vositasi bilan markalangan belgilangan alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiradi.
39. Alkogol mahsulotlari chakana narxda sotilishi (hisobdan chiqarilishi)dan farqli ularoq boshqa asoslar boʻyicha muomalasidan chiqqan hollarda, mazkur mahsulotni hisobdan chiqaruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi MMK ATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan alkogol mahsulotlarining muomaladan chiqib ketishi toʻgʻrisida xabarnomani taqdim etadi:
alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqayotgan mahsulot kodlari va identifikatsiya qilish kodlari;
alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketish rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;
alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqib ketish amalga oshiriladigan maydonning manzili;
alkogol mahsulotlarining muomalasidan chiqib ketishining sababi.
40. Muomalaga kiritilgan alkogol mahsulotlari monitoringi isteʼmolchi tomonidan quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:
isteʼmolchi qadogʻiga qoʻyilgan identifikatsiya qilish vositalarini skaner qilish yoʻli bilan isteʼmolchilarning texnik qurilmalariga (mobil qurilmalariga) oʻrnatilgan mobil ilovalar orqali;
mobil ilovalar orqali, u Administrator tomonidan ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
41. Administrator alkogol mahsulotlari isteʼmolchisiga ishlab chiqarish joyi va hozirgi vaqtda alkogol mahsulotlarini qadoqlash holati, uning maqomi haqida maʼlumot beradi.
42. Isteʼmolchi tomonidan xarid qilingan alkogol mahsulotlarining Administratordan olingan mahsulot haqidagi haqiqiy maʼlumotlariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, isteʼmolchi mobil ilova orqali MMK ATga xabarnoma yuboradi.
9-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining oʻzaro axborot hamkorligini taʼminlash
43. Tajriba loyihasini amalga oshirish va axborot oʻzaro hamkorligini taʼminlash doirasida Administrator quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ishtirokchilar reyestrini yuritish;
mahsulotlari reyestrini yuritish;
identifikatsiya qilish vositalar reyestrini yuritish;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga ularning vakolatlari doirasida reyestrlardagi maʼlumotlar taqdim etish;
alkogol mahsulotlari isteʼmolchilariga alkogol mahsulotlari va ularning maqomini identifikatsiya qilish vositasining mazmuni haqida axborot beradi.
44. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining Administrator bilan oʻzaro hamkorligi elektron raqamli imzo bilan imzolangan elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
45. Elektron hujjatlar almashinuvi aloqa kanallari orqali va shaxsiy kabinet orqali MMK ATyordamida amalga oshiriladi.
46. Elektron hujjatlardagi maʼlumotlarning, shu jumladan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari tomonidan shakllantirilgan maʼlumotlarning muvofiqligi MMK ATorqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
47. Tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri maʼlumotga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga aniqlangan nomuvofiqliklar koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboradi.
48. Alkogol mahsulotlari muomala ishtirokchilari tomonidan toʻgʻri maʼlumotga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga maʼlumotlarning MMK ATkiritilganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi.
49. Mazkur Vaqtincha nizomning 4-bobida xabarnomani yuborishning boshqa muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, ushbu boʻlimda koʻrsatilgan habarnomalar Administrator tomonidan alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga hujjat olingan kundan boshlab 2 (ikki) soat ichida avtomatik ravishda yuboriladi.
