Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.02.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-sonli “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2026-yil 26-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-son, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-yanvardagi PQ-3489-son va “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 126-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.B. Akmalov va Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-mart,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-son qaroriga
ILOVA
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazish deb ataladi) hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qoʻllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega boʻlgan yoxud tashxis qoʻyish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinikagacha tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega boʻlgan, klinik tadqiqot obyektlari boʻlgan modda yoki moddalar aralashmasi;
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) — Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish, sifat nazorati, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiradigan ishchi organi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
ariza beruvchi — Markazga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma olish uchun murojaat qiluvchi tadbirkorlik subyekti, yuridik shaxs (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakil);
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari — dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazishda Markazga taqdim etiladigan hujjatlar;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
dorivor oʻsimlik xomashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar boʻlgan oʻsimliklar yoki ularning qismlari;
retsept — vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmasi.
3. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish ariza beruvchilarga guvohnoma berilishini nazarda tutadi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma berish Markaz tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
4. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkaziladi:
dori vositalari;
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan, biroq boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
tibbiy buyumlar;
tibbiy texnika.
5. Tarkibida turli dori moddalari boʻlgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son)
Dori vositalarini ishlab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan substansiyalar, dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun olib kiriladigan, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar oʻtkazish, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun moʻljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
Bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqilgan, tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalari roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-12-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/12/0041)
6. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijalariga koʻra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz boʻlgan tegishli roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son)
Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ushbu dori vositasini ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda farmatsevtik inspeksiya oʻtkaziladi (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan alohida holatlar bundan mustasno).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
7. Guvohnoma dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Markaz tomonidan ariza beruvchining tegishli arizasi taqdim etilishidan qatʼi nazar roʻyxatdan oʻtkazishga taqdim etilgan barcha dori vositalarining referent narxlarini qayd etish ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida amalga oshiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Markaz tomonidan ariza beruvchining tegishli arizasi taqdim etilishidan qatʼi nazar Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan barcha dori vositalarining referent narxlari qayd etiladi.
(7-bandning uchini xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
8. Tashqi begʻaraz koʻmak, grant mablagʻlari hisobiga hamda insonparvarlik yordami sifatida kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiritilishiga va foydalanishga ruxsat beriladi.
Bunda, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga va foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli xulosa beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
2-bob. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
9. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi asosida tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishida ariza beruvchi tomonidan bajarilishi shart boʻlgan talablar va shartlar quyidagilardan iborat:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilgan ariza beruvchi tomonidan ularning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishida qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etish;
guvohnomaning amal qilish davrida ariza beruvchi tomonidan Markazga roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish;
(9-bandning uchini xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar (keyingi oʻrinlarda normativ hujjatlar deb ataladi) talablariga, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlarga qatʼiy rioya etish;
Markaz tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, shuningdek, dori vositalari, tabiiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarini hamda boshqa materiallarni ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etish.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
3-bob. Guvohnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va namunalar
10. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi Markazga quyidagilarni taqdim etadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
a) ushbu Nizomning 2- (dori vositalari uchun) va 2a- (tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun) ilovalariga* muvofiq shakl boʻyicha ariza;
b) ushbu Nizomning 3 (dori vositalari uchun) va 3a (tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun) ilovalarida* nazarda tutilgan ketma-ketlikda har birini alohida yuklagan holda tegishli ravishda ariza beruvchining elektron imzosi bilan tasdiqlangan dori vositalari, tibbiy buyumlar yoki tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining elektron shakli;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
v) dori vositasining uch marotaba sinovlar oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan miqdordagi bir sanoat seriyasidagi namunalari;
g) tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlarga muvofiq sinovlar oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan miqdordagi namunalari;
d) faol taʼsir etuvchi moddalarning hamda yot va oʻxshash moddalarning standart namunalari, nazorat materiallari, maxsus reaktivlar va ular sifatini tasdiqlovchi hujjatlar.
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
e) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikada qoʻllanilgan intellektual mulk obyektlariga (tovar belgilari va sanoat namunalari) (keyingi oʻrinlarda — IMO) boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent va ularga ilova) yoki ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma, agar mavjud boʻlsa;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishda GCP (zarur tarzdagi klinika amaliyoti) qoidalariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan klinik bazalarga (davolash-profilaktika muassasalariga) dori vositalarining klinik tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlari (klinik tadqiqotlar bayonnomasi, tadqiqotchi broshyurasi va boshqalar) va namunalari taqdim etiladi.
11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Guvohnomani olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar Markazga elektron shaklda, Markazning elektron tizimi orqali ular olinganligi haqidagi xabarnomani olgan holda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalari bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
13. Markaz roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlaridagi maxfiy maʼlumotlarning oshkor qilinishi uchun javob beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
4-bob. Arizani koʻrib chiqish, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
14. Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yigʻim undiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Yigʻim summasi Markaz hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ariza beruvchi bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning xorijiy ishlab chiqaruvchisining (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilning) arizasini koʻrib chiqish va guvohnoma berish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikat berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi Markazning koʻrsatib oʻtilgan tartibotlarni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan preyskurantga koʻra amalga oshiriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
15. Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza Markaz tomonidan ariza quyidagilardan oshmaydigan muddatlarda koʻrib chiqiladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
15 ish kuni — tan olish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
50 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun;
60 kun – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
120 kun — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar.
155 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.
Quyidagi muddatlar yuqorida koʻrsatilgan muddatlarga kiritilmaydi:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan 45 kundan oshmaydigan muddat;
klinik sinovlar oʻtkazish uchun klinik bazalarga ariza beruvchi tomonidan tegishli tartibda kelishilgan klinik sinovlar dasturlarini, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarini taqdim etish uchun belgilangan 45 kundan oshmaydigan muddat;
jenerik dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning bevosita bir yildan oshmaydigan, original dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning uch yildan oshmaydigan muddatlari.
Dori moddalarini (substansiyalar) va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda klinik tadqiqotlar oʻtkazilmaydi.
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori vositalari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari, tan olish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini roʻyxatdan oʻtkazishda laboratoriya sinovlari oʻtkazilmaydi.
(15-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
Oʻsma kasalliklarini immunogistokimyoviy, molekulyar va genetik tekshirishlar uchun reagentlarni roʻyxatdan oʻtkazishda klinik-laboratoriyaviy sinovlar oʻtkazilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 486-sonli qaroriga xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son)
16. Guvohnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Markaz hisobraqamiga oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
17. Markaz tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchiga guvohnomani berishi (yuborishi) yoki bunday hujjatni berishning rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda, jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi kerak.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
18. Markaz dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini baholash doirasida ishlab chiqarish sharoitlarini, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini, sifati, samaradorligi va xavfsizligi, qoʻllashda kutilayotgan samaraning inson salomatligi xavfiga nisbatini, IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni yoxud mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda quyidagi ekspertiza ishlari, tekshiruvlar, sinovlar, tahlillar, tadqiqotlar, oʻrganishlar va ilmiy-texnik baholashlarni oʻtkazishi mumkin:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari ekspertizasi;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish sharoitlarining ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazoratini olib borish qoidalari talablariga muvofiqligini, sifatni boshqarish tizimini baholash va aniqlash maqsadida inspeksion tekshiruvlar;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining sinovlari va tadqiqotlari;
tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan dori vositalari hujjatlari ekspertizasi;
farmakologik, toksikologik tadqiqotlar;
klinikagacha tadqiqotlar, bioekvivalentlik sinovlar;
IMOga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent va ularga ilova) yoki ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma mavjud boʻlmaganda, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikada IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
181. IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirishlar dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarida qoʻllanilgan nom, belgi va tashqi koʻrinish Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portalida tegishli ravishda tovar belgisi va sanoat namunasiga taalluqli mavjud maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
19. Roʻyxatdan oʻtkazish Markaz tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan muddatlarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
a) Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi:
ariza qabul qilingandan soʻng ariza hamda unga ilova qilingan roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini va dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning namunalarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan oʻtkazadi hamda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikada IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini tekshiradi;
(19-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha ariza beruvchi bilan tegishli yozishmalar olib boradi;
birlamchi (dastlabki) ekspertiza hamda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikada IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi yuzasidan tekshirishlarning ijobiy natijalari asosida Markaz va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzilishini taʼminlaydi va toʻlov varaqasini rasmiylashtiradi;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
belgilangan yigʻim summasi ariza beruvchi tomonidan toʻlangandan keyin ariza hamda ilova qilinadigan namunalar va hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazning laboratoriyalariga (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari bundan mustasno), Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalariga, Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga (dori vositalari tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud boʻlgan taqdirda) taqdim etadi;
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
b) Markaz laboratoriyalari:
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik, biologik va texnik qismlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
normativ hujjatlarni baholaydi, dori vositalari (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari bundan mustasno), tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha sinovlar oʻtkazadi;
(19-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
sinovlar bayonnomalarini, roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qoʻmitalariga taqdim etadi.
v) Farmakopeya qoʻmitasi:
dori vositalari roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari bayonnomalarini ekspertizadan oʻtkazadi hamda dori vositalarida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligini tekshiradi;
(19-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
milliy va xalqaro standartlar talablari bilan muvofiqlashtirish maqsadida ariza beruvchidan normativ hujjatlarga muqobil usullarni va (yoki) qoʻshimcha koʻrsatkichlar, normalar va sinov usullarini kiritishni talab qiladi;
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda dori vositalari va (yoki) farmakologik vositalarning hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan oʻtkazadi;
qoʻshimcha sinovlar oʻtkazish uchun Markazning laboratoriyalariga dori vositasining namunalari va hujjatlarini yuboradi;
(19-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
taqdim etilgan hujjatlar, ekspertlar xulosalari hamda dori vositalarida IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi yuzasidan tekshirishlarning natijalari asosida dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashiga (keyingi oʻrinlarda Ekspertlar kengashi deb ataladi) kiritadi.
(19-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
g) Farmakologiya qoʻmitasi:
farmakologik va (yoki) dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, farmakologik, toksikologik va klinik qismlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda farmakologik va (yoki) dori vositalarining hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
quyidagi xollarda dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi:
(19-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari taqdim etilganda;
(19-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
dori vositasining GMP (zarur tarzda ishlab chiqarish amaliyoti) talablariga muvofiq ishlab chiqarilganligi va klinik tadqiqotlarning GCP (zarur tarzdagi klinika amaliyoti) talablariga muvofiq oʻtkazilganligi, farmakologik nazorat tizimining GVP (farmakologik nazorat amaliyoti) yoʻlga qoʻyilganligi, shuningdek — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda;
(19-band “g” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar roʻyxatida keltirilgan mamlakat va tashkilotlar nazorati ostida oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarning ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda;
alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
(19-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
farmakologik yoki dori vositalarining odamda klinik tadqiqotlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi;
(19-band “g” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
tadqiqotlar turlarini belgilaydi, klinik tadqiqotlar oʻtkazish uchun klinik bazalarni maʼqullaydi, klinik tadqiqotlar dasturlari va bayonnomalarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar beradi va ularni maʼqullaydi;
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlarning xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik tadqiqotlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
dori vositalarini tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarni yoki ularga kiritiladigan oʻzgartirishlarni kelishadi va tasdiqlaydi;
farmokologik nazorat boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
d) Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi:
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarining maʼmuriy, kimyoviy, biologik, texnik qismlarini, laboratoriya sinovlari bayonnomalarini, shuningdek, klinik tadqiqotlar materiallarini ekspertizadan oʻtkazadi;
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda tibbiy buyumlarning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan oʻtkazadi;
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda yoki tibbiy buyumlar va tibbiy texnika oʻrnatilgan joyda sinovlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
klinik tadqiqotlarning dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar beradi va klinik tadqiqotlar dasturlarini kelishadi;
tadqiqotlar turlarini belgilaydi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish uchun klinik bazalarni (davolash-profilaktika muassasalarini) maʼqullaydi;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tibbiy buyumlarining va tibbiy texnikasining qoʻllash (ekspluatatsiya qilish) boʻyicha yoʻriqnomalarini va markirovkasini yoki ularga kiritiladigan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarni kelishadi;
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlarini kelishishga yoki tasdiqlashga tayyorlaydi;
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlarning xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani klinik sinovlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida tavsiyalarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
e) Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi:
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud boʻlgan dori vositalarining roʻyxat oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud boʻlgan dori vositalarini ekspertizadan oʻtkazishda davlat nazoratida boʻlgan giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxatida ushbu moddalarning mavjudligini, ularni tibbiyotda qoʻllashga ruxsatnomalarni, shuningdek, ularni vrach retsepti boʻyicha berish zarurligini koʻrib chiqadi hamda Farmakologiya va Farmakopeya qoʻmitalariga takliflar kiritadi;
