1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish va 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi maqsadlariga erishish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, davlat organlarining axborot-tahlil ishlarini tashkil etishning zamonaviy talablarga javob bermayotgani amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻliq va oʻz vaqtida roʻyobga chiqarish, mavjud muammolarni samarali hal etish va rivojlantirishning innovatsion gʻoyalarini ilgari surishga toʻsqinlik qilmoqda.
Mazkur holat har bir davlat organi tizimida islohotlar ijrosini ekspertlik jihatdan taʼminlashning yangi, samarali va sifatli tizimini yaratish, ular boʻlinmalarining oʻzaro muvofiqlashgan tahliliy faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.
Davlat organlarining 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlarida belgilangan tadbirlarning kompleks va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlashga qaratilgan ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organlarida (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) 20 nafargacha tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan ekspert-tahlil guruhlari (keyingi oʻrinlarda — ekspert-tahlil guruhlari) tuzilsin.
Belgilansinki, ekspert-tahlil guruhlari, birinchi navbatda, davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan davlat organlarida 1-ilovaga muvofiq reja-jadval asosida tuziladi.
2. Quyidagilar ekspert-tahlil guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat organida 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatni axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan taʼminlash;
olib borilayotgan islohotlarni hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda bajarish mexanizmlarini amalga oshirishga amaliy koʻmaklashish;
davlat organi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalda bajarilishini puxta tizimli tahlil qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchilik va muammolarni aniqlash;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarining toʻliq va samarali ijrosiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
innovatsion gʻoyalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatishning tartib-taomillarini soddalashtirish hamda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarida nazarda tutilganlarini, shuningdek, tegishli soha va tarmoqlarda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash;
tegishli xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni doimiy oʻrganish hamda oʻrganish natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish;
davlat organi faoliyatiga taalluqli sohada olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishini taʼminlashdagi dolzarb masalalar boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoizumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
ekspert-tahlil guruhi davlat organi faoliyatini axborot-tahlil va ekspert-huquqiy jihatdan taʼminlashning, olib borilayotgan islohotlarni hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda bajarish mexanizmlarini amalga oshirishga amaliy koʻmaklashishning samaradorligi va tezkorligi, shuningdek, ushbu qarorning 2-bandida koʻzda tutilgan boshqa vazifalar ijrosi uchun bevosita javobgardir;
ekspert-tahlil guruhi tarkibini tasdiqlash, shuningdek, uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish davlat organining birinchi rahbari tomonidan davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleksi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
ekspert-tahlil guruhi davlat organining bevosita birinchi rahbariga boʻysunadi;
ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlar, yuqori turuvchi va markaziy tashkilotlar mutaxassislariga boshqa belgilangan toʻlovlardan tashqari davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondi (pul taʼminoti) ikki baravargacha boʻlgan miqdorda toʻlanadi;
ekspert-tahlil guruhi oʻz faoliyatini davlat organining birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshiradi;
ekspert-tahlil guruhi mutaxassislari davlat organining xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari tajribasini oʻrganish va faoliyati bilan tanishish maqsadida xorijiy mamlakatlarga chiqayotgan delegatsiyalari tarkibiga kiritilishi shart;
davlat organlari ekspert-tahlil guruhlari faoliyatiga shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega;
ekspert-tahlil guruhlarining faoliyati davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
4. Davlat boshqaruvi organi, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organining ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etishning namunaviy sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilarga:
a) davlat organlarining birinchi rahbarlariga — faoliyat yoʻnalishi va bajariladigan ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda, davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleksi bilan kelishilgan holda ekspert-tahlil guruhlari aʼzolarining ushbu qarorda belgilangan sonini koʻpaytirish;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
b) ekspert-tahlil guruhlariga:
davlat organining maʼlumotlar bazalaridan (shu jumladan elektron shakldagi) axborot, statistik va boshqa materiallarni olish;
guruhga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ekspert jihatdan amaliy koʻmaklashish uchun davlat organi boʻlinmalari xodimlarini jalb etish;
davlat organi boʻlinmalaridan uning faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tayyorlanayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha takliflarni soʻrab olish;
davlat organi boʻlinmalaridan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash boʻyicha qilingan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni talab qilib olish huquqi berilsin.
6. Davlat organlari:
bir oy muddatda davlat organiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ekspert-tahlil guruhi faoliyatining ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy sxema asosida tashkil etilishini taʼminlasinlar;
ekspert-tahlil guruhi uchun zamonaviy kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan jihozlangan, keng qamrovli Internet tarmogʻi bilan taʼminlangan alohida xonalar ajratish hamda ular faoliyatining oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini koʻrsinlar.
7. Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlariga ushbu qarorning talablarini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi kompleksi bilan kelishilgan holda doimiy faoliyat yuritadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzish tavsiya etilsin.
8. Belgilansinki, ekspert-tahlil guruhlarining tarkiblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularni 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari ijrosini taʼminlashga jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga tizimli ravishda taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3628-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat boshqaruvi organlari va respublika ahamiyatidagi davlat organlarida ekspert-tahlil guruhlarini tashkil etish
JADVALI
T/r
Idora nomi
Ekspert-tahlil guruhi tarkibini tasdiqlash
I. RESPUBLIKA AHAMIYATIDAGI DAVLAT ORGANLARI
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
2018-yil 10-aprelgacha
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
II. VAZIRLIKLAR
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
2018-yil 15 aprelgacha
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
2018-yil 20-aprelgacha
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
13-1.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
III. DAVLAT QOʻMITALARI
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
2018-yil 10-aprelgacha
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
16.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish varaqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
2018-yil 15 aprelgacha
17.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
20.