50. Habarnomalar Administratorning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
10-bob. Markirovkalash kodiga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi, alkogol mahsulotlari isteʼmol idishlariga identifikatsiya qilish vositalarini shakllantirish va qoʻyish
51. Markirovkalash kodi tarkibida quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) isteʼmol qadogʻi uchun markirovkalash kodi uchta maʼlumot guruhini oʻz ichiga oladi:
birinchi guruh 14 (oʻn toʻrt) raqamdan iborat boʻlib, identifikatsiya raqami (birinchi raqam 0 va 13 raqam GS1 kodi)ni oʻz ichiga oladi;
ikkinchi guruh 7 (yetti) belgi (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari), shuningdek, maxsus belgilardan iborat boʻlib, alkogol mahsulotlari isteʼmol idishlarini identifikatsiya qilish kodini oʻz ichiga oladi;
uchinchi guruh 8 (sakkizta) belgi (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari), shuningdek, maxsus belgilardan iborat boʻlib, tekshiruv kodini oʻz ichiga oladi;
b) guruh qadogʻi uchun markirovkalash kodi GS1 standartiga mos keladi, bir nechta majburiy maʼlumotlar guruhlarini, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi ixtiyoriga koʻra kiritilayotgan qoʻshimcha maʼlumotlar guruhlarining ixtiyoriy sonini oʻz ichiga oladi. Majburiy maʼlumotlar guruhlari GS1 standartida nazarda tutilgan quyidagi atributlar bilan identifikatsiya qilinadi:
majburiy maʼlumotlarning birinchi guruhi AI = ʻ01ʼ qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va oʻz guruh qadogʻining GTIN (14 raqam)ni oʻz ichiga oladi;
majburiy maʼlumotlarning ikkinchi guruhi AI = ʻ21ʼ qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va guruh qadogʻining identifikatsiya kodi (7 ta belgi)ni oʻz ichiga oladi;
majburiy maʼlumotlarning uchinchi guruhi AI = ʻ93ʼ qoʻllash kodi bilan identifikatsiya qilinadi va tekshiruv kodi (8 ta belgi)ni oʻz ichiga oladi;
v) transport mahsuloti uchun markirovkalash kodi GS1-128 standartiga mos keladi;
g) identifikatsiya kodida, tekshiruv kodida va tekshiruv kalitining identifikatorida foydalanishga ruxsat berilgan belgilar ABCDEFGNIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789 !"%&ʼ*+-./_,:;=<>? qatorida keltirilgan.
52. Markirovkalash kodini identifikatsiya qilish vositasiga aylantirish tajriba loyihasi ishtirokchisi — isteʼmolchi guruhi yoki transport qadogʻini yigʻuvchi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
53. Identifikatsiya qilish vositasini taqdim etish shakli quyidagi variantlardan tanlanadi:
isteʼmol idishlarini identiftikatsiya qilish vositasi DataMatrix shaklida ikki oʻlchovli shtrixli kod bilan ifodalanadi;
guruh qadogʻini identifikatsiya qilish vositasi GS1-DataMatrix shaklida ikki oʻlchovli shtrixli kod bilan ifodalanadi;
transport qadogʻini identifikatsiya qilish vositasi GS1-128 shaklida bir oʻlchamli shtrixli kod bilan ifodalanadi.
54. Shtrixli kod shaklida identifikatsiya qilish vositalari quyidagi talablarga javob beradi:
a) isteʼmol qadogʻi va guruh qadogʻi uchun kamida 0,3 millimetrli, transport qadogʻi uchun — kamida 2 millimetrli modul qoʻllaniladi;
b) identifikatsiya vositalarini tanlash yoʻli bilan soxtalashtirish ehtimoli juda kichik va har qanday holatda oʻn mingdan bir qismidan kamroq;
v) MMK AT muomaladan chiqarilmagan mahsulotlari qadogʻiga qoʻyilgan kodni takror turkumlashtirishga ruxsat bermaydi;
g) xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix ESS200 teng yoki undan yuqori boʻladi.
55. Isteʼmol, guruh va transport qadogʻiga identifikatsiya qilish vositalarini qoʻyish sifatiga qoʻyiladigan talablar:
a) ISO/IEC 15415 standartiga muvofiq C yoki undan yuqori sifat darajasi bilan qoʻyish;
b) ESS-200 xatolarni tuzatish usulidan foydalangan holda muhr bilan qoʻyish;
v) ASCII kodlashdan foydalanish.
56. Oʻqish uchun uskuna ISO/IYEC 15415 standartiga muvofiq qoʻyilgan markirovkalash kodlarini, shu jumladan ushbu boʻlimda koʻrsatilgan parametrlarni oʻqish imkonini beradi.
11-bob. MMK ATda reyestr, ariza va maʼlumotlarni tuzatish
57. Mahsulotlari reyestriga oʻzgartirish kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga ishlab chiqarilayotgan, import qilinadigan alkogol mahsulotlari yoki ularning qadoqlari toʻgʻrisida aniqlashtiruvchi maʼlumotlarni yuboradi.
