O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasining
Qarori
“Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2550-2]
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 25-dekabrdagi 1323-son “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2550, 2014-yil 8-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 2-son, 26-modda);
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-son “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2550-1, 2016-yil 17-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 11-son, 107-modda).
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-noyabr,
16-mh-son
Kelishilgan:
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2017-yil 13-noyabr
O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 13-noyabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
2017-yil 13-noyabr
Moliya vaziri B. XODJAYEV
2017-yil 13-noyabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2550-2/0371-son)