Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy koʻmaklashish, oʻzaro bogʻliq boʻlgan vazifalar ijrosini toʻlaqonli taʼminlash tizimini shakllantirish hamda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini ularning oʻzaro bogʻliq boʻlgan vazifalari va funksiyalarini inobatga olgan holda, fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga (keyingi oʻrinlarda jamoatchilik tuzilmalari deb ataladi) biriktirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga uslubiy-amaliy koʻmaklashishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida ularning tashabbuskorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etish;
mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini taʼminlash, ular tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardagi fuqarolardan olishda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kengaytirish;
davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish;
mahallalarda yuzaga kelayotgan turli muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bartaraf etishda jamoatchilik tuzilmalari imkoniyatlarini samarali roʻyobga chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligiga jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda har yili:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
tegishli jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
jamoatchilik tuzilmalari rahbarlarining malakasini oshirish maqsadida sohaning tajribali mutaxassislarini jalb etgan holda, tumanlar (shaharlar) kesimida alohida reja asosida oʻquv seminarlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
5. Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik doirasida tashabbuskor va faol boʻlgan jamoatchilik tuzilmalari aʼzolarini tegishli fuqarolar yigʻini raisining tavsiyanomasi asosida ular biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tavsiya etilsin.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
117-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 117-son qaroriga
ILOVA
Jamoatchilik tuzilmalariga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻzaro
HAMKORLIK YOʻNALIShLARI
Oldingi tahrirga qarang.

Hamkorlik yoʻnalishlari va ulardan kelib chiqadigan vazifalar

Jamoatchilik tuzilmasi va unga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari

I. Sogʻlom oilani shakllantirish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, muqaddas dinimiz pokligini asrash, toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham oʻtkazish, oilada huquqbuzarliklarga muntazam yoʻl qoʻyadigan shaxslar bilan profilaktika ishlarini olib borish

sogʻlom oilani shakllantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;

yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-maʼnaviy jihatdan tayyorlashga koʻmaklashish, oilalarda ajralishlarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy boʻgʻini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish;
er-xotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar koʻrishga koʻmaklashish;

oilalardagi tinchlik-totuvlik mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligi, shuningdek, oilaning sogʻlomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bogʻliqligini fuqarolarga tushuntirish.

Oilaviy qadriyatlarni mustahk�mlash komissiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

oilada va turmushda huquqbuzarliklarga muntazam yoʻl qoʻyadigan, turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika ishlarini olib borish;

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi,

Ichki ishlar vazirligi

joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, taʼlim muassasalarida) milliy-diniy anʼanalarni tushuntirish;

oilalar, mahallalar, jamiyatda sogʻlom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotni, muqaddas dinimiz pokligini asrab-avaylash boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish;

toʻylar va boshqa marosimlarni fuqarolar manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli anʼanalarimizni hisobga olgan holda, ixcham oʻtkazishni aholi oʻrtasida targʻib qilish va bu boradagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish;

oilalarda nosogʻlom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin oʻrtasidagi janjallarga barham berish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

II. Yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuygʻularini mustahkamlash, urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, millatlararo totuvlikni taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar ijrosini amalga oshirish

maʼnaviyat va maʼrifat ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish;

maʼnaviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, eʼtiqod va tafakkur, koʻp asrlik urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash, maʼnaviy olamni yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

milliy gʻoya va uning uzviy tarkibiy qismlari hisoblangan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish.

Maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

fuqarolar ongida yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuygʻularini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari taʼsiridan himoya qilish choralarini koʻrish;

milliy bayramlarni aholi oʻrtasida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar ijrosini fuqarolar yigʻini hududida taʼminlashga koʻmaklashish.

Maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya, Madaniyat vazirligi

III. Yolgʻiz keksa fuqarolar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va davolash, aholini bandligini taʼminlashga koʻmaklashish

yolgʻiz keksa fuqarolar, pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish, davolash, tizimli sogʻlomlashtirishni tashkil etish yoʻli bilan ularga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish;

kam taʼminlangan oilalar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarning sogʻligini saqlashga koʻmaklashish.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam toʻlanishi boʻyicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam taʼminlanganlikdan chiqarish yuzasidan alohida dasturlarni ishlab chiqish.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlashda ishtirok etish.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya,

Moliya vazirligi

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

yolgʻiz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya,

Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

IV. Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishda ularning oʻrnini oshirish, salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish

xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, onalik v� bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy hayotda, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish borasida ularning oʻrnini rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

– xotin-qizlarning sogʻligini saqlash, sogʻlom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

– mahallada, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar (xotin-qizlar oʻrtasida turli jinoyatlar, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, giyohvandlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish kabi) yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

V. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ekstremistik oqim aʼzolari taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, turli toʻgaraklarga jalb etish

