Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga asosan joylarda tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha komissiya va hududiy guruhlarning faoliyati natijalari boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini sotish va yer uchastkalarini berishda tadbirkorlik va investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator ortiqcha byurokratik tartibotlar va qiyinchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish zaruriyatini koʻrsatdi.
Respublika hududlarida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotishni jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga quyidagi huquqlarni berishni nazarda tutuvchi davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment (keyingi oʻrinlarda — eksperiment) oʻtkazish haqidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
b) oʻz vakolatlari doirasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSH dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan xolda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish. Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining mazkur masaladagi qarorlari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlarida koʻrib chiqilishi hamda tasdiqlanishi lozim;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
v) “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tavsiyalariga asosan, har bir tuman boʻyicha boʻsh yer uchastkalaridan foydalanish huquqining (0,01 ga maydoni uchun) boshlangʻich bahosini har yili 10-iyungacha va 10-dekabrgacha tasdiqlash;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
g) uch yildan ortiq muddat davomida tuproq bonitirovkasi ishlari olib borilmagan uch gektargacha boʻlgan maydonga ega yer uchastkalarida tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi boʻlish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
e) “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlardagi yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini ularning toifalaridan qatʼiy nazar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yoʻlboʻyi va turistik infratuzilma obyektlarini tashkil etish uchun sotish. Bunda, sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari toifasiga kiruvchi yer uchastkalari koʻrsatilgan maqsadlar uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga binoan tashkil etilgan Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha komissiya bilan kelishilgan holda beriladi;
j) ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash kuchlarining uch smenali rejimdagi patrulini taʼminlash orqali, shuningdek, mazkur zonalarda sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlarini tasdiqlagan holda Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tungi vaqtda cheklashga yoʻl qoʻyilmaydigan zonalarni aniqlash.
2. Belgilansinki, eksperiment doirasida:
davlat koʻchmas mulk obyektlari uchun xususiylashtirish komissiyasi ishining umumiy muddati u tashkil etilgan paytdan boshlab yigirma kundan oshmasligi lozim;
davlat mulki obyektlarini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning miqdori va turlari davlat mulki obyektlarini sotish boʻyicha tanlov oʻtkazishda qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibni oʻxshashlik boʻyicha qoʻllash asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan belgilanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining qarorlariga asosan sotiladigan davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish nazorati inspeksiyasi tomonidan davlat obyektlarini sotishga tayyorlashda xulosalar berilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi;
davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini tuzish savdo natijalari (muzokaralari) boʻyicha bayonnoma imzolangandan soʻng oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi;
mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab besh kun ichida, tasarruf etish huquqi esa, xaridorga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgan (investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan sotilgan taqdirda) deb topilgan va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda toʻlangan kundan boshlab beriladi;
balansda saqlovchi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab besh kun ichida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini va sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektining xaridorga topshirilishini taʼminlashi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
3. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan quyidagi toʻlovlarni amalga oshirish talablari bekor qilinsin:
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishga buyurtmanoma berganlik uchun Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida toʻlanadigan yigʻim;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berganlik uchun davlat boji.
4. Belgilansinki, quyidagi davlat koʻchmas mulk obyektlari tadbirkorlik subyektlariga faqat davlat-xususiy sheriklik asosida, tegishli vazirlik yoki idora davlat sherigi sifatida ishtirok etgan holda, berilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida koʻzda tutilgan hollardan tashqari):
taʼlim, shu jumladan maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
sogʻliqni saqlash va sport obyektlari;
madaniyat obyektlari, shu jumladan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari.
