1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish |
Ijro muddatlari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish va uni o‘tkazish | ||||
|
1. |
Ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari, shu jumladan mamlakat hududlarining kadrlarni xorijda o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va buyurtmalar portfelini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-fevralga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
2. |
Mutaxassisliklarni ko‘rsatgan holda Jamg‘arma stipendiyalarini ajratish yo‘nalishlari bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash va saralash tanloviga hujjatlar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon berish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 15-fevralga qadar |
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi (A. Abduxakimov) |
|
3. |
Stipendiatlarni xorijiy tillar, xalqaro protokol va etiket bo‘yicha dastlabki tayyorlashni tashkil etish. |
Idoralararo hujjat |
2019-yil 15-fevralga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
4. |
Stipendiyalarni ajratish yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘rinlarni hisobga olgan holda Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil fevral-mart |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
5. |
Jamg‘armaning stipendiyalari g‘oliblari haqidagi ma’lumotlarni vazirliklar va idoralar kesimida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil mart |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
6. |
“Blokcheyn” texnologiyasi bo‘yicha stipendiyali dasturlarning hamkor-ishtirokchilari bilan birgalikda Jamg‘armaning innovatsion intranetini (lokal muloqot tizimi) ishlab chiqish va joriy etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
7. |
Xorijda ta’lim olgan mutaxassislar to‘g‘risidagi axborotlardan ochiq foydalanishni ta’minlash maqsadida Jamg‘armaning stipendiyali dasturlari bitiruvchilarining elektron reyestrini ishlab chiqish. |
Elektron reyestr |
2019-yil 1-oktabrga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
8. |
Elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali Jamg‘armaning maqsad va vazifalari, Jamg‘arma yordamida xorijda tahsil olishning imkoniyatlari haqida jamoatchilik va tashkilotlarga keng tushuntirishlar berish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-oktabrga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
II. Xorijda yashaydigan katta tajriba va ilg‘or bilimga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish | ||||
|
9. |
Yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb qilish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida mamlakatimizda katta ehtiyoj sezilayotgan mutaxassisliklar ro‘yxatini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-fevralga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
10. |
Xorijdagi vatandoshlarimiz to‘g‘risida elektron katalog (reyestrni) yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlar, olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar, yuqori malakali mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlarni Jamg‘armaga taqdim etish. |
Idoralararo |
2019-yil 1-martga qadar |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), |
|
11. |
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga, o‘zi istiqomat qilinayotgan mamlakat qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda ko‘maklashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil 1-mayga qadar |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), |
|
12. |
Xorijda yashaydigan vatandoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, vatandoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ularni xabardor qilish maqsadida xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan doimiy muloqot qilish uchun virtual makon yaratish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-iyunga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
13. |
Xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan birgalikda mamlakatni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning dolzarb mavzular bo‘yicha, shu jumladan masofadan turib anjumanlar, seminarlar va “davra suhbatlari” tashkil qilish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
14. |
Vatandoshlarni, ular tarkibidan boy tajriba va o‘zining faoliyati sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganlarni taklif qilib, xorijda yashaydigan vatandoshlarning xalqaro forumini o‘tkazish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 15-iyunga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
15. |
O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan vatandoshlar, xorijiy tadbirkorlar va ekspert-tahlilchilar doiralari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazish (Germaniya). |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 25-oktabrga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
III. Jamg‘armaning stipendiyalarini olish uchun kadrlarni o‘qitish bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga ko‘maklashish | ||||
|
16. |
Jamg‘armaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoralararo hujjat |
2019-yil 1-martga qadar |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), |
|
17. |
Jamg‘armaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz tillari va boshqalar) o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlar asosida maqsadli kurslarni tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-apreldan boshlab (doimiy asosda) |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
18. |
Respublika hududlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari huzurida ma’lumotlarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni izlash va xorijiy tillarga o‘qitishga ko‘maklashish markazlarini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 15-aprelga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
19. |
Oliy ta’lim muassasalariga xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarni shakllantirishda ko‘maklashish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
20. |
O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi haqida mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarning tahliliy materiallari aks etgan jurnal nashr etish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
IV. Jamg‘arma faoliyatining samaradorligini oshirish | ||||
|
21. |
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir, nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan Jamg‘armani to‘ldirish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-martga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov) |
|
22. |
Stipendiatlar, vatandoshlar va yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida masofaviy videokonferensiyalar, internet-forumlar va teleko‘priklarni o‘tkazish uchun Jamg‘armaning videokonferensiya aloqasi studiyasini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
23. |
Jamg‘armaning faoliyati hamda uning dasturlari bo‘yicha xorijda tahsil olish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasida, ayniqsa respublika hududlarida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularga saralash tanlovlarida ishtirok etish uchun amaliy yordam ko‘rsatish. |
Amaliy |
2019-yil 1-martdan boshlab (doimiy asosda) |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
24. |
Vatandoshlar bo‘yicha, yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa muhim ma’lumotlar yuzasidan elektron ma’lumotlar bazalari uchun platforma yaratish orqali Jamg‘armaning saytini takomillashtirish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-martga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |
|
25. |
Jamg‘arma stipendiyasining bir nomzodga chegaraviy o‘lchami va uni moliyalashtirish tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vasiylik kengashining qarori |
2019-yil 1-martga qadar |
Jamg‘arma (A. Bekmurodov), |