Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2983]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-yanvar,
4-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018-yil 25-yanvardagi 4-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish natijalari yuzasidan sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijasida tashkilotning attestatsiya komissiyasi tomonidan tashkilotdagi sanitariya-texnik holatning pasporti (bundan buyon matnda pasport deb yuritiladi) tuziladi.
3. Pasport tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tashkilotda saqlanadi.
2-bob. Pasportni rasmiylashtirish
4. Pasport mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
5. Pasport quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi:
tashkilotning nomi, idoraviy mansubligi (agar idoraviy mansub boʻlsa) hamda manzili koʻrsatilgan titul varaq;
tashkilot xodimlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (1-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar (2-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinma (sex) toʻgʻrisida maʼlumotlar (3-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni toʻgʻrisida maʼlumotlar (4-jadval);
nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari holati toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Pasportga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda toʻldirilgan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi ilova qilinadi.
6. Pasportning 1-jadvalida (Tashkilot xodimlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar) tashkilotda ishlayotgan xodimlar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bunda:
xodimlarning umumiy soni tashkilotning maʼlumotiga koʻra aniqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslar haqida (nogironlik guruhi) aniq maʼlumotlarni kiritish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi maʼlumotlaridan foydalaniladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 10-iyundagi 12-2022/B-son boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 2983-1, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)
malakasini oshirgan yoki yangi kasbni egallagan nogironligi boʻlgan shaxslar malakasini oshirganligini yoxud yangi kasbni egallaganligini tasdiqlovchi hujjatga asosan aniqlanadi.
7. Pasportning 2-jadvalida (Nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar haqida maʼlumotlar) nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan (moʻljallangan) sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar, jihozlar hamda yaratilgan boshqa qulayliklar haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Bunda 2-jadvalning 3-ustunida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilishi lozim boʻlgan xonalarning (jihozlarning, yaratilgan boshqa qulayliklarning) soni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlaridan kelib chiqib koʻrsatiladi.
8. Pasportning 3-jadvali (Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinma (sex) toʻgʻrisida maʼlumotlar) nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir boʻlinma (sex) boʻyicha tuziladi.
9. Pasportning 4-jadvali (Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni toʻgʻrisida maʼlumotlar) nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan har bir boʻlinma (sex) boʻyicha tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar haqida (nogironlik guruhi) aniq maʼlumotlarni kiritish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi maʼlumotlaridan foydalaniladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 10-iyundagi 12-2022/B-son boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 2983-1, 24.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)
10. Pasportdagi nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari toʻgʻrisida maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijasida tuziladi.
3-bob. Yakuniy qoida
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 23-yanvar
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2018-yil 24-yanvar
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha sanitariya-texnik holatni pasportlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

‎‎TASDIQLAYMAN

‎____________________________
‎(tashkilot rahbarining F.I.O)

‎__________________
‎(‎imzo)‎‎

‎‎20__ yil “___” ________________

‎‎___________________________________
‎(tashkilotning idoraviy mansubligi,
‎agar idoraviy mansub boʻlsa)
‎___________________________________
‎(tashkilotning nomi)


‎Sanitariya-texnik holatning
‎PASPORTI





‎‎Tashkilotning manzili: ______________________________
‎______________________________
‎______________________________
‎______________________________
‎______________________________
‎______________________________

Tashkilot xodimlari toʻgʻrisida umumiy
MAʼLUMOTLAR

1-jadval

T/r

Maʼlumotlar

Koʻrsatkichlar

1

2

1.

Xodimlarning umumiy soni, jami:

Shulardan nogironligi boʻlgan shaxslar:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

2.

I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, jami:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, jami:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, jami:

shu jumladan: erkaklar

ayollar

3.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanadigan ixtisoslashtirilgan boʻlinma (sex) soni (agar mavjud boʻlsa)

4.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish joylarining umumiy soni

5.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish joylarining soni (agar mavjud boʻlsa)

6.

Malakasini oshirgan nogironligi boʻlgan shaxslar soni

Yangi kasbni egallagan nogironligi boʻlgan shaxslar soni

7.

Xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish shakli: poliklinika / tibbiy sanitariya qismi

Nogironligi boʻlgan shaxslarning ehtiyojlari uchun moslashtirilgan

sanitariya-maishiy va yordamchi xonalar va jihozlar

hamda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR

2-jadval

T/r

Maishiy xonalar, jihozlar hamda yaratilgan qulayliklar

Umumiy soni

Shula�dan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan soni

sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga

muvofiq

amalda

1

2

3

4

1.

Garderobxonalar

2.

Javonlar soni

3.

Dushxonalar

4.

Yuvinish xonalari

5.

Sanuzellar:

unitazlar

polusti chashalar

pisuarlar

tashqarida joylashgan hojatxona

6.

Ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun xonalar

7.

Dam olish uchun xonalar

8.

Kiyimlarni quritish va tozalash uchun xonalar

9.

Ichimlik suv bilan taʼminganlik:

ichimlik suv favvorachalari

saturator qurilmalari

elektr suv qaynatgichlari

10.

Oshxonada oʻtirish joylari soni

Shundan: qoʻltiq tayoqda harakatlanuvchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun

Nogironlik aravachasida harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun

Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan boʻlinma (sex) toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR

_________________________________

(boʻlinma (sex) nomi)

3-jadval

T/r

Koʻrsatkichlar

1-ustunda koʻrsatilganlardan biri yoki bir nechtasi koʻrsatiladi

1

2

1.

Boʻlinma (sex) joylashgan joy:

umumiy xonada

moslashtirilgan xonada

maxsus konstruksiyalangan xonada

ochiq maydonda

2.

Ventilatsiya tizimi:

tabiiy (aeratsiya)

sunʼiy umumalmashuvchi

konditsiyalash bilan umumiy oqimli

konditsiyalashsiz umumiy oqimli

umumiy havo tortish

mahalliy havo tortish

3.

Yoritish turlari:

tabiiy

sunʼiy

aralash

4.

Yoritish tizimi:

umumiy

kombinatsiyalangan

5.

Isitish tizimi:

markazlashtirilgan

mahalliy

6.

Binolarning jihozlanganligi:

maxsus oʻtish joylari

maxsus zinapoyalar

koʻtargichlar

panduslar

7.

Tanib olish va topish uchun rangli va ovozli belgilar mavjudligi:

eshiklarda

zinapoyalarda

panduslarda

oʻtish joylarda

koʻtargichlarda

8.

Zinapoyalar, tushish joylarida suyanchiqlar mavjudligi

9.

Xavfli joylarning belgilanishi:

yoritish vositalar bilan

keskin farq qiluvchi ranglar va materiallar bilan

Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan

foydalaniladigan boʻlinmadagi (sexdagi) xodimlar hamda nogironligi boʻlgan

shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR

__________________________________

(boʻlinma (sex) nomi)

4-jadval

T/r

Koʻrsatkichlar

Soni

1

2

1.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy soni, jami

ulardan:

I guruh nogironligi boʻlganlar

shu jumladan: erkaklar

ayollar

II guruh nogironligi boʻlganlar

shu jumladan: erkaklar

ayollar

III guruh nogironligi boʻlganlar

shu jumladan: erkaklar

ayollar

2.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan joylar soni, jami

ulardan:

I guruh nogironligi boʻlganlar uchun

shu jumladan: erkaklar

ayollar

II-guruh nogironligi boʻlganlar uchun

shu jumladan: erkaklar

ayollar

III-guruh nogironligi boʻlganlar uchun

shu jumladan: erkaklar

ayollar

‎‎Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalaniladigan
‎boʻlinmadagi (sexdagi) ish joylarining mehnat sharoitlari toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTLAR

‎‎1. Ishlarning bajarilishi:

‎‎______‎‎_______________________________
‎(oʻtirib, turib, oʻtirib-turib)

‎‎2. Oʻtirib ishlaganda ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________
‎‎‎(ha, yoʻq)

‎‎‎‎3. Turib ishlaganda ergonomik talablarga mosligi:

‎‎______________________________________ ‎‎‎(ha, yoʻq)

‎‎‎‎4. Ish pozasi:

______________________________________
‎‎‎(majburiy, erkin)

‎‎5. Ish mebellari ergonomik talablarga mosligi:

______________________________________
‎‎‎(ha, yoʻq, qisman)

‎‎6. Tanani stolda ushlab turish uchun yordamchi vositalar mavjudligi:
‎oʻtirganda _______________________

‎‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎turganda ________________________

‎‎‎‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎stol balandligini sozlash imkoniyati

‎‎_____________________________________________
‎(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

‎‎stol suyanchigʻini sozlash imkoniyati

‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

‎‎7. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan shaxslar uchun ish oʻrnining moslashtirish imkoniyati

‎‎mavjudligi:

‎‎‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas, qisman mavjud)

‎‎8. Qoʻshimcha yoritish mavjudligi:

_____________________________________________
‎‎‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎9. Avariya va ogohlantiruvchi signallarni uzatish uchun tovushli signallarning
mavjudligi‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎10. Avariya va ogohlantiruvchi signallarni uzatish uchun boshqa signallarning
‎‎mavjudligi

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎_____________________________________________ ‎(mavjud, mavjud emas)

‎‎11. Qoʻllaniladigan texnologiyalarning taʼrifi:
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________.
12. Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanganligi munosabati bilan qoʻllaniladigan texnologiyalar taʼrifidagi oʻzgartirishlar:
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2983/0908-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2983-1/0569-son)