1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiyotda qoʻllanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik taʼminotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat koʻrsatish va uni sinovdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2018-2019-yillar davrida sogʻliqni saqlash sohasida metrologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha Tadbirlar rejasi — “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan barcha tibbiy texnika metrologik nazoratidan oʻtkazilishi lozim;
tibbiyot laboratoriyalarining sifati va kompetentligi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
3. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi va uning hududiy filiallari oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnika metrologik nazoratini oʻtkazish uchun vakolatli idoralar etib belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
4. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
metrologik nazoratdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnika reyestrini yuritish;
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti negizida yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, “Tibbiy texnikaning metrologik nazorati va davriy sinovlari” ixtisosligi boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuklansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” DMda va uning hududiy filiallarida tibbiyot tashkilotlaridagi oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnika metrologik nazoratini amalga oshirish boʻyicha ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
tibbiy texnika va tibbiyotda qoʻllanish uchun moʻljallangan buyumlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarining sifatni boshqarish tizimiga, shuningdek, tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan standartlarni uch oy muddatda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda metrologik nazoratdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnika roʻyxatini, shuningdek, davriy sinovlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiy texnika roʻyxatini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan barcha turdagi tibbiy texnika va davriy sinovlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiy texnika uchun metrologik nazorat usullarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqish boʻyicha dasturni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tibbiy texnikani metrologik nazoratdan va davriy sinovlardan oʻtkazish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va begʻaraz texnik yordam koʻrsatish vositalari (grantlar) jalb qilinishini taʼminlasin.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiy muassasalar boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari:
oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnikaning metrologik nazorati oʻtkazilishini;
tibbiy texnikaning davriy sinovlardan oʻtkazilishini;
tibbiy texnikaning metrologik taʼminoti va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun masʼul xodimlar malakasini oshirishni taʼminlasinlar.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga 1-ILOVA
2018-2019-yillar davri uchun sogʻliqni saqlash sohasida metrologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha
1. Aholi sogʻligini va tibbiyot tashkilotlarining faoliyatini oʻrganish uchun tekshirish natijalarining ishonchliligini baholash usullarini ishlab chiqish.
2. Talablarni kuchaytirish qismida barcha nozologiyalar uchun, turli mulkchilik shaklidagi muassasalar tomonidan taqdim etiladigan diagnostik tadqiqotlarni reglamentlovchi standartlarni qayta koʻrib chiqish.
3. Barcha darajalardagi tibbiyot tashkilotlarida, keyinchalik belgilangan tartibda akkreditatsiya qilgan holda laboratoriya tekshiruvlari sifatini nazorat qilish boʻyicha markazlar tashkil qilish.
2018-yil aprel
2018-yil may
2018-2019-yillar
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
“Oʻzstandart” agentligi
2.
Barcha turdagi laboratoriya va diagnostika tekshiruvlari uchun zamonaviy, asoslangan majburiy standartlarni joriy etish.
1. Laboratoriya diagnostika tekshiruvlariga doir ilgʻor xorijiy tajriba, standart va usullarni oʻrganish va qoʻllash.
2. Amaldagi standartlar, tekshirish usullarini inventarizatsiya qilish va zamonaviylariga muvofiqligini, keyingi zarur oʻzgartishlar kiritgan holda qayta koʻrib chiqish.
3. Amaliyotga zamonaviy oʻlchashlarni bajarish usullarini joriy etish.
Muntazam ravishda
2018-2019-yillar
2018-2019-yillar
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
“Oʻzstandart” agentligi
3.
Tibbiy texnikaga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash va taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish.
Tibbiy texnikaga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash va taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2018-yil iyul
Sogʻliqni saqlash vazirligi
II. Nazorat mexanizmlarini yaratish
4.
Oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan tibbiy texnikani metrologik tekshiruvdan oʻtkazish va unga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish.Tibbiy texnikani taʼmirlash.
1. Oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan barcha tibbiy texnikani qamrab olgan holda tekshiruvdan oʻtkazish (qiyoslash) jadvallarini ishlab chiqish.
2. Tekshiruvdan oʻtkazilmagan (qiyoslanmagan) va tekshiruvdan oʻtkazish (qiyoslash) bilan qamrab olinmagan oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnika hisobini yuritish.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga metrologik taʼminot holati toʻgʻrisida hisobotlar va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdim etish.
