1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini ijro etish yuzasidan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirishda tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlar — ish beruvchilarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish majburiyati yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, aholini bandlik bilan qamrab olishni oshirishda amaliy koʻmaklashish va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning yuqori darajada natijadorligini taʼminlash maqsadida:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash masalalari boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlarining bajarilmaganligi uchun shaxsan javob beradi.
3. Quyidagilar:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sudning qaroriga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
ikki hafta muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlarini xatlovdan oʻtkazsinlar;
bir oy muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlasinlar;
har yili navbatdagi kalendar yil boshlanishidan kamida uch oy oldin xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan zaxiraga qoʻyilishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari soni ish beruvchilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasinlar.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirishni taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ikki oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
965-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
odam savdosi qurboni — majburiy mehnat yoki xizmatlardan, qullik yoki qullikka oʻxshash urf-odatlardan, boshqa shaxs tomonidan fohishabozlikda ekspluatatsiya qilishdan yoki shahvoniy ekspluatatsiya qilishning boshqa shakllaridan, erksiz holatdan yoxud insonning organlari va toʻqimalari olib qoʻyilishidan jabrlangan shaxs;
nogironligi boʻlgan shaxs — jismoniy, aqliy, psixik yoki sensor (hissiy) buzilishlar mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb eʼtirof etilgan va ijtimoiy yordam va muhofazaga muhtoj boʻlgan shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
pensiyaoldi yoshi — erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga toʻlishgacha va ayollar uchun — 53 yoshdan 55 yoshga toʻlishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh;
ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish — tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun oʻz mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan ish oʻrinlari;
ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash — ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotning roʻyxatdagi oʻrtacha xodimlari sonining foizlarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan belgilanadigan ish oʻrinlari soni.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
3. Aholining bandligiga koʻmaklashish maqsadida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (keyingi oʻrinlarda muhtojlar deb ataladi) uchun ish oʻrinlarining eng kam soni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qoʻyiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
oʻn toʻrt yoshgacha va nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar va koʻp bolali oilalar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
nogironligi boʻlgan shaxslar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar;
Mehnat bozorida shakllanayotgan vaziyat hisobga olingan holda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining taklifi boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalari, shuningdek, atrofdagilar uchun xavf tugʻdirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun ham ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishi mumkin.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
2-bob. Ish oʻrinlarini belgilash va zaxiraga qoʻyish shartlari va tartibi
4. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan muhtojlarning soni oʻzgarishiga qarab ular uchun belgilanadigan ish oʻrinlarining eng kam soni har yili qayta koʻrib chiqiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
5. Belgilanishi kerak boʻlgan ish oʻrinlarining eng kam sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni aniqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan kamida 5 kishidan iborat tarkibda maxsus komissiyalar tashkil etiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi komissiyaning ishchi organi, tegishli tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining ishsizlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻlimining boshligʻi — komissiyaning kotibi hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
6. Muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun nazarda tutiladi.
Ish oʻrinlarining belgilanadigan eng kam sonining jami soni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga muvofiq tashkilotning roʻyxatdagi xodimlari oʻrtacha sonining 10 foizidan ortiqni (shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kamida 3 foizni) tashkil etishi mumkin emas.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
7. Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:
1-avgustdan kech boʻlmagan muddatda lavozimlarni hisobga olgan holda kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy sonini belgilaydi;
15-avgustdan kech boʻlmagan muddatda kelgusi yil uchun ish oʻrinlarining zaxiraga qoʻyiladigan umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga taqdim etadi.
8. Kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni toʻgʻrisida tashkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar toifalari uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi takliflar shakllantiriladi hamda uni tuman (shahar) hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishgan holda har yili 1-sentabrdan kechikmay tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kiritiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
9. Quyidagilar:
tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan aniq tashkilot uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha takliflar kiritilishida tashkilotlardagi ishlarning professional tuzilmasi va uning faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini belgilash boʻyicha takliflar kiritishda mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarishga qobiliyatli boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi parametrlari hisobga olinadi. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini belgilash boʻyicha asoslangan takliflarni shakllantirish uchun tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining soʻrovi boʻyicha tegishli TIEK tomonidan navbatdagi kalendar yil boshlanishidan kamida besh oy oldin mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarishga qobiliyatli nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlari parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
10. Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan taqdim etilgan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan takliflar asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har yili joriy yilning 1-oktabridan kechikmay muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
11. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari asosida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi har yili joriy yilning 5-oktabridan kech boʻlmagan muddatda ushbu hududda joylashgan tashkilotlar boʻyicha zaxiraga qoʻyilishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga qoʻyiladigan talablarni shaxslar toifalarini ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini, ragʻbatlantirish choralarini, shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari bajarilmaganda tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qoʻllaniladigan sanksiyalarni hisobga olgan holda yetkazadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
12. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarning toifalari, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha va nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar va koʻp bolali oilalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari xarakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrinlari deb hisoblanadi.
13. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar ishga joylashtirilgan ish oʻrinlari boʻlajak davrga zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Bunda ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifalari boʻyicha zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni ushbu ish oʻrinlariga qabul qilingan kundan boshlab 3 yil mobaynida hisobga olinadi.
14. Muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tashkilotlar tomonidan tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining yoʻllanmasi boʻyicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
15. Muhtojlarni ishga joylashtirishga nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv markazlari, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ham ularni tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlariga yuborish yoʻli bilan koʻmaklashishlari mumkin. Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari bunday shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni taʼminlaydilar.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tashkilotlar kalendar yil boshlanishidan kamida olti oy oldin tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga aniq tashkilotlar boʻyicha muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga, shuningdek, zarurat boʻlganda, tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazidan har bir tashkilot boʻyicha tashkil etilgan ish oʻrinlarining soni va xususiyati, zaxiraga qoʻyilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish huquqiga egadir.
16. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanganiga muvofiq tashkil etilgan (zaxiraga qoʻyilgan yoki ajratilgan) ish oʻrinlari qisqargan hollarda tashkilot tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga axborot taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
17. Texnologiyadagi, ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnat shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlar, xodimlar soni oʻzgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda, — zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobga olingan holda ishga joylashtirilgan shaxslar uchun ish oʻrinlari ustuvor tartibda saqlanadi, agar ushbu shaxslar soni xodimlar soni oʻzgargan kalendar yil uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan sondan ortiq boʻlmasa.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
18. Oldin ushbu ish oʻrnini egallagan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilishi munosabati bilan muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrni boʻshaganda tashkilot oʻn kun muddatda yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazini xabardor qilishi shart.
Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifalari boʻyicha zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrni boʻshab qolgan taqdirda tashkilot besh kun muddatda faqat ularni zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrnini hisobga olish davrida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazini xabardor qiladi.
19. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifalarini muhtojlar uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqib ishga joylashtirishi shart.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining yoʻllanmasi boʻyicha ushbu shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan toifaga tegishli boʻlganda zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan rad etilishi tashkilot mansabdor shaxslarining qonun hujjatlarida belgilangan javobgarligiga olib keladi.
20. Tashkilot yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishi va tayyorligini taʼminlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazini xabardor qilishi shart.
Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu haqda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilinadi.
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilmasligi sifatida qaraladi.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarini muhtojlarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bajarilmaganligi uchun jarima toʻlash tashkilotni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini yaratish boʻyicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 50-moddasi.
22. Muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining belgilangan sonini zaxiraga qoʻyish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga tushadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 50-moddasi.
23. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
24. Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari tuman (shahar) ishchi komissiyalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilganligi;
ushbu ish oʻrinlariga ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar toifasi ishga joylashtirilganligi;
ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlarini bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga jarima solinganligi toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborotni yuboradi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
25. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar huquqiga ega boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
26. Tumanlar (shaharlar) hokimlari oʻz vakolatlari doirasida muhtojlar uchun belgilangan sondan ortiqcha zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etgan, shu jumladan, ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun noturar joy binolarini birinchi navbatda ajratish yoʻli bilan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilashlari mumkin.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish
Kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy sonini belgilaydi
xar yili 1-avgustgacha
2-bosqich
(maʼlumotlar taqdim etish)
Tashkilot
(kamida 20 nafar xodimga ega boʻlgan)
Kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni boʻyicha tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlariga maʼlumotlarni taqdim etadi
xar yili 15-avgustgacha
3-bosqich
(takliflarni shakllantirish. tasdiqlash uchun kiritish)
Bandlikka koʻmaklashish markazlari
(ishchi organ)
1. Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha takliflarni shakllantiradi hamda uni tuman (shahar) hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishadi.
