Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.05.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA HAVO TRANSPORTINI BOShQARISh TIZIMI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy aviokompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 28-yanvardagi Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika, davlatlararo va xalqaro aviayo‘llar bo‘yicha aviatsiya orqali tashuvlarni tashkil etish, aholining va respublika xalq xo‘jaligining ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, Fuqaro aviatsiyasining 243-zavodi, “Aviastroy” qurilish-montaj birlashmasining “Aviaspetsmontajnaladka” xo‘jalik hisobidagi uchastkasi negizida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tuzilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi fuqaro aviatsiyasi masalalari bo‘yicha davlat boshqaruv organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transporti sohasidagi siyosatni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni ta’minlaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining ilova qilinayotgan Ustavi va uning tashkiliy tuzilishi ilovaga muvofiq; tasdiqlansin.
4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi apparatining eng ko‘p xodimlari soni 120 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini hisobga olmasdan) iborat qilib belgilansin, ular tasarrufidagi korxonalar va tuzilma birliklari ajratgan mablag‘lar hisobiga saqlansin. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga aviakompaniya bosh direktorining 4 nafar o‘rinbosari, shu jumladan bitta birinchi o‘rinbosari bo‘lishga ruxsat etilsin.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosarlari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. Kompaniyaning xorijiy vakolatxonalari rahbarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aviakompaniya tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-fevral,
44-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining
USTAVI
I. Umumiy qoidalar
1. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (bundan keyin matnda Aviakompaniya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan fuqaro havo transporti maqsadlarida foydalanuvchi, shuningdek, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining asosiy yuk tashuvchisi hisoblanadi. Aviakompaniya samoletlarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i aks etgan.
2. Aviakompaniya O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi negizida tuzilgan va uning vorisi hisoblanadi.
3. Aviakompaniya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga, shuningdek, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining normativ aktlariga, ular O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan darajada, amal qiladi.
4. Aviakompaniya yuridik shaxs bo‘lib hisoblanadi, emblemaga, burchakli tamg‘a, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi aks etgan hamda o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
5. Aviakompaniya xo‘jalik hisobi, o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlash va o‘z xarajatlarini o‘z.i qoplash prinsiplarida ishlaydi. Aviakompaniya asosiy va oborot mablag‘lariga, mustaqil va yig‘ma balansga, O‘zbekiston Respublikasi va chet ellardagi bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi.
6. Aviakompaniya birlashma maqomiga ega bo‘lib, huquqiy shaxs huquqlariga ega bo‘lgan tuzilma birliklaridan va aviatuzatish korxonasidan iboratdir.
7. Aviakompannya O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lib, manzilgohi quyidagichadir: 700061, Toshkent shahri. Proletar ko‘chasi, 41.
II. Asosiy vazifalari
8. Aviakompaniyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududida havo transporti sohasidagi siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
respublika, davlatlararo va xalqaro aviayo‘llarda avia tashuvlarga, shu bilan bog‘liq xizmatlarga, xalq xo‘jaligida aviatsiyadan foydalanib ishlashga va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi faoliyatning boshqa turlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilma birliklari, ajralib chiqqan korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarini bajarishda va havo kemalaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish;
Aviakompaniya faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashishning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan hamjihatlikda amalga oshirish;
(8-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-sonli qarori tahririda)
III. Asosiy funksiyalari
9. Ishlab chiqarish:
ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni, ilg‘or tajribani, xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining andazalari va tavsiyalarini amaliy faoliyatga jalb qilish;
parvozlarning xavfsizligini va doimiyligini ta’minlash, havo kemalarini, yerdagi texnikani, aerodromlarni, navigatsiya, aloqa va qo‘ndirish vositalarini uchishda va texnikaviy ekspluatatsiya qilishni tashkil etish;
respublika, respublikalararo va xalqaro yo‘llarda parvozlarni meteorologik ta’minlash organlari bilan hamkorlik, parvozlarni meteorologik ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
