1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5139-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini kuchaytirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) boshqaruv kadrlarini tayyorlash davlat, xoʻjalik va jamiyat boshqaruvining talab etilgan va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha grant va toʻlov-kontrakt asoslarida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yillik va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik magistraturaning taʼlim dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi;
Akademiya magistraturasiga va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan shaxslar orasidan, joylarda nomzodlarni birlamchi saralab olish va keyinchalik Akademiyada test sinovlari va suhbat oʻtkazish yoʻli bilan tanlov asosida amalga oshiriladi;
Akademiya magistraturasi va qayta tayyorlash kurslari tinglovchiligiga nomzodlar uchun qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi;
b) Akademiya magistraturasi va qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilarini rahbarlik lavozimlariga taqsimlash choralarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyatining umumiy muvofiqlashtirishi ostida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
v) boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda amalga oshiriladi hamda innovatsion davlat boshqaruvi, strategik rejalashtirish va prognozlashtirish (foresight), davlat xizmatlarini takomillashtirish, aqlli boshqaruv va raqamlashtirish sohasidagi oʻquv dasturlarini oʻz ichiga oladi.
2. Akademiya tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda respublika nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida Akademiyaga 2019/2020 oʻquv yili uchun qabul kvotalari shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2019/2020 oʻquv yili uchun qabul kvotalari:
1-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Akademiya magistraturasi uchun 90 nafar, shu jumladan davlat grantlari asosida — 36 nafar va toʻlov-kontrakt asosida — 54 nafar;
2-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Akademiya magistraturasi uchun 30 nafar, shu jumladan davlat grantlari asosida — 12 nafar va toʻlov-kontrakt asosida — 18 nafar;
3-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Akademiya boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslari uchun 60 nafar, shu jumladan davlat grantlari asosida — 24 nafar va toʻlov-kontrakt asosida — 36 nafar;
4-ilovaga muvofiq, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Akademiya boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslari uchun 90 nafar, shu jumladan davlat grantlari asosida — 36 nafar va toʻlov-kontrakt asosida — 54 nafar etib belgilansin.
4. Akademiya rektoriga nomzodlarning yakuniy bahosini hisobga olgan holda Akademiyaga qabul qilish parametrlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
5. Akademiyaning magistraturasi va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga davlat grantlari asosida qabul qilingan shaxslarning tahsil olishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
6. Akademiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini:
boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish;
vazirlik va idoralar xususiyatidan kelib chiqqan holda malaka oshirish kurslarining kamida 30 ta oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasida davlat organlari ehtiyojlari asosida xorijiy mamlakatlarda oʻqitish uchun istiqbolli kadrlar maʼlumotlar bazasini yaratish;
b) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari R.S. Qosimov va U.S. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-iyun,
PQ-4365-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4365-son qaroriga 1-ILOVA
2019/2020 oʻquv yili uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi uchun
QABUL KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar
36
13
23
Hududlar
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
5
2
3
3.
Andijon viloyati
2
1
1
4.
Buxoro viloyati
4
2
2
5.
Jizzax viloyati
2
1
1
6.
Qashqadaryo viloyati
4
2
2
7.
Navoiy viloyati
4
2
2
8.
Namangan viloyati
4
2
2
9.
Samarqand viloyati
4
2
2
10.
Sirdaryo viloyati
2
1
1
11.
Surxondaryo viloyati
7
2
5
12.
Toshkent viloyati
6
2
4
13.
Fargʻona viloyati
2
1
1
14.
Xorazm viloyati
2
1
1
15.
Toshkent shahri
6
2
4
Hududlar boʻyicha jami:
54
23
31
Umumiy kvota:
90
36
54
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4365-son qaroriga 2-ILOVA
2019/2020 oʻquv yili uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi uchun
QABUL KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar
10
2
8
Hududlar
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2
1
1
3.
Andijon viloyati
2
1
1
4.
Buxoro viloyati
1
1
–
5.
Jizzax viloyati
1
–
1
6.
Qashqadaryo viloyati
1
1
–
7.
Navoiy viloyati
1
–
1
8.
Namangan viloyati
2
1
1
9.
Samarqand viloyati
2
1
1
10.
Sirdaryo viloyati
1
1
–
11.
Surxondaryo viloyati
2
1
1
12.
Toshkent viloyati
2
1
1
13.
Fargʻona viloyati
1
–
1
14.
Xorazm viloyati
1
1
–
15.
Toshkent shahri
1
–
1
Hududlar boʻyicha jami:
20
10
10
Umumiy kvota:
30
12
18
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4365-son qaroriga 3-ILOVA
2019/2020 oʻquv yili uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslari uchun
QABUL KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar
20
5
15
Hududlar
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
4
2
2
3.
Andijon viloyati
1
1
–
4.
Buxoro viloyati
2
1
1
5.
Jizzax viloyati
5
2
3
6.
Qashqadaryo viloyati
2
1
1
7.
Navoiy viloyati
2
1
1
8.
Namangan viloyati
4
2
2
9.
Samarqand viloyati
2
1
1
10.
Sirdaryo viloyati
1
1
–
11.
Surxondaryo viloyati
7
2
5
12.
Toshkent viloyati
3
1
2
13.
Fargʻona viloyati
1
1
–
14.
Xorazm viloyati
1
1
–
15.
Toshkent shahri
5
2
3
Hududlar boʻyicha jami:
40
19
21
Umumiy kvota:
60
24
36
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4365-son qaroriga 4-ILOVA
2019/2020 oʻquv yili uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslari uchun
QABUL KVOTALARI
T/r
Nomi
Jami
Grant
Kontrakt
Davlat hokimiyati organlari
1.
Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar
36
13
23
Hududlar
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
5
2
3
3.
Andijon viloyati
2
1
1
4.
Buxoro viloyati
4
2
2
5.
Jizzax viloyati
2
1
1
6.
Qashqadaryo viloyati
4
2
2
7.
Navoiy viloyati
4
2
2
8.
Namangan viloyati
4
2
2
9.
Samarqand viloyati
4
2
2
10.
Sirdaryo viloyati
2
1
1
11.
Surxondaryo viloyati
7
2
5
12.
Toshkent viloyati
6
2
4
13.
Fargʻona viloyati
2
1
1
14.
Xorazm viloyati
2
1
1
15.
Toshkent shahri
6
2
4
Hududlar boʻyicha jami:
54
23
31
Umumiy kvota:
90
36
54
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2019-y., 07/19/4365/3341-son)