4. Metrologik tekshiruvdan va davriy sinovlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiy texnikaning hisobi yuritilishini tashkil etish (elektron maʼlumotlar bankini yaratish).
Har yili 15-yanvargacha
Har yili
Har yili 15-dekabrgacha
2018-yil iyun
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
“Oʻzstandart” agentligi
III. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish
5.
“Oʻzstandart” agentligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
1. “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi huzurida ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etish.
2. Laboratoriyani zarur oʻlchash vositalari bilan texnik jihozlash.
2018-yil mart
2018-2019-yillar
“Oʻzstandart” agentligi
“Oʻzstandart” agentligi
6.
Tibbiyot tashkilotlaridagi tibbiy texnikaning sifatli metrologik tekshiruvini tashkil etish va oʻtkazish uchun “Oʻzstandart” agentligining barcha hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich zarur sharoitlar yaratish.
1. Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari, shuningdek, boshqa akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning zarur moddiy-texnik bazalari hajmini aniqlash.
2. Toshkent shahrida va respublika hududlarida metrologik xizmatlar koʻrsatish uchun bosqichma-bosqich zarur bazani yaratish.
3. Metrologik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarini akkreditatsiya qilish doirasini kengaytirish.
2017-yil may
2018-2019-yillar
2018-2019-yillar
“Oʻzstandart” agentligi
7.
Respublika “Davsanepidemnazorat” markazlari sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qilingan komplekslari moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.
1. Xorijiy investitsiyalar va begʻaraz texnik yordam koʻrsatish vositalari (grantlar)ni jalb qilgan holda, xalqaro eʼtirof etilgan akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Respublika davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi. Samarqand viloyati va Toshkent shahar laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish.
2. “Davsanepidemnazorat” hududiy markazlarining zarur moddiy-texnik bazalari hajmini aniqlash.
3. Sifatli xizmat koʻrsatish uchun “Davsanepidemnazorat” hududiy markazlarining bosqichma-bosqich zarur moddiy-texnik bazasini yaratish.
4. Respublika davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazining akkreditatsiya doirasini kengaytirish.
5. Laboratoriya-diagnostika markazlarini xalqaro standart talablariga muvofiqlik boʻyicha bosqichma-bosqich akkreditatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2018-2019-yillar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi metrologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
1. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” DUK moddiy-texnik bazasini xususiy mablagʻlari va xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilish hisobiga rivojlantirish.
2. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” DUK Samarqand, Xorazm, Qarshi va Andijon filiallarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirish.
2018-2019-yillar
Sogʻliqni saqlash vazirligi
9.
Oʻquv laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining tibbiy texnika sohasidagi muhandislar tayyorlash oʻquv laboratoriyalarini zamonaviy sinov va oʻlchov uskunalari bilan jihozlash.
2018-2019-yillar
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Moliya vazirligi,
I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IV. Kadrlar tayyorlash
10.
Tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalarini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish va servisi xizmat koʻrsatish boʻyicha malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni taʼminlash.
1. “Oʻzstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti huzurida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasida, tibbiy texnika va innovatsion texnologiyalar boʻyicha muhandis-texnik xodimlar kafedrasida tibbiy metrologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun sharoit yaratish.
2. Tibbiy texnika va texnologiya, shuningdek, tibbiy texnika metrologik tekshiruvi sohasida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash.
3. Oʻqituvchilar, iqtidorli talabalarning yetakchi, shu jumladan xorijiy sinov laboratoriyalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish.
