

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.07.2020
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4312236" id="onLBC-4312236">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC6905"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4312236" id="onLS-4312236">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4312477" id="-4312477">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4312478" id="-4312478">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4312480" id="-4312480">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4312482" id="-4312482"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4915944" id="-4915944">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-4908774?ONDATE=24.07.2020 00#-4909132">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312484" id="-4312484">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-4193068">Farmonining </a>ijrosini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312486" id="-4312486">1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafar boʻlgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tuzilmasi <a href="/uz/acts/-4312236#-4312564">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312488" id="-4312488">Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, Inspeksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312490" id="-4312490">2. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312491" id="-4312491">Inspeksiya respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312492" id="-4312492">Inspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312494" id="-4312494">Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Inspeksiya boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312496" id="-4312496">Inspeksiya boshligʻi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312498" id="-4312498">3. Inspeksiya xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyalash shartlari tatbiq etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312500" id="-4312500">4. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312501" id="-4312501">5. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312502" id="-4312502">a) quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312503" id="-4312503">alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarning noqonuniy aylanmasi uchun toʻlanadigan jarima summasining 50 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312504" id="-4312504">etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312505" id="-4312505">etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun toʻlanadigan yigʻimlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312506" id="-4312506">Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan tushadigan alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar ajratmalari summasining 10 foizi miqdoridagi tushumlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312507" id="-4312507">xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312508" id="-4312508">qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312509" id="-4312509">b) Jamgʻarma mablagʻlaridan Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda ularga qoʻshimcha haq toʻlash, Inspeksiya markaziy apparatini taʼminlash, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312510" id="-4312510">6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Inspeksiyani unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312511" id="-4312511">7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312512" id="-4312512">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312513" id="-4312513">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312514" id="-4312514">8. Inspeksiya ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312515" id="-4312515">isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312516" id="-4312516">isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlil tavakkali” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312517" id="-4312517">9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312518" id="-4312518">2022-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida Inspeksiyani taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312519" id="-4312519">Inspeksiyaga 4 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash limitini belgilasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312520" id="-4312520">Inspeksiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra maʼmuriy binosini taʼmirlashga va uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilishga zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312521" id="-4312521">10. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar quyidagilarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312522" id="-4312522">texnik va tibbiy etil spirtidan oziq-ovqat maqsadlarida foydalanishning oldini olishga doir chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312523" id="-4312523">xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda isteʼmol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yagona texnologik va texnik reglament.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312524" id="-4312524">11. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (bundan keyin — hisobga olish axborot tizimi) joriy etishni taʼminlansin, bunda quyidagilar koʻzda tutilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312525" id="-4312525">2019-yil 1-sentabrdan boshlab mulkdorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatish. Bunda oʻlchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarining tiplari va turlari Inspeksiya tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312526" id="-4312526">2019-yil 1-oktabrga qadar “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ tomonidan hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312527" id="-4312527">2020-yil 1-yanvarga qadar hisobga olish axborot tizimini oʻzaro axborot almashinuvini oʻrnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312528" id="-4312528">2019-yil 31-dekabrga qadar isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarni, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligini uzumzorlarning yagona reyestrini yuritish hamda uzum, meva va rezavorlardan alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun hisobga olish axborot tizimiga ulash. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312532" id="-4312532">12. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312535" id="-4312535">Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 50 foiz hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 50 foiz — hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312539" id="-4312539">2019-yil 1-iyundan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tovar-transport hujjatlari va tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnomalar bilan birga olib boriladigan elektron hisob-fakturalarni yuritishga majburiy tartibda oʻtadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312541" id="-4312541">hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash, shuningdek elektron hisob-fakturalardan foydalanish isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312542" id="-4312542">13. Moliya vazirligi Inspeksiya bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida hisobga olish axborot tizimini takomillashtirish va moliyaviy inspektorlar lavozimini optimallashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312544" id="-4312544">14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Inspeksiyani statistik axborot majburiy tarqatiladigan reyestrga kiritsin, shuningdek belgilangan tartibda doimiy asosda Inspeksiya soʻrovlariga muvofiq uni zarur qoʻshimcha statistik axborot bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312545" id="-4312545">15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Inspeksiyani zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312546" id="-4312546">16. Quyidagilarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312548" id="-4312548">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga — Inspeksiya faoliyatini samarali tashkil etish masalalarini, tashkiliy-texnikaviy, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni hal etish uchun; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312550" id="-4312550">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimovga — alkogol va tamaki mahsulotlarining respublikaga noqonuniy olib kirilishining oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312551" id="-4312551">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayevga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D.F. Raximovga — respublika hududida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlarining sotilishiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlarining samarali ijrosini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312553" id="-4312553">17. Inspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4312557" id="-4312557">18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4312559" id="-4312559">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4312560" id="-4312560">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4312562" id="-4312562">2019-yil 5-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4312563" id="-4312563">PQ-4162-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4312564" id="-4312564"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4312573" id="-4312573">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son <a href="/uz/acts/-4312236">qaroriga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4312575" id="-4312575">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4312579" id="-4312579">tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4312582" id="-4312582"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4312583" id="-4312583"><img src="/uz/files/4312602" /></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-4312584" id="-4312584">Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 30 nafar.</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
