Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya bozori va davlat aktivlari boʻyicha daromadlar tushumini nazorat qilish boshqarmasi tugatilsin hamda boʻshayotgan 5 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga oʻtkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) balansidagi binolari, inshootlari va boshqa moddiy-texnika qimmatliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga berilsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining Vasiylik kengashi tarkibi va tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
10. Belgilansinki, Markaz mavjud vakolatlari bilan bir qatorda:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining loyiha boshqaruvi sohasida malakasini oshirish boʻyicha maxsus qisqa muddatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqadi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha boshqaruvi sohasida kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha boshqaruvi sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini sertifikatlash tizimini ishlab chiqadi va amalga joriy etadi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha boshqaruvining xalqaro va milliy standartlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, axborot beruvchi adabiyotlar va boshqa materiallar ishlab chiqishni amalga oshiradi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
11. Markazda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab:
har yilgi qabul kvotalari 40 kishidan iborat boʻlgan magistratura taʼlim dasturi asosida “Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaxassisligi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini loyiha boshqaruvi sohasi boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etilsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
magistrlar tayyorlash sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda, “Loyiha boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash sohasida oliy taʼlim davlat taʼlim standartini tasdiqlasin;
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga “Loyiha boshqaruvi” magistratura mutaxassisligini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Markaz ikki oy muddatda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalarini xorijda qisqa muddatli stajirovkalar oʻtashni va loyiha boshqaruvi sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar, shuningdek, davlat kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-may,
PQ-3720-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-son qaroriga
1-ILOVA
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining Vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori, Kengash raisi

2.

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

M.B. Nurmurodov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

4.

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

5.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

6.

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

7.

V.Yu. Pak

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

8.