2018-yil iyun
2019-yildan boshlab
2018-2019-yillar
“Oʻzstandart” agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat metrologiya xizmatlari organlariga (keyingi oʻrinlarda DMX deb ataladi), akkreditatsiyalangan laboratoriyalarga hamda tibbiyotda qoʻllanishi lozim boʻlgan va qoʻllanadigan oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani (keyingi oʻrinlarda OʻFTT deb ataladi) metrologik tekshiruvdan (qiyoslash)dan oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida qoʻllanadigan OʻFTT qiyoslashga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi mumkin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
2. Oʻquv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qoʻllanadigan OʻFTT qiyoslashdan oʻtkazilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnika (OʻFTT) — meʼyorlangan metrologik tavsiflarga ega boʻlgan tibbiy texnika;
qiyoslashlararo interval — oʻlchash texnikasi vositalarining ikki marta navbatma-navbat qiyoslash orasidagi vaqt oraligʻi;
qiyoslash tamgʻasining bosma izi — oʻlchash texnikasi vositasi yoki texnik hujjatga bosilgan va oʻlchash texnikasi vositasini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, oʻlchash vositasini, jumladan rostlovchi qurilmalarni har qanday sanksiyalanmagan kirishdan himoyalash uchun moʻljallangan belgi;
OʻFTTni qiyoslash — OʻFTTning belgilangan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida DMX (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
qiyoslovchi — akkreditatsiyalangan laboratoriyaning zarur malakaga ega boʻlgan, aniq oʻlchash turi boʻyicha tayyorlovdan oʻtgan va oʻlchash texnikasi vositalarini qiyoslash huquqiga attestatsiyalangan mutaxassisi;
ariza beruvchi — OʻFTTni qiyoslashdan oʻtkazishdan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs.
4. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan OʻFTT ishlab chiqarishdan foydalanishga chiqarilishda, taʼmirlashdan soʻng, shuningdek, foydalanish jarayonida DMX organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) (keyingi oʻrinlarda organlar deb ataladi) tomonidan qiyoslashdan oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
5. Qiyoslash meʼyoriy hujjatlarga va DMX organlari tomonidan tasdiqlangan qiyoslash usullariga muvofiq oʻtkaziladi.
6. OʻFTT qoʻllanishga yaroqliligining tasdiqlanishi yoki OʻFTT qoʻllanishga yaroqli emas deb tan olinishi qiyoslash natijasi hisoblanadi.
7. OʻFTTni ishlab chiqarishdan yoki taʼmirlashdan chiqaradigan, OʻFTTni olib keladigan va uni foydalanish maqsadida ishlatadigan yuridik va jismoniy shaxslar OʻFTTni oʻz vaqtida qiyoslashga taqdim etishlari shart.
8. MDX organlari OʻFTT qiyoslovini ariza beruvchi tomonidan tuziladigan ariza asosida amalga oshiradi.
9. OʻFTT qiyoslovi:
statsionar qiyoslash laboratoriyalarida;
koʻchma qiyoslash laboratoriyalarida;
bevosita OʻFTT joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish yoʻli bilan (OʻFTT transportda tashish imkoni mavjud boʻlmaganda) oʻtkaziladi.
10. OʻFTT qiyoslashga yetkazishni ariza beruvchi taʼminlaydi.
11. Qiyoslash ishlari OʻFTTdan foydalanish joyiga borib, ariza beruvchining hududida bajarilganda ariza beruvchi belgilangan talablarga muvofiq qiyoslash sharoitlari, jumladan qiyoslashni amalga oshirayotgan DMX organiga tegishli qiyoslash va yordamchi vositalarini qiyoslash joyiga olib borish va olib kelishni taʼminlashi kerak.
2-bob. OʻFTTni qiyoslashga taqdim etish tartibi
12. Qiyoslash ariza beruvchining yozma arizasiga koʻra oʻtkaziladi. Qiyoslash imkoniyati qiyoslashni oʻtkazadigan DMX organi tomonidan yozma ariza berilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
13. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
ariza beruvchining nomi va rekvizitlari;
OʻFTT nomi, turi (belgisi), metrologik tavsiflari, miqdori va ishlab chiqaruvchi mamlakat;
arizaga ilova qilinadigan meʼyoriy, texnik va ilova qilingan hujjatlar roʻyxati;
OʻFTT qiyoslash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash kafolatlangan majburiyat.
14. Ariza beruvchi DMX organlariga quyidagilarni taqdim etadi:
OʻFTT, uni transportda tashish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa — vakolat berilgan qiyoslovchilarga sinovlar oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni taʼminlash;
OʻFTTdan foydalanish hujjatlari;
qiyoslash usuli va vositalarini reglamentlovchi meʼyoriy hujjat.