2. Umumlashtirilgan takliflarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi
xar yili 1-sentabrgacha
4-bosqich
(tasdiqlash)
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari
Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi
xar yili 1-oktabrgacha
5-bosqich
(tashkilotlarga yetkazish)
Bandlikka koʻmaklashish markazlari
(ishchi organ)
Zaxiraga qoʻyilishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkilotlarga yetkazadi
xar yili 5-oktabrgacha
6-bosqich
(ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish)
Tashkilot
(kamida 20 nafar xodimga ega boʻlgan)
Ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyadi
yil mobaynida
7-bosqich
(qarorlarni amalga oshirish)
Bandlikka koʻmaklashish markazlari
(ishchi organ)
Qarorning bajarilishini nazorat qiladi
yil mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
20__ yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
1. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining 20___ yil “ ___ ”_________dagi qaroriga muvofiq tashkilotlar tomonidan zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni ________ ish oʻrnini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun _____ ish oʻrnini tashkil etadi.
Kelgusi yilga zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni
Faoliyat boshlangandan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari
Soni
%
Jami:
shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha va nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar va koʻp bolali oilalar
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
nogironligi boʻlgan va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar
odam savdosi qurbonlari
Tashkilot rahbari __________________ (imzo)
Kadrlar boʻlimi boshligʻi (inspektor) __________________ (imzo)
M.Oʻ.
20__ yil “___” ____________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
______________ tumanidagi (shahridagi) tashkilotlar boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobat qila olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarini belgilash toʻgʻrisida
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini belgilash taklif etilayotgan tashkilotlar roʻyxati
Tashkilotning STIRi
Shtat jadvali boʻyicha xodimlarning umumiy soni
Oldingi yillar hisobga olingan holda taklif kiritilgan sanadan zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari soni
Kelgusi yilga zaxiraga qoʻyish taklif etilayotgan ish oʻrinlari soni
shu jumladan:
nogironligi boʻlgan shaxslarga
boshqa toifadagilarga
1.
2.
3.
...
Jami:
Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori
_________________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʻ.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 5-ILOVA
20___ yil “___” _________ oyi uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida MAʼLUMOT
1. _________________ xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan hisobot yilida zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari soni. 2. Zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar soni
Hisobot davri oxiridagi holati boʻyicha ishlamoqda (kishi)
ulardan ishga joylashtirilganlar
hisobot oyida
yil boshidan boshlab
Jami:
shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha va nogironligi boʻlgan shaxs bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onalar va koʻp bolali oilalar
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
nogironligi boʻlgan shaxs va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar
odam savdosi qurbonlari
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun boʻsh ish oʻrinlari soni, hisobot davri oxiriga _____ ish oʻrinlari.
Tashkilotning rahbari
______________________ (imzo)
Kadrlar boʻlimi boshligʻi (inspektor)
______________________ (imzo)
M.Oʻ. 20___ yil “____” _________________.
Izoh:
Ushbu axborot elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 2-ILOVA
Sudning qaroriga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam berish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar sudning qaroriga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar deb ataladi) ijtimoiy-huquqiy yordam berish tartibini belgilaydi.
2. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari ushbu Qoidalarga muvofiq tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va hisobda turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam olishda koʻmaklashadilar.
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tumanlar (shaharlar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijtimoiy-huquqiy yordam berishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam beradilar.
2-bob. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordamni tayinlash
4. Ijtimoiy-huquqiy yordam olishda koʻmaklashish jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari ularni hisobga qoʻyishda:
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning shaxsini, uning maʼlumoti darajasini va mehnat bilan bandligini, yashash joyi mavjudligini oʻrganadi, shuningdek, ijtimoiy-huquqiy yordam hajmini aniqlash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni aniqlashtiradi;
ijtimoiy-huquqiy yordam berish tartibini tushuntiradi.
5. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning shaxsini va hayotiy vaziyatini oʻrganish natijalari boʻyicha tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimi hisobga qoʻyilgandan keyin uch ish kuni mobaynida yakka tartibdagi dasturni tuzadi.
6. Yakka tartibdagi dasturga tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazida hisobda turgan shaxsning ijtimoiy-huquqiy yordamga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
7. Yakka tartibdagi dasturning birinchi nusxasi:
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning nazorat ishiga;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning jamgʻarib boriladigan ishiga tirkab qoʻyiladi.
yakka tartibdagi dasturning ikkinchi nusxasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazida hisobda turgan shaxsga tilxat ostida beriladi.
8. Yakka tartibdagi dastur bajarilishi davrida, zarurat boʻlganda, yakka tartibdagi dasturga har ikki tomonning roziligi bilan tegishli tuzatishlar kiritiladi.
