Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.02.2005
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KADASTRLARI YaGONA TIZIMINI TAShKIL ETISh VA UNI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi, Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan Davlat nazorati to‘g‘risidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 31-yanvardagi 44-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (1-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan va tegishli davlat va tarmoq kadastrlarini yuritish to‘g‘risidagi nizomlardagi turlar, hajmlar va muddatlarda zarur ma’lumotlarni “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga taqdim etsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-son qarori tahririda)
3. “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi mavjud kadastrlarni takomillashtirish va yangilarini tashkil etishga oid tadbirlarning (3-ilova*) bajarilishini ta’minlasin.
* Ilova berilmaydi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 17-iyul,
255-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
17-iyuldagi 255-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) davlat va tarmoq kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko‘p maqsadli axborot tizimidir. Davlat kadastrlari yagona tizimida belgilangan chegaralardagi yer ustining har bir hisobga olingan kadastr uchastkasiga hujjatlashtirilgan ma’lumotlar hamda yer, suv, o‘rmon, foydali qazilmalar, binolar, inshootlar va boshqalardan iborat tabiiy va xo‘jalik resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning geografik o‘rni, huquqiy va xo‘jalik maqomi ko‘rsatilgan holda, mavjud bo‘lishi kerak.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori tahririda)
2. Davlat kadastrlari yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-iqtisodiy potensialini yagona umumdavlat, yaxlit va kompleks hisobga olishni, baholashni ta’minlash maqsadida tashkil etiladi va yuritiladi.
3. Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq munosabatlar qonunchilik va normativ hujjatlar bilan, shuningdek mazkur Nizom bilan tartibga solib boriladi.
4. Belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan obyektlar va yer uchastkalarining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, topografiya-geodeziya materiallari, statistik hisobga olish ma’lumotlari, davlat va tarmoq kadastrlari ma’lumotlari Davlat kadastrlari yagona tizimining asosini tashkil etadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida hududlarni kompleks baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar ham jamlanadi.
5. Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan hududlar va ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va asoslashlar bilan tezkor ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
6. Davlat kadastrlari yagona tizimining ma’lumotlari va asoslashlari davlat boshqaruvining barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga egadir. Kadastr hujjatlari mulkchilik va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi obyektlar to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlarning asl manbai sifatida qabul qilinishi kerak.
7. Quyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimining obyektlari hisoblanadilar:
tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, foydali qazilmalar va b.);
binolar va inshootlar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari;
geodeziya tarmog‘i shoxobchalari;
Davlat kadastrlari yagona tizimi vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa elementlar.
8. Davlat kadastrlari yagona tizimi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar respublika uchun yagona texnologiya (1-ilova) bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yer kadastri bo‘yicha — joylardagi davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat suv kadastri bo‘yicha — “Gidrometeorologiya xizmati markazi” (tabiiy suv manbaalari), Davlat geologiya qo‘mitasi (yer osti suvlari), Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va yerlarning meliorativ holati);
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha — Davlat o‘rmon qo‘mitasi;
foydali qazilma konlari davlat kadastri bo‘yicha — Davlat geologiya qo‘mitasi;
alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar kadastri bo‘yicha — Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston FA;
hayvonot dunyosi, o‘simliklar, baliqlar kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston FA;
Oldingi tahrirga qarang.
binolar va inshootlar kadastri bo‘yicha — joylardagi davlat hokimiyati organlari va “O‘zgeodezkadastr” Bosh boshqarmasi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarori tahririda)
davlat shaharsozlik kadastri bo‘yicha — joylardagi davlat hokimiyati organlari va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan takdim etiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi kadastrlar tarkibi qonunchilikka muvofiq kengaytirilishi mumkin.
Davlat va tarmoq kadastrlarini joriy etish tartibi tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
9. Davlat kadastrlari yagona tizimi axborotidan:
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va prognozlarini tuzish;
tabiiy resurslar va ko‘chmas mulkni kompleks hisobga olish, baholash va monitoring qilish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vazifalarini hal etish;
xo‘jalik yuritish subyektlarining tabiiy obyektlar va hududlarga yetkazgan zararlarini baholash;
hududlar haqida ma’lumotlar talab qiluvchi boshqa faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida foydalaniladi.
10. Davlat kadastrlari yagona tizimi o‘zi haqidagi Nizomga muvofiq faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasining Davlat kadastri xizmati tomonidan joriy etiladi.
11. Quyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning barcha hududlarini qamrab olish;
markazlashgan rahbarlik (2-ilova);
kadastr axborotlarini ishlab chiqish va taqdim etish texnologiyasining birligi;
kadastr tizimlari barcha turlarini yer kadastri negizida shakllantirish;
avtomatlashtirilgan geoaxborot texnologiyalarini qo‘llanish;
ma’lumot va asoslarning obyektivligi, to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi;
axborotlarni to‘ldirib va yangilab borishdagi uzluksizlik;
cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarning maxfiyligi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Amaldagi kadastrlar va axborotlar tizimi doirasida — olingan obyektlarning hisobi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijalari Davlat kadastrlari yagona tizimiga “O‘zgeodezkadastr” tomonidan va tegishli davlat va tarmoq kadastrlarini yuritish to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadigan tartibda vazirliklar va idoralar tomonidan bepul beriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-son qarori tahririda)
13. Davlat kadastri xizmatining va ma’lumotlarni taqdim etuvchi organlarning mansabdor shaxslari Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlarining ishonchliligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
14. Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq ishlar davlat budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Nizomga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlari yagona tizimi
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(Nizomning 1-ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda)
Nizomga
2-ILOVA
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(Nizomning 2-ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qarori tahririda)
Davlat va tarmoq kadastrlari
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 7-son, 21-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 179-modda)