15. OʻFTTning qiyoslashda boʻlish vaqti 15 ish kunidan oshmasligi kerak, vaqt normasi qiyoslash usulining meʼyoriy hujjatiga (keyingi oʻrinlarda MH deb ataladi) asosan koʻrsatilgan muddatdan oshadigan, biroq 30 ish kunidan oshmaydigan OʻFTT bundan mustasno.
16. Qiyoslash ishlarini oʻtkazish shartlari ariza beruvchi va DMX organlari oʻrtasida tuziladigan shartnomada koʻrsatiladi.
3-bob. OʻFTTni qiyoslashni tashkil qilish va oʻtkazish tartibi
17. OʻFTT qiyoslash ushbu Nizomga ilovadan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
18. OʻFTT birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan oʻtkaziladi.
19. Birlamchi qiyoslashdan OʻFTT ishlab chiqarishdan chiqishida yoki uni taʼmirlashdan soʻng oʻtkaziladi.
20. Birlamchi qiyoslashdan barcha OʻFTT nusxalari oʻtkazilishi lozim, metrologik attestatsiyalashdan oʻtkazilgan OʻFTT bundan mustasno.
21. Davriy qiyoslashdan foydalanishda yoki saqlashda boʻlgan OʻFTT oʻtkaziladi.
22. OʻFTTni foydalanish (saqlash) vaqtida navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:
uzoq (bitta qiyoslashlararo intervaldan ortiq) muddat saqlangandan soʻng OʻFTTni foydalanishga kiritishda;
OʻFTTning MHda koʻrsatilgan foydalanish sharoitlari buzilganda;
OʻFTT qoniqarsiz ishlaganda.
23. Inspeksion qiyoslash davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda OʻFTTning qoʻllanishga yaroqliligini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
24. Inspeksion qiyoslashni inspeksion qiyoslash talablariga muvofiq qiyoslash usulining MHda koʻzda tutilgan toʻliq hajmda oʻtkazmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
25. Inspeksion qiyoslash natijalari qiyoslash dalolatnomasida aks ettiriladi.
26. Inspeksion qiyoslash tekshirilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs vakilining ishtirokida oʻtkaziladi.
27. Ekspert qiyoslash DMX organlari, tergov, prokuratura yoki sud organlarining qarori boʻyicha oʻtkaziladi. Qiyoslash natijalari boʻyicha DMX organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
28. Ekspert qiyoslashni oʻtkazishda manfaatdor tomonlarning vakillari qatnashishi mumkin.
29. Qiyoslash natijalariga koʻra OʻFTT qoʻllanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda oʻlchash vositasini qiyoslash sertifikati beriladi, shuningdek, OʻFTTga yoki uning texnik hujjatiga qiyoslash usulining MHga asosan qiyoslash tamgʻasining bosma izi qoʻyiladi.
30. Qiyoslash natijalariga koʻra OʻFTT qoʻllanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda oʻlchash vositasining qoʻllanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma yozib beriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. OʻFTTni qiyoslash ishlari uchun haq tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs arizasiga koʻra ekspert qiyoslash oʻtkazish ishlari uchun haq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
32. Qiyoslash ishlarining tegishli tarzda bajarilmaganligi va tegishli meʼyoriy hujjatlarning talablariga rioya qilinmaganligi uchun qiyoslashni bajargan DMX organi javob beradi.
33. DMX organi OʻFTT ariza beruvchiga topshirilgunga qadar qiyoslash natijalarining ishonchliligi uchun javob beradi.
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
35. OʻFTTni qiyoslash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yoki bevosita sud organlariga murojaat qilishga haqli.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
36. OʻFTTni qiyoslash boʻyicha boshqa qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlar yagonaligini taʼminlash tizimining meʼyoriy hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
Oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻlchash funksiyalarga ega tibbiy texnikani qiyoslashdan oʻtkazish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga 3-ILOVA
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tibbiy texnikani davriy sinovlardan oʻtkazish tartibini va ushbu sinovlarni amalga oshiradigan tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni belgilaydi.
2. Sinovlar — bu tibbiy texnikaning foydalanishga yaroqliligini va uning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlar kompleksi.
