1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) oʻrtasida 2018-yil 28-dekabrda “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun qiymati 145,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz bitimi imzolandi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish orqali 27,3 million AQSH dollarini tashkil etadi;
loyihani amalga oshirish muddati sakkiz yil (2019 — 2026-yillar) etib belgilangan.
(1-band toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PQ-114-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari texnik-iqtisodiy asoslari 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTB qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlash prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida OTB qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimoti prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.11.00 Suvdan foydalanuvchilar birlashmalari (uyushmalari, assotsiatsiyalari)]
loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MCHJ loyihani amalga oshirish, OTB qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
loyihani amalga oshirish davrida OTB qarzi boʻyicha foizlarni toʻlash OTB qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
OTB qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar 2023-yildan boshlab “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MCHJ va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti mablagʻlari hisobidan ulushlarni 3-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining isteʼmoli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MCHJ bilan OTB qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim) imzolash vakolati berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qarz bitimi hamda Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha yuridik xulosa bersin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi]
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi zimmasiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslari parametrlariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish;
OTB qarzidan maqsadli foydalanish va Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq OTB qarzini soʻndirish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash uchun “Tuyamoʻyin — Nukus” MSQFB tomonidan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi suv quvurlari inshootlari va tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
8. Loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish vazifasi “Oʻzsuvtaʼminot” AJga uni sohaga ixtisoslashgan mutaxassis bilan qoʻshimcha butlangan holda yuklatilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har yili rivojlantirish davlat dasturlari parametrlarini shakllantirishda loyihani belgilangan tartibda tegishli yil uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2023-yildan boshlab, keyingi yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” MCHJ mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti parametrlarida OTB qarzi boʻyicha foizlarni toʻlash, asosiy qarzni soʻndirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
11. Loyihani amalga oshirish doirasida:
OTB qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan majburiy ajratmalar va toʻlovlardan;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — yuridik shaxslar — daromad soligʻi toʻlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — jismoniy shaxslar-jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod etilsin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi ekanligi belgilab qoʻyilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-aprel,
PQ-4271-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi PQ-4271-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari texnik-iqtisodiy asoslari
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi PQ-4271-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTB qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlash
Izoh. Investitsiya davridagi qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy xarajatlar OTB hisobidan qoplanadi va asosiy qarzga kapitalizatsiya qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi PQ-4271-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida OTB qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimoti
PROGNOZI
Yillar
“Tuyamoʻyin-Nukus” MSQFB ulushi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining ulushi
2023
0,0%
100,0%
2024
2,8%
97,2%
2025
29,5%
70,5%
2026
30,8%
69,2%
2027
31,9%
68,1%
2028
33,1%
66,9%
2029
34,1%
65,9%
2030
35,3%
64,7%
2031
39,1%
60,9%
2032
43,0%
57,0%
2033
47,5%
52,5%
2034
52,3%
47,7%
2035
57,8%
42,2%
2036
63,8%
36,2%
2037
70,5%
29,5%
2038
78,0%
22,0%
2039
86,3%
13,7%
2040
95,0%
5,0%
2041
100,0%
0,0%
2042
100,0%
0,0%
2043
100,0%
0,0%
Izoh. Har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda “Tuyamoʻyin-Nukus” MSQFBning moliyaviy holatidan kelib chiqib OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushiga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib mazkur korxonaning ulushi oʻzgarishi mumkin.