Agar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs turar joyga ega boʻlmasa yoki uni yoʻqotgan boʻlsa, tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimi shaxsning roziligi bilan uni vaqtincha boʻlinadigan tegishli tashkilotlarga belgilash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
9. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bir oyda bir marta olingan ijtimoiy-huquqiy yordam toʻgʻrisida hisobot berish uchun tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga keladi.
10. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazida hisobda turgan shaxs ijtimoiy-huquqiy yordamni olishni rad etgan taqdirda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining xodimi tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi va u ushbu shaxsning ishiga tirkab qoʻyiladi.
11. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga tibbiy yordam bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida davlat sogʻliqni saqlash tashkilotlarida koʻrsatiladi.
Tibbiy yordam berish uchun tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi yakka tartibdagi dastur nusxasini jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning yashash joyi boʻyicha sogʻliqni saqlash davlat tashkilotlariga yuboradi.
12. Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi yakka tartibdagi dasturning nusxasini jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
13. Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan yakka tartibdagi dasturlarni tumanlar (shaharlar) hokimliklariga, davlat sogʻliqni saqlash, taʼlim organlariga va boshqa davlat organlariga, shuningdek, nodavlat tashkilotlarga yuborish yakka tartibdagi dastur tuzilgandan keyin uch ish kuni mobaynida taʼminlanadi.
14. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari davlat sogʻliqni saqlash, taʼlim organlari va boshqa davlat organlariga, shuningdek, nodavlat tashkilotlar yakka tartibdagi dasturning nusxasi olingandan keyin oʻn besh kun mobaynida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazini ular tomonidan koʻrsatilayotgan tegishli yordam yoki uni koʻrsatish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha yordam berish
15. Ishga joylashtirishda koʻmaklashish jazoni ijro etish boʻyicha joylardan ozod etilgan shaxslarga tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlarida ijtimoiy-huquqiy yordam berishning asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.
16. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning roʻyxatdan oʻtish uchun yozma murojaati ularning tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi xizmatlaridan foydalanishining majburiy sharti hisoblanadi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni roʻyxatga olishni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlari, bevosita tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazida esa — bunday shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish lavozim vakolatlariga kiradigan Bandlikka koʻmaklashish markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maslahat soʻrab murojaat qilgan shaxslar roʻyxatdan oʻtkazilganda:
mehnat va bandlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan huquqlar va majburiyatlar toʻgʻrisida;
tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotda boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida;
boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ega boʻlgan tashkilotlardagi mehnatga haq toʻlash va boshqa sharoitlar toʻgʻrisida;
yangidan tashkil etiladigan ish oʻrinlari va mintaqani (yashash hududini) rivojlantirish dasturlari toʻgʻrisida;
kasbiy tayyorgarlikdan oʻtish va qayta tayyorlash, malaka oshirish imkoniyatlari va shartlari, shu jumladan, tuman (shahar) hududida joylashgan kasb-hunar taʼlimi muassasalari toʻgʻrisida;
mehnat boʻyicha organlarda roʻyxatdan oʻtish tartibi va shartlari, shuningdek, ishsizlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar toʻgʻrisida axborot beriladi.
18. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsga ishga joylashtirishda yordam berish doirasida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi:
bunday shaxslarni tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazining boʻsh joylar bazasidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga yoʻllaydi;
zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtiradi;
bunday shaxslarni mehnat bozorining joriy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, keyinchalik ishga joylashishda koʻmaklashib kasbiy tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuboradi;
ularning roziligi bilan jamoat ishlariga yuboradi;
ishsizlik nafaqasi toʻlaydi.
19. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilish ish beruvchilar tomonidan tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlarining yoʻllanmasi boʻyicha yoki zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlari hisobiga mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
20. Ish beruvchi ishga joylashtirishda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan maʼlumotning maxfiyligini taʼminlaydi.
21. Maslahat soʻrab murojaat qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga mehnat boʻyicha organlarning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha yuridik va ijtimoiy tusdagi boshqa axborot, shu jumladan fuqarolar tomonidan oʻz ishini tashkil etish imkoniyatlari va yoʻllari toʻgʻrisida maʼlumot ham berilishi mumkin.
22. Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan yuborilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilishda ish beruvchi besh kun muddatda ishga qabul qilingan kun koʻrsatilgan holda yoʻllanmani tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markaziga qaytaradi.
23. Tugallanmagan oʻrta maʼlumotli, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar murojaat qilganda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan unga yashash joyi boʻyicha taʼlim muassasalarida kasbiy qayta tayyorlash uchun yoʻllanma beriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
24. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 50-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 49-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 42-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 79-modda) 1-ilovaning 92-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 24-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)