3. Majburiy davriy sinovlardan (keyingi oʻrinlarda sinovlar deb ataladi) diagnostika va kasallikni davolashda qoʻllanadigan, meʼyorlangan metrologik tavsiflarga ega boʻlmagan tibbiy texnika oʻtkaziladi.
4. Texnik tavsiflari meʼyoriy hujjatga muvofiq meʼyorlanmaydigan tibbiy texnika meʼyorlangan metrologik tavsiflarga ega boʻlmagan tibbiy texnika hisoblanadi.
Meʼyorlangan metrologik tavsiflarga ega boʻlmagan tibbiy texnika oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan texnika turkumiga kirmaydi.
5. Tibbiy texnika nomlari roʻyxati va sinovdan oʻtkazish davriyligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
6. Tibbiy texnikani sinovdan oʻtkazish akkreditatsiyalangan yuridik shaxslar tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
7. Tibbiy texnikaga, keyinchalik sinovlardan oʻtkazgan holda, kompleks texnik xizmat koʻrsatishdan oʻtkazuvchi yuridik shaxs oʻtkazilayotgan sinov qismi boʻyicha akkreditatsiyalangan boʻlishi kerak.
8. Tibbiy texnikadan kafolatlangan foydalanish muddati davrida uni taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish ishlab chiqaruvchi zavod (firma)lar bilan shartnomaga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shartnomalar mavjud boʻlmagan taqdirda, kafolatlangan muddat davrida ushbu ishlar ishlab chiqaruvchi zavod (firma)lar tomonidan amalga oshiriladi. Bu holda akkreditatsiya talab etilmaydi.
9. Tibbiy texnikani davriy sinovdan oʻtkazish ishlari, qoidaga koʻra, tomonlarning oʻzaro munosabatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblangan shartnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Shartnomalar qonunchilikka muvofiq hamda ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Tibbiy texnikani davriy sinovlardan oʻtkazishni amalga oshiradigan tashkilot va tibbiyot tashkiloti oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
10. Sinovlarni amalga oshiruvchi tashkilot:
tibbiyot tashkilotining tibbiy texnikani sinovdan oʻtkazish ishlarini bajarish uchun berilgan arizasiga muvofiq shartnomalar tuzadi;
texnik tekshiruv va sinov usullari boʻyicha ishlarni bajarishning ilgʻor usullarini joriy etadi;
kompleks texnik xizmat koʻrsatishga qabul qilingan tibbiy texnikaning konstruktiv va foydalanish xususiyatlari toʻgʻrisida axborot yigʻadi, uning ishidagi buzilish sabablarini oʻrganadi va umumlashtiradi, yuqori organlarni xabardor qiladi va ishlab chiqaruvchi zavodlarga reklamatsiyalar taqdim etish uchun defekt dalolatnomalari tuzish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etadi;
tibbiyot tashkilotlariga tibbiy texnikani oʻzlashtirishda texnik yordam koʻrsatadi, tibbiyot xodimlariga undan foydalanish qoidalari boʻyicha instruktaj oʻtkazadi;
kompleks texnik xizmat koʻrsatishda boʻlgan tibbiy texnika hisobini yuritadi. sogʻliqni saqlash organlari va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy soʻroviga koʻra hisobga olishga oid axborotni taqdim etadi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
tibbiyot tashkilotlariga tibbiy texnikani oʻrnatishda xonalarning Sanitariya qoida va meʼyorlari qoida va yoʻriqnoma talablariga muvofiqligini aniqlashda texnik yordam koʻrsatadi.
