1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarni tashkil etishga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish xamda shu asosda viloyatning, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish xamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida:
1. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Namangan viloyati Chust tumanida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Namangan” EIZ deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Kuyidagilar “Namangan” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
tashki bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks xamda samarali foydalanishni taʼminlash;
meva-sabzavot va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toʻqimachilik, poyabzal va charm-galantereya, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari oʻrtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
“Namangan” EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika xizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
“Namangan” EIZning soha kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, shu jumladan, ularning “Namangan” erkin iqtisodiy zonada joylashgan hududdagi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashida qatnashish.
3. Belgilansinki:
“Namangan” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
“Namangan” EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari “Namangan” EIZ ishtirokchilariga tatbiq etilsin.
5. Quyidagilar:
“Namangan” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha Namangan viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK” DUK — buyurtmachi etib;
“Namangan” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi tashkiloti tanlov asosida aniqlanadi;
Namangan viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar “Namangan” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Namangan” EIZning chegaralariga aniqlik kiritish, ularni kelgusida kengaytirish boʻyicha takliflarni Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda “Namangan” EIZning bosh rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Namangan” EIZ faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Namangan viloyati hokimligi hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchilar “Namangan” EIZ hududiga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari yetkazib berilishini tasdiqlangan dastur doirasida taʼminlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi Namangan viloyati mahalliy budjeti va “Namangan” EIZ qatnashchilari tomonidan moliyalashtiriladigan mablagʻlar hisobidan lokal suv taʼminoti inshootlari qurilishini va kanalizatsiya suvlari tozalanishini taʼminlasin.
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Namangan viloyatining mavjud mineral-xomashyo resurslarini inobatga olgan holda, import tarkibini har tomonlama tahlil qilish asosida “Namangan” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha Dasturlar — “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda belgilangan tartibda ularga “Namangan” EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar kiritilishini nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro savdo hajmini oshirish maqsadida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Namangan viloyati Chust tumanida bojxona postini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalar koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Namangan” EIZ hududini kengaytirish maqsadida Chortoq va Toʻraqoʻrgʻon tumanlaridagi yer uchastkalarini ularda foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarining mavjudligini, ularning sanoatga moslashtirilganligini, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanganligini joyiga chiqqan holda oʻrgansin va natijalar boʻyicha asoslangan takliflarni, shuningdek aniq investitsion takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Namangan viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur Farmonning ijrosi va amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisida 2019-yil 10-yanvarga kadar axborot bersin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-avgust,
PF-5517-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5517-sonli Farmoniga ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasining transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini jadal rivojlantirish
I. Avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish xamda taʼmirlash tadbirlari
1.
4H 445A avtomobil yoʻlining 2,5 — 4 km qismini joriy taʼmirlash
km
1,5
120,0
120,0
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi
2.
“Namangan” EIZga kirish yoʻllarini taʼmirlash
km
3
300,0
300,0
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi
3.
“Namangan” EIZga olib boruvchi ichki kirish yoʻllarini taʼmirlash
km
3
600,0
300,0
300,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti, Loyiha tashabbuskori
Jami:
1020,0
420,0
600,0
II. Suv taʼminoti, kanalizatsiya xamda irrigatsiya obyektlarini qurish tadbirlari
4.
Suv toʻsish inshootini qurish
dona
1
468,0
468,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
5.
Suv oʻtkazish minorasini qurish
dona
1
78,0
78.0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
6.
D-160 mm suv quvurlari tarmogʻini qurish
km
1,2
702,0
702,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
7.
Tozalash inshootlarini qurish
kub.m
250 — 300
390,0
390,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
Jami:
1638,0
1638,0
III. Elektr taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari
8.
110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish va transfarmator oʻrnatish
km
kVA
1,5 10000
6 600,0
6 600,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
9.
10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish va transfarmator oʻrnatish
km
kVA
10,5
2800
1 254,0
1254,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
10.
10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻini qurish va transfarmator oʻrnatish
km
kVA
2,3
1250
350,0
350,0
Namangan viloyatining mahalliy budjeti
Jami:
8204,0
8204,0
IV. Gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish tadbirlari
11.
Chust tumanining (“Sabzazor” mavzesi) gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish
km
0,33
565,0
565,0
“Oʻztransgaz” AJ
Jami:
565,0
565,0
V. Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari
12.
Optik tolali aloqa liniyalarini qurish
km
5,5
143,2
143,2
“Oʻzbektelekom” AK
Jami:
143,2
143,2
HAMMASI:
11 570,2
2 766,2
8 804,0
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2018-y., 06/18/5517/1859-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)