O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikada simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
697-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 697-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshidagi “ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilgan deklaratsiyasi bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. 7-bandning:
yettinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi miqdori” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti” jadvalining:
4 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
9. |
Ma’lumotlarni simsiz uzatish (2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastotalari polosalaridagi wi-fi texnologiyalari bundan mustasno) |
70 |
”. |
3. 8-banddagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Izoh. 2-bandning ikkinchi xatboshi va 3-band 2019-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/697/3599-son)