58. Administrator mazkur Vaqtincha nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan, aniqlovchi maʼlumotlarga rioya qilgan holda:
mahsulotlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;
real vaqt rejimida aniqlashtiruvchi maʼlumot olingan paytdan boshlab, bu haqda tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchini xabardor qiladi.
59. Mahsulotlari reyestridan pozitsiyasini olib tashlash zarurati tugʻilgan taqdirda (masalan, bunday pozitsiya alkogol mahsulotlari bilan bogʻliq boʻlmasa), tajriba loyihasi ishtirokchisi — ushbu pozitsiyani qoʻshgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga mahsulotlari reyestridan ilgari roʻyxatdan oʻtgan alkogol mahsulotlarini chiqarib tashlash haqida maʼlumot yuboradi.
60. Administrator mahsulotlar reyestridan pozitsiyalarni real vaqt rejimida chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muvofiq boʻlgan taqdirda:
mahsulotlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi maʼlumot olingan paytdan boshlab tajriba loyihasi ishtirokchisini xabardor qiladi.
61. Markirovkalash kodlarini olish uchun ilgari berilgan arizaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchi Administratorga aniqlashtiruvchi maʼlumotni yuboradi.
Ilgari berilgan arizaga oʻzgartirishlar kiritish tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchiga topshirilgan ariza boʻyicha kodlar roʻyxati taqdim etilgunga va ularni identifikatsiya qilish vositalar reyestriga kiritgunga qadar ruxsat beriladi.
62. Markirovkalash kodlarini olish uchun ilgari topshirilgan arizaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muvofiq boʻlsa, Administrator:
dastlabki arizani bekor qiladi;
tajriba loyihasi ishtirokchisiga — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchiga undan olingan aniqlashtirishlarga muvofiq holda markirovkalash kodlarini beradi.
63. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan agregirlash amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq holda amalga oshiriladi.
64. Alkogol mahsulotlarini alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisidan boshqa ishtirokchiga berish paytida berilgan va olingan mahsulotlarining tarkibi toʻgʻrisida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda axborotni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlarini qabul qiluvchi alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga beruvchi tomonning elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi;
b) bitim tomonlari boʻlgan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchilari alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish toʻgʻrisida habarnomani shakllantiradi, har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va Administratorga mahsulot haqida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xabarnoma yuboradi:
berayotgan tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) va haqiqatda qabul qilish toʻgʻrisida habarnomada koʻrsatilgan identifikatsiya qilish vositalarida mavjud markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
birlamchi hujjatlarning rekvizitlari;
v) Administrator real vaqt rejimida maʼlumotlarni aniqlashtirish toʻgʻrisida xabarnoma olganida, identifikatsiya qilish vositalari reyestrida olingan xabarnomalardagi barcha maʼlumotlarni tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan boshqasiga mulk huquqi oʻtayotganlik holatini aks ettiradi.
65. Alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisi tomonidan ikkinchi ishtirokchiga berish paytida berilgan va qabul qilingan mahsulotlari tarkibi borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, shu jumladan qabul qiluvchi tomonda dastlabki hujjatni olishni kutmasdan turib keyinchalik alkogol mahsulotlarini sotishni amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda berayotgan tomon maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — alkogol mahsulotlarini qabul qilishni amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻgʻrisida xabar beradi hamda oʻz elektron raqamli imzosi bilan imzolangan alkogol mahsulotlarini berishda aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi;
aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotlarini berish toʻgʻrisidagi habarnoma quyidagi berilgan (qabul qilingan) alkogol mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
beruvchi tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
qabul qilingan alkogol mahsulotlari uchun identifikatsiyalash vositalarida mavjud boʻlgan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
sotib olish narxi;
qabul qilingan sana;
birlamchi hujjatlarning rekvizitlari.
b) Administrator aniqlangan nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan alkogol mahsulotlarini berish toʻgʻrisida xabarnomani olganda, real vaqt rejimida identifikatsiya qilish reyestrida qabul qilingan xabarnomalardagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotlari muomalasining bir ishtirokchisidan boshqasiga alkogol mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqining oʻtishini aks ettiradi;
v) bitim tomonlari boʻlgan alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi alkogol mahsulotlarini berish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish toʻgʻrisidagi xabarnoma shakllantiradi, har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan ushbu xabarni imzolaydi va uni Administratorga yuboradi;
g) Administrator real vaqt rejimida berish (qabul qilish) toʻgʻrisidagi xabarnoma olinganida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida xabarnomadagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotiga boʻlgan mulk huquqini bir ishtirokchidan boshqasiga oʻtish holatini aks ettiradi.