Bunda, mazkur band talablari faoliyat yoʻnalishi boʻyicha foydalanilmayotgan, tegishli vazirlik yoki idoralar tomonidan davlat-xususiy sheriklik tashkil etish maqsadga muvofiq emas deb topilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlariga tatbiq qilinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Zokirov) bir oy muddatda mazkur Farmonga asosan sotish uchun faoliyat yoʻnalishi boʻyicha foydalanilmayotgan, davlat-xususiy sheriklik tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlmagan davlat mulki obyektlari roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga taqdim etsin.
5. Vazirlik, idoralar, xoʻjalik boshqaruv organlari:
a) xatlov natijasida aniqlangan davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari ulushi ustun mavqega ega boʻlgan tashkilotlar (shu jumladan, ustav kapitalining 50 foizdan ortigʻi 50 foizdan ortiq miqdorda davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar)ning faoliyatiga mos boʻlmagan va foydalanilmayotgan boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlaridan quyidagicha samarali foydalanish choralarini koʻrsin:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari, shuningdek, tashkilotlarni rivojlantirish strategiyasiga asosan obyektlar negizida qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash;
ikki oy muddatda ustav kapitalida davlatning yoki xoʻjalik boshqaruv organlarining ulushlarini sotish boʻyicha tegishli qaror mavjud boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻtkazilgan xatlov natijasida aniqlangan faoliyatiga mos boʻlmagan va foydalanilmayotgan boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlarini, zarurat boʻlganda 10 yilgacha muddatga boʻlib toʻlash imkoniyatini koʻzda tutgan holda, savdolarga chiqarish;
bir oy muddatda foydalanilmayotgan yerlar va faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini ularning negizida kichik sanoat zonalarini barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
b) obyektni oʻz balansida saqlovchi yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan, foydalanish boʻyicha tegishli “yoʻl xaritasi” boʻlmagan boʻsh yotgan obyekt sotilishini rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talabni eʼtiborga olgan holda, boʻsh yotgan obyektlarni sotish boʻyicha (mazkur Farmonning 4-bandida koʻrsatilgan obyektlar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlarining soʻrovnomalari Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha komissiya (M. Olloyorov) va hududiy guruhlar Davlat raqobat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mazkur band ijrosining soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mazkur qarorning 1-ilovasida keltirilgan, sud qarorlariga muvofiq davlat daromadiga oʻtkazilgan noturar joylarni, kelgusida ularni mazkur Farmon talablariga muvofiq sotish uchun tuman (shahar) hokimliklariga belgilangan tartibda bepul oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
8. Vazirlar Mahkamasi (S. Xolmurodov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining investorlar arizalariga asosan davlat mulki obyektlarini sotish toʻgʻrisidagi takliflarini tezkorlik bilan, zaruratga koʻra xususiylashtirish dasturlariga kiritmasdan ular boʻyicha individual qarorlar qabul qilish orqali koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
9. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-54-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/54/0053-son)
qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bilan bir qatorda, agarda arizalarni qabul qilish muddati yakuniga qadar faqat bitta ariza kelib tushgan boʻlsa, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni sotish boʻyicha auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi;
kichik sanoat zonasi hududida ishlab chiqarish maydonchalarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi, direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalariga davlat mulkini ijaraga berish markazlariga tegishli boʻlgan ijara toʻlovi mablagʻlarini yoʻnaltirish orqali, kichik sanoat zonasi direksiyasi va tanlov gʻolibi oʻrtasida tuziladi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda, hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari bilan kelishgan holda, har bir aholi punkti kesimida (bosh reja mavjud boʻlmaganda) 2018-2019-yillarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalarini tasdiqlab olsin va uni keyinchalik tegishli bosh rejalarda aks ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga taqdim etsin.
11. Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan oʻrinbosarlari bilan birgalikda 2018-yil 15-dekabrga qadar ishlab chiqarish quvvatlarini ustuvor joylashtirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda foydalanish uchun, mavjud mineral-xom ashyo, yer, suv, qishloq xoʻjaligi resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, hududlarning ekologik va boshqa sharoitlarini inobatga olgan holda, har bir tumanning tarmoq ixtisoslashuvini belgilasin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga tegishli budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini:
a) yoʻlboʻyi va turistik infratuzilma obyektlarini, shu jumladan mehmonxonalarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasini yillik ikki foizga kamaytirilganiga teng foiz stavkasida tijorat banklariga resurslar ajratish orqali investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish uchun quyidagi yoʻnalishlarda kredit liniyalarini ochish:
mehmonxonalar va turistik infratuzilmaning boshqa obyektlarini qurish;
tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning, shuningdek, xizmat (ish) turlarining yangi quvvatlarini tashkil qilish;
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, boshqa asosiy fondlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borsin va turizm sohasidagi loyihalarni, ustuvor ravishda mehmonxonalar qurishni moliyalashtirish boʻyicha imtiyozli kredit liniyalarini ochish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (B. Qudratxoʻjayev):
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotilayotgan davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorlar va aholi oʻrtasida keng yoritib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasini, uning bir xilda va sifatli ishlatilishini hamda foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida takomillashtirish va biznes-jarayonlarini maqbullashtirish choralarini koʻrsin.
15. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (B. Qudratxoʻjayev) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda joylarda aniqlangan kamchiliklarni inobatga olgan holda (boʻsh yer maydonlarini muqobil maqsadni belgilashda, rasmlarni va boshqa maʼlumotlarni yuklashda, geografik koordinatlarini aniqlashda va boshqalar) “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish va imkoniyatlari kengaytirilishini taʼminlasin;
tegishli davlat idoralari va boshqa idoralar xodimlarini “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida sifatli ishlash koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan qoʻllanmalarni ishlab chiqish orqali oʻqitishni tashkil etsin;
bir oy muddatda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni sotishda belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning auksion gʻolibi tomonidan bajarilishi holati monitoringini amalga oshirish, shuningdek, bajarilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimlariga quyidagilar uchun javobgarlik yuklansin:
oʻzlarining faoliyatida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda oshkoralik va xolislik prinsiplariga amal qilib hamda aholining manfaatlarini hisobga olgan holda oʻzlariga yuklatilgan vazifa, funksiya va huquqlarni samarali va sifatli amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal etish;
mazkur Farmonning amalga oshirilishida joylardagi mahalliy ijro organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
eksperiment doirasida loyihaning amalga oshirilishida yuzaga keladigan davlat majburiyatlarini moliyalashtirish manbalarini taʼminlash;
madaniy meros obyektlarini saqlash va atrof muhitning qulay ekologik holatini taʼminlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish;
ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va turli xil qonunni buzish bilan bogʻliq boʻlgan murojaat va shikoyatlarga tezkor javob berish.
17. Quyidagilar:
Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari rahbarlari — faoliyat yuritmayotgan yoki qurilishi tugallanmagan davlat obyektlarini puxta xatlovdan oʻtkazish, ularni auksion orqali sotish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, tadbirkorlik subyektlariga sotilgan obyektlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish;
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi va uning hududiy organlari rahbarlari — foydalanilmayotgan yerlarni puxta xatlovdan oʻtkazish, ularni auksion orqali sotish uchun hujjatlarni tayyorlash, “YER ELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimining uzluksiz va toʻgʻri ishlashi, shuningdek, tuproq bonitirovkasi ishlarining ishonchliligi, toʻliqligi va sifatliligini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari, qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarning rahbarlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarining joylashish sxemasini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sifatli tayyorlash, tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etishi, qurilish-montaj ishlari sifatini taʼminlash;
Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK rahbarlari — elektron savdo tizimining uzluksiz va toʻgʻri ishlashi, davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni savdoga chiqarish;
hududiy tanlov komissiyalari va xususiylashtirish boʻyicha komissiyalar rahbarlari, shuningdek, ularning aʼzolari — oʻzlari vakillik qilayotgan davlat boshqaruv organlari va tashkilotlarining masʼuliyatiga doir funksiyalarning toʻliq va sifatli bajarilishi, shuningdek, bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari rahbarligida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning miqdori va turlarini belgilashda shaxsan javobgarligi belgilansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlariga elektron raqamli imzo olinishini va mazkur Farmonga muvofiq oʻtkaziladigan savdolarda ularning faol ishtirok etishini taʼminlasin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Belgilansinki, eksperiment 2019-yilning 1-apreliga qadar oʻtkaziladi.
21. Davlat raqobat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi 2019-yilning 1-apreliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga eksperiment oʻtkazish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar bilan birgalikda kiritsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-oktabr,
PF-5552-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-son Farmoniga
1-ILOVA
Sud qarorlariga muvofiq davlat tasarrufiga oʻtkazilgan, tuman (shahar) hokimliklariga oʻrnatilgan tartibda bepul oʻtkazib beriladigan kelgusida investorlarga tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirish uchun sotiladigan noturar joylar
ROʻYXATI

T/r

Obyekt nomi

Obyekt maydoni

Obyektning joylashgan manzili

Obyektni qabul qiluvchi hokimiyat

Andijon viloyati

1.

23 va 24 — sonli savdo doʻkonlari

24,89 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

Andijon shahar hokimligi

2.

25 va 26 — sonli savdo doʻkonlari

23,5 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

3.

27-sonli savdo doʻkoni

23,9 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

4.

28 va 29 — sonli savdo doʻkonlari

26,66 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

5.

30 va 31 — sonli savdo doʻkonlari

26,66 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

6.

32 va 33 — sonli savdo doʻkonlari

24,19 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

7.

34 va 35 — sonli savdo doʻkonlari

23,12 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

8.

36 — sonli savdo doʻkoni

24,18 m2

Andijon shahri, Nayman koʻchasi, “Jahon buyum bozori” savdo majmuasi, 1-maydon, 11-qator

9.

Qurilishi tugallanmagan suzish havzasi binosi

777,24 m2

Andijon shahri, 2 — kichik tumani

Jizzax viloyati

10.

Hammom binosi

248,33 m2

Jizzax shahri, “Yoshlik” mahallasi, Gaziyev koʻchasi.

Jizzax shahar hokimligi

11.

Hammom

557,7 m2

Jizzax shahri, “Yoshlik” mahallasi

12.

Mehmonxona, hammom,
oshxona va bar

46,5 m2

Jizzax shahri, “Mirzo Ulugʻbek” mahallasi, Toshkent koʻchasi, 1-uy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

13.

Savdo doʻkoni

36,1 m2

Nukus shahri, 23 — kichik tumani

Nukus shahar hokimligi

14.

Avtomobil qismlari doʻkoni va avtoustaxona

181,0 m2

Nukus shahri, X. Abdambetov koʻchasi, raqamsiz uy.

15.

Maʼmuriy bino, omborxona inshooti, chilangarlik ustaxonasi va chilangarlik sexi “PODKOVA TRANS” MCHJ

1640,0 m2

Taxiatosh shahri, Qoraqalpogʻiston (Sh. Rashidov) koʻchasi, raqamsiz uy.

Taxiatosh shahar hokimligi

Sirdaryo viloyati

16.

Maishiy xizmat uyi binosi umumiy maydoni

277,15 m2

Oqoltin tumani, “Shodlik” qishlogʻi, “A. Toirov” SIU

Oqoltin tumani hokimligi

17.

Maʼmuriy bino

1280,0 m2

Boyovut tumani, “Dehqonobod” SIU

Boyovut tumani hokimligi

18.

Choyxona

2204,09 m2

Guliston tumani, “Mirzo Ulugʻbek” fermer xoʻjaliklari uyushmasi

Guliston tumani hokimligi

19.

Savdo doʻkoni

25,12 m2

Xovos tumani, “Karvonsaroy-2” mahallasi, Oʻratepa koʻchasi.

Xovos tumani hokimligi

20.

