|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.08.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirish va ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida orqada qolayotgan tuman va shaharlarda, yer uchastkalari ajratish mexanizmlarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-avgust,
653-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-avgustdagi 653-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 1-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2019-y., 09/19/653/3535-son; 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son)