|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARINI OʻZGARTIRISh VA OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 8-avgustdagi Farmoni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirishlar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan roʻyxatga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-yanvar,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-noyabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot-sanitariya birlashmasi toʻgʻrisida Nizomning V boʻlimidagi “pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar” soʻzlari chiqarib tashlansin va matn “qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan tushumlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-iyuldagi 161-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 28-29-son, 210-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 13-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizomdagi:
a) 7-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatlarining barcha tekshirishlari va taftishlarini muvofiqlashtirish”;
“g” — “z” kichik bandlar tegishlicha “d” — “i” kichik bandlar deb hisoblansin;
b) 8-band quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k) xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik va jismoniy shaxslar moliya-xoʻjalik faoliyatlarining barcha tekshirishlari va taftishlarini muvofiqlashtiradi”;
“k” — “o” bandlar tegishlicha “l” — “p” kichik bandlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandidagi “audio mahsulotlarini import qilish” soʻzlari “audio mahsulotlarini import-eksport qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining “Ichimlik suvlarni xlorlashtirish toʻgʻrisida” 1936-yil 4-martdagi 202-son (OʻzSSR QY, 1936-y., 5-son, 32-modda) qarori.
2.. Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining “Chechakka qarshi majburiy emlash va chechakka qarshi emlashlarni nazorat qilish va ularni hisobga olish toʻgʻrisida” 1937 yil 2-fevraldagi 104-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining “Ich terlamaga qarshi dastlabki emlashlarni oʻtkazish toʻgʻrisida” 1940-yil 9-yanvardagi 27-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining “Chechakka va boʻgʻma kasalligiga qarshi majburiy emlashlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1945-yil 21-martdagi 371-son qarori.
5. SSSR Ministrlar Sovetining “Dori-darmonlar, meditsina instrumentlari va uskunalari, sanitariya va gigiyena predmetlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va ular bilan aholini hamda davolash-profilaktika muassasalarini taʼminlash toʻgʻrisida” 1954-yil 23-sentabrdagi 2025-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining 1954-yil 23-sentabrdagi 2025-son qarorini bajarish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1954-yil 5-noyabrdagi 1225-son qarori.
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Rayon davlat boshqaruv organlari apparati strukturasini soddalashtirish va arzonlashtirish toʻgʻrisida” 1957-yil 16-maydagi 286-son qarori.
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qishloq rayonlaridagi sogʻliqni saqlashlarga rahbarlikni qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 1958-yil 26-iyundagi 406-son qarori.
8. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR aholisiga meditsina xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash va sogʻliqni saqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1960-yil 14-yanvardagi 58-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1960-yil 21-martdagi 257-son qarorining 4-bandi, 5-bandining ikkinchi xatboshi, 9-bandining birinchi xatboshi, 11, 19, 27, 28, 30-bandlari, 31-bandining birinchi xatboshi.
9. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR aholisiga meditsina xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash va sogʻliqni saqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1960-yil 14-yanvardagi 58-son qarori qanday bajarilayotganligi haqida” 1962-yil 13-noyabrdagi 730-son qarori.
10. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Meditsina yordami koʻrsatishni yanada yaxshilash va Oʻzbekiston SSR aholisi sogʻligʻini saqlash choralari toʻgʻrisida” 1967-yil 6-maydagi 211-son qarori.
11. SSSR Ministrlar Sovetining “Avtomobil transporti korxonalarini shofyorlar bilan butlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1969-yil 13-iyundagi 451-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 31-iyuldagi 365-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, shahar passajir transportida bepul yurish qismi.
12. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika aholisiga meditsina xizmati koʻrsatishning ahvoli va uni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1976-yil 22-iyuldagi 452-son qarori.
13. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 14-yanvardagi 11-son qaroriga ilova sifatida berilgan Shaxsiy pensiyalar toʻgʻrisidagi Nizomning 36-bandi, shahar passajir transportida bepul yurish qismi.
14. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining ahvoli va uni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1978-yil 24-iyuldagi 422-son qarori.
15. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish va pediatriya xizmatlarini yanada yaxshilash toʻgʻrisida” 1980-yil 28-yanvardagi 82-son qarori.
16. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 7-iyuldagi 544-son (OʻzSSR QT, 1981-y., 7-son, 21-modda) qarori bilan tasdiqlangan Vatan urushi invalidlariga va halok boʻlgan harbiy xizmatchi uchun boquvchisidan judo boʻlganligi sababli pensiya olayotgan oilalarga turar joy maydoni va kommunal xizmatiga haq toʻlash, shuningdek, Vatan urushi invalidlariga passajir transportida qatnash yuzasidan imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning ІІ boʻlimi, shahar passajir transportida bepul qatnash qismi.
17. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Aholi sogʻligʻini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1982-yil 19-avgustdagi 773-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 14-sentabrdagi 633-son qarori.
18. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda tijorat asosida xorijiy fuqarolarga meditsina xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida” 1988-yil 8-apreldagi 438-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 13-maydagi 178-son qarori.
19. KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Aholi sogʻligʻini saqlashni yanada yaxshilash va sogʻliqni saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1988-yil 20-iyundagi 764-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 31-oktabrdagi 392-son qarori 19-bandining “e” kichik bandi ikkinchi xatboshi.
20. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 12-yanvardagi 12-son farmoyishining 2-bandi.
21. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston sogʻliqni saqlashdagi yangi xoʻjalik mexanizmi toʻgʻrisida” 1990-yil 12-fevraldagi 84-son qaroriga І-ilova.
22. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarining va imtiyozlar boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarning tekin qatnashlari tartibi toʻgʻrisida” 1990-yil 13-fevraldagi 92-son (OʻzSSR QT, 1990-y., 2-son, 6-modda) qarori, shahar passajir transportida tekin yurish qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 2016-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 432-modda)
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kino kompaniyasi (“Oʻzkinokompaniya”) toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 8-iyuldagi 316-son qarori.
25. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar passajir transporti (“Toshshaharyoʻlovchitrans”) korxonalari davlat uyushmasi Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 7-avgustdagi 368-son qarori.
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi xodimlarining intizomlari toʻgʻrisidagi Ustavni tasdiqlash haqida” 1993-yil 5-fevraldagi 60-son qarori.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarorining 2 va 12-bandlari.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksionerlik konserni Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-apreldagi 171-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 13-modda) qarori.
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston sanoat va xoʻjalik qurilishi (“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish”) davlat korporatsiyasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 3-maydagi 197-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 16-modda) qarori.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasi Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 3-maydagi 199-son qarori.
31. Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalari faoliyatini har jihatdan tekshirishlarni oʻzaro muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-fevraldagi 67-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 10-modda) qarori.
32. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 236-son farmoyishi.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustaviga oʻzgartirishlar va uning xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi Ustavga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1995-yil 21-iyundagi 232-son qarorining 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 1-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 132-modda; 2005-y., 28-29-son, 210-modda; 2008-y., 33-son, 314-modda; 2015-y., 32-son, 432-modda)