1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatida maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlmagan mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurishning asosiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar badal puli tashkilot faoliyati yoʻlga qoʻyilgan kundan boshlab 5 yil davomida 50 foiz miqdorida oʻrnatiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maktabgacha taʼlim tashkilotlari qurilishini belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil va keyingi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni ajratilishini nazarda tutsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarini qoʻllagan holda, qatʼiy namunaviy loyihaga asoslanadi;
tashqi muhandislik aloqa tarmoqlari va ichki avtomobil yoʻllari, bunyod etilayotgan obyektlar hududidan oʻtuvchi suv taʼminoti va oqava suv tarmoqlari qurilishi Namangan viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi ― buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) natijasida aniqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― transport vaziri A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
696-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 696-son qaroriga ILOVA
2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatida maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlmagan mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
T/r
Maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi rejalashtirilayotgan mahalla fuqarolar yigʻini nomi
3 ― 7 yoshli bolalar
soni
Maktabgacha taʼlim tashkiloti sigʻimi
Qurish muddati
Hisoblangan qiymati
(mln soʻm)
1.
Namangan shahar “Gʻishtkoʻprik” MFY
352
180
2020-yil
5 580,0
2.
Namangan shahar “Sumalak guzari” MFY
380
180
2020-yil
4860,0
3.
Namangan shahar “Uchqun” MFY
549
240
2020-yil
6720,0
4.
Namangan shahar “Majnuntol” MFY
401
240
2020-yil
6720,0
5.
Namangan tuman “Xoʻjaqishloq” MFY
385
180
2020-yil
5400,0
6.
Uychi tuman “Churtuk” MFY
480
240
2020-yil
6720,0
7.
Namangan shahar “Sharshara” MFY
389
180
2021-yil
5 220,0
8.
Namangan shahar “Yangi qurilish” MFY
624
240
2021-yil
6720,0
9.
Namangan shahar “Namangan shahar” MFY
197
120
2021-yil
3360,0
10.
Kosonsoy tuman “Chindovul” MFY
492
240
2021-yil
6720,0
11.
Namangan tuman “Ibrat” MFY
382
180
2021-yil
5220,0
12.
Uychi tuman “Mashad” MFY
510
240
2021-yil
6720,0
13.
Namangan shahar “Madaniy-maorif” MFY
373
180
2022-yil
5 040,0
14.
Namangan shahar “Sohibkor” MFY
305
120
2022-yil
3600,0
15.
Namangan shahar “Haqiqat” MFY
428
240
2022-yil
6720,0
16.
Kosonsoy tuman “Hurriyat” MFY
972
360
2022-yil
9720,0
17.
Namangan tuman “Dehqonobod” MFY
162
120
2022-yil
3600,0
18.
Uychi tuman “Ovchibuloq” MFY
510
240
2022-yil
6720,0
Jami
7891
3720
105 360,0
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2019-y., 09/19/696/3594-son)