1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan subyektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslar tomonidan bozorlarda va savdo komplekslarida tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, savdo oʻrinlari va turgʻun savdo shoxobchalari noqonuniy berilganligi uchun bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari va mansabdor shaxslarini jinoiy jazolashgacha javobgarlikka tortsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
413-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga 1-ILOVA
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
1. Mazkur Nizom tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda matnda “yakka tartibdagi tadbirkor” deb yuritiladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish tartibi va muddatini belgilab beradi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.
II. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularni hisobga qoʻyish
2. Yakka tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy boʻyicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar yakka tadbirkorni Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qogʻozlarda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Tushgan mablagʻlarning 60 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xarajatlarini qoplashga foydalaniladi, qolgan mablagʻlar tumanlar va shaharlar budjetlariga oʻtkaziladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Davlat boji qaytarilmaydi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 265-modda)
4. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat soliq inspeksiyasiga (shaxsan kelib yoki Internet tarmogʻi orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ariza taqdim etiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga:
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjati;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining maʼlumotnoma-tasdiqnomasi;
muhr va shtamp eskizlari ikki nusxada ilova qilinadi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ariza berilayotganda pasport koʻrsatiladi, yakka tadbirkorni Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish hollari bundan mustasno.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi sabablari koʻrsatilgan qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.
6. Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxs tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgandan keyin yetti kun mobaynida unga:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yoki yozma ravishdagi sabablari koʻrsatilgan rad javobini;
mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan oʻtishi kartochkasini;
davlat soliq inspeksiyasining muhri bilan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizining bir nusxasi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Yakka tadbirkorga elektron shaklda beriladigan hujjatlar, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno, davlat soliq inspeksiyasi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek oʻz soʻroviga koʻra qogʻozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni shaxsan kelib olishga ham haqlidir.
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi toʻgʻrisida ariza beruvchi davlat soliq inspeksiyasiga maʼlum qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
7. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochishi shart.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
8. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtish (ruxsat berish) tartibotlaridan oʻtishning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud boʻlgan taqdirda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtish (ruxsat berish) tartibotlaridan oʻtishning rasmiylashtirilgan kartochkasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Roʻyxatdan oʻtish (ruxsat berish) tartibotlaridan oʻtishning rasmiylashtirilgan kartochkasining fotonusxasi yakka tartibdagi tadbirkorning davlat soliq inspeksiyasidagi yigʻmajildida saqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tovar uchun respublika tashqarisiga ketgan taqdirda, u chet elda boʻlgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
9. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha davlat reyestriga kiritiladi.
10. Davlat soliq inspeksiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch kun mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shakl boʻyicha ariza beruvchining yashash joyidagi ichki ishlar organlariga maʼlumotlarni taqdim etadi.
11. Faoliyat turi oʻzgargan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasiga Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani va roʻyxatdan oʻtish (ruxsat berish) tartibotlaridan oʻtish kartochkasini topshirishi zarur.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
12. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor), zarurat boʻlganda, vakolatli banklarda va foydalanish tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlar qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish hamda turar joylarni noturar joylar toifasiga oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi. Ruxsat beruvchi tartib-qoidalarni rasmiylashtirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
V. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bank hisob raqami ochilishi va hisob raqami boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish
23. Bank hisob raqami ochish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy boʻyicha amalga oshiriladi.
24. Bank hisob raqami ochilgandan keyin tijorat bankining boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalaridan oʻtish kartochkasiga tegishli belgi qoʻyiladi.
25. Yakka tartibdagi tadbirkor har kuni import qilingan tovar sotilishidan olinadigan tushumni xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish uchun belgilangan tartibda tijorat banklarining kassasiga topshiradi.
26. Tijorat banki yakka tartibdagi tadbirkor talabiga koʻra uning hisob raqamida naqd pul mablagʻi mavjud boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari beradi.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
VIII. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan import operatsiyalarining amalga oshirilishi
35. Yakka tartibdagi tadbirkor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida tovar operatsiyalari hisobini yuritishi va har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha olib kelingan tovarlarning harakati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
39. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hisobot oyidan keyingi oyining 15-kunigacha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan olib kelingan va olib chiqilgan tovarlar hajmi toʻgʻrisida shaxslarga doir axborotni taqdim etadi.
XI. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
40. Mazkur Nizom talablari buzilganligi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
41. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat organlarining qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi boʻlgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga qoʻyish muddatlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoxud sudga murojaat qilishga haqlidir.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
43. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga savdo oʻrinlari va turgʻun savdo shoxobchalari berilgan taqdirda bozorlarga, savdo komplekslariga (tashkilotlarga) va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jazolar qoʻllaniladi, ularning mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_____________________________________________
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi soliq organining nomi)
tumanining davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
________________________________________ga
(DSI boshligʻining F.I.O.)
_______________________________________dan
(ariza beruvchining F.I.O.)
ARIZA
200__yil “___”_______gacha boʻlgan muddatga tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib ke-luvchi sifatida yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazishingizni iltimos qilaman.
Oʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:
Pasport: seriya ________________________ № ____________________ ____________________ tomonidan ______________________________________________ da berilgan Uy manzili ________________________________________________________________________________ __________________________________________ telefon raqami __________________________________
(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimining imzosi)
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA*
* Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtish (ruxsat berish) tartibotlaridan oʻtish kartochkasisiz faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
(2-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan oʻtishi ___- son kartochkasi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) qarorning 2-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, buyum bozorlarida import isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlganda, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
b) Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
26 va 37-bandlar quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud boʻlganda haqiqiydir”;
40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart”;
41-bandda “hamda uning” soʻzlaridan keyin “roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek” soʻzlari qoʻshilsin;
46-band quyidagi mazmundagi band bilan toʻldirilsin:
“46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat roʻyxatidan oʻtmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud boʻlishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi”;
46 va 47-bandlar tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxs boʻlmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kelish niyatidagi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan tartibga solinadi”;
7-bandning toʻrtinchi xatboshida “viloyatlar adliya boshqarmalarida” soʻzlaridan keyin “tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarida” soʻzlari qoʻshilsin.