Administrator maʼlumotlarini aniqlashtirish toʻgʻrisidagi xabarnoma olinganida, real vaqt rejimida identifikatsiya qilish vositalar reyestrida xabarnomadagi barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda alkogol mahsulotiga boʻlgan mulk huquqini bir muomala ishtirokchidan boshqasiga oʻtish holatini aks ettiradi.
66. Alkogol mahsulotlari chiqarilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, alkogol mahsulotlarini import qiluvchi alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi Administratorga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan aniqlangan nomuvofiqliklar aks ettirilgan alkogol mahsulotlari chiqarilganligi toʻgʻrisidagi imzolangan xabarnomani yuboradi:
alkogol mahsulotlarini import qiluvchining STIRi;
berilgan (qabul qilingan) alkogol mahsulotlari va/yoki mahsulotlari qadoqlari uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud boʻlgan mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
nomuvofiqliklar aniqlangan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan maydonning manzili;
alkogol mahsulotlarini import qiluvchi roʻyxatdan oʻtgan va muomala ishtirokchisining mazkur mahsulot joylashtirilgan maydonining manzili;
alkogol mahsulot ishlab chiqarilgan sana;
mahsulotlari deklaratsiyasi rekvizitlari.
67. Alkogol mahsulotlarini muomalaga qayta kiritish uchun (agar alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi chakana boʻgʻindagi mahsulot muomala ishtirokchisi boʻla turib, alkogol mahsulotini keyinchalik sotish uchun chakana boʻgʻindagi boshqa ishtirokchidan sotib olgan boʻlsa) quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi (qabul qiluvchi tomon):
real vaqt rejimida alkogol mahsulotlari sotib olingan kundan boshlab, lekin ushbu mahsulotga boʻlgan mulkiy huquq oluvchidan uchinchi shaxslarga oʻtish paytidan kechiktirmay, Administratorga alkogol mahsulotlari haqida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, chakana sotishdan keyin alkogol mahsulotlari muomalasini tiklash toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi:
beruvchi tomonning STIRi;
qabul qiluvchi tomonning STIRi;
alkogol mahsulotlarining berilgan (qabul qilingan) qadoqlar uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud boʻlgan mahsulotlari identifikatsiya raqamlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
sotish (sotib olish) narxi;
berish (qabul qilish) sanasi;
fiskal hujjatning — alkogol mahsulotlari sotib olish faktini tasdiqlovchi onlayn nazorat-kassa mashinasi chekining rekvizitlari va zarurat tugʻilganda boshqa hujjatning rekvizitlari;
b) Administrator chakana sotishdan keyin alkogol mahsulotlarini muomalasi qayta tiklash toʻgʻrisidagi xabarnoma olganidan keyin 4 (toʻrt) soat ichida identifikatsiya qilish vositalari reyestrida barcha maʼlumotlarni koʻrsatgan holda xabarnomada mavjud alkogol mahsulotini muomalada tiklash va unga boʻlgan mulk huquqlarining oʻtishi holatini aks ettiradi.
68. Administratorga oldindan taqdim etilgan markirovkalash kodlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻgʻrilash va bekor qilish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga aloqa kanallari orqali yoki MMK ATyordamida alkogol mahsulotlarini olib tashlash toʻgʻrisidagi xabarnomadagi alkogol mahsulotlari haqida bir xil maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan identifikatsiya qilish vositalar reyestriga kiritilgan markirovkalash kodlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ilgari taqdim etilgan maʼlumotlarni toʻgʻrilash yoki bekor qilish uchun aniqlashtiruvchi maʼlumotlar, shuningdek, toʻgʻrilanayotgan (bekor qilinadigan) xabarnomaning rekvizitlari;
b) Administrator aniqlashtiriladigan maʼlumotlar mazkur Vaqtincha nizomda belgilangan talablariga muvofiq boʻlsa:
identifikatsiya qilish vositalari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiradigan maʼlumotlar olingan kundan boshlab, real vaqt rejimida ishtirokchini bu haqda xabardor qiladi.
