Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustagi 602-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-sonli “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2897-son qaroriga muvofiq Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi tomonidan oʻquv kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-dekabr,
1002-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondi mablagʻlari”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish Markazning asoslangan hisob-kitoblariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablagʻlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga hamda daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Belgilansinki, Markaz va uning hududiy filiallari xodimlariga, toʻlov manbalaridan qatʼi nazar, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlovlari shartlari tatbiq etiladi”.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondidan Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish uchun mablagʻlar ajratish”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son)