parvozlarni aloqa, radionavigatsiya va yoritish-texnika vositalari bilan ta’minlash, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshirish, zarur radiolokatsiya, radionavigatsiya, aloqa vositalarini va boshqa texnika vositalarini joriy qilish. Parvozlarni radionavigatsiya axboroti bilan, shu jumladan, xorijda chiqadigan axborot bilan ta’minlash; shartnoma shartlari asosida va ularga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘ida xorijiy havo kemalarining uchishini ta’minlash;
belgilangan javobgarlik doirasida havo yo‘llari harakatini boshqarishni ta’minlash. Havo yo‘llari harakatini boshqarishda parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
erdagi texnika vositalaridan yuksak samarali foydalanish na aviatsiya texnikasiga tijorat asosida xizmat ko‘rsatish;
uchuvchilar, injener-texnik xodimlar va boshqa mutaxassislarning professional tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash;
o‘z havo kemalariga, shartnoma shartlari asoslarida va unga muvofiq, boshqa huquqiy shaxslarga tegishli havo kemalariga, shuningdek, xorijiy aviakorxonalarning havo kemalariga yuqori sifatli texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash,
aviatashuvlarni statistik hisobga olishni amalga oshirish, ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatni iqtisodiy tahlil qilish, parvozlarning soni va yangi havo yo‘llarini, shu jumladan, xalqaro havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida takliflar tayyorlash, tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarning talabnomalariga ko‘ra reysdan tashqari parvozlarni va xorijiy aviakompaniyalarning reysdan tashqari uchgan samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;
korxonalar va tuzilma bo‘linmalarining moddiy-texnika ta’minoti, moddiy resurslar fondlarini ishlatish, ehtiyot qismlar, materiallar, xomashyo, yoqilg‘i va elektr energiyasining to‘g‘ri saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Aviakompaniyaning chet ellardagi vakolatxonalarida va aralash firmalarida, qo‘shma korxonalar direksiyalarida ishlash uchun kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, shuningdek, ularni Aviakompaniya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tayyorlash;
shartnoma shartlari asosida va ularga muvofiq qo‘shimcha xalqaro barter reyslarini bajarishni rejalashtirishni va tashkil etishni amalga oshirish.
10. Tijorat va huquqiy:
samolyot-motor parkidan, aeroportlardan, yerdagi texnikadan, binolar va inshootlardan samarali foydalanish;
aviatashuvlar, xizmatlar bilan bog‘liq boshqa aviatsiya faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, tijorat, valyuta-moliya va reklama ishini tashkil etish hamda buning uchun zarur bo‘lgan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish;
yangi aviatsiya texnikasi sotib olish (ijaraga olish) yerdagi infratuzilmalarni yangilash, aeroportlar qurish bo‘yicha ko‘proq sarmoya ketadigan loyihalarni moliyaviy ta’minlash uchun investitsiya fondini tuzish;
Aviakompaniyaning chet ellardagi vakolatxonalari faoliyatini ularning tijorat ishining valyuta samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etish va boshqarish;
O‘zbekiston Respublikasining aeroportlarida o‘z havo kemalariga shartnomalar va bitimlar shartlari asosida va ularga muvofiq boshqa yuridik shaxslarning havo kemalariga, shuningdek, xorijiy aviakompampaniyalarning havo kemalariga yuqori samarali tijorat asosida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish va aviatsiya xizmatlari eksportini kengaytirish;
o‘z hududi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamiyatlar va boshqa shaxslar bilan bitishuvlar va boshqa huquqiy, shu jumladan, kredit va veksel hujjatlarini imzolash, ular oldida, sudlarda, hakamlik sudlarida da’vogar va javobgar bo‘lish;
Aviakompaniya o‘z huquqi doirasiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari bilan bevosita aloqalarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda zarur bo‘limlar, filiallar, vakolatxonalar, agentliklar ochish;
faoliyati Aviakompaniyaning vazifalariga muvofiq keluvchi xalqaro aviatsiya tashkilotlari ishida qatnashish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan, xorijiy shaxslar bilan tijorat, valyuta-moliya. texnikaviy bitimlar va boshqa bitimlar tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari normalariga rioya qilishni va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, havo yo‘llari to‘g‘risida, hukumatlararo bitimlarni, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi masalalari bo‘yicha xalqaro konvensiyalarning Aviakompaniyaga tegishli qismini bajarishni ta’minlash;
xorijiy aviakompaniyalar, ham chet eldagi, ham O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatchilar firmalari va boshqa tashkilotlari bilan tijorat hamkorligini kengaytirish, zarur aloqalarni o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash, rasmiy tadbirlar o‘tkazish;
belgilangan, tartibda qo‘shma korxonalar tashkil etish va qo‘shma korxonalar faoliyatida xorijiy sheriklar bilan birga ularning ta’sischisi sifatida ishtirok etish.
11. Mulkiy-moliyaviy:
aviatashishlar, havo kemalariga tijorat va texnika xizmati ko‘rsatish va boshqa xizmatlar sohasida Aviakompaniyaning majburiyatlari va talablari bo‘yicha xorijiy firmalar, tashkilotlar, aviakompaniyalar bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa respublikalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari bilan chet el valyutasida moliyaviy hisob-kitoblar yuritish;
O‘zbekiston Respublikasida ham, uning tashqarisida ham o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish binolari va boshqa binolarni, shuningdek, har xil ko‘chirib bo‘ladigan va ko‘chirib bo‘lmaydigan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qurish, sotib olish, ekspluatatsiya qilish va ijaraga berish;
boshqa respublikalar fuqaro aviatsiyasining boshqarmalari, birlashmalari va korxonalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlarida hisob-kitoblarning holatini va samolyotlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini to‘lash talablarini taqdim etishning to‘laligini nazorat qilishni amalga oshirish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xorijiy aviakompaniyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari, tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha statistika hisobotlari, yig‘ma buxgalteriya hisobotlari va balanslarni belgilangan muddatlarda tuzish va taqdim etish, ajralib chiqqan korxonalar va tarbiyaviy bo‘linmalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan muddatlarda taftish qilish;
fuqaro aviatsiyasi sohasidagi shartnomalar va bitimlarni, bozor konyunkturasini va foyda olishda manfaatdorlikni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham aviatashishlarni sotish hamda korxonalar, firmalar, tashkilotlar va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish.
IV. Mol-mulki va mablag‘lari
12. Aviakompaniyaning strukturasiga kiruvchi hamda uning balansida o‘z ifodasini topuvchi asosiy fondlar va oborot mablag‘lar Aviakompaniyaning mulkini tashkil etadi.
13. Davlat boshqaruv organi bo‘lgan Aviakompaniyaga davlat mulkini boshqarish huquqi berilgan. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik aktlari va mazkur Ustavga muvofiq Aviakompaniyaning mol-mulki to‘liq xo‘jalik egaligi qilish huquqi bilan unga tegishli bo‘ladi.
14. Quyidagilar Aviakompaniyaning mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
xo‘jalik va tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda xarid qilingan qimmatbaho qog‘ozlardan olingan daromadlar;
budjetdan ajratilgan mablag‘lar;
Aviakompaniyaning qo‘shma korxonalarda qatnashishidan olingan daromadlar;
yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ishlar va xizmatlarni bajarishdan olingan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik aktlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan budjetga soliqlar to‘lashdan keyin qolgan foydani taqsimlash Aviakompaniya Kengashi huquq doirasiga kiradi.
V. Aviakompaniyaning huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
16. Avikompaniya aviakompaniyaning amaldagi tuzilmasiga faqat avikompaniya Kengashi qaroriga ko‘ra uni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash bilan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan yangi tarkibiy birliklarni tashkil etish, mavjud korxonalarni tugatish va qayta tashkil etish masalalari yuzasidan o‘zgartirishlar kiritish huquqiga egadir.
Avikompaniya komplekslari, aeroportlari va korxonalari aviakompaniya direksiyasi bilan kelishgan holda tuzilmani mustaqil aniqlaydilar va shtatlarni belgilaydilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-iyundagi 232-sonli qarori tahririda)
17. Aviakompaniya yagona korxona hisoblanadi, biroq ishlab chiqarishning texnologik to‘liq sikllarini bajarish uchun alohida korxonalar tashkil etishi mumkin.
18. Aviakompaniya o‘ziga qarashli binolar, inshootlar, asbob uskunalar, transport vositalari, inventar, xomashyo va boshqa moddiy boyliklarni sotish, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berish, ayirboshlash, ijaraga berish, bepul vaqtincha foydalanishga yoki qarzga berish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ularni balansdan chiqarish huquqiga egadir.
19. Aviakompaniya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va sotish yo‘li bilan ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, jamoani ijtimoiy rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslar va fuqarolarning pul mablag‘larini jalb qilish huquqiga egadir.
20. Aviakompaniya ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiy rivojlantirish uchun bank muassasalarining, shu jumladan, xorijiy bank muassasalarining kreditlaridan, ularni belgilangan tartibda to‘lagan holda, foydalanishi mumkin.
VI. Aviakompaniyaning javobgarligi
21. Aviakompaniya shartnoma majburiyatlarini, kredit-hisob-kitob va soliq intizomini, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan to‘liq mulkiy javobgarlikka tortiladi.
VII. Aviakompaniyani boshqarish
22. Aviakompaniyaning yuqori rahbar organi uning Kengashi hisoblanadi Kengashga Aviakompaniya Kengashi raisi boshchilik qiladi.
23. Aviakompaniya Kengashining faoliyati Aviakompaniya Kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Aviakompaniya Kengashi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
24. Aviakompaniya faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Aviakompaniya bosh direktori boshqaradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Aviakompaniyaning bosh direktori lavozimi bo‘yicha Aviakompaniya Kengashining raisi hisoblanadi.
25. Aviakompaniyaning bosh direktori Aviakompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun direksiya va uni ta’minlash uchun apparat tuzadi.
26. Direktorlar Ustavga muvofiq va Aviakompaniya Kengashi va bosh direktor rahbarligida o‘zlarining huquq doiralariga kiruvchi barcha joriy ishlab chiqarish faoliyati masalalari bo‘yicha qarorlar chiqaradilar.
27. Direktorlar o‘z faoliyatlarini oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida mustahkam hamkorlikda amalga oshiradilar. Ular Aviakompaniya Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlashlari kerak
28. Direktorlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxona xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqga egadirlar.
29. Aviakompaniya faoliyatiga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar Kengash tomonidan qabul qilinadi va Aviakompaniya bosh direktori tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. Aviakompaniya faoliyatini nazorat qilish
30. Aviakompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qilish, shuningdek, uning faoliyati ayrim jihatlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda unga vakil qilingan organlar hamda Aviokompaniya taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
IX. Aviakompaniya faoliyatini to‘xtatish
31. Aviakompaniya faoliyati “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq to‘xtatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil
4-fevraldagi 44-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining
TAShKILIY TUZILIShI
Direksiya
Korxona:
Aviatuzatish zavodi
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent aeroporti
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-iyundagi 232-sonli qarori bilan “Toshkent” aeroporti “Tarkibiy birliklar” guruhidan “Korxonalar” guruhiga o‘tkazilgan)
Tarkibiy bo‘linmalar:
Uchish kompleksi
Muhandislik-aviatsiya kompleksi
Yo‘lovchilar tashishni sotish va bronlashtirish kompleksi
Radiotexnika ta’minoti kompleksi
“Uzagronavigatsiya” havo harakatini boshqarish kompleksi
“Uzaviatexsnabtorg” moddiy-texnika ta’minoti kompleksi
O‘quv-mashq qilish markazi
Tarmoq axborot-hisoblash markazi
Tajriba-eksperiment joriy etish markazi
Tuzatish-qurilish boshqarmasi
Andijon aeroporti
Buxoro aeroporti
Qo‘qon aeroporti
Navoiy aeroporti
Namangan aeroporti
Nukus aeroporti
Samarqand aeroporti
Sergeli aeroporti
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-iyundagi 232-sonli qarori bilan “Toshkent” aeroporti “Tarkibiy birliklar” guruhidan “Korxonalar” guruhiga o‘tkazilgan)
Termiz aeroporti
Urganch aeroporti
Farg‘ona aeroporti