69. Qayta tiklashni aniqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
a) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi Administratorga alkogol mahsulotlarini markirovkalash kodining egasi haqidagi maʼlumotni aniqlashtirish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kamchilik va ortiqcha deb hisoblangan aniqlangan markirovkalash kodlarini koʻrsatuvchi xabarnomani shakllantiradi va yuboradi:
tajriba loyihasi ishtirokchisining STIRi;
alkogol mahsulotlari isteʼmol idishining aniqlangan (yoʻq boʻlgan) birliklari uchun identifikatsiya qilish vositalarida mavjud boʻlgan markirovkalash kodlari va identifikatsiya kodlari roʻyxati;
dastlabki hujjatning rekvizitlari.
b) Administrator, maʼlumotlar oʻrnatilgan talablarga javob bersa, mazkur Vaqtincha nizomga muvofiq:
identifikatsiya qilish vositalari reyestriga oʻzgartirishlar kiritadi;
aniqlashtiruvchi maʼlumotlar olingan paytdan boshlab, real vaqt rejimida ishtirokchiga bunday oʻzgarishlar haqida xabar beradi;
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga amalga oshirilgan aniqlashtirish ishlari haqida xabar beradi.
70. Chakana sotish doirasida identifikatsiya qilish vositalar reyestriga ilgari muomalasidan chiqarilgan markirovkalash kodlari boʻyicha aniqlik kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12-bob. Administrator tomonidan tajriba loyihasi ishtirokchilariga qoʻshimcha xizmat koʻrsatish
71. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga MMK ATdagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, bunday maʼlumotlarni olish ham shaxsiy kabinetda, ham elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
72. Alkogol mahsulotlari muomalasining har bir ishtirokchisi MMK ATga berilgan asosiy maʼlumotni va Administratorning amaldagi qonunchilik doirasida boshqa ishtirokchilardan olingan maʼlumotlarni umumlashtirish natijasida olingan shaxsiy boʻlmagan maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
73. Mazkur Vaqtincha nizomda nazarda tutilgan funksiyalarni samarali ijro etishni taʼminlash uchun Administrator alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisiga uning soʻroviga binoan reyestrlarda aks ettirilgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
74. Alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi soʻrovda rasmiylashtirilgan hisobotning turi va ushbu hisobotning shakllanishi parametrlarini koʻrsatadi.
75. Administrator alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotlarni shakllantirishni taʼminlaydi:
a) alkogol mahsulotlari, shu jumladan agregatlar tarkibidagi isteʼmol, guruh va transport qadoqlarining roʻyxati:
tajriba loyihasi ishtirokchisi omboriga kelib tushgan;
alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan alkogol mahsulotlari muomalasining boshqa ishtirokchilariga berilgan;
alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan muomaladan chiqarilgan;
alkogol mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi omborida joylashgan qadoqlari.
b) alkogol mahsulotlarining muayyan qadoqlalar harakati tarixi;
v) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan tayyorlangan alkogol mahsulotlarini berish toʻgʻrisidagi xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi va yoʻqligi;
g) alkogol mahsulotlari muomalasining ishtirokchisi tomonidan Administratorga topshirilgan hujjatlar roʻyxati va mazmuni.
13-bob. Qoʻmitaning Administrator bilan axborot oʻzaro hamkorligi
76. Tajriba loyihasi ishtirokchilariga, shu jumladan Qoʻmitaga, MMK ATdagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, bunday maʼlumotlarni olish shaxsiy kabinetda ham, elektron hujjatlarni almashish orqali ham amalga oshiriladi.
Tajriba loyihasining har bir ishtirokchisi — alkogol mahsulotlari muomalasining subyekti u tomonidan MMK ATga berilgan dastlabki maʼlumotlarni hamda Administratorning amaldagi qonunchilik doirasida boshqa ishtirokchilardan olingan maʼlumotlarni umumlashtirish yoʻli bilan olingan shaxsiy boʻlmagan maʼlumotlarni olishi mumkin.