j) Farminspeksiya:
yangi dori shakli yoki tibbiy buyum turini ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish tashkil etilgan taqdirda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish sharoitlarining ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sifatni nazorat qilish qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
tekshirish natijalariga koʻra dori vositasi, tibbiy buyumlar tegishli turini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sharoitlarining mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi;
z) “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi:
dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarda joyiga chiqqan holda, joyiga chiqishning imkoni boʻlmagan taqdirda masofadan (onlayn) dori vositasini ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyalarni olib boradi;
roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan dori vositalarini ishlab chiqarish maydonining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish maqsadida hujjatlashtirilgan standart operatsion jarayonlar va sifat menejmenti tizimi jarayonlari roʻyxati hamda ishlab chiqarish maydonining asosiy hujjatlari (sayt master-fayl, yozma va chizma qismlarini) nusxalarini “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasiga taqdim etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi;
yuborilgan xabarnoma boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar toʻliqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazadi hamda ariza beruvchi bilan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzadi;
farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish uchun toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, ariza beruvchi bilan farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish muddatlarini kelishish uchun unga inspeksiya dasturini yoʻllaydi;
farmatsevtik inspeksiyani bevosita ishlab chiqarish maydonida oʻtkazadi hamda natijalari boʻyicha hisobot tuzadi;
farmatsevtik inspeksiya jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun oʻrnatilgan tartibda muddatlarni belgilaydi hamda ushbu belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilganligi holatini zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan farmatsevtik inspeksiya natijalari boʻyicha ijobiy hisobot tuzilgan taqdirda, ishlab chiqaruvchiga amal qilish muddati uch yil boʻlgan sertifikat taqdim etiladi.
Sertifikat taqdim etilgandan soʻng ariza beruvchi ishlab chiqarish maydoni menejment tizimiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan har qanday oʻzgarishlar haqida “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasiga oʻz vaqtida xabar berishi lozim.
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablariga muvofiqlik yuzasidan oʻtkazilgan farmatsevtik inspeksiya natijalariga asosan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalarni Ekspertlar kengashiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi quyidagi hollarda Markazga dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha Markazga tavsiya berishi mumkin:
(19-bandning ellik oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
ariza beruvchi farmatsevtik inspeksiyaning bevosita ishlab chiqarish maydonida oʻtkazilishidan bosh tortganda;
farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish uchun talab qilingan maʼlumotlar, hujjatlar oʻrganish uchun soʻrab olinganda taqdim etilmaganda, bino va xonalarga inspektorlar kirishiga yoʻl qoʻyilmaganda;
farmatsevtik inspeksiya mobaynida qalbaki hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilgani aniqlanganda;
farmatsevtik inspeksiya natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar ishlab chiqaruvchi korxona bilan kelishilgan muddatlarda toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilmaganda.
Farmatsevtik inspeksiyalarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarga toʻlangan haq oʻtkazilgan farmatsevtik inspeksiya natijalaridan qatʼi nazar, ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Dori vositasini ishlab chiqaruvchi farmatsevtik inspeksiya oʻtkazish maqsadida “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasiga dori vositasini Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonidan tashqari holda (davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan holatlarda) ham murojaat qilishi mumkin.
Inspeksiya oʻtkazilgan ishlab chiqarish maydoni GMP talablariga nomuvofiq ekanligi aniqlansa, ushbu ishlab chiqarish maydonida ilgari ishlab chiqarilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, muomaladagi dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish boʻyicha Ekspertlar kengashiga tavsiya beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishini qayta tiklash, oʻtkazilgan farmatsevtik inspeksiya mobaynida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar toʻliq bartaraf etilganidan soʻng, qayta farmatsevtik inspeksiya oʻtkazilib ijobiy natijalar qayd etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(19-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
20. Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalari, shuningdek Markazning boshqa boʻlinmalari xulosalari asosida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
21. Markaz Ekspertlar kengashi tomonidan qaror qabul qilingan kundan bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga ushbu Nizomning 4-(dori vositalari uchun) va 4a-(tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun) ilovalariga* muvofiq shakldagi guvohnomani beradi (yoki yuboradi) yoki uni yozma shaklda, jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda guvohnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
* 2 — 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
22. Quyidagilar guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin:
guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning, dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining va boshqa talab qilinadigan materiallarning ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, xavfsizligi va samaradorligini tavsiflovchi laboratoriya sinovlari, klinik tadqiqotlar, ishlab chiqarishni tekshirish yoki boshqa ilmiy-texnik baholash (dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish) yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosalarning olinishi.
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)
