|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.09.2004
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NON VA QANDOLATChILIK MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARUVChI YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni un bilan taʼminlash va uning davlat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi boʻlinmalarining doʻkonlari negizida non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni un bilan taʼminlash boʻyicha ilovaga* muvofiq ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana doʻkonlar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
* Ilova berilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda tashkil etiladigan ulgurji-chakana doʻkonlarining joylashtirilishini ikki hafta muddatda belgilasin hamda ularni qoʻshimcha nazorat-kassa apparatlari va boshqa zarur savdo jihozlari bilan taʼminlasinlar.
“Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, keyinchalik yakka tartibdagi tadbirkorlarga un sotish boʻyicha qoʻshimcha ulgurji-chakana doʻkonlar ochish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana doʻkonlarida un, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga:
mahalliy hokimliklar tomonidan “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining hududiy boʻlinmalariga taqdim etiladigan roʻyxat boʻyicha faqat belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlarga:
naqd hisob-kitob qilishning belgilangan hajmlari doirasida, faqat nazorat-kassa apparatlaridan foydalanilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan chakana narxlarda sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2000-yil va undan keyingi davrlar hosilidan davlat resurslari uchun oziq-ovqat bugʻdoyi etishtirish va undan foydalanish balanslarining asosiy normativlarini ishlab chiqishda “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga tashkil etilayotgan ulgurji-chakana doʻkonlar tarmogʻi orqali yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish uchun un ajratishni nazarda tutsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ixtisoslashtirilgan ulgurji-chakana doʻkonlar tarmogʻi orqali yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish uchun un ajratish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 8-sentabr,
347-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 92-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 37-son, 411-modda)