11. Tibbiyot tashkiloti:
tibbiy texnikani sinovdan oʻtkazish ishlarini bajarish uchun shartnomalar tuzadi, shuningdek, tuzilgan shartnomalar mavjud boʻlmaganda, ushbu ishlarni bajarish uchun ariza beradi;
sinovdan oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydi (xizmat koʻrsatilayotgan tibbiy texnikani sinash uchun sharoit yaratadi va zarur boʻlganda sinov oʻtkazish vaqtida uning ishini toʻxtatib turadi, xonalar va muhandislik kommunikatsiyalarini tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi, zarur boʻlganda sinash ishlarini tashkil qilish uchun ishlab chiqarish xonasini taqdim etadi);
sinovlar oʻtkazish uchun xona tayyorlaydi va tibbiy texnikadan foydalanish boʻyicha xodimlar bilan instruktaj oʻtkazadi, sinovlar oʻtkazilgan uskunalarni qabul qiladi;
tibbiy texnikadan oqilona foydalanish uchun javob beradi, uning foydalanish boʻyicha hujjati talablariga muvofiq ishlatilishini taʼminlaydi va u bilan ishlashga maxsus tayyorgarlikka ega boʻlmagan shaxslarni qoʻymaydi;
tibbiy texnikaning ishlash qobiliyatini va oʻtkazilgan sinov ishlarining sifatini muntazam ravishda tekshiradi, ushbu ishlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tasdiqlaydi;
tibbiyot xodimlarining tibbiy texnikadan foydalanish va u bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha taʼlim olishini tashkil qiladi;
mahalliy tashkilotlar tomonidan bajarilmaydigan tibbiy texnikani oʻrnatish, sozlash va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun ishlab chiqaruvchi zavod, xorijiy firma va boshqa ixtisoslashgan tashkilot vakillarining chaqiruvini rasmiylashtiradi;
foydalanishda boʻlgan oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy texnika holatini nazorat qiladi va uning Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi boʻlinmalarida oʻz vaqtida qiyoslashdan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
shartnomaga oʻz vaqtida oʻzgartirishlar kiritish uchun bir oy muddatda sinovlarni amalga oshiruvchi akkreditatsiyalangan tashkilotga yangi kelgan va hisobdan chiqarilgan tibbiy texnika haqida maʼlumot yuboradi;
mavjud tibbiy texnika hisobini yuritadi;
sinovlarni amalga oshiruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda (zarur boʻlganda) tibbiy texnikani roʻyxatdan chiqaradi;
tibbiy yoki boshqa texnikalarning utilizatsiya qilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlarga topshirilishini amalga oshiradi.
tibbiy texnikani taʼmirlash, qiyoslashga yetkazib berilishini tashkil etadi hamda ishlar bajarilgandan soʻng uni oʻz vaqtida qabul qilib oladi.
3-bob. Tibbiy texnikani sinovdan oʻtkazish boʻyicha texnik ishlarning mazmuni
12. Sinov ishlari tibbiy texnikaning muayyan turlariga taalluqli boʻlgan meʼyoriy-texnik hujjatlar (davlat, davlatlararo standartlar, tashkilot standartlari) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Majburiy sinov quyidagi ish turlarini oʻz ichiga oladi:
bosim ostida ishlovchi idishlarni (bugʻli sterilizatorlar va h.k.) gidravlik sinash;
yerga ulovchi qurilmalarni sinash;
tibbiy texnika izolyatsiyasining elektr boʻyicha mustahkamligini sinash.
Boshqa sinov turlari tibbiy texnikaning alohida turlariga tegishli meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq, shartnoma, ariza, kelishilgan jadvalga koʻra oʻtkaziladi.
14. Tibbiy texnika navbatdan tashqari texnik sinovlardan oʻtkazilishi mumkin.
15. U yoki bu vaziyatlarda tibbiy texnikaning chiqarish parametrlari oʻzgarganda, ehtiyot qismlarning baʼzilari almashtirilganda yoki tibbiy texnikani navbatdan tashqari sinash, uning biror bir qismining almashtirilishi chiqarish parametrlarining oʻzgarishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatishdan soʻng yoki tibbiy texnikaning chiqarish parametrlari u yoki boshqa vaziyatga koʻra oʻzgarganligi gumon qilingan holda oʻtkaziladi.
16. Tibbiy texnikaning navbatdan tashqari texnik sinovlari ishlab chiqarishga oid taʼmirlash ishlarining hajmiga bogʻliq holda toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin.
17. Oʻtkazilgan sinov natijalariga koʻra, natijalarga bogʻliq holda, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakl boʻyicha tibbiy texnikani davriy sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki tibbiy texnikaning belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi sinov dalolatnomasi beriladi.
4-bob. Tibbiy texnikani sinovdan oʻtkazish ishlari uchun hisob-kitoblar
18. Tibbiy texnikani sinovdan oʻtkazish ishlari uchun hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan preyskurantga muvofiq amalga oshiriladi.
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA