Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3172]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 11-iyundagi 2018-52-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3023, 2018-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 25-son, 504-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyul,
2019-45-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qaroriga
ILOVA
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish mezonlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom soliq maʼmuriyatchiligini amalga oshirish maqsadida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan mezonlar asosida aniqlanadigan yirik soliq toʻlovchi yuridik shaxslar toifasiga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3172-1, 10.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son)
3. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlari
4. Quyidagilar yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz toʻlanadigan xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, bundan alkogol va pivo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mustasno;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda ularning taʼsischiligidagi tashkilotlar;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
d) mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 735 ming baravaridan yuqori boʻlgan yoki ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr yakuni boʻyicha ushbu miqdordan oshgan hamda xodimlar soni oʻrtacha yillik 10 nafardan kam boʻlmagan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari), bundan paxta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar mustasno;
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) uglevodorod hom ashyosi va mineral resurslarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yuridik shaxslar va ularga tovar (ish va xizmat) yetkazib beruvchi chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari), bundan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchalari mustasno;
(4-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 24 centyabrdagi 2021-37-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-2, 267.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son)
j) Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻidan yoʻlovchilarni tashish maqsadlarida foydalanuvchi, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi va ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3172-1, 10.01.2020-y.) asosan “e” va “j” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 24 centyabrdagi 2021-37-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3172-2, 267.10.2021-y.) asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yirik soliq toʻlovchilar toifasini belgilashda, mazkur Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxslar oʻtgan kalendar yil yakuni yoki ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr boʻyicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi koʻrsatkichlariga asosan aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-1, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi, bundan mazkur mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holatlar mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-sonli qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 01.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar uch oydan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yirik soliq toʻlovchilar roʻyxatiga kiritilgan yoki roʻyxatidan chiqarilgan yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan tegishli buyruq qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 175-moddasi.
9. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. QUCHKAROV
2019-yil 8-iyul
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
2019-yil 8-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 8-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/3172/3414-son; 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son; 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)