77. Qoʻmita tuzilgan shartnomalarga muvofiq Administratordan tahliliy va statistik hisobotlarni oladi:
a) Administrator Qoʻmitaga shaxsiy kabinet orqali tizimda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni koʻrish, shuningdek, maʼlumotlarni .x1s (Microsoft Exse1) formatda yuklab olish imkoniyati bilan MMK ATdan foydalanishni tayminlaydi.
b) Administrator maʼlumot (axborot) almashish imkoniyatini beradi. Koʻrsatilgan maʼlumotlar (axborotlar) tarkibi, ularni taqdim etish tartibi, shakli (formati) va muddatlari Administrator va Qoʻmita oʻrtasidagi axborot oʻzaro hamkorligi bayonnomalari bilan belgilanadi;
v) Administrator Qoʻmita tomonidan beriladigan MMK ATdagi maʼlumotlarni joylashtirishni taʼminlaydi.
78. Koʻrsatilgan maʼlumotlar (axborotlar) tarkibi, ularni taqdim etish tartibi, shakli (formati) va muddatlari Administrator va Qoʻmita oʻrtasida axborot oʻzaro hamkorligi bayonnomalari bilan belgilanadi.
Alkogol mahsulotlarini markalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtincha nizomga ILOVA
Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlarda MMK AT) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar ariza vaqtincha nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar reyestriga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar reyestridagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Administrator
Vaqtincha nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
2-bosqich. Alkogol ma?sulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda alkogol mahsulotlarni qayd etish boʻyicha arizani Administratorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni MMK AT veb-saytida shakllantiradi
Real vaqt rejimida
Administrator
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Vaqtincha nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:
arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot reyestriga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisini alkogol mahsulotlari mahsulotlar reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulotlar reyestriga kiritilgan alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun kodlarni olishga Administratorga aloqa kanallari �rqali quyidagi axborotni oʻz ichiga olgan buyurtmani yuboradi:
Mahsulot reyestriga kiritilganida alkogol mahsulotlariga berilgan mahsulot identifikatsiya raqami;
talab qilingan kodlar soni;
sana, vaqti va ishlab chiqarilgan joyi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)
Real vaqt rejimida
Administrator
Agar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar vaqtincha nizom talablariga muvofiq boʻlsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki alkogol mahsulotlari import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni AT reyestriga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Administratorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Alkogol mahsulotlarining isteʼmol qadogʻida identifikatsiya vositalarini qoʻllanilishini taʼminlaydi.
MMK ATga markirovkalash kodlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllaniladigan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Alkogol mahsulotlarining isteʼmol konteynyerlarida identifikatsiyalash vositalarini qoʻllanilganidan soʻng
4-bosqich. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning muomalasini monitoring qilish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Alkogol mahsulotlari eksport qiluvchi mamlakat hududida hamda tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin agregatsiya qilinadi.
Real vaqt rejimida
MMK AT orqali avtomatik rejimda Administratorga mahsulot kodlari, yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, palletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki tovarlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida alkogol mahsulotlar berish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
alkogol mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida tovar yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK ATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Alkogol mahsulotlarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
(import qiluvchi)
Import qilinayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin Administratorga tovarlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;
tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.
Administrator
Maʼlumotlarni olgandan keyin ularni AT reyestrida aks etilishini taʼminlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Alkogol mahsulotlarini muomaladan chiqarish
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot alkogol mahsulotlarini onlayn — kassa apparatlari mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, tajriba loyihasining ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan alkogol mahsulotlari qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Chakana savdoni amalga oshirishda tajriba loyihasining ishtirokchisi sotiladigan alkogol ma�sulotlarining isteʼmol qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiyalash vositasini qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Tajriba loyihasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal maʼlumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK ATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Alkogol mahsulotlarga realizatsiya qilingandan soʻng 24 (yigirma toʻrt) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Adm?nistrator
Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiyalash vositasi bilan markirovkalangan alkogol mahsulotlarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni AT reyestrida aks ettiriladi
Real vaqt rejimida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 4-ILOVA
Sigaretalarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha
AMALIY ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirning nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
Masʼul ijrochilar
1. Sigaretalarni markirovkalash boʻyicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini kelishish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Sigaretalarni muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan oʻzaro aloqadorligi foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalari, tekshirish qoidalari va shu bilan birga foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ
2. Ishtirokchilarni tajriba loyihasini amalga oshirishga tayyorlash tartibi
2.1.