Guvohnoma berishning boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Guvohnomani berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Guvohnoma berish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish va ekspertiza jarayonini davom ettirish Markaz tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Arizaning takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Agar rad etish sabablarining ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilishi dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, samaradorligi va xavfsizligi xossalarining oʻzgarishiga olib kelsa, u holda ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Markaz tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
25. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Markaz tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
26. Guvohnoma berishning rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Markaz tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
27. Ariza beruvchi guvohnoma berishning rad etilishi, shuningdek Markaz mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
28. Guvohnomaning amal qilish muddati oʻtgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qoʻllashga, agar ular roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan boʻlsa, ruxsat etiladi. Bunda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazoratini guvohnomaning amal qilish muddatida tasdiqlangan normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilishiga ruxsat beriladi.
5-bob. Roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
29. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida keltirilgan maʼlumotlar guvohnomaning amal qilish muddati davomida oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi Markazga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishli hujjatlar, namunalar va standartlarni (zarur hollarda) ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Oʻzgartirishlar dori vositasi, tibbiy buyum va tibbiy texnikaning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarda Markaz roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni rad etadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
30. Ariza beruvchining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizasi Markazning tegishli boʻlinmalari vakolatlari doirasida quyidagilardan oshmaydigan muddatlarda koʻrib chiqiladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
45 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun;
30 kun — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
60 kun — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar.
90 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.
Ariza beruvchining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
31. Roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish guvohnomada keltirilgan maʼlumotlarni oʻzgartirishni talab qilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ham ushbu Nizom 6-bobining 32, 33 va 34-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish
32. Ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi oʻzgarganda ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Markazga guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Markazga bevosita yoxud pochta aloqasi vositalari orqali, ularning yetkazib berilganligi yoki elektron shaklda olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
33. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgungacha guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi dori vositasi va tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani qoʻllashni guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida Markazning arizani qabul qilish sanasi toʻgʻrisidagi belgisi bilan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
34. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda Markaz berilgan guvohnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Markaz tomonidan olingan kundan boshlab 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
35. Guvohnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun ariza beruvchining guvohnomani berish toʻgʻrisidagi arizasi Davlat markazi tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Markazning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
36. Guvohnomaning amal qilish muddati ariza beruvchi tomonidan Markazga berilgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Markazga uning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun ariza beruvchining guvohnomani berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Markazning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son)
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish davrida dori vositasi, tibbiy buyum va tibbiy texnikaning Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi toʻxtatilmaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
37. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Markaz guvohnoma dublikatini ariza, shuningdek guvohnoma yaroqsiz holga kelganda uning asl nusxasi hamda guvohnoma dublikati berilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda berishi (yuborishi) shart.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun Markaz tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Markazning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
7-bob. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
38. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
39. Quyidagilar guvohnomaning amal qilinishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishiga kiradi:
Markaz tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishining tekshiruvlaridan bosh tortish;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
berilgan tegishli ruxsat bilan bogʻliq harakatlar va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish.
8-bob. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestri
(8-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
40. Markaz Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Davlat reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
dori vositasining savdo nomi (dorivor oʻsimlik xom ashyosining nomi, dorivor oʻsimlikning binominal ilmiy nomi, oʻsimlik qismlari nomi, boshqa nomlar (boshqa farmakopeyada koʻrsatilgan sinonimlar) bilan beriladi);
tibbiy buyum va tibbiy texnikaning nomi;
dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, dorining shakli, dozasi, chiqarilish shakli;
ishlab chiqaruvchi davlatning nomi;
ishlab chiqaruvchining (ishlab chiquvchining) nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, davlati;
dori vositalarining farmakoterapevtik guruhi, ATC (ATX, ATK) (anatomo-terapevtik-kimyoviy) kodi;
tibbiy buyum va tibbiy texnikaning qoʻllanilish sohasi;
guvohnoma raqami;
guvohnoma berilgan sana;
guvohnomaga oʻzgartirish kiritilgan sana;
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)
dori vositasining retseptsiz yoki shifokor retsepti boʻyicha berilishi toʻgʻrisidagi axborot.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
41. Berilgan guvohnomalar reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va namunalarni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi

Roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirish va birlamchi (dastlabki) ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan ariza, hujjatlar va namunalarni qabul qiladi.

5 kun

3-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi

1. Markaz va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzilishini taʼminlaydi va toʻlov varaqasini rasmiylashtiradi.

1) Birlamchi (dastlabki) ekspertiza oʻtkazilgandan keyin 1 kun

2. Taqdim etilgan hujjatlar va namunalarni tarkibiy boʻlinmalarga hamda tegishli hujjatlar toʻplamini “Zarur amaliyotlar markazi” DUKga yuboradi.

2) Ariza beruvchi tomonidan yigʻim summasi toʻlangandan keyin 1 kun

4-bosqich

Markaz laboratoriyalari

Laboratoriya sinovlarini oʻtkazadi (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari bundan mustasno), Markazning boshqa tarkibiy boʻlinmalariga xulosalar taqdim etadi.

1) Sinovlar — 65* kungacha

2) Amal qilish muddatini uzaytirish va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish — 30 kungacha

Farmakologiya qoʻmitasi

Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi, ularni Markaz laboratoriyalarining xulosalari bilan taqqoslaydi. Roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritadi.

65** kungacha

Farmakopeya qoʻmitasi

Yangi tibbiy texnika qoʻmitasi

Narkotiklar nazorati qoʻmitasi

Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi (dori vositasining tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan hollarda).

“Zarur amaliyotlar markazi” DUK

Dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarning “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda, joyiga chiqishning imkoni boʻlmagan taqdirda masofadan (onlayn) farmatsevtik inspeksiya oʻtkazadi va inspeksiya natijalari boʻyicha Ekspertlar kengashiga xulosa taqdim etadi.

5-bosqich

Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalari

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi tavsiyani Ekspertlar kengashi majlisida koʻrib chiqish va muhokama qilishga tayyorlaydi.

16*** kungacha

6-bosqich

Ekspertlar kengashi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 kun

Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi

Guvohnomani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga beradi (yoki yuboradi).

1 kun

Izohlar:
* 40 kungacha — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xom ashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olish uchun qoʻllaniladigan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar;
20 kungacha — substansiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun;
** 40 kungacha — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xom ashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar;
36 kungacha — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun;
14 kungacha — substansiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun;
*** 7 kungacha — substansiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun.
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun umumiy belgilangan 155 kundan oshmaydigan muddatga quyidagilar kiritilmaydi:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan 45 kundan oshmaydigan muddat;
klinik sinovlar oʻtkazish uchun klinik bazalarga ariza beruvchi tomonidan tegishli tartibda kelishilgan klinik sinovlar dasturlarini, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarini taqdim etish uchun belgilangan 45 kundan oshmaydigan muddat;
jenerik dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning bevosita bir yildan oshmaydigan, original dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishning uch yildan oshmaydigan muddatlari.
Dori moddalari (substansiyalar)ni va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda klinik tadqiqotlar oʻtkazilmaydi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/213/09038-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 03.08.2021-y., 09/21/486/0748-son, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son; 21.01.2023-y., 07/23/12/0041; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)