|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-avgust,
384-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida:
a) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) ishlab turgan elektron birja savdo tizimi mavjudligi”,
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan beriladigan birja savdosining professional qatnashchisi shahodatnomasiga ega boʻlgan birja aʼzolarining birja savdolariga qoʻyilishi (fond birjalaridan va boshqa birjalarning fond boʻlimlaridan tashqari);
investitsiya institutlari sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan birja aʼzolarining fond birjasida (boshqa birjalarning fond boʻlimlarida) birja savdolariga qoʻyilishi”;
v) “j” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“j) birja savdolarida faqat oldindan eʼlon qilinadigan, isteʼmolchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin boʻlgan birja byulleteniga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni paytda oldindan eʼlon qilinadigan birja byulleteniga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi”;
g) quyidagi mazmundagi “m” — “r” kichik bandlar qoʻshilsin:
“m) birja savdolarini faqat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha birja aʼzolari bir paytda va teng kirishini taʼminlovchi elektron tizimda oʻtkazish;
n) birja savdolarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, oʻlchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qoʻyilgan narxi va bitishuv roʻyxatdan oʻtkazilgan narx, Incoterms qoidalariga muvofiq tovarni yetkazib berishning bazis shartlari, bitishuv tomonlari, bitishuv amalga oshirilgan aniq vaqt koʻrsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitishuvlar toʻgʻrisidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;
o) birja byulletenlariga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega boʻlgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda oldindan koʻzdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;
p) birjada kamida 100 ta sotilgan (tekin berilgan) brokerlik oʻrni mavjud boʻlishi;
r) tovar-xomashyo birjalari rahbarlariga qoʻyiladigan malaka talablariga rioya etish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 364-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda)