

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3924255" id="onLBC-3924255">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7508"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3924255" id="onLS-3924255">[<b>TSZ:</b><div id="LS3708"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3928630" id="-3928630">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3928631" id="-3928631">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3928632" id="-3928632">Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3928634" id="-3928634"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928635" id="-3928635">“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/uz/acts/-1061181">Qonuniga</a> muvofiq, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini taʼminlash, sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928636" id="-3928636">1. Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/uz/acts/-3924255#-3928718">1-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928637" id="-3928637">2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/uz/acts/-3924255#-3968224">2-ilovaga</a> muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928638" id="-3928638">3. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928639" id="-3928639">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3928640" id="-3928640">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3928641" id="-3928641">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3928644" id="-3928644">2018-yil 2-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3928645" id="-3928645">784-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3928718" id="-3928718"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3928725" id="-3928725">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son <a href="/uz/acts/-3924255">qaroriga</a> <br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3928728" id="-3928728">Sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3928730" id="-3928730">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3928731" id="-3928731"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3928732" id="-3928732">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928733" id="-3928733">1. Ushbu Nizom sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928751" id="-3928751">2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928753" id="-3928753"><strong>akkreditatsiya attestati</strong> — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928754" id="-3928754"><strong>texnik qurilmalarni ekspluatatsiyadan chiqarish</strong> — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan belgilangan maqsadda yanada foydalanish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi qayd etiladigan voqea;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928755" id="-3928755"><strong>buyurtmachi</strong> — sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan tashkilot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928757" id="-3928757"><strong>sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish xulosasi</strong> — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni oʻz ichiga olgan hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928758" id="-3928758"><strong>xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash</strong> — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida tan olish va keyinchalik ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya roʻy bergan holatda boshqa shaxslar hayoti, salomatligi va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishi uchun fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash maqsadida ushbu xavfli ishlab chiqarish obyektlarining belgilarini aniqlash (tan olish) tartib-taomili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928760" id="-3928760"><strong>akkreditatsiya sohasi</strong> — ekspert tashkilotining faoliyat sohasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928764" id="-3928764"><strong>attestatsiya sohasi</strong> — sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert faoliyati sohasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928769" id="-3928769"><strong>binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish (keyingi oʻrinlarda tekshirish deb ataladi)</strong> — tekshiriladigan obyektning ishga layoqatliligini ifoda etadigan va undan keyinchalik foydalanish, rekonstruksiya qilish imkoniyatini yoki poydevor tuprogʻini va qurilish konstruksiyalarini tuproq xususiyatlarining oʻzgarishi, tayanch konstruksiyalarning deformatsion shikastlanishi, nuqsonlarini hamda haqiqiy koʻtarish qobiliyatini aniqlash yuzasidan tekshirishni oʻz ichiga oladigan qayta tiklash, kuchaytirish, taʼmirlash zaruratini belgilaydigan nazorat parametrlarining ahamiyatini belgilash hamda baholash kompleks tadbirlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928773" id="-3928773"><strong>ekspertiza obyektlari</strong> — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928788" id="-3928788"><strong>xavfli ishlab chiqarish obyekti</strong> — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/uz/acts/-1061181#-1061205">4-moddasida</a> belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalar, maydonchalar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928794" id="-3928794"><strong>xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi</strong> — shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar hamda hodisalardan va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928799" id="-3928799"><strong>sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi)</strong> — qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasini tartibga solish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928802" id="-3928802"><strong>texnik diagnostika</strong> — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlar parametrlari rad etilishi mumkinligini prognoz qilish uchun ularning texnik holatini ifoda etuvchi belgilarni aniqlash va oʻrganish, shuningdek, normal ish rejimi buzilishining oʻz vaqtida oldini olish maqsadida ularning holatini eksperimental aniqlash uslublari hamda vositalarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928805" id="-3928805"><strong>xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilma (keyingi oʻrinlarda texnik qurilma deb ataladi)</strong> — xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan va ekspluatatsiya qilinishi xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaga yoki noxush hodisalarga olib kelishi mumkin boʻlgan uskuna, qurilma va agregat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928808" id="-3928808"><strong>sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi oʻrinlarda ekspert deb ataladi)</strong> — ekspertizani amalga oshiruvchi attestatsiyadan oʻtkazilgan mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928811" id="-3928811"><strong>sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda ekspertizadan oʻtkazish deb ataladi)</strong> — ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928813" id="-3928813"><strong>ekspert tashkiloti</strong> — sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazadigan va belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928815" id="-3928815">3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar ekspertizadan oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928816" id="-3928816">a) xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928819" id="-3928819">b) xavfli ishlab chiqarish obyektida ushbu Nizomga 1-ilovaga<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> muvofiq roʻyxat boʻyicha qoʻllaniladigan texnik qurilmalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928821" id="-3928821">xizmat muddati tugaganligi boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928822" id="-3928822">haqiqiy xizmat muddati yigirma yildan oshadigan boʻlsa, texnik hujjatlarida bunday qurilmaning xizmat muddati haqida maʼlumotlar boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928824" id="-3928824">konstruksiyani oʻzgartirish, bunday texnik qurilmaning koʻtarib turuvchi elementlari materiallarini almashtirish bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilgach yoki xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa tufayli texnik qurilma shikastlanganda qayta tiklash boʻyicha taʼmirlash ishlaridan soʻng;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928825" id="-3928825">ekspertiza xulosalarida belgilangan ekspluatatsiya muddati tugaganligi boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928828" id="-3928828">qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi koʻrsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928833" id="-3928833">buyurtmachining tashabbusi bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928845" id="-3928845">v) xavfli ishlab chiqarish obyektida texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi <a href="/uz/acts/-1061181#-1061208">1-bandida</a> nazarda tutilgan xavfli moddalarni saqlash uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928847" id="-3928847">loyiha hujjati mavjud boʻlmaganda yoki loyiha hujjatida binolar va inshootlardan foydalanish muddati haqida maʼlumotlar boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928851" id="-3928851">xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarning koʻtarib turuvchi konstruksiyalariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariya yoki tabiiy hodisalardan soʻng;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928852" id="-3928852">qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi koʻrsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928854" id="-3928854">buyurtmachining tashabbusi bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928857" id="-3928857">g) xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928859" id="-3928859">4. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari ekspertiza doirasida qurilishi tugallangan obyekt foydalanishga qabul qilingandan soʻng identifikatsiyalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928860" id="-3928860">5. Ekspertiza ekspert tashkilotlari tomonidan mazkur Nizom talablari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928866" id="-3928866">6. Turli ekspertiza obyektlarini ekspertizadan oʻtkazishda inobatga olinishi kerak boʻlgan talablar ekspertiza obyektlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-1413931#-1414184">nizomga</a> muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928883" id="-3928883">7. Ekspertizani oʻtkazish sifati va natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, ekspertiza natijalarini saqlash uchun javobgarlik ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkiloti zimmasiga yuklatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928892" id="-3928892">8. Ekspertiza ekspert tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928895" id="-3928895">9. Ekspertiza ilm-fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tadqiqotlarning mustaqilligi, xolisligi, puxtaligi va toʻliqligi prinsiplariga asoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928896" id="-3928896">10. Ekspertning mehnat munosabatlari oʻrnatilmagan tashkilotga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida oʻtkaziladigan ekspertizadan ishtirok etishi man etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928905" id="-3928905">Ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-3924255#-3928895">9-bandida</a> belgilangan, ekspertizani oʻtkazishga jalb etilishiga toʻsqinlik qiladigan yoki uni oʻtkazish prinsiplariga rioya etish imkonini bermaydigan holatlardan xabardor boʻlgan ekspert ekspertizani oʻtkazishda ishtirok eta olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928903" id="-3928903">11. Ekspertizani oʻtkazish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab belgilanadi, ammo bu muddat sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur boʻlgan materiallar va hujjatlar toʻplami olingan hamda ekspertizani oʻtkazish boʻyicha boshqa barcha shartlar bajarilgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928907" id="-3928907">12. Ushbu Nizomga 2-ilovaga<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> muvofiq sxema boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi va ekspertiza xulosasi beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928910" id="-3928910">13. Ekspertiza xulosasi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti, ushbu tashkilot faoliyat koʻrsatmagan hollarda esa mazkur Nizomning <a href="/uz/acts/-3924255#-3928912">2-bobida</a> nazarda tutilgan tartibda boshqa ekspert tashkilotlari tomonidan qayta rasmiylashtiriladi hamda uning dublikati beriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3928912" id="-3928912">2-bob. Ekspertizani oʻtkazish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928913" id="-3928913">14. Ekspertiza quyidagi bosqichlardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928914" id="-3928914">ekspertizani oʻtkazish uchun arizani qabul qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928915" id="-3928915">hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928918" id="-3928918">ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928920" id="-3928920">ekspertiza natijalari boʻyicha ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928921" id="-3928921">Ekspertizaning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilganda oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928922" id="-3928922">15. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita, uning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928925" id="-3928925">Ekspertiza obyektining oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, buyurtmanomaga ushbu Nizomga 4-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928930" id="-3928930">16. Notoʻgʻri toʻldirilgan yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan buyurtmanoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928932" id="-3928932">Ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928933" id="-3928933">17. Ekspert tashkiloti tushgan buyurtmanomani betlariga raqamlar qoʻyiladigan, tikib bogʻlanadigan va ekspert tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadigan jurnalda hujjatlar taqdim etilgan kunda roʻyxatga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928935" id="-3928935">Ekspert tashkiloti buyurtmanomani olgani haqida belgi ekspertizaga buyurtmanoma berilgan sana hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928936" id="-3928936">18. Buyurtmanoma roʻyxatga olingan kundan boshlab, uch ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar dastlab baholanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928937" id="-3928937">Dastlabki baholashda ushbu Nizomga 4-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> keltirilgan roʻyxat boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928942" id="-3928942">19. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy boʻlsa, ekspert tashkiloti bir ish kuni davomida buyurtmachiga buyurtmanomani koʻrib chiqish rad etilgan asosli sabablar koʻrsatilgan bildirishnomani yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928945" id="-3928945">Buyurtmanomani koʻrib chiqishning rad etish sabablari buyurtmachi bilan kelishilgan muddatlarda bartaraf etilmagan holatlarda ekspert tashkiloti taqdim etilgan hujjatlarni ilova xati bilan qaytaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928969" id="-3928969">20. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari ijobiy boʻlsa, ekspert tashkiloti oʻn ish kuni davomida buyurtmachi bilan ekspertizani oʻtkazish shartnomasini rasmiylashtiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928971" id="-3928971">Ekspertizani oʻtkazishda taqdim etilgan hujjatlarda nazarda tutilmagan, ammo sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq bajarilishi shart boʻlgan ishlar hajmlari aniqlangan holatlarda, bu ishlar shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida bajarilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928972" id="-3928972">21. Ekspert tashkiloti buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordagi toʻlovni toʻlagandan soʻng ekspertiza obyektini baholashga kirishadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928973" id="-3928973">22. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektini baholash uchun ushbu Nizomga 5-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> keltirilgan tarkibda ekspert guruhini shakllantiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928976" id="-3928976">Ekspert guruhiga boshqa mutaxassislar ham kiritilishi mumkin, bunda mutaxassislar soni guruhdagi ekspertlar sonidan koʻp boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928975" id="-3928975">23. Ekspertlar orasidan yetakchi ekspert tayinlanadi va u ekspert guruhiga rahbarlik qiladi, ekspertizaning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, natijalarni umumlashtirish va ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun javob beradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7530065" id="edi-7530065"><a href="/uz/acts/-3924255?ONDATE=30.09.2022 00#-6224087">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7530065" id="-7530065"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7530066" id="-7530066">Bunda yetakchi ekspert sifatida attestatsiya sohasi ekspertiza obyektiga mos keladigan ekspert tayinlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7530068" id="-7530068">(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli <a href="/uz/acts/-7510573?ONDATE=05.05.2025 00#-7514244">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928982" id="-3928982">24. Ekspert guruhi ekspertiza obyektining haqiqiy holati va unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholaydi, ekspertiza obyektiga taalluqli hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928984" id="-3928984">Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda ekspertiza doirasida joyiga borib, obyektning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini baholaydi, buyurtmachi foydalanayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavflilik belgilari va turlarini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928987" id="-3928987">25. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning haqiqiy holatini baholash uchun ular belgilangan tartibda tekshiriladi hamda texnik diagnostikadan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928989" id="-3928989">26. Buyurtmachi ekspertizani oʻtkazishda ishtirok etadigan ekspertlar va mutaxassislarning ekspertiza oʻtkaziladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishini taʼminlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928991" id="-3928991">27. Ekspert tashkiloti xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirishga qayd etilgan ishlarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar va ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarga ega boshqa tashkilotlarni ham jalb qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928994" id="-3928994">Buyurtmachining shtatida texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan oʻtkazish boʻyicha mutaxassislar boʻlganda va ularning malaka darajasi alohida ishlarni amalga oshirish imkonini berganda, buyurtmachining ushbu mutaxassislarini mazkur ishlarni bajarishga jalb etishga va ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishda bajarilgan ishlar natijalarini hisobga olishga ruxsat beriladi. Bunda ekspertiza xulosasida buyurtmachi mutaxassislari tomonidan bajarilgan ishlar turlari koʻrsatilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3928997" id="-3928997">Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarni tekshirish hamda texnik diagnostikadan oʻtkazish ishlarining sifati hamda ishonchliligi uchun ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilot javob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929008" id="-3929008">28. Ekspertizani oʻtkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda, ekspert tashkiloti bir kun muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklar toʻgʻrisida ushbu Nizomga 6-ilovaga<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> muvofiq shaklda protokolni (keyingi oʻrinlarda protokol deb ataladi) rasmiylashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929015" id="-3929015">Nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929011" id="-3929011">29. Buyurtmachi protokolni olgandan soʻng unda koʻrsatilgan muddatlarda choralar koʻrishi va aniqlangan nomuvofiqliklar hamda kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929017" id="-3929017">Protokolda koʻrsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ekspert tashkilotiga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929022" id="-3929022">30. Ekspertiza jarayonida taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganda, aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, buyurtmachining tashabbusi bilan uning yozma murojaati asosida ekspertizani oʻtkazish jarayoni vaqtincha toʻxtatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929028" id="-3929028">Ekspertiza jarayoni toʻxtatilganda ekspert tashkiloti buyurtmachining yozma murojaati olingandan kundan boshlab, ikki ish kuni davomida bu haqida vakolatli organni toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929030" id="-3929030">31. Ekspert tashkiloti buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish borasida oʻtkazilgan tadbirlar, keltirilgan asoslar va xavfsiz foydalanish boʻyicha koʻrilgan choralarni tahlil qiladi. Zarur boʻlganda joyiga chiqib, ekspertiza obyekti qayta baholanishi, tegishli tekshiruvlar va texnik diagnostika oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929032" id="-3929032">32. Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929033" id="-3929033">nomuvofiq nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻtkazilgan tadbirlarning natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga kelishilgan muddatlarda taqdim etilmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929034" id="-3929034">buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha oʻtkazilmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929035" id="-3929035">buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarda buzib koʻrsatilgan yoki yolgʻon maʼlumotlar borligi aniqlansa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929036" id="-3929036">oʻtkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929037" id="-3929037">ekspertiza obyekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929038" id="-3929038">Salbiy ekspertiza xulosasida aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar asoslantirilgan holda koʻrsatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929039" id="-3929039">33. Salbiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda buyurtmachi salbiy ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga asos boʻlgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etib, ekspertizani oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929040" id="-3929040">Takroriy ekspertiza ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-3924255#-3928912">2-bobida</a> koʻrsatilgan tartibda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929041" id="-3929041">34. Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda bir ish kuni davomida ijobiy ekspertiza xulosasi rasmiylashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929042" id="-3929042">35. Ekspertiza xulosalari ushbu Nizomga 8-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> belgilangan muddatlarda beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3929043" id="-3929043">3-bob. Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929044" id="-3929044">36. Ekspertiza xulosasi quyidagi qismlardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929045" id="-3929045">kirish qismi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929048" id="-3929048">asosiy qism;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929049" id="-3929049">natijalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929050" id="-3929050">37. Ekspertiza xulosasining kirish qismida ekspertiza maqsadlari, ekspertizani oʻtkazish asoslari (ekspertizani oʻtkazish shartnomasi), ekspert tashkiloti toʻgʻrisida maʼlumotlar, ekspertizani oʻtkazgan ekspertlar va mutaxassislar haqida maʼlumotlar, buyurtmachi haqida maʼlumotlar, qoʻllaniladigan qisqartmalar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929051" id="-3929051">38. Ekspertiza xulosasining asosiy qismida ekspertiza xulosasining taʼsiri joriy qilinadigan ekspertiza obyektlarining roʻyxati, ekspertizani oʻtkazish jarayonida koʻrib chiqilgan hujjatlar haqida maʼlumotlar, ekspertiza obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻtkazilgan ekspertiza natijalari, sanoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929053" id="-3929053">39. Ekspertiza xulosasining natijalari ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi xulosalarni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929054" id="-3929054">40. Texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning ekspertiza xulosasida qoʻshimcha ravishda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929055" id="-3929055">oʻtkazilgan tekshirish va texnik diagnostika asoslanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929056" id="-3929056">ekspertiza obyektining texnik holatini baholash va prognoz qilish boʻyicha qoldiq resursni (xizmat muddati) aniqlashni oʻz ichiga olgan hisob-kitob va tahlil qilish jarayonlari amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929057" id="-3929057">tekshirish va texnik diagnostikani amalga oshirgan tashkiloti haqida maʼlumotlar (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli, idoraviy mansubligi, pochta manzili, rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, faks, faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya, ruxsatnoma, akkreditatsiya attestati berilgan sana va raqami);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929059" id="-3929059">ekspertiza obyektidan keyinchalik foydalanish boʻyicha belgilangan muddat va shartlar koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929060" id="-3929060">41. Ekspertiza xulosasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929061" id="-3929061">sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda aniqlangan nomuvofiqliklar va kamchiliklar protokoli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929063" id="-3929063">protokolda qayd etilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga doir oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929064" id="-3929064">oʻtkazilgan tekshiruvlar va texnik diagnostika natijalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929065" id="-3929065">ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929069" id="-3929069">identifikatsiyalanadigan har bir obyekt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son <a href="/uz/acts/-1413931">qaroriga</a> muvofiq rasmiylashtirilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varagʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929070" id="-3929070">xavfli ishlab chiqarish obyektlarning ushbu Nizomga 9-ilovaga<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> muvofiq sxema boʻyicha umumlashtirilgan varagʻi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929074" id="-3929074">Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varagʻini ekspertizadan oʻtkazish xulosasini rasmiylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-1413931#-1414064">nizom</a> talablari qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3929076" id="-3929076">4-bob. Ekspertiza xulosasini berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929077" id="-3929077">42. Ekspertiza xulosasining asl nusxasi va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga ekspertizani oʻtkazish uchun shartnoma shartlari haqiqatdan bajarilganda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929078" id="-3929078">43. Ekspertiza xulosasining nusxasi uch ish kuni davomida ekspert tashkiloti tomonidan vakolatli organga belgilangan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929079" id="-3929079">44. Ekspertiza xulosasining nusxasi ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkilotida va vakolatli organda saqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3929080" id="-3929080">5-bob. Ekspertiza xulosasini qayta rasmiylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929081" id="-3929081">45. Buyurtmachi-yuridik shaxs qayta oʻzgartirilganda, uning nomi yoki yuridik manzili oʻzgarganda buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> keltirilgan shakldagi buyurtmanomani shu Nizomga 4-ilovaning<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> 6-bandida qayd etilgan hujjatlarni ilova qilgan holda qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng yetti ish kuni davomida taqdim etishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929082" id="-3929082">46. Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazgan ekspert tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929083" id="-3929083">Shartnoma summasi ekspert tashkilotining ekspertiza xulosasini qayta rasmiylashtirishga sarflanadigan xarajatlari doirasida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929084" id="-3929084">47. Hujjatlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-3924255#-3928922">15-bandida</a> belgilangan tartibda taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929085" id="-3929085">48. Ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordan kam boʻlmagan summani toʻlagan kundan boshlab, uch ish kuni davomida buyurtmanomani koʻrib chiqadi, hujjatlarni oʻrganadi va yangi ekspertiza xulosasini rasmiylashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929086" id="-3929086">49. Xulosa qayta rasmiylashtirilgunigacha avval berilgan ekspertiza xulosasi buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan qayta rasmiylashtirish uchun berilgan buyurtmanoma asosida va ekspert tashkilotining bunday buyurtmanoma olingani haqidagi belgisi boʻlganda haqiqiy hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929087" id="-3929087">50. Qayta rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi ushbu Nizomning <a href="/uz/acts/-3924255#-3929076">4-bobiga</a> muvofiq beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3929088" id="-3929088">6-bob. Ekspertiza xulosasining dublikatini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929089" id="-3929089">51. Ekspertiza xulosasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan holatlarda, buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirilgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada<a href="/uz/acts/-3924255#-3968330">*</a> keltirilgan shaklda buyurtmanoma taqdim etadi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3968330" id="-3968330"><em>Nizomga 1 — 9-ilovalar <a href="/uz/acts/3924263">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929091" id="-3929091">Ekspertiza xulosasining yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi sababli uning dublikatini berishda buyurtmanomaga keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun avval berilgan ekspertiza xulosasi ilova qilinadi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5708734" id="edi-5708734"><a href="/uz/acts/-3924255?ONDATE=03.10.2018 01#-3929092">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5708734" id="-5708734"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5708737" id="-5708737">52. Ekspertiza xulosasining dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5708742" id="-5708742">(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli <a href="/uz/acts/-5700620?ONDATE=01.12.2021 00#-5707109">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5708760" id="-5708760">53. Ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti ekspertiza xulosasining dublikatini buyurtmachi ekspertiza xulosasini berganlik uchun shartnomada belgilangan miqdordan kam boʻlmagan summani oldindan toʻlagan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda rasmiylashtirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929094" id="-3929094">54. Ekspertiza xulosasining dublikati buyurtmachiga shartnoma shartlarini bajargan taqdirda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929095" id="-3929095">55. Ekspertiza xulosasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son <a href="/uz/acts/-1413931">qaroriga</a> muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3929106" id="-3929106">7-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929108" id="-3929108">56. Ekspertiza natijalari yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3929110" id="-3929110">57. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3968224" id="-3968224"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3968231" id="-3968231">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son <a href="/uz/acts/-3924255">qaroriga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3968240" id="-3968240">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3968245" id="-3968245"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3968249" id="-3968249">1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son <a href="/uz/acts/-1413931">qarorida</a> (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3968253" id="-3968253">a) <a href="/uz/acts/-1413931?ONDATE=10.12.2008 00#-1414059">1-ilovada</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3968256" id="-3968256"><a href="/uz/acts/-1413931?ONDATE=17.12.2010 00#-1724559">19-banddagi</a> “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3968259" id="-3968259">Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga <a href="/uz/acts/-1413931?ONDATE=10.12.2008 00#-1414169">1-ilova</a> 3-bandining 3.3-pozitsiyasidagi “2.1” raqami “2.2” raqami bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3968261" id="-3968261">b) 2-ilovaning <a href="/uz/acts/-1413931?ONDATE=10.12.2008 00#-1414203">7-bandidagi</a> “sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4251679" id="edi-4251679"><a href="/uz/acts/-3924255?ONDATE=03.10.2018 01#-3968264">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4251679" id="-4251679">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli <a href="/uz/acts/-4229722#-4238988">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son) </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5893716" id="edi-5893716"><a href="/uz/acts/-3924255?ONDATE=03.10.2018 01#-3968270">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5893716" id="-5893716">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli <a href="/uz/acts/-5877863?ONDATE=01.03.2022 02#-5880468">qaroriga</a> asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son) </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3928633" id="-3928633">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 30.09.2022-y., 09/22/550/0874-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