B.F. Ganixodjayev

Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi direktori, Kengash kotibi

Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar ushbu kengash tarkibiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-son qaroriga
2-ILOVA
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining
TASHKILIY TUZILMASI
Jami — 52 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 27 nafar, professor-oʻqituvchilar — 25 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-sentabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2414-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Opredelit osnovnimi zadachami i napravleniyami deyatelnosti Nauchno-obrazovatelnogo sentra korporativnogo upravleniya:
osushestvleniye s shirokim uchastiyem professorsko-prepodavatelskix kadrov vedushix obrazovatelnix uchrejdeniy ekonomicheski razvitix stran spetsialnix kratkosrochnix programm po povisheniyu kvalifikatsii upravlencheskix kadrov i spetsialistov v sfere korporativnogo upravleniya, ovladeniyu imi sovremennimi metodami menedjmenta, marketinga i biznes-administrirovaniya;
organizatsiyu obucheniya rabotnikov gosudarstvennix organov i inix organizatsiy po voprosam proyektnogo upravleniya;
razrabotku spetsialnix kratkosrochnix obrazovatelnix programm po povisheniyu kvalifikatsii rabotnikov gosudarstvennix organov i inix organizatsiy v sfere proyektnogo upravleniya i gosudarstvennix zakupok;
podgotovku visokokvalifitsirovannix spetsialistov na osnove mejdunarodnix standartov proyektnogo upravleniya po obrazovatelnoy programme magistraturi po spetsialnosti “Proyektnoye upravleniye” (“Project management”);
podgotovku visokokvalifitsirovannix spetsialistov v oblasti upravleniya biznesom i korporativnogo upravleniya na osnove ispolzuyemix v ekonomicheski razvitix stranax obrazovatelnix programm magistraturi po spetsialnosti “Upravleniye biznesom” (“Master of Business Administration — MBA”);
formirovaniye kadrovogo rezerva v sfere proyektnogo upravleniya i gosudarstvennix zakupok;
razrabotku i vnedreniye sistemi sertifikatsii rabotnikov gosudarstvennix organov i inix organizatsiy v oblasti proyektnogo upravleniya i gosudarstvennix zakupok;
razrabotku uchebnix posobiy, spravochnoy literaturi i drugix materialov po mejdunarodnim i natsionalnim standartam proyektnogo upravleniya i gosudarstvennix zakupok;
vnedreniye v uchebniy protsess sovremennix mejdunarodnix standartov i metodov podgotovki upravlencheskix kadrov s shirokim ispolzovaniyem peredovix pedagogicheskix i informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy, v tom chisle distansionnogo obucheniya;
glubokoye izucheniye na sistemnoy osnove peredovogo zarubejnogo opita v sfere proyektnogo i korporativnogo upravleniya, menedjmenta i gosudarstvennix zakupok, a takje podgotovku predlojeniy po sovershenstvovaniyu zakonodatelstva v etoy sfere;
ustanovleniye tesnix svyazey i razvitiye sotrudnichestva s vedushimi zarubejnimi obrazovatelnimi uchrejdeniyami i kompaniyami, realizatsiyu s nimi sovmestnix partnerskix programm po dalneyshemu sovershenstvovaniyu uchebno-metodicheskoy raboti po podgotovke i povisheniyu professionalnogo urovnya upravlencheskix kadrov v sfere proyektnogo i korporativnogo upravleniya”;
b) 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yavlyayetsya yuridicheskim litsom v forme uchrejdeniya i v svoyey deyatelnosti podchinyayetsya i podotcheten Natsionalnomu agentstvu proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;
osushestvlyayet na platno-kontraktnoy osnove podgotovku, perepodgotovku i povisheniye kvalifikatsii upravlencheskix kadrov po spetsialnim obrazovatelnim programmam “korporativnoye upravleniye dlya rukovodyashix rabotnikov”, “proyektnoye upravleniye i gosudarstvennie zakupki”, a takje po obrazovatelnim programmam magistraturi po spetsialnostyam “Proyektnoye upravleniye” (“Project management”) i “Upravleniye biznesom” (“Master of Business Administration — MBA”) s vidachey po okonchanii obucheniya sootvetstvuyushix dokumentov gosudarstvennogo obrazsa. Pri etom na period obucheniya v Sentre za obuchayushimisya soxranyayetsya zanimayemaya doljnost po osnovnomu mestu raboti”;
v) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 5-bandning birinchi xatboshisidan “R.S. Azimov” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3794-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 305-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 94-modda):
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) muassisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hisoblanadi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)” degan soʻzlar “Markaz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” degan soʻzlar “Markaz Vasiylik kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga boʻysunadi va hisobot beradi”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek biznesni boshqarish, loyiha va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
korporativ boshqaruv sohasida, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchi kadrlarining keng ishtirokida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarining malakasini oshirish, ularning menejment, marketing va biznesni boshqarishning zamonaviy usullarini egallashi boʻyicha maxsus qisqa muddatli dasturlarni amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasidagi malakasini oshirish boʻyicha maxsus qisqa muddatli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish;
loyiha boshqaruvi xalqaro standartlari asosida “Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaxassisligida magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
“Biznesni boshqarish” (“Master of Business Administration — MVA”) mutaxassisligi boʻyicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladigan magistratura taʼlim dasturlari asosida biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va amalga joriy etish;
loyiha boshqaruvi va davlat xaridlarining xalqaro va milliy standartlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, maʼlumot beruvchi adabiyotlar va boshqa materiallar ishlab chiqish;
ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda oʻquv jarayoniga boshqaruv kadrlari tayyorlashning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etish;
loyiha boshqaruvi va korporativ boshqaruv, menejment va davlat qurilishi sohasida ilgʻor xorijiy tajribani tizimli asosda chuqur oʻrganish, shuningdek mazkur sohada qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari va kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish va hamkorlikni rivojlantirish, ular bilan loyiha boshqaruvi va korporativ boshqaruv sohasida boshqaruv kadrlari tayyorlash va ularning professional saviyasini oshirish boʻyicha oʻquv-metodik ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshma hamkorlik dasturlarini amalga oshirish”;
ikkinchi xatboshi “Vazirlar Mahkamasining” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi “biznesni boshqarish” degan soʻzlardan keyin “loyiha” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi “tuzilmalarning” degan soʻzdan keyin “loyiha boshqaruvi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” degan soʻzlar “Markaz Vasiylik kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz direktorini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, Markaz direktorining taqdimnomasiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari nomzodlarini kelishadi”;
ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Markazga toʻlov-kontrakt asosida magistrlar qabul qilishning har yilgi kvotasi quyidagi miqdorda belgilanadi:
“Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaxassisligi boʻyicha — 40 kishi;
“Biznesni boshqarish” (“Master of Business Administration — MBA”) mutaxassisligi boʻyicha — 40 kishi”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Markaz oʻqitishni toʻlov-kontrakt asosida:
“Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaxassisligi boʻyicha magistraturaning bir yillik taʼlim dasturiga muvofiq;
“Biznesni boshqarish” (“Master of Business Administration — MBA”) mutaxassisligi boʻyicha magistraturaning ikki yillik taʼlim dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
Oʻqitish yakuni boʻyicha davlat namunasidagi tegishli hujjatlar beriladi”;
4-banddagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari va tadbirkorlik boshqa subyektlarining rahbar xodimlari hamda mutaxassislari” degan soʻzlar “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning rahbar xodimlari hamda mutaxassislari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ijro etuvchi hokimiyat” degan soʻzlar “davlat hokimiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganda belgilangan namunadagi sertifikat bergan holda loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 3-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “biznesni boshqarish” degan soʻzlar “samarali davlat boshqaruvi va biznes maʼmuriyatchiligi, loyiha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son, 21.06.2018-y., 07/18/3794/1378-son; 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)