Oʻzbekison Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlatqoʻmitasi
IV. AGENTLIKLAR
21.
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
2018-yil 10-aprelgacha
22.
Oʻzbekiston avtomobiltransporti agentligi
23.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qaroriga 2-ILOVA
Davlat boshqaruvi organi, shuningdek respublika ahamiyatidagi davlat organining ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etishning
NAMUNAVIY SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddati
I. Ekspert-tahlil guruhini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi tadbirlar
1-bosqich
Davlat organlarining birinchi rahbarlari
Ekspert-tahlil guruhlariga kiritish uchun malakali va tashabbuskor mutaxassislarni, shu jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari, yuqori turuvchi va markaziy tashkilotlardan saralash.
10 kundan kechikmasdan
2-bosqich
Davlat organlarining birinchi rahbarlari
Davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleksi bilan guruh tarkibini kelishish.
saralashdan keyin bir hafta muddatda
3-bosqich
Davlat organlarining birinchi rahbarlari
Ekspert-tahlil guruhi tarkibini tasdiqlash boʻyicha buyruq qabul qilish.
kelishilgan kundan boshlab 1-kun ichida
4-bosqich
Davlat organlarining birinchi rahbarlari
Ekspert-tahlil guruhi ishlashi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar yaratish (zamonaviy kompyuter va boshqa texnika vositalari bilan jihozlangan, keng qamrovli Internet tarmogʻi bilan ulangan alohida xonalar ajratish).
sharoit yaratilgan kundan boshlab 10 kun davomida
II. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkillashtirish
1-bosqich
Ekspert-tahlil guruhi rahbarlari
Oʻzining faoliyatidan kelib chiqib davlat organiga yuklatilgan vazifa, ish va topshiriqlarning oʻziga xos jihatlarigamuvofiq ekspert-tahlil guruhlarining ish rejalarini ishlab chiqish (har chorak, yarim yillik, yillik).
sharoit yaratilgan kundan boshlab 10 kun davomida
2-bosqich
Davlat organlarining birinchi rahbarlari
Faoliyatidan kelib chiqib ekspert-tahlil guruhining ish rejasini tasdiqlash (har chorak, yarim yillik, yillik).
sharoit yaratilgan kundan boshlab 10 kun davomida
3-bosqich
Ekspert-tahlil guruhi rahbari
Ekspert-tahlil guruhining mutaxassislari oʻrtasida ularning majburiyatlarini belgilagan holda vazifalarni taqsimlash, shuningdek, ularning ishlarini samarali tashkillashtirish boʻyicha choralar koʻrish.
ish rejasi tasdiqlangan kundan boshlab 1 kunlik muddatda
4-bosqich
Ekspert-tahlil guruhi
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasini, tarkibiy tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar hamda tahliliy materiallar va boshqa hujjatlarni tayyorlash.
ish rejasiga muvofiq
5-bosqich
Ekspert-tahlil guruhi
Davlat organining birinchi rahbariga qilingan ishlar boʻyicha hisobot berish.
ish rejasiga muvofiq
6-bosqich
Davlat organlarining birinchi rahbarlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ATDga ekspert-tahlil guruhi faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot berish.
har chorakda
III. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini nazorat qilish
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmatining tegishli shuʼbasi va (yoki) Vazirlar Mahkamasining ATD
1. Ekspert-tahlil guruhi ish rejalari ijrosini tizimli monitoring qilish va oʻrganish.
har chorakda
2. Ekspert-tahlil guruhi faoliyati natijalari hamda tayyorlanayotgan takliflar va materiallar sifatining tahlili.
3. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini doimiy kuzatib borish.
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xizmati va (yoki) Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari
1. Ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tanqidiy baholash.
har chorakda kamida bir marta
2. Alohida tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq ish rejalari bajarilishi yakuniga koʻra eshitishlarni oʻtkazish.
3. Mutaxassislarning ish natijalaridan kelib chiqib ekspert-tahlil guruhi tarkibini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash.
zarurratdan kelib chiqib, har yarim yildakamida bir marta
4. Oʻz majburiyatlarini samarasiz bajarayotgan mutaxassislarni ekspert-tahlil guruhi tarkibidan chiqarish boʻyicha davlat organlariga taklif kiritish.
Izoh: ekspert-tahlil guruhi tarkibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish davlat organi faoliyatiga mutasaddilik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tegishli xizmati va (yoki) Vazirlar Mahkamasi kompleksi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ekspert-tahlil guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga qoʻshimcha toʻlov davlat organi xodimlariga belgilangan muddatlar va tartibda har oylik mehnat haqi fondi (pul taʼminoti)ning ikki barobarigacha miqdorda amalga oshiriladi. Bunda davlat organlarining faoliyat yuritayotgan kadrlar zaxirasidagi xodimlari uchun mehnat haqi fondi (pul taʼminoti) davlat organlarida yoki ular ishga yuborilgan idoraviy quyi tashkilotlarda beriladigan toʻlovlarni qoʻshgan holda hisoblab chiqariladi.