Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.03.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi mehnat faoliyati to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarorining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish qismiga muvofiq va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2-ilova).
2. Belgilab qo‘yilsinki, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun to‘lov undiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligi mehnat faoliyati ko‘rsatish uchun ruxsatnomalar olingandan so‘ng chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish va mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolariga kirish vizalarini berish hamda muddatini uzaytirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish to‘g‘risida” 1993-yil 14-iyuldagi 353-son qarori 2-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshlari va 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 19-oktabr,
408-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 239-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
nizom
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) shartlari va tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
2. Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish ruxsatnomasi respublika hududida ishlash uchun yollanadigan xorijiy xodimlarning umumiy va kasblar guruhi bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p sonini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi xorijiy fuqaro 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha va ish beruvchi tomonidan olingan ruxsatnoma asosida uning nomiga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi bo‘lgandagina O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlashi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ruxsatnomalar o‘zbekistonlik yuridik shaxslarga, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek o‘z shaxsiy xo‘jaligida yollangan xodimlar mehnatidan foydalanuvchi (bundan buyon “ish beruvchi” deyiladi) ayrim o‘zbekistonlik va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi xorijiy jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Bunda xorijiy xodimlar mehnat faoliyatlarining davom etish muddati ruxsatnomaning amalda bo‘lish vaqtidan oshib ketmasligi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
5. Ruxsatnoma berish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ruxsatnoma (tasdiqnoma) berganlik va uning muddatini uzaytirganlik uchun belgilangan tartibda to‘lov undiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
7. Ruxsatnoma olish uchun ish beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni topshiradi:
ariza;
kontrakt loyihasi yoki xorijiy fuqarolar yoxud chet el firmalari bilan tuzilgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari to‘g‘risidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
xorijiy mutaxassisga berilgan fotosuratli anketa;
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘langanligi haqidagi bank (kassa) hujjati;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
“VICh-infeksiya” yo‘qligi to‘g‘risida sertifikat.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Agentlik ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
8. Agentlik xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bo‘sh ish joylarini egallash bo‘yicha ustunlik huquqlari prinsipidan, so‘ralayotgan joyda qadri bir xil ishchi kuchlari borligidan kelib chiqishi kerak.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ushbu talab O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat turizm qo‘mitasi deb ataladi) iltimosnomalari bo‘yicha turizm sohasida ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
9. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Yuqori malaka va ishlab chiqarish faoliyatida noyob tajribaga shuningdek Davlat turizm qo‘mitasining iltimosnomalari bo‘yicha turizm sohasiga ishga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar ish beruvchi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 15 kun mobaynida beriladi. Bunda, xorijiy fuqaroning yuqori malaka va ishlab chiqarish faoliyatidagi noyob tajribasi ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
10. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi asoslangan qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingandan so‘ng bir hafta muddatda yuboriladi.
Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanishga ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizaning takroriy ko‘rib chiqishda Xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanishga ruxsatnoma berishning ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
11. Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi, mehnat kontrakti muddatini uzaytirish tomonlarning roziligiga ko‘ra va ish beruvchining mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni berishi asosida, mehnat shartnomasining amalda bo‘lish muddati tugagunga qadar, amalga oshiriladi.
12. Ish beruvchidagi ruxsatnoma boshqa ish beruvchilarga berilmasligi kerak. Ruxsatnoma asosida jalb qilinadigan xorijiy xodimlar boshqa ish beruvchiga ishlash uchun o‘tkazilishi mumkin emas.
13. Ruxsatnoma blankida: ruxsatnoma bergan organning nomi, ruxsatnoma berilgan ish beruvchining nomi va manzili, uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ushbu shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligi, faoliyatining turi, ruxsatnoma amalda bo‘ladigan hudud, amalda bo‘lish muddati, 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha uzaytirish vaqti ko‘rsatiladi. Ruxsatnoma Agentlik rahbari tomonidan vakil qilingan mas’ul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
14. Ish beruvchi ruxsatnomada ko‘rsatilgan mazkur Nizom shartlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganda, buning oqibatida xorijiy mutaxassislarning huquqlari jiddiy kamsitilgan hollarda Agentlik yo‘l qo‘yilgan buzilishlar bartaraf etilgunga qadar ruxsatnomani to‘xtatib qo‘yishi yoki ularni muayyan muddatda bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma berishi mumkin. Buzilishlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ruxsatnoma Agentlik qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
(13-14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va mazkur Nizomni buzgan holda ishga qabul qilingan xorijiy mutaxassislar ish beruvchi mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuboriladilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 216-modda)
16. Agentlik xorijiy mutaxassislarni hisobga olishni amalga oshiradi, xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning va mehnat shartlarining qonuniyligini tekshiruvdan o‘tkazadi. Yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini va ichki ishlar hududiy organlarini xorijiy mutaxassislarning soni, kasb-malaka tarkibi, bo‘lish muddatlari haqida xabardor qilib turadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
17. Ruxsatnomalar berishning mazkur Nizom bilan belgilangan majburiy tartibi, shuningdek, mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanmaydi:
a) diplomatik va konsullik muassasalarining, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik maqomdan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
(17-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
v) 3 oygacha muddatga keladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan yoki tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalar yoki firmalarning ta’sischilari yoki paychilari hisoblanadiganlarga.
g) Davlat turizm qo‘mitasining iltimosnomalari bo‘yicha turizm sohasida ishlashga 3 oygacha muddatga jalb etiladigan mutaxassislarga.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-son qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Ko‘rsatilgan tartib quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan ham qo‘llanmaydi:
davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston hududidagi muassasalarda ishlovchi fan va madaniyat arboblariga;
ta’til vaqtida O‘zbekiston oliy kasb ta’limi ta’lim muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalarga;
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilingan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlariga;
(17-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
(17-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
O‘zbekiston akademiyalari va oliy kasb ta’limi ta’lim muassasalarida ma’ruzalar kursini o‘qish va boshqa ishlar uchun jalb qilingan ma’ruzachilar va yo‘riqchilarga;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga ko‘ra ishga joylashtirishning boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi
kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi
to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi

‎‎________________________________________________

(mehnat bo‘yicha hududiy organ nomi)‎‎‎

‎‎________________________________________________‎

‎‎(name of the regional labour organization)‎

MEHNAT FAOLIYATI HUQUQI TASDIQNOMA‎‎‎SI

‎‎CONFIRMATION FOR THE EMPLOYMENT

Surat
‎‎

‎‎O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq‎ fuqarosi _____________________________________

(fuqaro mamlakati‎)

‎‎________________________________________________________________ga
‎‎___________________________________________________________________________‎

(pasporti to‘g‘risida ma’lumot�ar)

____________________________________dan________________________________gacha
‎‎‎‎‎___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi, yuridik manzili yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti ma’lumotlari)

‎‎_________________________da ishlash (ishlash muddatini uzaytirish) huquqi beriladi.
‎‎Tasdiqnoma amalda bo‘ladigan hudud______________________________________________‎

Tasdiqnoma ko‘rsatib o‘tilgan ish beruvchida‎‎________________________________________

(kasbi, lavozimi)‎

sifatida‎ kasb faoliyatini amalga oshirish uchun haqiqiydir.
_____________________________________tomonidan berildi.‎

(mehnat bo‘yicha hududiy organ nomi)

Imzo‎

Muhr

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga
ruxsatnoma

______________________‎

______________________‎

(mehnat bo‘yicha hududiy organ nomi va manzili)‎

(name of the regional labour organization and its address)‎

Xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga‎‎

RUXSATNOMA

LICENSE‎‎ No.

№___‎

199_y. “___”_________‎

Ish beruvchi___________________________________________________________
Employer ‎‎(yuridik shaxs uchun: nomi va manzili, jismoniy shaxs
‎‎_______________________________________________________
uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, uy manzili)‎‎‎
Ish beruchi tomonidan jalb etilayotgan shaxs______________________________
Employer

‎‎(ish joyi, lavozimi)

Fuqaroligi‎ pasport №____________‎
Citisenship‎ Passport No.
‎Ruxsatnoma berilishi uchun asos______________________________________
‎‎(tuman mehnat birjasining taklifi)
‎‎Berilgan muddat___________________dan _________________gacha
Date of issue

(yil, oy, kun)

(yil, oy, kun)

Muddati uzaytirilgan‎‎___________________________________gacha
Extended‎
Alohida shartlar‎‎__________________________________________
Specifications‎
Imzo Muhr
Signature Seal
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 10-son, 41-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 21-son, 216-modda; 24-son, 239-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda, 29-son, 693-modda, 37-son, 990-modda)