Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etilganligi;
Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini oʻqitish hamda tayyorlashning ilgʻor usullarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha respublikaning bazaviy oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-metodik muassasasi hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro standartlar va kadrlar tayyorlashning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda tegishli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning sifatli oliy taʼlim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish uchun yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻlgan hamda sport sohasida yuqori natijalarni qayd etgan malakali, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan xalqaro toifadagi sport ustalari va trenerlarini taʼlim jarayoniga keng jalb etish;
talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy va amaliy mashgʻulotlarni yanada optimallashtirish, ish beruvchilar ehtiyojidan hamda sportda yuqori natijalarni qayd etish talablaridan kelib chiqib, ularning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan oʻquv rejalarini, dasturlar va oʻquv-metodik materiallarni oʻquv jarayonida qoʻllash;
oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy adabiyotlar fondini va sport sohasiga oid taʼlim resurslarini muntazam yangilab borish, oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning sport faoliyatiga oid xalqaro axborot va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka oʻtash tartibini takomillashtirish;
tizimli asosda pedagogik va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, sport muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, shuningdek, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Universitetning xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish, sport faoliyatiga oid ijobiy xalqaro tajriba natijalaridan taʼlim jarayonida foydalanish, nazariy va amaliy bilimlarning sportda boshqaruv sohasi va trenerlik faoliyatida qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini sport tashkilotlari, ixtisoslashgan sport taʼlim muassasalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqaruv organlari bilan faol hamkorlik orqali taʼminlash;
Universitetning mavjud moddiy-texnika bazasi imkoniyati doirasida qoʻshimcha pulli xizmatlar (ijara, pulli oʻquv kurslari)ni yoʻlga qoʻyish orqali budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilishni kengaytirish, isteʼdodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
5. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish, muammolarni aniqlash, har bir sport turi boʻyicha sportchilar va jamoalarning tayyorgarlik tizimi dinamikasini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilashga koʻmaklashish maqsadida Universitet tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda xodimlarning umumiy cheklangan soni 16 kishidan iborat boʻlgan Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha maxsus ilmiy laboratoriya (keyingi oʻrinlarda laboratoriya deb ataladi) tashkil etilsin.
6. Quyidagilar laboratoriyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini va ularning jismoniy tayyorgarligini oʻrganish, jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
sportchilarning turli darajadagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun sport turlari boʻyicha terma jamoalarning oʻquv-metodik tayyorgarligini takomillashtirish, yuqori malakali sportchilar va zaxira sportchilarning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari oʻtishi davrida kompleks ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
sportchilarning tayyorgarligini (jismoniy, texnik-taktik, funksional, psixologik) har tomonlama tahlil qilish va modellashtirish;
mashgʻulot yuklamalarini tahlil qilish, kutilayotgan sport natijalariga erishishga qaratilgan sport tayyorgarligini rejalashtirish va dasturlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-texnik axborotlarni toʻplash, jismoniy tarbiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yangi metodikalar va texnologiyalarning ilmiy ekspertizasini tashkil etish hamda ularni amaliyotda qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisida xulosalar berish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bagʻishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar tashkil etish;
professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, trenerlar, sportchilar va boshqa mutaxassislar uchun ilmiy-metodik, oʻquv-metodik adabiyotlar nashr etish.
7. Belgilansinki:
laboratoriyaning ilmiy va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
laboratoriya buyurtmachi tashkilotlarning buyurtmalaridan kelib chiqib, sport sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini shartnoma asosida, buyurtmachi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiradi.
8. Belgilansinki, Universitet Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
bir oy muddatda Universitetning ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2018-yil 1-avgustga qadar zarur oʻquv rejalari va dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va qoʻllanmalar ishlab chiqilishini hamda ular Universitetning kafedralariga yetkazilishini taʼminlasin;
2018-yil 1-sentabrga qadar Universitetning boʻlimlari, fakultetlari va kafedralarini yuqori malakali mutaxassislar hamda professor-oʻqituvchi kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Universitetning yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan bino va inshootlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
11. Belgilab qoʻyilsinki, Universitetni saqlash xarajatlari 2018-yilda “Taʼlim” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
331-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 331-son qaroriga
2-ILOVA
2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish

1.

2018-2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha taʼlimning sirtqi shakliga qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

2018-yil
II chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

2.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻquv rejalari va dasturlar, oʻquv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-taʼlim resurslarini yaratish va takomillashtirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari faoliyatini ilmiy-metodik taʼminlash.

2018-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

3.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida tegishli yoʻnalishlar
va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarni, oʻquv-metodik adabiyotlarni hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish.

2018-yil

III chorak

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

II. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida oʻquv jarayonini tashkil etish hamda taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish

4.

Fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, jismoniy tarbiya va sportning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maktablarni rivojlantirish, yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

5.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar loyihalari va xalqaro grantlar tanlovlarida universitetning faol ishtirokini taʼminlash.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

6.

Xorijiy taʼlim muassasalari va sport tashkilotlari hamkorligida jismoniy tarbiya va sportning muammolari, yutuqlari hamda istiqbollarini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish.

2018-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

7.

Sport turlari boʻyicha federatsiyalar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot mavzularida sport tashkilotlarining muammolarini qamrab olinishiga eʼtibor qaratish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

8.

