Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-oktabr,
811-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
1-bob. Umumiy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2-bob. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
2. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlarni toʻlash muddatini buzganlik uchun penyalar, shu jumladan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari) penyalar hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 20 foizi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar boʻyicha hisoblangan penya va jarima summasining 40 foizi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan tushadigan tushum summasining 3 foizi;
elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlarning ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda 5 foizi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan jarimalar summasining 20 foizi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 25 foizi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Maxsus jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Maxsus jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy hisobvaragʻida jamlanadi.
Bunda Maxsus jamgʻarmaga mablagʻlarni oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat muassasalari uchun tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
3-bob. Maxsus jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maxsus jamgʻarma tushumlarining prognoz koʻrsatkichlari yil boshida kutilayotgan Maxsus jamgʻarmadagi qoldiq mablagʻlar hamda oxirgi ikki yildagi tushumlar dinamikasidan kelib chiqib, Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu jamgʻarmadan moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan xarajatlar boʻyicha ehtiyojdan kelib chiqib, budjet tasnifiga asosan Soliq qoʻmitasi tomonidan hisob-kitob qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanib, moliya organlariga moliya yilining 15-yanvariga qadar roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalarining Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi ularning har biri boʻyicha alohida tuziladi.
Bunda Maxsus jamgʻarma hisobidan Soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalari uchun mablagʻlar ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda Soliq qoʻmitasi tomonidan ajratiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish Soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qoʻshimcha mablagʻ talab etilganda, unga oʻzgartirishlar tushumlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda Soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
4-bob. Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
10. Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasidan ortiqcha haqiqiy tushumlarni xarajat qilish smetalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Soliq qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshliqlari, Soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalarining rahbarlari, ular boʻlmagan taqdirda esa — ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tegishli ravishda Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
12. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
a) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq tekshiruvlari natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar, yigʻimlar va (yoki) moliyaviy jarimalar summalarining 10 foiziga qadar miqdorida mukofotlash;
(12-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan oʻtkazilishi asosida berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni toʻlash;
Davlat budjetiga toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari natijalari boʻyicha har chorakda lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ish uchastkasining murakkabligi va muhimligini hisobga olib, shuningdek, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qoʻshgan, mehnatda yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan rahbar va xodimlarga lavozim maoshining besh baravari miqdorigacha shaxsiy ustamalar berish;
(12-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
alohida muhim topshiriqlarni bajarganliklari uchun yakka tartibda lavozim maoshining besh barobari miqdorigacha mukofotlash;
bayram sanalarida — Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Xotin-qizlar kuni, Navroʻz, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Roʻza hayit” (Iyd-al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adha)) hamda kasb bayramlarida xodimlarni oylik lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlarida kamida 5 yil ishlab pensiyaga chiqishi munosabati bilan pensiyaga chiqayotganda xodimga lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha qimmatbaho sovgʻalar berish yoki shu miqdorda pul mukofoti toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari va respublika ahamiyatidagi faxriy yorliq bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha hamda Soliq qoʻmitasining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining bir barobari miqdorigacha ragʻbatlantirish;
(12-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
davlat soliq xizmati organining idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni lavozim maoshining toʻrt barobari miqdorigacha ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining yuridik xizmat xodimlarini har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat soliq xizmati organi foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablagʻning 5 foizi, biroq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlash;
(12-band “a” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlanmagan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun oʻrnatilgan tartibda har oylik kompensatsiya toʻlash;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida oylik toʻlovlarini toʻlash;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlovlarini toʻlash;
(12-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
xodim vafot etganda xodimning oylik lavozim maoshining oʻn barobaridan oshmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush oʻrtogʻiga toʻlab beriladi, agar xodimning turmush oʻrtogʻi boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
alohida zaruratga koʻra (yubiley sanalarida, xodimlar 50, 55 va 60 yoshga toʻlganda, baxtsiz hodisa, ogʻir kasalligi sababli davolanish, sogʻligʻini tiklash, oilaning kam taʼminlanganligi va moliyaviy holatining ogʻirligi) lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh barvari miqdorigacha moddiy yordam berish;
(12-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlarida ishlab pensiyaga chiqqan xodimlarga bayramlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorigacha va sogʻligʻini tiklash uchun bir yilda bir marotaba mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
(12-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va mehnatini muhofaza qilish, mehnat taʼtillariga, foydalanilmagan mehnat taʼtili va ogohlantirish davri uchun pullik kompensatsiya, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish hamda ishdan boʻshatish boʻyicha nafaqalarga haq toʻlash;
(12-band “b” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda va taʼlim muassasalarida tajriba oʻrganishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band “b” kichik bandining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
v) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun:
davlat soliq xizmati organlarining bino va inshootlarini mukammal va joriy taʼmirlash, qoʻshimcha obyektlarni (maʼmuriy binolar va boshqa obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish, sotib olish hamda obyektlarni saqlash xarajatlari;
davlat soliq xizmati organlari ish faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq maʼmuriy va xoʻjalik sarf-xarajatlarini, jumladan kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, kompyuter va tashkiliy texnikani sotib olish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot vositalari xarid qilish va xizmat koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari toʻplamlarini, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va poligrafiya mahsulotlarini sotib olish;
davlat soliq xizmati organlarining faoliyati uchun inventarlar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va boshqalarni sotib olish, shuningdek, ularni joriy va mukammal taʼmirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun kiyim-bosh (jumladan sport kiyimlari va formalari) sotib olish;
(12-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
konferensiya, simpozium, seminar, trening, yigʻilish, uchrashuv, bayram, madaniy va sport tadbirlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish;
g) davlat soliq xizmati organlarining idoraviy xarajatlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va chet el xizmat safarlari xarajatlari, Soliq qoʻmitasi rahbarlarining xorijiy davlatlarga amalga oshiradigan xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlari hamda bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobarigacha miqdorida esdalik sovgʻalari xarid qilish;
(12-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
iqtisodiy, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarga oid maʼruza qiluvchi mutaxassislar, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash;
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish bilan bogʻliq boʻlgan (mehmonlarni kutib olish, transport, tarjimonlarni yollash va boshqa) xarajatlar;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan, davlat daromadiga oʻtkaziladigan tovar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash, baholash, ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, sud xarajatlari bilan bogʻliq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish doirasida nazorat xaridlarini amalga oshirish xarajatlari.
(12-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) soliq toʻlashdan qochish holatlarini oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlariga koʻrsatilgan amaliy yordamlar uchun fuqarolarning manfaatdorligini taʼminlash, jumladan, tovarlarni yashirin ishlab chiqarish, kontrabanda va kontrafakt tovarlarni tashish va sotish faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar (obyektlar), tushumlarni kamaytirib koʻrsatish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari toʻgʻrisida fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha budjetga tushgan soliqlar va yigʻimlar yoki undirilgan moliyaviy jarimalarning 5 foiziga qadar, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,52 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Maxsus jamgʻarma hisobidan mukofot puli toʻlashga;
(12-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) Soliq qoʻmitasining Hayʼati qaroriga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun.
(12-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizomning 12-bandi “a” kichik bandining ikkinchi, beshinchi va oltinchi hamda “b” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi toʻlovlarning aniq miqdori va mezonlari Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan yoki jamoa shartnomasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Bunda, maxsus unvon va koʻp yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlashga oid Yagona tarif setkasi boʻyicha oshirilgan tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan ustamalar, shaxsiy ustamalarni belgilashda esa ularning yigʻindisi miqdorlari qoʻshib hisob-kitob qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyalari tomonidan Maxsus jamgʻarmaga tushirilgan umumiy tushumning, shuningdek, Soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar va Maxsus jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlarning 25 foizi miqdorigacha har chorakda Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Ushbu mablagʻlar Maxsus jamgʻarmaning tasarruf etuvchilari tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlarga yuklatilgan hududlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida sarflanishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Soliqlar va yigʻimlarni hamda penyani hisoblash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan davlat soliq xizmati organlarining qarori, shuningdek, moliyaviy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarori bekor qilingan taqdirda Maxsus jamgʻarmaga undirib olingan mablagʻlar. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tegishli xulosalariga asosan toʻlovchiga qaytariladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
16. Maxsus jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga olib qoʻyilmaydi.
5-bob. Maxsus jamgʻarmaning hisoboti va nazorati
17. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlar belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining II boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining shakllantirilishi va maqsadli foydalanilishi boʻyicha Soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari va taʼlim muassasasining rahbarlari masʼul hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Soliq qoʻmitasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 175-moddasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/811/2019-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)