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻularini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;

voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

voyaga yetmaganlar va yoshlarning hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy, ijtimoiy, ekologik ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga koʻmaklashish;

voyaga yetmaganlar va yoshlarning milliy maʼnaviyatimizga zid boʻlgan salbiy illatlar hamda turli ekstremistik oqim aʼzolari taʼsiriga tushib qolishining oldini olish ishlariga koʻmaklashish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning tarbiyasiga koʻmaklashish boʻyicha tegishli organlar va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya,

Ichki ishlar vazirligi

oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

“Oila — mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

voyaga yetmaganlar va yoshlarni toʻgaraklariga jalb etish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya,

Xalq taʼlimi vazirligi

aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish;

aholini ommaviy sport tadbirlariga, milliy sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan xalq oʻyinlari va musobaqalarga keng jalb qilish;

vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolar yigʻinining hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid dasturlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

VI. Fuqarolarga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish

tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish boʻyicha sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot taʼminotini taqdim etish;

yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkor�arga biznes-rejalar tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, Savdo-sanoat palatasi

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlari faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, Adliya vazirligi

fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish;

aholi oʻrtasida chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi bilan shugʻullanish haqida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

“Tomorqa — qoʻshimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komi�siya, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini koʻrsatish;

Tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar va kredit turlari boʻyicha axborotlar taqdim qilish, kredit olish tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya, tijorat banklari

VII. Fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologiya savodxonligini oshirish, yashil patrullar faoliyatini tashkil qilish, atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish

aholi oʻrtasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologiya savodxonligini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

mahallalar hududlarida joylashgan umumtaʼlim muassasalarida ekologik toʻgaraklar, ekoklublar, yashil patrullar faoliyatini tashkil qilish, shuningdek, oʻquvchilarning ekologik dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazish;

chiqindilarni nazorat qilish sohasidagi qonun talablarining buzilishi holatlari boʻyicha fuqarolar yigʻinlarida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish;

fuqarolar orasida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini koʻpaytirish, aholini tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolarini birgalikda hal etishga daʼvat qilish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya,

Oʻzbekiston Ekologik harakati

VIII. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini targʻib qilish

oʻz vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;

aholining isteʼmol madaniyatini oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish, bu sohada aholining huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;

isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashish.

Jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

IX. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish, soliq va majburiy toʻlovlar sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini koʻrsatishga koʻmaklashish

yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi,

Savdo-sanoat palatasi

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlari faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi,

Adliya vazirligi

soliq majburiyatlarini bajarishda soliq toʻlovchilarga har tomonlama koʻmaklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va soliq toʻlovchilarning soliq va majburiy toʻlovlar sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni istagan, tegishli hududda yashovchi fuqarolar va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida maʼlumot berish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi,

Davlat soliq qoʻmitasi

hunarmandlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

hunarmandchilik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda oʻz ustavi doirasida koʻmaklashish;

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi,

“Hunarmand” uyushmasi

tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini koʻrsatish;

tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank tomonidan koʻrsatilayotgan barcha xizmatlar va kredit turlari boʻyicha axborotlar taqdim qilish, kredit olish tartibi toʻgʻrisida tushunchalar berish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazi,

tijorat banklari

X. Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasida tibbiy bilimlarni oshirish

farzand tarbiyasiga yetarlicha eʼtibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yigʻinidagi oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;

farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam koʻrsatish, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga koʻmaklashish.

“Ota-onalar universiteti”,

Oʻzbekiston

Xotin-qizlar qoʻmitasi

ota-onalarning farzand tarbiyasidagi maʼnaviy-axloqiy bilimini boyitishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish.

“Ota-onalar universiteti”, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

yoshlarda oʻz sogʻligi va atrofidagilarning sogʻligi uchun masʼuliyat tuygʻusini shakllantirish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish;

oilalarning farzand tarbiyasidagi tibbiy bilimini oshirish.

“Ota-onalar universiteti”, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

XI. Keksalarni hurmat qilish, yoshlarni Vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash

yoshdagilarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni eʼzozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga yoshi ulugʻ insonlarni jalb etish.

Nuroniylar jamoatchilik kengashi,

Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

XII. Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash, qaynona va kelin oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash

oilalar mustahkamligini taʼminlash va ulardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish;

er-xotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar koʻrishga koʻmaklashish;

oilalardagi tinchlik-totuvlik mahallalardagi maʼnaviy muhit barqarorligi, shuningdek, oilaning sogʻlomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bogʻliqligini fuqarolarga tushuntirish.

Qaynonalar kengashi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

XIII. Xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshi�ish

tegishli hududda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda “Mahalla posbon” jamoatchilik tuzilmasi bilan hamkorlikda ishlash;

jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolar faolligini oshirish ishlarida qatnashish;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi,

Ichki ishlar vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/117/0717-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; , 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)