Choyxona

412,2 m2

Xovos tumani, Xovos shahri, Samarqand yoʻnalishi razyezdi

Toshkent viloyati

21.

Dala shiyponi

414,16 m2

Ohangaron tumani, “Oxunboboyev” qishlogʻi, “Koraxitoy” QFY, “Tut” mahallasi

Ohangaron tumani hokimligi

22.

Choyxona binosi

1000,00 m2

Ohangaron tumani, “Koraxitoy” qishlogʻi,

“Yonariq” mahallasi

23.

Choyxona binosi

2584,0 m2

Boʻstonliq tumani, “Dumaloq” qishlogʻi

Boʻstonliq tumani hokimligi

Fargʻona viloyati

24.

31, 32, 32A, 33, 33A, 34, 35 va 36 — sonli savdo doʻkonlari

188,98 m2

Fargʻona shahri, Yangi asr koʻchasi, 80B-uy

Fargʻona shahar hokimligi

25.

Savdo doʻkoni

112,2 m2

Oltiariq tumani, “Jidalik” mahallasi

Oltiariq tumani hokimligi

26.

Savdo doʻkoni

263,5 m2

Oltiariq tumani, “Qapchugʻoy” qishlogʻi

Xorazm viloyati

27.

Oyoq kiyim fabrikasi binosi

26420,67 m2

Gurlan tumani, Mangʻit koʻchasi, 5-uy

Gurlan tumani hokimligi

Izoh:
* Noturar joylarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga asosan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
** Sud qarorlari bekor boʻlgan yoki oʻzgartirish kiritilganda, noturar joylarga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish, natura shaklida qaytarish yoki ularning qiymatini qoplab berish toʻgʻrisida sud qarorlari chiqarilgan holatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimliklari belgilangan tartibda koʻrsatilgan binolarni qaytarishi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ularning qiymatini qoplab berishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonining 8-bandi “b” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 20-apreldagi PQ-3677-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshidagi “faqat” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 18-iyun, № 24, 485-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 10-bandning toʻrtinchi xatboshi “ochiq auksion (tanlov) oʻtkazilishidan” soʻzlaridan oldin “agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 11-bandning toʻqqizinchi xatboshi “E-IJRO AUKSION” veb-portalida” soʻzlaridan oldin “agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 21-bandi “d” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshi “— xarid qiymatida sotilgan taqdirda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) quyidagi tahrirdagi 511-band toʻldirilsin:
“511. Obyektlar “E-IJRO AUKSION” elektron auksion savdolariga 1 soʻm boshlangʻich narxida qoʻyilganda:
auksion qadami 1 mln. soʻm miqdorida belgilanadi;
auksion ishtirokchilariga keyingi auksion stavkasini dastlabki oʻrnatilgan auksion bosqichining 5, 10 yoki 20 barobari miqdorida mustaqil belgilash imkoniyati beriladi;
zakalat miqdori obyektga belgilangan investitsiyaviy majburiyat qiymatining 1 foizi miqdorida belgilanadi”.
d) 73-bandi rus tilidagi matni uchinchi xatboshida “auksion” soʻzi “konkurs” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y. № 6, 158-bet):
quyidagi tahrirdagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 80-bandning “g” kichik bandi:
quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarorga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish tarmoq grafigi ilova qilinadi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi “belgilangan tartibda” soʻzlaridan keyin “auksion gʻolibining xarajatlarini qoplamasdan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 90-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“90. Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng ikki ish kuni davomida:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va gʻolibga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish haqidagi guvohnomani belgilangan tartibda beradi;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga auksion gʻolibining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi”;
d) quyidagi tahrirdagi 911-band bilan toʻldirilsin:
“911. Agar yer uchastkasiga boʻlgan huquq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bilan sotilgan taqdirda, yer uchastkalarini, shu jumladan unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilguniga qadar begonalashtirish, garovga qoʻyish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 21.01.2022-y., 06/22/54/0053-son)