Institutsional hamkorlik (xorijiy taʼlim muassasalari, sport tashkilotlariga aʼzolik) — xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik miqyosini kengaytirish, shu jumladan bakalavrlar, magistrlar, ilmiy izlanuvchilar, professor-oʻqituvchilar uchun malaka almashinuv dasturlarini tuzish. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

9.

Xorijiy yetakchi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, taʼlim dasturlari va oʻquv metodik materiallarni keng joriy etish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

10.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida yangi avlod oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va oliy taʼlim tizimiga keng joriy etish, taʼlim muassasasini zamonaviy oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish.

2018-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining budjetda tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

III. Ilmiy salohiyatni oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish

11.

Ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibini istiqbolli yosh pedagog
va ilmiy kadrlar bilan toʻldirib borish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

12.

Ilgʻor innovatsion va ilm-fan yutuqlariga xizmat qiladigan loyihalar va ishlanmalarni amalga oshirish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

13.

Ilmiy-tadqiq�t ishlarini olib borish va uni amaliyotga joriy etish maqsadida quyidagi maxsus laboratoriyalarni tashkil qilish:

Tibbiy-biologik muammolarni oʻrganish laboratoriyasi;

Psixo-fiziologik muammolarni oʻrganish laboratoriyasi;

Pedagogika muammolarini oʻrganish laboratoriyasi.

2018-yil

2019-yil

2020-yil

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

14.

Universitet va Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini zamonaviy texnika vositalari va maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

2018-yildan boshlab doimiy

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

15.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda falsafa doktori
(Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) tayyorlash tajribasini chuqur tahlil qilgan holda falsafa doktori va fan doktorlarini tayyorlash, yuqori ilmiy-uslubiy va amaliy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash hamda ularni nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishni taʼminlash.

2018-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

16.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida yangi avlod oʻquv-uslubiy adabiyotlarini nashr etishga tayyorlash, bunda yangi avlod
oʻquv adabiyotlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida foydalanilayotgan tegishli adabiyotlarning tanqidiy tahlili asosida yaratish.

2018-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

17.

Universitet va Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, taʼlim jarayonlarini zamonaviy axborot-uslubiy materiallar va oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash.

2018-yildan boshlab doimiy

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

18.

Universitetning ilmiy-pedagogik kadrlari faoliyatini tanqidiy oʻrganish, oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini qayta koʻrib chiqish.

2018-yil

III chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

19.

Universitetga tibbiyot va ijtimoiy-gumanitar sohadagi
ilmiy-pedagog kadrlarni jalb qilish, sport psixologiyasi,
sport menejmenti va sport sotsiologiyasi yoʻnalishlarida
ilmiy-tadqiqotlarni hamda dissertatsiya himoyalarini tashkil etish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

20.

“Ustoz va shogird” anʼanalari asosida universitetda ilmiy maktablar yaratish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

21.

Universitet bilan sport tashkilotlari integratsiyasini taʼminlash, sport tashkilotlarining dolzarb muammolari mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishini yoʻlga qoʻyish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

22.

Iqtidorli talabalarni aniqlash va tanlash, ularni magistratura bosqichida taʼlim olishi hamda tayanch doktoranturada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi boʻyicha uzluksiz tizimni yoʻlga qoʻyish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

23.

Universitet ilmiy-pedagog xodimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar negizida “Fan sportga” ilmiy-nazariy jurnali faoliyatini takomillashtirish va ommalashtirish choralarini koʻrish.

2018-yil

II chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va spo�t universiteti

24.

Fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, jismoniy tarbiya va sportning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash.

2018-yil

III chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

25.

Universitetning mutaxassislik kafedralari negizida joylarda ommaviy sportni rivojlantirish muammolarini oʻrganuvchi guruhlar tashkil qilish va mavjud muammolar yechimi yuzasidan
chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2018-yil
III chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

IV. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

26.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini zamonaviy oʻquv-uslubiy taʼminot va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

27.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borishga trenerlik kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchilar hamda chet el va xalqaro grantlar asosida xorijiy mutaxassislarni jalb etishni kengaytirish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

28.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagog kadrlarni
va trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari boʻyicha zamonaviy talablar va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda malaka talablarini, oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish.

2018-yil

III chorak

-

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

29.

Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

30.

Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining kadrlar tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

31.

Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini xalqaro standartlar darajasiga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

V. Fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va integratsiyani rivojlantirish

32.

Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida bakalavriat
va magistratura bosqichi talabalarini jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, respublika sport federatsiyalari va uyushmalarida amaliyot oʻtashlarini kengaytirish hamda ularning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasini tashkil etish.

2018-yildan boshlab doimiy

-

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

33.

Sport sohasidagi real isteʼmolchilar talablarini eʼtiborga olgan holda malaka talablari tuzilmasi va mazmuni boʻyicha loyihalar tayyorlash.

2018-yil

II chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

34.

Kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilotlar bilan korporativ hamkorlikni mustahkamlash asosida oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari sifatini koʻtarish.

2018-yil

II chorak

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2018-y., 09/18/331/1146-son; 13.07.2019-y., 09/19/574/3421-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)