Ishtirokchilar tarkibini aniqlash.
Tajr�ba loyihasi ishtirokchilarining tarkibini aniqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi
2.2.
Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi
2.3.
Sigaretalarni sotish mexanizmlarini oʻrganish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ Davlat soliq qoʻmitasi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi
2.4.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv treninglar tashkil etish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qoʻmitasi
3. Tajriba loyihasini boshlash uchun texnik tayyorgarlik
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK AT ni sozlash va ishga tushirish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ
3.2
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya qilish vositalarni oʻrnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK ATga ulanishini taʼminlash.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4. Tajriba loyihasini ishga tushirish
4.1
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya qilish vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.3.
Identifikatsiya qilish vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan sigaretalarnini (sigareta turini) identifikatsiya qilish vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5. Sigaretalarni ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
5.1.
Ishlab chiqariladigan sigaretalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan sigaretalarni (sigareta tovarlarni) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
Zaruriyatga koʻra
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Sigaretalarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana sav�o tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
Sigaretalarni ishlab chiqaruvchilari ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda sigaretalarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasid? taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi ishtirokchilari
6. Sigaretalarni import qiluvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
6.1.
Import qilingan sigaretalarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan sigaretalarni yorliqlash jarayonini va usullarini oʻrganish.
2020-yil fevral
Davla� soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan sigaretalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan sigaretalarni (sigareta tovarlarni) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.3..
Sigaretalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — sigaretalarni import qiluvchilari tomonidan identifikatsiya qilish vositalari orqali sigaretalarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan sigaretalarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari-sigaretalarni import qiluvchilari va ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda sigaretalarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7. Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
7.1.
Sigaretalarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan sigaretalarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.2.
NKM tizimini tajriba loyihasi talablariga mos keltirish.
Fiskal maʼlumotlar operatori va NKM texnik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan ishlatiladigan NKM modellari va axborot tizimlarini Tajriba loyihasi talablariga mos kelishini oʻrganish va zarur vaziyatlarida toʻgʻirlashini taʼminlash.
2019-yil dekabr
Fiskal maʼlumotlar operatori, Onlayn nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish markazlari, Davlat soliq qoʻmitasi
7.3.
Sigaretalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan sigaretalarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalarini boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan sigaretalarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8. Tajriba loyihasini sarhisob qilish
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
2020-yil may
Davlat soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahqamasiga yuborish.
Sigaretalarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahqamasiga maʼlumot yuborish.
2020-yil 30-iyun kuniga qadar
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga 5-ILOVA
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha
AMALIY ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Chora-tadbirning nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish muddati
Masʼul ijrochilar
1. Alkogol mahsulotlarni markirovkalash boʻyicha metodologik tajriba bazasini yaratish
1.1
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini kelishish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
1.2.
Hujjatlarning shakllari va formatlarini tasdiqlash.
Alkogol mahsulotlari muomalasi subyektlariga kiradigan tajriba loyihasi ishtirokchilarining MMK AT bilan oʻzaro aloqadorligi foydalaniladigan elektron hujjatlarning shakllari va formatlarini, shuningdek, ushbu hujjatlarni toʻldirish qoidalari, tekshirish qoidalari va shu bilan birga foydalaniladigan maʼlumotnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ
2. Ishtirokchilarni tajriba loyihasini amalga oshirishga tayyorlash tartibi
2.1.
Ishtirokchilar tarkibini aniqlash.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarining tarkibini aniqlash.
2019-yil dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi
2.2.
Ishtirokchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan yigʻilishlar tashkil etish.
Ishlab chiqaruvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qoʻmitasi
Import qiluvchilar, tarqatuvchilar va chakana savdo qiluvchilarning mavjud ishlab chiqarish, logistika va axborot tizimlarini oʻrganish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi
2.4.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini oʻqitish.
Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha seminar va oʻquv treninglar tashkil etish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ , Davlat soliq qoʻmitasi
3. Tajriba loyihasini boshlash uchun texnik tayyorgarlik
3.1.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash.
Tajriba loyihasini ishga tushirish uchun infratuzilmani tayyorlash, operator maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini oʻrnatish, MMK AT ni sozlash va ishga tushirish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ
3.2
Ishtirokchilar maydonlarida zarur identifikatsiya qilish vositalarni oʻrnatish.
Tajriba loyihasining ishtirokchilari maydonida zarur identifikatsiya qilish vositalari komponentlarini oʻrnatish va MMK ATga ulanishini taʼminlash.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4. Tajriba loyihasini ishga tushirish
4.1
Tajriba loyihasini ishga tushirish.
Tajriba loyihasining har bir bosqichini boshlash, mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.2.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilarini identifikatsiya qilish vositalarida roʻyxatga olish (ishlab chiqaruvchilar, ulgurji sotuvchilar, chakana sotuvchilar).
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
4.3.
Identifikatsiya qilish vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqarish yoki muomalasi amalga oshiriladigan alkogol mahsulotlarni (alkogol mahsulotlarni turlarini) identifikatsiya qilish vositalarida roʻyxatdan oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5. Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
5.1.
Ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlarni MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
5.2.
Mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan alkogol mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalari orqali markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
5.3.
Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga yetkazish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
Alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilari ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6. Alkogol mahsulotlarni import qiluvchilari tomonidan mahsulotlarni markirovkalash va kelgusida kuzatish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
6.1.
Import qilingan alkogol mahsulotlarni yorliqlash jarayoni va usullarini aniqlash.
Respublika hududiga import qilinayotgan alkogol mahsulotlarni yorliqlash jarayonini va usullarini oʻrganish.
2020-yil fevral
Davlat soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.2.
Import qilinadigan alkogol mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Tajriba loyihasi davomida import qilinadigan alkogol mahsulotlarni (alkogol tovarlarini) MMK ATda roʻyxatdan oʻtkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, t�jriba loyihasi ishtirokchilari
6.3..
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari — alkogol mahsulotlarni import qiluvchilari tomonidan identifikatsiya qilish vositalari orqali alkogol mahsulotlarni markirovkalash mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
6.4.
Import qilingan alkogol mahsulotlarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari- alkogol mahsulotlarni import qiluvchilari va ulgurji boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari bilan birgalikda alkogol mahsulotlarni ulgurji savdo tashkilotlariga berish va chakana savdo tashkilotlari oʻrtasida taqsimlashni sinov tarzda oʻtkazish.
2020-yil fevral
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7. Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan alkogol mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmlarini sinov tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish
7.1.
Alkogol mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
Ulgurji va chakana boʻgʻin muomalasining ishtirokchilari tomonidan Alkogol mahsulotlarni isteʼmolchilarga yetkazish mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.2.
NKM tizimini tajriba loyihasi talablariga mos keltirish.
Fiskal maʼlumotlar operatori va NKM texnik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan ishlatiladigan NKM modellari va axborot tizimlarini tajriba loyihasi talablariga mos kelishini oʻrganish va zarur vaziyatlarida toʻgʻirlashini taʼminlash.
2019-yil dekabr
Fiskal maʼlumotlar operatori, Onlayn nazorat-kassa mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish markazlari, Davlat soliq qoʻmitasi
7.3.
Alkogol mahsulotlarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda amalga oshirish.
Chakana boʻgʻin muomalasi ishtirokchilari tomonidan alkogol mahsulotlarni muomaladan chiqarish mexanizmini sinov tarzda oʻtkazish.
2019-yil dekabr
“CRPT TURON” MChJ tajriba loyihasi ishtirokchilari
7.4.
Tajriba loyihasi yuzasidan dastlabki natijalarini boʻyicha uchrashuv oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan alkogol mahsulotlarni markirovkalash tizimining dastlabki natijalarini sarhisob qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazish.
2020-yil yanvar
Davlat soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8. Tajriba loyihasini sarhisob qilish
8.1.
Tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
Tajriba loyihasi ishtirokchilari bilan tajriba loyihasi natijalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish.
2020-yil may
Davlat soliq qoʻmitasi, “CRPT TURON” MChJ, tajriba loyihasi ishtirokchilari
8.2.
Tajriba loyihasi natijalari yuzasidan hisobotni Vazirlar Mahqamasiga yuborish.
Alkogol mahsulotlarni markirovkalash tizimining tajriba loyihasi natijalari haqida Vazirlar Mahqamasiga maʼlumot yuborish.
2020-yil 30-iyun kuniga qadar
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/944/4067-son)