1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KIMYoLAShTIRISh VA OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISh VOSITALARI DAVLAT KOMISSIYASI (DAVLAT KIMYo KOMISSIYASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 735-sonli “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish va qoʻllash sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, ularni sinash va roʻyxatdan oʻtkazish tartiblariga rioya etish yuzasidan masʼuliyatni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat kimyo komissiyasi oʻsimliklarni himoya qilish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
2. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qoʻllash hisobiga hosilni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
respublika vazirliklari va idoralarining kimyoviy va biologik preparatlarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish, preparatlarning atrof-muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda respublika qishloq xoʻjaligida qoʻllash uchun ruxsat etilgan preparatlar roʻyxatiga kiritish va ularni roʻyxatdan chiqarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
mamlakatimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan, qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun tavsiya qilingan kimyoviy va biologik preparatlarga doir ilmiy-texnikaviy hujjatlar ekspertizasini amalga oshirish, ularning biologik samaradorligini, toksik-gigiyenik va ekologik xossalarini aniqlash yuzasidan sinovlar oʻtkazish;
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha chetdan keltiriladigan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biopreparatlar sifatini nazorat qilish, ularni qoʻllash yuzasidan xulosalar berish hamda inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsiri aniqlanganda ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish.
3. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ Davlat kimyo komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasining ekspert guruhi belgilangan tartibda tugatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tugatish komissiyasini tuzsin hamda mazkur ekspert guruhni tugatish bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda Davlat kimyo komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi) tarkibi
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori, komissiya raisining oʻrinbosari
lavozimi boʻyicha
—
“Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ direktori, komissiya raisining oʻrinbosari
Komissiya aʼzolari:
Alixonov B.B.
—
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi
Niyozmatov B.I.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi
lavozimiga koʻra
—
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi
Yaqubov R.
—
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari
Umarov S.J.
—
Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmasi boshligʻi
Rahimjonov M.A.
—
Davlat bojxona qoʻmitasining ekspertiza qilish markaziy laboratoriyasi boshligʻi
Umarov S.E.
—
“Oʻzdonmahsulot” kompaniyasining Don tayyorlashni tashkil etish va elevator-ombor xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
Umarxoʻjayev X.X.
—
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining Paxta tayyorlash boshqarmasi boshligʻi
Abdusamatov B.X.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining “Oʻztenderkonsalting” agentligi direktori
Husanov B.
—
“Elektrkimyozavod” AJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi, Navoiy shahri
Abdullayev N.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktorining oʻrinbosari
Izoh. Davlat kimyo komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 5-modda; 2005-y., 45-son, 341-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)